Ma’suma Ahmedova. Jorj Sand — jurnalist

Jorj Sand — jurnalist… Hozirgi zamon kitobxonlari tasavvurida shakllanib ulgurgan adiba timsoliga chizilgan anchayin g‘ayritabiiy chizgi. Albatta, uning romanlari alohida kitobga aylangunga qadar turli gazetalar va jurnallarning quyi qismida bosilgani, xuddi shu nashr­lar bilan qilingan hamkorlik belletristikaga (o‘qilishi oson, yengil-elpi davomi…

Jovli Hushboq. Qayg‘uning surati (hikoya)

Qunduz Aliyorova xotirasiga    Sensiz o‘tgan yillar hayotimning eng qora kunlaridir. Butun vujudim qayg‘u bilan sug‘orilgandek harakatlarim sust. Karaxt. Tush ko‘rayotgandek ba’zan yurak larzaga keladi.Dunyoga loqayd boqib: “Endi menga hammasi baribir” degandek ko‘p narsalardan ko‘ngil qolar ekan. Osmon uzilib yerga tushsayam davomi…

G‘afu Qayirbekov (1928-1994)

G‘afu Qayirbekov (G‘afu Qayыrbekov) 1928 yil 15 avgustda hozirgi To‘rg‘ay viloyatining To‘rg‘ay shahrida dunyoga kelgan. 1952 yilda Abay nomidagi Qozog‘iston Davlat pedagogika institutini bitirgan. Ilk she’ri 1948 yilda To‘rg‘ay tuman gazetasida bosilgan. Birinchi she’riy to‘plami “Tengdosh” 1954 yilda nashr qilingan. davomi…

Muhiddin Tinibekov. Qasam (hikoya)

Bu dunyo shafqatsizlik yomg‘iri bilan sug‘o­ril­gan. Agar shunday bo‘lmaganida loysuvoq tomlaru, pastqam og‘illardan iborat, hech narsa bitmaydigan biydek adirliklar qo‘ynida tug‘ilgan bo‘larmidim? Ulkan tog‘ etagidagi yetimcha qishloqda yetti yoshimda otasiz qolgan bo‘larmidim? Agar shunday bo‘l­ma­ganida hozir amakimning uyida uning molxonasini davomi…

Abdulla Aymoq (1954-2015)

Abdulla Aymoq (Әbіlda Aymaq) Janubiy Qozog‘istonning O‘rdaboshi tumanida tug‘ilgan. Muxtor Avezov nomidagi viloyat Pedagogika institutining filologiya fakultetida tahsil olgan. Matbuotda 80-yillarning boshidan she’rlari bilan ko‘rina boshladi. Ayni paytda Respublika Yozuvchilar uyushmasining Janubiy Qozog‘iston viloyati bo‘limida mas’ul kotib vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. davomi…

Qosimxon Begmanov (1958)

Qosimxon Begmanov (Qasыmxan Seyіtxanұlы Begmanov) Janubiy Qozog‘iston viloyatining Kentov shahrida tug‘ilgan. 1975 — 1980 yillarda Qozog‘iston Politexnika institutida tahsil olgan. Xalqaro Turkiy xalqlar she’riyati festivalining ishtirokchisi. “Yomg‘irli tun”, “Ilk kitob”, “Beshikdan qabrgacha”, “Sog‘inch” singari she’riy to‘plamlar muallifi. Yoshlar she’riyatida uning davomi…

Nasibbek Ayto‘g‘li (1950)

Nasibbek Ayto‘g‘li (Nesіpbek Aytұlы) Sharqiy Turkistonning Tarbag‘atay aymog‘idagi Shauyeshek tumanida tavallud topgan. 1955 yilda oilasi bilan otamakon — Qozog‘istonga kelib yashay boshlagan. Semey viloyati Shubartov tumanidagi Barshatas qishlog‘ida o‘rta maktabni tamomlagan. Ilk mashqlari Shubartov tumanidagi “Yangi hayot” gazetasida chop qilingan. davomi…

Eseng‘ali Ravshan (1957)

Eseng‘ali Ravshan (Eseng‘ali Әbdіjapparұlы Raushanov) Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli shahrida tug‘ilgan. Qozog‘iston Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. She’rlari 1980 yillardan e’lon qilinib keladi. 1983 yilda “Bekdavlat va Jo‘loman” nomli dostoni qozoq she’riyatida katta voqea bo‘ldi va qator adabiy mukofotlarga loyiq topildi. davomi…

Muxtor Shoxonov (1942)

Muxtor Shoxonov (Mұxtar Shaxanov) Chimkent viloyati, Lenger tumani Qashqasuv qishlog‘ida tavallud topgan. Yetti yillik maktabni tamomlagach, “Yulduz” kolxozida traktorchiga yordamchi, keyin viloyat gazetasida adabiy xodim, Qozog‘iston radiosida katta muharrir, Bosh muharrir bo‘lib ishladi. Chimkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Keyinchalik davomi…

Muzaffar Alimboyev (1923-2007)

Muzaffar Alimboyev (Mұzafar Әlіmbayev) Pavlodar viloyatining Sharbaqti tumanidagi Maraldi ovulida tug‘ilgan. Qozog‘iston Davlat universitetini bitirgan. Iste’dodli shoir o‘z mavzusi, chuqur tafakkuri, o‘ziga xos ohanglari bilan qozoq she’riyatini boyitdi. “Qozog‘iston xalq shoiri” faxriy unvonining sohibi. U xalqchil she’riyati, didaktika va hajvga davomi…