Yahyo Akengin (1946)

Yahyo Akengin (Yahya Akengin) Kumushxona viloyatining Boyburt dahasida 1946 yili tug‘ilgan. Arzirum Muallimlar institugining adabiyot bo‘limini bitirgan. Ancha vaqt turli o‘quv yurtlarida dars berdi. Madaniyat boshqarmasida maslahatchi bo‘lib ishladi. Anqara radiosining teatr eshittirishlari bo‘limi mudiri vazifasida xizmat qildi. Ilk she’ri davomi…

Damaso Alonso (1898-1990)

Damaso Alonso (Dámaso Alonso y Fernández de las Redondas) – taniqli ispan adabiyotshunos olimi, shoir. Adabiyot tarixi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar muallifi. Jahon adabiyotida “27-yillar avlodi” deb nom olgan shoirlar sirasiga kiradi. TAXAYYuL Shunchalar toliqdim, shuncha toliqdim, alangalar hatto ko‘rinar so‘nik. davomi…

Sa’dulla Karomatov (1928-1987)

Karomatov Sa’dulla Muzaffarovich (1928.14.7, Buxoro – 1987.21.8, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1949). O‘zbekiston radioeshittirish qo‘mitasida xodim (1949—51), «Sovet O‘zbekistoni» gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1954—57), «O‘zbekiston madaniyati» davomi…

Miozotis (Madagaskar)

Miozotis – Madagaskar shoiri. ONAM QABRIDA Motamzada ko‘nglim o‘rtar qayg‘uda,Bir lahza xayolim aldaydi meni.Volidam, go‘yo sen shirin uyquda,Mangu uyqu olmish bag‘riga seni. Ma’yus tabassuming eslab, onajon,Ko‘z yoshimga yuvdim yuzimni o‘ksib.Qabringni tark etib ketar olomonBargizublar qolar tepangda o‘sib. Kutaman jarangdor qo‘shig‘ingni davomi…

Radu (Madagaskar)

Radu – Madagaskar shoiri. MANGU AYRILIQ Vidolashmoq og‘ir marhumlar bilan,Yuragingni o‘rtar motam lahzasi.Undan alamliroq ekan aslida,Tirik ayrilmoqning g‘amli zarbasi. She’rlar ham ularga o‘xshaydi beshak,Shabnam umri nima, g‘arib bir bezak.Hidin kim ham eslar, lekin aziz u,Chunki xotirotni uyg‘otar mangu. * * davomi…

Muhammad Aziz Lahbobiy (Marokash)

Muhammad Aziz Lahbobiy – Marokashlik shoir TINGLA, O‘G‘LIM O‘g‘lim!Sen yashashing kerak.Buning-chun o‘zgartmoq kerak dunyoni.Buning-chun qora qozonniYuz yillik qurumdan tozalaganday —Rosa artmoq kerak dunyoni. O‘g‘lim!Hayotingni beraman o‘zim.Lekin tinch kunlarni olasan qaydan?Senga ukalar ham topilar, qo‘zim,Lekin qardoshlikni, birodarlikniOsuda qalbingga solasan qaydan? Sen davomi…

Amir Xudoyberdi (1961)

Amir Xudoyberdi 1961 yili Qarshi tumanidagi Shilvi (Shayx Shibliy) qishlog‘ida tavallud topgan. 1985 yilda Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. «Dunyo va men», «Javobsiz savol», «Evrilish», «Ettinchi malak», «Oydin lahzalar», «Devonalarmiz» kitoblari davomi…