Diniy-ma’rifiy mavzularni yoritgan ijodkorlar taqdirlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida ommaviy axborot vositalari orqali diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishda faollik ko‘rsatgan bir guruh ijodkorlar taqdirlandi. «Sarhisob» tanlovi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Matbuot va axborot agentligi, Uzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil davomi…

Burobiya Rajabova. “Kimki dehqonlik ayladi pesha…”

Alisher Navoiy “dehqon” atamasini o‘z asarlarida podshohlarning huquqiy jihatdan tobelari — to‘rt guruhning to‘rtinchisi, ya’ni ziroat ahli, ziroatchilarga nisbatan qo‘llash bilan birga, ushbu atamani Alloh — yaratuvchi ma’nosida ham ishlatadi. Bunday ma’no “Hayrat ul-abror” dostonining “Ko‘ngil ta’rifida” bobidagi quyidagi misralarda davomi…

Olim Qo‘chqorbekov (1932-2015)

Olim Qo‘chqorbekov 1932 yilning 12 avgustida Zangi ota tumanining Qatortol qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1957). Qariyb qirq yil davomida «Mushtum» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Uning birinchi she’ri 1948 yilda yozilib, davomi…

Naim Karimov (1932-2023)

Karimov Naim Fotihovich (1932.12.12, Toshkent – 2023.17.09, Toshkent) — adabiyotshunos olim, jamoat arbobi. O‘zbekistan Respublikasi fan arbobi (1996). Filologiya fanlari doktori (1993), professor (1994). Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1955). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida bo‘lim mudiri (1990 davomi…

Nurali Qobul. Katta haqiqat nuri (1988)

Yozmoqqa o‘tirdim deguncha beixtiyor asabiylasha boshlayman. O‘ylab ko‘rsam buning ikki sababi bor ekan. Birinchidan, jamiyatimizda, hayotimizdagi muammo, nuqson oxirigacha o‘ylanmagan va nomaqbul ishlarning ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchidan oq qog‘ozga to‘kilgan dardlaringni o‘zing istagandek matbuot yuzini ko‘rmasligi, gapingni xalqqa yarim ovozda yetib davomi…

Bobomurod Eraliyev. To‘rt timsol sharhi

Oldingi maqolalarimizda (“Farhodning tashrifi”, “To‘rt qasr tarhi”, “O‘zAS”, 2012 yil, 20-yanvar va 8-iyun sonlari) hazrat Alisher ­Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni ilk boblari, Farhodning tug‘ilishi, tarbiya olishi hamda asardagi to‘rt qasr va undagi ravzalar tasviriga doir fikr-mulohazalarni bayon etgandik. Quyida davomi…