Bo‘ri va tulki

Kunlarning birida bo‘ri og‘zida katta bo‘lak go‘shtni tishlab kelayotgan edi. Oldidan tulki chiqib qolibdi. Tulki qarasa, bo‘rining og‘zida katta go‘sht. Tulki: — Bo‘rivoy, qayerdan kelyapsan? — debdi. Bo‘ri: — Popdan, — deb yuborishi bilan og‘zidagi go‘sht tushib ketibdi. Xuddi shuni davomi…

Tulki bilan qoplon

Tulki qo‘shiq aytib ketayotib, ko‘cha muyulishida birdan bir bahaybat qoplonga duch kelib qolibdi. Darrov ta’zim qilibdi: — Assalomu alaykum, ey hazrati Qoplon. Toleyimdan o‘rgilayki, siz zoti sharifni izlab ketayotib, yo‘ldayoq uchratdim, debdi. Qoplon: — Xo‘sh, qanday ish bor edi? — davomi…

Abdunabi Boyqo‘ziyev. Qatralar

ERTAKDAN XULOSA Odatda, kamon o‘qiga mash’ala ko‘tarib borayotgan odamlar ko‘proq nishon bo‘ladilar. Buning boisi, mash’ala tutganlarning qorong‘ulikdan yaxshi ko‘ringanlari uchun emas, aksincha, ularning mash’ala yorug‘idan narini yaxshi ko‘rmayotganliklari sabab, desak to‘g‘riroq.Shunday ekan, insoniyat uchun yuragida yovuzlik o‘rnashgan kimsalarda rahm-shafqat tuyg‘usini davomi…

Muyassar Tilovova. Laylak uyasi (hikoya)

Chang uniqib qolgan, buzoqlarniki kabi uzun-uzun, kipriklarini pirpiratib simyog‘och ustidagi laylak uyaga termilayotgan bolakay bir maromda kurtillatib o‘tlayotgan eshagi ustiga chalqancha yotib olgan, dunyo bilan ishi yo‘q. Hatto kiprik qoqmaydi, yaqinda tuxumdan chiqqan laylak bolalari chug‘ur-chug‘uriga quloq tutadi. Turob qorovul davomi…

Shoxli Iskandar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir Iskandar degan podsho o‘tgan ekan. Iskandarning sochini olgan har bir sartaroshni u o‘limga buyurar ekan. Buning sababini hech kim bilmas ekan. Nihoyat, podshoning sochini olishga sartarosh topilmay qolibdi. Qidirib-qidirib bir chol davomi…

Zulm va qasos

Bor ekan, yo‘q ekan, bir podsho bor ekan. Uning bitta-yu bitta qizi bor ekan. Kunlarning birida podshoning xotini vafot etibdi. Undan bitta tilla kavush qolibdi. Podsho mamlakatga jar soldiribdi: «Ushbu tilla kavush kimga to‘g‘ri kelsa, podsho o‘shani xotinlikka oladi», debdi. davomi…

O‘g‘ri va podshoh

Bor ekan, yo‘q ekan, avvalgi zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. Podshoning xazinasiga bir o‘g‘ri kiribdi va qo‘lga tushib qolibdi. Podsho o‘g‘rini shahar chekkasidagi bir daryo bo‘yiga olib borib, qopga solib, avval toza urishni, so‘ng daryoga tashlab yuborishni buyuribdi. Podshoning buyrug‘iga davomi…