Erkin Vohidov. Bizning odatlar (1970)
Odatlar xalq tabiatining ko‘zgusidir. Hech bir xalqning hech bir odati ayrim odamlarning istak-xohishi bilan, shunchaki bir o‘tkinchi havasi bilan dunyoga kelgan emas. Odatlar aslida ezgu niyatlarning ifodasi sifatida, insonlarning bir-biriga mehr oqibati namoyishi sifatida tug‘iladi, ular aslida xalq donishmandligining bir davomi…