Abdulla Oripov (1941-2016)

Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1990). O‘zbekiston Qahramoni (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). Ilk she’rlar to‘plami — «Mitti yulduz» (1965). «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «O‘zbekiston» davomi…

Zohidjon Obidov (1923-1996)

Zohidjon Obidov 1923 yili Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent Davlat dorilfununini tamomlagan. Namangan pedagogika institutida, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, G‘afur G‘ulom va “Yosh gvardiya” nashriyotlarida, “Mushtum” oynomasida faoliyat ko‘rsatgan. U shoir sifatida 50-yillardan beri ijod qilib keladi. Uning “Yaxshi niyat” (1957), “Yangi oyning davomi…

Maqsud Shayxzoda (1908-1967)

Maqsud Shayxzoda 1908 yil 25 oktyabrda Ozarbayjon Respublikasi Ganja viloyatining Oqtosh shahrida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964). Bokudagi dorulmualliminni tugatgan (1925). Dastlabki she’riy to‘plami — «Loyiq soqchi» (1932). «O‘n she’r» (1932), «Undoshlarim» (1933), «Uchinchi kitob» (1934), «Jumhuriyat» (1935), davomi…

Charxiy (1900-1979)

Charxiy (taxallusi; asl ism-sharifi Hamroaliyev Asqarali) (1900.23.2 Qo‘qon 1979.18.12) O‘zbekiston xalq shoiri (1975). Qo‘qondagi madrasalarning birida ta’lim olgan. Shy vaqtda mumtoz she’riyat namoyandalari ijodi bilan yaqindan tanishgan va xattotlik san’atini o‘rgangan. Qo‘qondagi «Quvvat» artelida gulabardor (to‘quvchilik korxonalarida gula tayyorlash yoki davomi…

Orif To‘xtash (1976)

Orif To‘xtash 1976 yilda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. “G‘unchalar tabassumi”, “Quyosh yo‘li”, “Ko‘ngilga tashrif” va “Vatan atri” nomli kitoblari chop etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. QIShLOQ Husningga hayratim oshib, qaytadan – Rasmingni yurakka chizgim keladi. Qaynoq quchog‘ingdan ketolmay, vatan davomi…

Saydi Umirov. Asqad Muxtorning elchilari (2005)

Adib hayoti jurnalistika bilan chambarchas bog‘liq: dastlab «Yosh leninchi» (hozirgi «Turkiston»), «Qizil O‘zbekiston» (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») gazetalarida ishlagan, «Sharq yulduzi», «Guliston» jurnallariga bosh muharrirlik qilgan, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati»ni shakllantirgan, Yozuvchilar uyushmasiga kotib bo‘lgan. Oltmish yillik ijodiy faoliyati davomida o‘n davomi…