Nabijon Boqiy. Jahon va o‘zbek adabiyotidagi eng sara asarlar

Nabijon Boqiy 1956 yil 7 noyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Chuvalanchi qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984). «Bir muhabbat qissasi» (1990), «Qatlnoma» (1992), «Gulzamira» (1994), «Chingiz afandiga maktublar» (2004), «Anvar poshoning vasiyati» (Istanbul, 2006) kabi qissalari chop etilgan. Robert davomi…

Oydin Hojiyeva (1942-2023)

Oydin Hojiyeva [1942.22.4, Buxoro (hozirgi Navoiy) viloyati Qiziltepa tumani Bo‘ston qishlog‘i] — O‘zbekiston xalq shoiri (1992). ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1965). «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim (1965), bo‘lim boshlig‘i (1971—76), «Saodat» jurnalida bo‘lim mudiri (1976-85), «Gulxan» jurnali bosh muharriri (1985—94), davomi…

Shodmon Otabek. Xonadon (hikoya)

Tarvaqaylab o‘sgan ko‘hna tut ostidagi so‘rida yonboshlab yotgan Mardon chol issiqdan loxaslandi, sochiq bilan yuzini erinibgina yelpidi. Oyog‘idagi eski dard yana bezovta qilyapti cholni. Ichkarida kuymalanib yurgan Rohila kampir ayvonga chiqib, choliga yaqinlashib so‘radi:— Choyni yangilab beraymi?Chol kampiriga ko‘z qiri davomi…

Muborak Rustamova. Shaharlik muallim (hikoya)

Toshmurod tajangning turib-turib ta’bi tirriq bo‘ldi. Axir, bundan ortiq bedodlik bo‘ladimi, ona suti hali og‘zidan ketib ulgurmagan bir shaharlik tirrancha unga aql o‘rgatdi-ya?! Go‘ring nurga to‘lgur ota-bobolaridan eshitmagan pand-nasihatni shuginadan eshitdi-ya?! Nima emish, Toshmurod aka bolalarining bilim olishi uchun shart-sharoit davomi…

Nurislom To‘xliyev. Duo (badia)

Mening bir ajoyib do‘stim bor. O‘zi olim kishi, fan doktori, professor. Kamtarning kamtari, halol-pokiza, birovning haqidan qo‘rqadigan, yangilikka va yaxshilikka intilib yashaydigan inson. Obro‘li lavozimlarda ishladi, hammasidan yaxshi nom, izzat-ikrom bilan ketdi. Hozir ham elning koriga yarab yuribdi. Yaxshi-yaxshi kitoblar davomi…

Nurislom To‘xliyev. Abram (badia)

Universitetda qolib domlalik qilayotgan, ilmiy tadqiqot olib borayotgan tengdoshlarimiz orasida Abram ismli yahudiy yigit ham bor edi. Abramboy bizdan bir-ikki yosh kattaroq bo‘lganidanmi yoki doim saranjom-sarishta bo‘lgani uchunmi, tengqurlar orasida qandaydir alohida nufuzga ega edi. Buning ustiga unga ba’zi-ba’zida ishimiz davomi…