Izzat Sulton: «Ikkalamiz bitta bo‘lib ketdik» (2006)

Universitetda o‘qib yurgan kezlarimiz Yozuvchilar uyushmasida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni qoldirmasdik. Majlislarda ustoz Izzat Sulton tez-tez so‘zga chiqib turardi. Ustozning chiqishlarini o‘ttiz yildan ziyod tinglab kelgan bo‘lsam, biron marta o‘zlarini o‘zlari takrorlaganini eshitmaganman. Shu-shu, ustoz ishlaydigan institutda ishlashni orzu qila boshladim. Orzuim davomi…

Tumanboy Mo‘ldag‘aliyev (1935-2011)

Tumanboy Mo‘ldag‘aliyev (Tұmanbay Moldag‘aliyev) Olmaota viloyati, “Mehnatkash qozoq” tumanida dunyoga kelgan. 1958 yili Qozog‘iston Davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. Shoirning ilk she’ri (“Ukrain qiziga”) 1954 yili bosilgan. 1957 yili Talabaning daftari” nomli ilk to‘plami nashr etildi. Shundan keyin uning “Komila” davomi…

Yovuz Bulant Boqilar (1936)

Atoqli turk shoiri Yovuz Bulant Boqilar (Yavuz Bülent Bâkiler) 1936 yilda Sivas shahrida tug‘ilgan. Dastlabki she’rlari “Qo‘buz”, “O‘rxun” va “Hisor” jurnallarida chiqa boshladi. So‘ngra to‘rt she’riy kitobi – “Yolg‘izlik” (1962), “Chakmon” (1971), “Duvoq” (1971) va “Sening-la” (1980) bosilib chiqdi va davomi…

Haynrix Hayne (1797-1856)

Haynrix Hayne (Christian Johann Heinrich Heine; 1797.13.12, Dyusseldorf — 1856.17.2,  Parij) — nemis shoiri, publitsist, tanqidchi va mutafakkir. Bonn, Gyottingen, Berlin universitetlarida o‘qigan (1819—25). Birinchi she’riy to‘plami «Qo‘shiqlar kitobi» (1827) romantizm ruhida yozilgan bo‘lib, unda nemislar hayotidagi meshchanlik, xudbinlik qoralanadi. davomi…

Xurshid Davron (1952)

Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvarda Samarqand viloyatiga karashli Chordara qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1975). Dastlabki she’rlar to‘plami — «Qadrdon quyosh» (1979). «Shahardagi olma daraxti» (1979), «Tungi bog‘lar» (1981), «Uchib boraman kushlar bilan» (1983), davomi…

Abdulla Oripov (1941-2016)

Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1990). O‘zbekiston Qahramoni (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). Ilk she’rlar to‘plami — «Mitti yulduz» (1965). «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «O‘zbekiston» davomi…

Shukrullo (1921-2020)

Shukrullo (Yusupov) 1921 yil 2 sentyabda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1981). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977). Pedagogika bilim yurti (1935— 38) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944). Ilk she’rlar to‘plami — «Birinchi daftar» davomi…