Abduhamid Muxtorov. Adashgan fikr (hajviya)
Uyga kelib fikrimni javonga qo‘ydim. Xudoga shukure, bir mazza qildim, bir mazza qildim. Bu xuddi hammomning parxonasiga qamalib qolgan odamning ozodlikka chiqishidan ham yoqimliroq edi. Ana endi, gazeta varaqlab, telivizor tomosha qilgancha achchiq ko‘k choyni simirib uyqu vaqtigacha yalpayib yotish davomi…