Muhammad Sharif. S.A. xotiralari (qissa)

Turkman cho‘lida quloqcho‘zma 1986 yilning 18 apreli edi. Bizni Kosonsoy tumani harbiy chaqiruv bo‘linmasida safga tizib, nomma-nom yo‘qlovdan o‘tkazgach, avtobuslarga chiqarishdi va Namangan viloyati markaziga yo‘l oldik. Shaharga qishlog‘imizdan o‘tib ketilardi. Hovlimiz katta yo‘ldan ko‘rinib turadi. Avtobus oynasidan qarab ilg‘ab davomi…

Abdujalol Taypatov. Tazarru (qissa)

O‘qdek uchib borayotgan mototsikl yo‘l chetidagi ko‘hna daraxtning yo‘g‘on tanasiga zarb bilan urildi. Motor ovozi o‘chdi. «Taq-q» etgan qattiq tovush tun oromini buzdi. Katta yo‘lning so‘l tomonidagi shiypon ayvonida qurbaqalarning qurillashiga jo‘r bo‘lib xurrak otayotgan keksa qarovul bir seskanib, boshini davomi…

Baxtiyor Omonov. Ustozning xizmatlari

1965 yili yosh olim Najmiddin Komilovning taqdirida muhim voqea yuz berdi: qatag‘on jafolarini chekkan Qutbiddin eshon Muhiddinov bilan yaqindan tanishdi. Ul zoti mukarram arab, fors tillari va adabiyotining katta  bilimdoni edi. Sharq she’riyatidan xabardor domla mumtoz adabiyotni sharhlab bera olardi. davomi…

Erkin Vohidov: “Insonni pul, mol-dunyo emas, noto‘g‘ri tarbiya, haqsizlik buzadi” (1989)

* Jamiyatning o‘z vagonlari, o‘z lokomotivlari bo‘ladi. Biz lokomotivlarni yo‘qotib, hammani vagonga aylantirib qo‘yganmiz. * Erishgan darajam yetarli demasdan, kuch borki, hayot borki, oldinga intilib yashamog‘imiz kerak. — Erkin aka, qayta qurish boshlanganiga to‘rt yildan oshdi. To‘rt yildan buyon biz davomi…

Hoji Abdurazzoq Yunus. Islom va musiqa

O‘zbek xalqining benazir ilmi bilan dunyoga mashhur namoyandalari hamma zamonlarda ham bo‘lgan. Ulug‘larimiz sirasiga, hech ikkilanmay, serqirra ijod sohibi zamondoshimiz, ulamoyu olimlar “tirik qomus” deb nom bergan shayx Abdulg‘ani Abdullohni kiritsa bo‘ladi. Ustoz O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi davomi…

Mahmud Sa’diy: “O‘z qadrini bilgan qadr topadi” (1989)

Odatda kinofilmlarda eng xavfli, eng qaltis vazifalarni kaskadyorlar bajaradilar, lekin ularning nomlari suratga tushgan kishilar ro‘yxatiga kiritilmaydi. Hayotda ham umr bo‘yi o‘zgalar mehnatini yuzaga chiqarish uchun zahmat chekib yashaydigan odamlar borki, men ularni ana o‘sha kaskadyorlarga o‘xshatgim keladi. Zero, bugungi davomi…

Qulman Ochilov. O‘g‘ilmi – qiz? (hikoya)

Eshik sekin taqilladi.– Kiring, – dedi professor G‘ulom Ermatov boshini ko‘tarmasdan. Boshini qanday ko‘tarsin, bir kasalni ko‘rsa, tekshirsa, uch-to‘rt xil qog‘oz to‘ldirishi, so‘ng bosh vrachga qo‘l qo‘ydirishi, yozganlarini kompyuter degan daxmazaga joylashi kerak. Ilgari tabiblaru olimlarga maza bo‘lgan, qog‘ozbozlik bilan davomi…