Erkin Vohidov. Qarzdorlik (1986)

Bir yozuvchining adabiyot dargohiga kirib undan o‘z o‘rnini olishi uchun ming bir shartu sharoitning tajassumi kerak bo‘ladi. O‘sha ming birning biri adabiy muhit va bu muhitdagi odamlarning xayrixohligidir. Abdulla Qahhor biz endi adabiyotga qadam qo‘ygan davr muhitining markazida turgan shaxs davomi…

Erkin Vohidov. Sergey Yesenin (1980)

Yoshlikda orttirilgan do‘st umrning ko‘rki, qalbning suyanchig‘i bo‘ladi. Kishi shodligini ham, dardini ham avvalo u bilan baham ko‘rgisi keladi, har gal uchrashganda bamisoli yoshlikning beg‘ubor olamiga qaytgandek bo‘ladi. Tasavvurimda Sergey Yesenin she’riyati mening shunday — yoshlik do‘stim. U bilan men davomi…

Erkin Vohidov. Sharq yulduzi (1984)

1954 yil. Sira yodimdan chiqmaydi. O‘shanda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi edim. Mening ilk she’riy mashqlarimdan biri «MGUga» nomi bilan «Sharq yulduzi»da bosilib chiqdi. O‘sha kunlardagi quvonchimni ta’riflashga so‘z kamlik qiladi. Sinfdoshlarim, to‘garakdoshlarim oldida gerdayib yurganlarim, jurnal sotilayotgan do‘konlar oldidan ketolmay turganlarim, davomi…

Erkin Vohidov. She’r qadri (1982)

She’rni hech kim birovdan o‘rganib yozmaydi, hech kim birovga she’r yozishni o‘rgatolmaydi. Lekin she’riy iqtidori bor bo‘lgan boshlovchiga mahorat sirlarini o‘rgatuvchi ustoz kerak. «Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar» degan xalq maqolining she’riy hunarga ham daxli bor. Matbuot sahifalarida bosilayotgan davomi…

Erkin Vohidov. Yulduzlar qovushsa… (1981)

(«Drujba Narodov» jurnalining davra stolida so‘zlagan nutqdan) Dunyodagi hech bir mamlakatda bizlardagidek ko‘p kitob tarjima qilinmaydi va hech bir boshqa adabiyotda bizning adabiyotdagicha badiiy tarjima masalasiga katta e’tibor berilmaydi. Bu masalada simpoziumlar chaqiriladi, tom-tom kitoblar nashr etiladi, gazeta va jurnal davomi…

Erkin Vohidov. Mukammallik (1981)

Inson tafakkurining bir ojizligi bor. U oz vaqt ichida yuz bergan ulkan hadisotlar silsilasini daf’atan qabul qilolmaydi. Tog‘ning ulug‘ligini tasavvur qilmoq uchun undan uzoqlashish kerak bo‘lganidek, buyuk tarixiy voqealarning haybatini rostmana his etish uchun ma’lum vaqt masofasi lozim bo‘ladi. Hozirjavoblik davomi…