Abdulla Qodiriy. Yozishg‘uchilarimizg‘a (1925)

«Mushtum» o‘zining yozishg‘uchilarining samimiyatini, dardini yaxshi biladir. Chunki dard bo‘lmasa, samimiyat bo‘lmasa, biz podachini qo‘lida kaltagi bilan ko‘rmas edik. Biz bu o‘rinda shu samimiy yo‘ldoshlarimizg‘a, qo‘ldoshlarimizg‘a bir-ikki og‘iz gap sotmoqchi bo‘lamiz: siz bir muhitda yashaysiz; ya’ni qishloqda, shaharda yoki ko‘yda. davomi…

Abdulla Qodiriy. Eshonlarimiz (1924)

I Ehtimolki, sarlavhani o‘qug‘aningizda tasfiyai nafs[1], tazkiyai qalb[2] qilg‘uchi va qildirg‘uchi, nur ichiga cho‘milgan, riyozat[3] bilan cho‘pustixon, tamom foniy, faqir va ehtiyoj bilan hamnishin[4] bo‘lg‘an vujudlarni ko‘z o‘ngimizga kelturarsiz. Lekin har kimning ko‘rishi har turlukdir. Eshonlarimiz!.. Mana, manim ko‘z o‘ngimga davomi…

Abdulla Qodiriy. Hoy, yer yutkur (1924)

Xotun-qizlarning baynalmilal kuniga bag‘ishlab Bu kun xotun-qizlarning baynalmilal bayram kunlari. Albatta, bu «mushtipar»larning ko‘ngillarini olmoq har bir belida belbog‘i bor bo‘lg‘an kishining vazifasidir. Biroq biz hayrondirmizki, qaysi yo‘sun bilan ularning ko‘ngillarini olish kerak? Biz bu nuqtani o‘bdan o‘ylab ko‘rdik. Ammo davomi…

Abdulla Qahhor. Abdulla Qodiriy (1964)

O‘zbek elining sevikli adibi Abdulla Qodiriy manfaatparast, martabaparast odamlarning chaquvi bilan safimizdan yulib olingan edi. Abdulla Qodiriy, ba’zi bir odamlar aytmoqchi, «bir-ikkita risola yozgan» anchayin yozuvchi emas, balki yangi davr adabiyoti, Yevropa adabiyoti gazi bilan o‘lchaganda ham to‘laqonli asarlar yozgan, davomi…