Qanday hayvonlar xaltalilar hisoblanadi?

Evropalik sayyohlar Yangi Dunyoga borganlarida o‘zlariga g‘aroyib va yangi tuyulgan narsalarni olib qaytganlar. Masalan, Janubiy Amerika opossumi (qopchiqli kalamush) 1500 yili Braziliyadan olib kelingan, 1770 yili esa kapitan Kuk o‘zi Avstraliyada ko‘rgan kenguru to‘g‘risida gapirib bergan. O‘sha vaqtgacha Yevropada hech davomi…

Yalqov qanday hayvon?

Biz odamni yalqov deganimizda, uning dangasaligini va sustkashligini nazarda tutamiz. Bunday xususiyatlar kun va tun 18 soat uxlaydigan shu nomdagi hayvonni eslatadi. Yalqovlar Markaziy va Janubiy Amerikada Nikaraguadan to Braziliyagacha bo‘lgan hududda yashaydigan g‘aroyib ko‘rinishdagi hayvonlar hisoblanadi. Ular daraxtlarda yashaydi, davomi…

Bronenosets nima?

«Bronenosets»ning nimaligini bilasizmi? Bu zirhni eslatuvchi suyak kosaga o‘ralgan, hajman uncha yirik bo‘lmagan sut emizuvchidir. Amerika Qo‘shma Shtatlari janubidan Janubiy Amerika janubigacha bo‘lgan hududda bronenosetsning o‘nta turi yashaydi. Bronenosetsning ust tomoni suyak kosa bilan qoplangan, u boshda bitta va orqasida davomi…

Chumolixo‘rlar qanday mavjudot?

Chumolixo‘rlar — odatda qirchumoli deb ataluvchi oq chumolilarni tutib yeydigan hayvonlardir. Chumolixo‘rlar boshqa oziqdan ko‘ra chumolini afzal ko‘radi, chunki ularning tishlari yo‘q. Ularning ancha cho‘zinchoq jag‘ suyaklari deyarli to‘liq teri bilan qoplangan bo‘ladi. Chumolixo‘rning og‘zi juda kichkina, chuvalchangsimon tilining uzunligi davomi…

O‘rdakburun nima?

O‘rdakburun — shunday g‘aroyib mavjudotki, dastlab odamlar uning borligiga ishongilari kelmagan. Britaniya olimlari 1799 yilda o‘rdakburunlardan birini ko‘rganlarida uni soxtaga chiqarishgan. U nimasi bilan g‘aroyib? O‘rdakburunning tumshug‘i o‘rdaknikiga, dumi suv qunduzinikiga o‘xshaydi, tanasi qalin yung bilan qoplangan bo‘ladi. U tuxum davomi…

Exidna nima?

Exidna — uchratish mumkin bo‘lgan g‘ayrioddiy hayvonlardan biridir. Yexidnaning tirnoqlari uzun, tumshug‘i naychasimon va tipratikan yoki jayra ignasi yoki nayzasini eslatuvchi kalta, qattiq tikanaklar bilan qoplangan. Ammo eng g‘aroyibi — bu sut emizuvchi tuxum qo‘yadi! Bundan tashqari, u garchi sut davomi…