Abdug‘afur Rasulov. Yangi davr mas’uliyati (2012)

Toshkentning Beshog‘ochidanman. Bu daha Bo‘rijari, anhorlari, mahobatli ko‘priklari, Tuproq qo‘rg‘oni, mashhur ko‘li, hovuzlari, gavjum bozori, tramvay izi o‘rnatilgan tosh ko‘chalari, har bir hovlidan o‘tadigan ariqlari bilan yodimda qolgan. Uning mahalla, guzar, choyxona, bekat, non, sabzavot, go‘sht do‘konlarini unutib bo‘ladimi? A.Soljenitsinning davomi…

Jumaqul Qurbonov: «Hayot o‘zi ustoz ekan» (2012)

Men tug‘ilgan Ko‘hnashahar qishlog‘i Qashqa­daryo­ning quyi oqimida joylashgan. Uning kunbotar tomonida mashhur Zanjirsaroy qal’asining xarobalari, kunchiqar tomonida esa Abdullaxonga nisbat beriladigan, biroq xalq orasida Bekcha deb ataladigan sardoba bo‘lardi. Bolaligimda qo‘y haydab yurib Zanjirsaroy xarobalarining sap-sariq g‘ishtlariga qarab chuqur xayolga davomi…

Pirimqul Qodirov. Ma’naviyat, modernizm va absurd

Gapni insonga xos ma’naviy izlanishlardan boshlaylik. Geologlar tog‘u cho‘llarni kezib qadri past, arzimas narsalarni emas, qadri baland, qimmatbaho narsalarni izlashadi. Shunga o‘xshab, insondagi ma’naviy izlanishlar ham unga aziz tuyuladigan, ruhiy ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlarga qaratiladi.Butun tabiat quyosh nuri bilan tirik. Ammo davomi…