Burobiya Rajabova. Navoiy ijodida tarixiy-huquqiy atamalar

Alisher Navoiy asarlari matnida o‘z davrining turli ilm-fan, kasb-hunarga oid ko‘plab atamalarini ham mahorat bilan qo‘llagan. Ulardan ba’zilari asrlar davomida o‘zgarmay bizning davrimizgacha ham iste’molda bo‘lsa, ayrimlari bugun iste’moldan chiqib, tarixiy yoki arxaik so‘zlarga aylanib ulgurgan[1]. Tarixiy-huquqiy istilohlar ana shunday davomi…

Ismoil Bekjon. Navoiyning pokistonlik gurji muxlisi

1747 yilda Eron hukmdori Nodirshoh Afshor saroyida g‘animlar suiqasdi sababli o‘ldirilgach, u bosib olgan mamlakatlar xalqlari ozodlikka erishadilar. Jumladan, ­Nodirshoh huzurida harbiy xizmatda turgan asli gurjistonlik sarkarda Irakliy ham erkinlikka erishib, ­Tiflisga qaytadi va yurtni boshqarishga kirishadi. Biroq ko‘p o‘tmay, davomi…

Ra’no Ibrohimova. Navoiyning «murid»i

Dunyoda shunday kasblar bo‘ladiki, ularni egallash uchun inson qobiliyat bilan tug‘ilishi kerak. Men Yozuvchi, rassom, san’atkor, shifokor, faylasuf, kimyogar bo‘lib tug‘ilganlar bilan muloqotda bo‘lganimdan, taqdirimdan beadad minnatdorman. Mana shunday kasb egalaridan biri, Navoiyning «murid»i, professor Suyima G‘aniyevadir. U tadqiqotchi-matnshunos bo‘lib davomi…

Husaynxon Yahyo. Navoiyni qachon tushunamiz?

Hazrat Alisher Navoiy ijodi bilan o‘quvchilik yillarimizda tanishgan edim. Biroq Navoiyni tushunish, uning betakror iste’dodi qirralarini anglash juda qiyin edi. Qolaversa, Navoiy asarlari talqini hukmron mafkura mezonlaridan chiqib ketishi mumkin emas edi. Shuning uchun ham sobiq ittifoq davrida nafaqat Navoiy davomi…

Hamidjon Homidiy. Atoqli navoiyshunoc (2011)

Ilm-adab ahli orasida shunday zotlar bo‘ladiki, ular bir umrga nina bilan quduq qazigandek ko‘hna sarchashmalarni varaqlab, ma’naviyat injularini o‘rganib, saylab-terib tahlil etib, bilganlarini o‘zgalarga, shogirdlarga o‘rgatib yuradilaru, ammo hirs, hoyu havas, boylik-sarvatga, amal-martabaga befarq qaraydilar, barcha yumushlarni xokisorlik va fidoyilik davomi…

Alisher Nazar. Ehtiyoj (2000)

Kecha bo‘lgan, bugun bo‘layotgan, ertaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma fojealar yomon fikrining “bolalaridir”. Engels bizni boplab aldadi: “Ota-bobolarimiz maymundan ajralgan. Biz asli mehnat qilaverib, mehnat qilaverib maymundan olamga aylaganmiz”, dedi. Biz ishondik. Chunki u paytlar “dohiylar” fikriga shubha bildirish osiylik  davomi…

Erkin Vohidov: “Navoiy — So‘zni malham deb bilgan daho” (1988)

Jurnalning mazkur sonini (“Yoshlik”, 1988/2) tayyorlash chog‘ida redaktsiya xodimi Nurullo Otaxonov sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning xonadonida bo‘lib, «Alisher Navoiy va zamondoshlarimiz» mavzusida o‘zini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdi. O‘sha suhbat hukmingizga havola qilinmoqda. – Erkin aka, avvvalo uzrimni aytay: men davomi…