Lobarxon Rustamova. Do‘st (hikoya)

— Akmalvoy, hoy, Akmalvoy. Do‘stim, bormisan?Hali javob qilib ulgurmay, darvozaxonadan hatlab ulgurgan Mashrabjonni ko‘rib, Karimaxonning ensasi qotdi. Ichida: “Tavba, kutib tursa bo‘lmasmikan?”— deya ranjidi.— Kelin, yaxshimisizlar? Sog‘-salomat yuribsizlarmi? Bolalar qalay? Qachondan beri ko‘z tutaman, do‘stim eshigimdan kirib kelar deb. Yo‘q, davomi…

Nurali Qobul. Kechikkan turnalar (hikoya)

Ko‘rgan edim o‘rvangni,Tagi teshik to‘rvangni.Xalq so‘ziI Safardalik paytimda sinfdoshim usta Mamarasul dunyodan o‘tibdi.Qishloqqa otlandim.Kuz erta kirgani bois yoz oxirlamay yog‘ingarchilik boshlangan edi.Saraton jaziramasidan sarg‘aygan adirlar, suruv-suruv qo‘ylar tuyog‘idan taqiri chiqib ketgan tog‘ etaklari, angor va yaylovlarga yana jon kirdi. Bo‘zqirlarda davomi…

Otauli. Risola (hikoya)

Qadimshunoslik (arxeologiya) institutining yangi direktor o‘rinbosari eski ilmiy kotibni huzuriga chaqirib, qo‘liga bir qo‘lyozma tutqazdi:– Viloyatda yashaydigan bir boshlovchi olim shuni jo‘natib, bizdan fikr so‘rabdi. O‘qib, oldingizga kelganida fikringizni muallifga aytarsiz.Shu ham ish bo‘libdimi! Atigi yuz betgina qo‘lyozmani o‘qib chiqib, davomi…

Jo‘ra Fozil. Oq olma (hikoya)

O‘tgan asrning 50-yillarida qishloqda hosilotlarning obro‘-e’tibori juda baland edi. Ular ham kolxoz raislariga o‘xshab, ot minib, qo‘llarida qamchi o‘ynatib yurishardi. Keyinchalik, 60-yillarga kelib, negadir “hosilot” so‘zi ham, hosilotning o‘zi ham oradan chiqdi. Qishloq ahli endi “agronom” so‘zini tez-tez takrorlay boshladi. davomi…

Isajon Sulton. Oydinbuloq (hikoya)

(Yo‘ldosh Sulaymon xotirasiga) Qishloq chetidan uyga qaytayotgan edim. So‘qmoqdan yurib, pastlikka tushdimu atrofini jingullarning qalin devori o‘ragan, qari, bujur tol barglari shitirlab turgan Oydinbuloq yonidan o‘tdim.Bu buloq bolaligimdan beri bor. Suvi kumushday. Miltillab oqib yotadi. Bolalik chog‘larimda issiq nonni shu davomi…

Salomat Vafo. Elat (hikoya)

Men har kun ertalab, tunda ko‘rgan mudhish tush ta’siridan turolmay yotar, butun vujudimni qo‘rquv qoplar, chala-yarimta bilgan kalimalarimni qaytarib, arang qimirlardim. Emishki, allaqanday isqirt va rasvo mushuk yo‘limni kesib o‘tar, oyog‘imga yopishib, zorlanib miyovlaganicha izimdan qolmasmish. Uning xira tortgan, shilpiq davomi…