Ahmad A’zam. Go‘zallik qirralari (hikoya)
O‘zi g‘alati kun bo‘ldi. Havo ham shunga o‘xshagan. Qandaydir dim, bo‘g‘ilib ketayotgandek bo‘lasan-u, chuqur nafas olaman desang, havo bemalol, ko‘kraging to‘ladi, “Havo yetmayapti-ya!”, deb yozg‘irmoqqa chog‘langan odamga alam qiladi.Nima xohlayotganingni o‘zing ham bilmaysan.O‘zi-ku, odam degan xudoyim bergan har bir kunga davomi…