Anvar Obidjon. Sotti satang hayotidan (hajviya)

ChOYXONADA Buyoqqa o‘tir, grajdanin Abdukarim. Pajalista, nondan ol. Ie, seniki qaymoqli patirmi? No‘, no‘! Qani, o‘shani ushatgin-chi bo‘lmasa.Xo‘-o‘-sh, traktoringda haliyam dalalarni gullatib yuribsanmi? Filtrni tez-tez yangilab tursang bas, motor eshakday ishlayveradi. Vot, asosiy masala qayerda!Texnikani suvdek bilaman, o‘ttizinchi yillarda MTSga1 davomi…

Anvar Obidjon. Tushuntirish xati (hajviya)

Uchaskavo‘y melisamizga yozib ma’lum qilamanki, men kim – oddiy sovet bangisi, qo‘sh gumbazli hammomning ilg‘or o‘t yoquvchisi, adolatparvar deyilguchi mamlakatning adolatga tashna grajdani, adabiy nag‘mada aytganda, fuqarosidurman.O‘rtoq kapiton! Sizga ustimdan tag‘in shikoyat tushganini eshitib, haddan tashqari xijolat bo‘ldim. Xotinim o‘zi davomi…

Anvar Obidjon. Uch og‘a-ini (hikoya)

Uch og‘a-ini bor ekan. Biri biridan sho‘x, biri biridan o‘yinqaroq bolalar ekan. Chetdan qaraganda, ularning yurish-turishi bir xildek ko‘rinsa-da, kenjasi sal pismiqligi bilan ajralibroq turarkan. Uning juda kichkintoylikdagi ajabtovur qilig‘ini oiladagilar haligacha hiringlab-hiringlab eslashar ekan.Mahalla bolalarining salomatligini ko‘rikdan o‘tkazib turuvchi davomi…

Anvar Obidjon. Jaqqi (hikoya)

Shunaqasiyam bo‘lib turadi – kimdir O‘g‘iloyning jig‘iga tegib qo‘yadi. Achchig‘i chiqdimi – birdan qovog‘i solinadi, sochlari kirpitikonning ignalaridek tikkayadi, ko‘zlaridan uchqun chaqnab, jajji lablari giloschaga o‘xshab cho‘chchayadi. “Ha, nima bo‘ldi?” – desangiz, toshdek qotib, indamay turaveradi.Boshqa paytlarda undan xushchaqchaq, undan davomi…