Habib Abdunazar. Hujra (hikoya)
To‘rt yillik talabalikdan keyin birinchi bor bahorni sog‘inib kelishim. Qishlog‘im ham ichimga kirib qolgandek; u bilan qo‘shilib nafas olaman, tomirlarimga yashil qon yuguradi. Tepalik osha dashtga yoyilib ketgan bostirma uylarga qarayman. Mana bu o‘ngirlarda, mana bu do‘ngliklarda chopib yurgan bolaligim davomi…