Isajon Sulton. Farishta (hikoya)
Farg‘onaning chekka bir qishlog‘ida, er-xotin to‘ydan kech qaytishayotgan edi. Terakzorlar adog‘ida, chakalakzor boshlangan joyda ko‘rib qolishdi uni. Kichkinagina ekan. Oyoqchalari ham mittigina. Tuproqni changallab olibdi, yelkasida ikkita qanotchasi ham bor, uchidagi parlari shundoqqina loyga belanib, shalvirab tushibdi. Bir qanoti g‘ayrioddiy davomi…