Ravnaq (1725-1805)

Pahlavonquli Ravnaq (1725—Xorazm — 1805) — shoir. Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida o‘qigan. Dastlab Xiva xoni Abulg‘ozi Soniy (1742—47) ni maqtab she’rlar yozgan. 1768 yilda taxtga o‘tirgan G‘oyibxon ta’qibidan qochib, bir necha yil sarson-sargardonlikda yurgan. So‘ng Xiva madrasalaridan birining hujrasida faqirlikda hayot davomi…

Roqim (1742-1814)

Roqim (taxallusi; ismi noma’lum, 1742 — Xorazm — 1814/15) — shoir, xattot. Ijodda Navoiy va Fuzuliyga ergashgan. O‘zbek va fors tillarida, mumtoz badiiyatning deyarli hamma janrlarida ijod qilgan. An’anaviy ishqiy lirikasi va ijtimoiy masalalarga oid she’rlari ijodida muhim o‘rin tutadi. davomi…

Andalib (1712-1780)

Andalib (Bulbul) (asl ismi Nurmuhammad G‘arib; taxminan 1712—Urganch— 1780) — turkman shoiri. O‘zbek va turkman tilida yozgan. Xiva madrasalarida o‘qigan. Andalib mumtoz adabiyotning g‘azal, ruboiy, murabba, muxammas, musaddas, musabba, muvashshax va boshqa janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Jomiy g‘azallariga muxammaslar davomi…

Gadoiy (XV asr)

Gadoiy (taxallusi; asl ismi hozircha noma’lum) (1403/04 — 15-asr oxiri) — shoir. G‘azal janri,  aruz ilmi va she’riyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (o‘zbek) va qisman fors tilida g‘azal, qit’a, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan. Gadoiy o‘z ijodi bilan 15-asr o‘zbek davomi…

Mavlono Ishoq (XIV asr)

* * * Nazar qil bizga bir soat, ayo mahbubi ruhoniy,Aningtek bizni xush ko‘rkim, bekansun ahli rux oni. Ko‘zumning bobaki ichra xayoling naqsh erur mutlaq,Yana aqlim sening husnung tangirg‘ab fikri hayroni. Zanaxdoning qudug‘inda ko‘ngul Iskandari tolib,Ajabtur anda bo‘lmasa Xizrning obi davomi…

Mavlo Qozi Muhsin (XIV asr)

* * * Sevdugum ban odamiylar jonidur,Qamu xo‘blar xo‘bining sultonidur. Kechti Layli, kechti Shirin xo‘blig‘i,Ushbu kun menim shahum davronidur. Bandasidur bo‘yining sarvu chinor,Oyu gunash yuzining hayronidur. Yangoqi sayrulara olma sotar,Dudog‘i dardiylarning darmonidur. Ne yangoqkim mot etar toza guli,Ne dudoqkim Misriy davomi…

Xorazmiy (XIV asr)

Xorazmiy (14-asr) – o‘zbek adabiyotining Navoiygacha bo‘lgan atoqli vakillaridan, noma janrining asoschisi. Hayoti va ijodi haqida ayrim ma’lumotlar uning bizgacha saqlanib qolgan yagona asari «Muhabbatnoma» orqali yetib kelgan. «Muhabbatnoma» Oltin O‘rda xoni Jonibekning hukmdorlaridan Muhammad Xo‘jabekning taklifi bilan 1353 yilda davomi…