Ziyouz muharriri – “Oltin qalam” sohibi

3 may — Jahon matbuoti erkinligi kunida bo‘lib o‘tgan “Oltin qalam” VIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida www.ziyouz.com, www.ziyouz.uz  veb-saytlari bosh muharriri Davronbek Tojialiyevga ushbu mukofot topshirildi. Xalqimizning ko‘p asrlik  ma’naviy qadriyatlari, madaniyatini keng targ‘ib davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. Siynani sanaga almashtirib bo‘lmaydi (2004)

Keyingi 15-16 yil ichida Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon hayoti va ijodini o‘rganish izchil tus oldi. Adabiyotshunoslarimizdan Naim Karimov, Ozod Sharafiddinov, Ibrohim Haqqulov, Sherali Turdiyev, Salohiddin Mamajonov, Ninel Vladimirova, Sirojiddin Ahmedov va boshqalar Cho‘lpon to‘g‘risida maqolalar, adabiy portretlar, monografiyalar yaratdilar, adib davomi…

Abdulla Matyoqubov. So‘nggi kecha (1943)

Shaxsga sig‘inish balosi insoniyat tarixida abadiy muhrlanib qoladigan qora dog‘ bo‘ldi. Qo‘rquv saltanati sog‘lom kishini nogiron, osoyishta odamni bezovta, bulbuligo‘yoni gung qilgan edi. 30-yillarning mudhish fojialari “baxtli sovet xalqi”ga uzoq yillar mutlaqo oshkor etilmadi. Faqat mustaqillik zamoniga kelib, O‘zbekiston osmonidagi davomi…