Olti ahmoq va bir to‘qmoq

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda olti ahmoq va bir to‘qmoq yashagan ekan.Ular birgalashib sabzi ekishibdi. To‘qmoq ahmoqlardan:— Sabzining ostini olasizlarmi yoki ustinimi? — deb so‘rabdi.Ahmoqlar sabzini birinchi marta ekayotganlari uchun nima deyishni bilmay, o‘ylab-o‘ylab:— Ustini biz olamiz, davomi…

Xasislik oqibati

Qadim zamonda bir xasis boy yashagan ekan. Uning uch o‘g‘li bor ekan. Ular ham otasi singari xasis ekan. Mol-u dunyo topishda har qanday razillikdan qaytmas ekanlar.Kunlardan bir kuni mol-dunyo orttirish, boyliklariga boylik qo‘shish maqsadida yo‘lga chiqishibdi. Yo‘lda ketayotib bir oltin davomi…

Tadbirli bola

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir kambag‘al chol bilan kampir va ularning uch o‘g‘li bor ekan. Ular juda qashshoq yashar ekan. Kunlardan bir kun chol kasal bo‘lib, qazo qilibdi. Bolalarning tarbiyasi yolg‘iz kampirga qolibdi. Kampir qiyinchilik bilan davomi…

Saxiy bilan baxil

Kunlardan bir kuni baxil bilan saxiy sahroda sayohat qilib yurishgan ekan. Baxil suv solgan meshining og‘zini hech ochmabdi, oziq-ovqat solgan xaltasini yechmabdi. Saxiyning suvini ichib, nonini yeb yuraveribdi.Bir kuni saxiyning suvi ham, noni ham sob bo‘libdi. Ular charchab, quruq bir davomi…

Ko‘kka tupursa, betga tushadi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir devona bor ekan.U devona “ko‘kka tupursa, betga tushadi”, deb aytib yurar ekan. O‘ng ko‘zini ko‘rsatkich barmog‘i bilan ko‘rsatib, “mana ko‘rdinglarmi” deb, kulib ketaverar ekan.Shu gapdan boshqani aytmas, hech kim bilan so‘zlashmas, davomi…

Hasadgo‘ylik

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bitta aka-uka bor ekan. Akasi ukasini hech ko‘rolmas ekan. Ikkovlari ham egar yasab sotishar ekan. Akasi kuniga juda ko‘p egar yasar ekan-u, lekin ishlab topgan pulini hech barakasi bo‘lmas ekan. Ukasi esa bir kunda davomi…

Qozi bilan boy

Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Zomin yurtida bir boy bor ekan, uning bir novchasi bor ekan.Kunlardan bir kuni boy bir narsadan jahli chiqib, novchasini haydab yuboribdi. Novcha arazlab Zomin qozisining oldiga boribdi. Qozi:— Ha, nima arzing bor? davomi…

Omon bilan Yomon

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda ikki do‘st bo‘lgan ekan. Birining ismi Omon, ikkinchisining ismi Yomon ekan. Ularning ikkalasi ham oilali, bola-chaqali ekan.Omon to‘g‘ri so‘z, kamtar, rahmdil ekan. Yomon esa, yolg‘onchi, baxil ekan, do‘sti Omonning baxtini hech ko‘rolmas davomi…

Usmon bilan Yoqub

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bitta chol yashagan ekan. Uning ikkita o‘g‘li bor ekan. Kattasining ismi — Usmon, kichigining ismi Yoqub ekan.Chol:— O‘g‘illarim, men endi qarib qoldim, endi ro‘zg‘or ishi o‘zlaringga qoldi, borib yerni haydab kelinglar, — davomi…

Qizg‘anchiq it

Bir it bor ekan, juda qizg‘anchiq ekan.Bir kun shu it sheriklari bilan talashib kattakon bir suyakni olib qochibdi. Suv ustidagi yakka cho‘pdan o‘tayotsa, suvda bir it og‘zida katta suyak tishlab, ko‘zlarini olaytirib, itga tikilib turgan emish,It:— Ir-ir-ir, — deb tishini davomi…