Muhtarama Ulug‘ova. Marg‘ilonliklar (Bir muxammas tarixi)

Farg‘ona davlat pedagogika universitetining hurmatli domlalaridan biri, ustozimiz, adabiyotshunos olim Muhammadjon Madg‘oziyev hikoyasi: — XV asr oxiri — XX asr boshlarida Marg‘ilonda navoiyxonlik an’anaga aylangan edi. Oqshomlari erkaklar alohida, ayollar alohida yig‘ilishib, buyuk bobomiz Alisher Navoiy g‘azallarini mutolaa qilishar va davomi…

Saydi Umirov. Oltin zanglamas (2007)

Abdulla Qahhorga mehr-muhabbat menda maktabda o‘qib yurgan chog‘lar paydo bo‘lgan. Bu muhabbat keyinchalik, ehtimol, Asror bobo samovaridan o‘t olib, kampirlar qoqqan simdan yoxud “Oltin yulduz” shu’lasidan cho‘g‘lanib, so‘nmas otash-alangaga aylangandir. Harqalay, yozuvchining jozibador asarlari o‘shanda murg‘ak qalblarimizni ohanrabo yanglig‘ o‘ziga davomi…

Manzar Abdulxayrov. So‘z maxzani (2007)

Alisher Navoiy asarlaridagi e’tibordan  chetda qolgan so‘z va iboralar talqini Turkiy tildagi so‘z va iboralarni to‘plash, ularni ilmiy asoslash an’anasi X asrda yaratilgan “Devonu lug‘otit turk” asarining boy tajribasiga borib taqaladi. Zero, lug‘at muallifi Mahmud Koshg‘ariy o‘z davridagi turli qabila-urug‘lar davomi…

Muhammadjon Xolbekov. Badiiy tarjima: muammo va yechim (2007)

Jahon tsivilizatsiyasi tarixida XX asr tarjima asri degan nom oldi. Ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek tarjimachiligi ham o‘tgan asrda katta natijalarga erishdi, jahon adabiyotining shoh asarlari bilan xalqimizni tanishtirdi. Cho‘lponning Shekspirdan (“Hamlet”), Usmon Nosirning Lermontovdan(“Demon”), Oybekning Pushkindan(“Evgeniy Onegin”), Erkin davomi…

G‘ulom Karim. Xalil Sulton tahsini (2007)

X—X asrlarda Samarqand Qoraxoniylar davlatining markaziy shaharlaridan biri edi. Qoraxoniy hukmdorlar, Sharqiy Turkistonda bo‘lgani kabi, Movarounnahrda ham ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga homiylik qildilar. Masalan, Tamg‘ochxon Ibrohim tomonidan Samarqandda qurdirilgan yirik madrasadan ko‘plab olimlar yetishib chiqqan.Qoraxoniylar davrida Samarqandda ilmu fan bilan davomi…

Jovli Xushboq. Axloq — bu haqiqatdir (Vasiliy Shukshin hayotidan lavhalar)

Ulug‘ iste’dodlar sodda bo‘ladi. Vasiliy Shukshinning qizi Mariyaning otasi haqidagi xotiralarini eslang: “Dadam men bilan Olgadan jonini ham ayamasdi. Men kasalmandroq edim. Otam karovatimda soatlab o‘tirardi. Qulog‘im og‘riganida tezroq sog‘ayishimni tilab iltijo qilgani esimda. Dadam uyda bo‘lganlarida oyimdan bolalarni o‘zlari davomi…

Kamol Matyoqubov. Vodiy durdonasi

Vodiyda 1,5 million yillik ko‘hna tarix izlari, 3,5-4 ming yillik qadimiyatga bog‘liq nodir osori-atiqalar mavjud ekan, bu yerda o‘tmishda shaharlar, qal’alar bo‘lmaganmi, davlatlar tashkil etilmaganmi, degan savollar tug‘iladi. Albatta, mamlakatimizning boshqa hududlaridagi kabi vodiyda ham qadimda ilk shaharlar, qal’alar barpo davomi…

Muhammad Toshboltayev. Farg‘oniy haqiqati

Sharqona udumga ko‘ra, ustoz ota qatorida turadi. Zotan, sha’ni, qadri benihoya yuksak tutiladigan bu zotning benazir xizmati, bir qarashda, oddiydek tuyuladi. Ustoz bergan ta’lim shogirdga ilm qasrining eshiklarini ko‘rsatib turadi, xolos. Ularni topish va ochishni, qasrga kirishni eplash esa shogirdning davomi…