Ilya Chavchavadze (1837-1907)

Chavchavadze Ilya Grigorevich [ილია გრიგოლის ძე ჭავჭავაძე; 1837.27.10(8.11), Kvareli 1907.30.8(12.9), Tbilisi] — gruzin yozuvchisi va jamoat arbobi. Peterburg universitetida (1857—61) tahsil ko‘rgan. 1861 yil vataniga qaytib, gruzin adabiyotidagi inqilobiy-demokratik yo‘nalishga boshchilik qilgan. 1864 yildan e’tiboran adabiy faoliyatdan tashqari, davlat va davomi…

Irakliy Abashidze (1909-1992)

Abashidze Irakliy Vissarionovich (ირაკლი ბესარიონის ძე აბაშიძე; 1909.10.11, Kutaisi gubernyasi Xoni qishlog‘i — 1992) — gruzin shoiri va jamoat arbobi. Gruziya Fanlar akademiyasi akademigi (1960). Gruziya Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1953—67). Gruziya Entsiklopediyasi bosh muharriri (1967 yildan). Asarlaridagi asosiy mavzu davomi…

Yannis Ritsos (1909-1990)

Dunyoga mashhur yunon shoiri Yannis Ritsos (Γιάννης Ρίτσος) kasodga uchragan yirik yer egasining oilasida dunyoga kelgan. Ikkinchi jahon urushi paytida yunon qarshilik harakatida ishtirok etgan. Uzoq yillar mobaynida qamoqda o‘tirgan. Yannis Ritsosning 50 she’riy kitobi nashr etilgan. Ulardan eng mashhurlari: “Traktorlar” davomi…

Syulli-Pryudom (1839-1907)

Syulli-Pryudom (Sully Prudhomme; asl ism-sharifi Rene Fransua Arman Pryudon) (1839.16.3, Parij — 1907.7.9, Shatne-Malabri, Ode-Sen departamenti) — frantsuz shoiri. Frantsiya akademiyasi a’zosi (1881). Parij universitetini tugatgan. Ilk kitobi — «Bekat va she’riyat» (1865). «Harbiy taassurotlar» (1870) kitobi Frantsiya-Prussiya urushi voqealariga davomi…

Lui Aragon (1897-1982)

Aragon Lui (Louis Aragon) — frantsuz yozuvchisi va jamoat arbobi. Ijodini shoir-syurrealist sifatida boshlagan. Turkum romanlari «Mavjud dunyo» (1934—51) chiqqan. Qarshilik harakati ishtirokchisi, qarashlari «Yurakka qadalgan pichoq» she’riy to‘plami (1941)da va hikoyalar to‘plami («Frantsuzlarning buyukligi va tushkunligi», 1945)da aks etgan. davomi…