Aziz Nesin. G‘aroyib bolalar (roman)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
O‘n yashar bola edim. Istanbulning Sulaymoniya mahallasida, ikki qavatli eski uyning bir xonasida oilamiz bilan ijaraga turardik. Targ‘il bir mushugimiz bo‘lardi. O‘sha kezlari u bolalagan bo‘lib, faqat bittasi tirik qolgan edi.Targ‘il nechog‘lik och qolmasin, uydagi narsalarga hecham ko‘z olaytirmasdi. Aslida davomi…
Tavr tog‘i tomonlarda bir dehqon o‘rmonga borib, katta bir daraxtni ag‘daribdi-da, o‘tin tayyorlashga kirishib ketibdi. Shu orada qayerdandir ayiq paydo bo‘lib, uning qarshisiga kelib o‘tiribdi-da, harakatlarini zimdan kuzata boshlabdi. U taraflarda nima ko‘p, ayiq ko‘p. Lekin odamga hujum qilmaydi. Shuni davomi…
Xalil Dundor shunday hikoya qiladi:— Tog‘ etagidagi Xirvati qishlog‘i atrofida suruv haydab yurgan cho‘ponlar har kuni tunda bittadan qo‘y g‘oyib boiayotganini sezib qolishadi. Ma’lum bo‘lishicha, suruvga ayiq oralagan ekan. Cho‘ponlar o‘g‘rining adabini berib qo‘yish niyatida kechasi gulxan yoqib, uni poylab davomi…
Buni bizga o‘qituvchimiz gapirib bergan.O‘sha o‘qituvchimizning bir qarindoshi birinchi jahon urushi yillarida armiyada ofitser bo‘lib xizmat qilgan ekan. O‘sha odam kunlardan birida cho‘lda ketayotib qiziq bir voqeaning guvohi bo‘libdi. Tipratikan bilan yo‘g‘on bir ilon «jang» qilishayotgan bo‘lib, hujum qilayotgan tomon davomi…
Uyimiz katta yo‘l yoqasida bo‘lguchi edi. Qish kunlaridan birida ikkinchi qavatdagi deraza yonida gazeta o‘qib o‘tirardim, oldimda esa qahva. Shu payt ko‘cha tomondan ingillagan ovoz eshitildi. Shunday ayanchli, shunday g‘amnok ediki, gazetani ortiq o‘qiyolmadim. Eshikni ochsam, jingala-jingala oq junli daydi davomi…
Advokat do‘stim Urxon Opoydin bir kuni gap orasida:— Men ham bir marta yozuvchilik qilganman, — deb qoldi.— Qandoq qilib? — so‘radim men.U hikoya qilib berdi.— Boshlang‘ich maktabda, taxminan uchinchi sinfda o‘qib yurgan paytlarim edi. Yakshanba kunlari dalaga chiqib, maza qilib davomi…
Moskvada Ajdar Ibrohim degan bir kino rejissyor bilan do‘stlashib qolgan edik. Ikkinchi marta Moskvaga borishimda o‘shaning xotini vafot qilganini eshitdim. Bir tanishimizni yonimga olib, ko‘ngil so‘ragani dala hovlisiga bordim. Kinorejissyorning dala hovlisi katta yo‘ldan chetroqda, o‘rmon yoqasida ekan. Xotini qazo davomi…
O‘sha paytlarda Istanbulda hovli-joyimiz bo‘lguchi edi. Besh tanobcha yerimiz ham bor. Uydagi mushuk bilan kuchukcha birga katta bo‘lganliklari uchun judayam inoq edi. Tomorqaga sabzavot ekib, bir chekkasida tovuq boqardik. Yana bir eshagimiz bo‘lib, men uni Chalabiy deb chaqirardim. Jonivor nihoyatda davomi…
Mashinada Yevropadan Turkiyaga qaytayotib, Yugoslaviya orqali o‘tadigan bo‘ldik. Belgradga yaqinlashib qolgan edik, yo‘l chetida joylashgan bir xo‘jalikka ko‘zimiz tushdi. Surishtirib bilsak, bu yerda zotli itlar yetishtirisharkan. Uning egasi bir yugoslav bo‘lib, o‘zi shu sohada mutaxassis ekan. Xo‘jalikni aylanib chiqdik. Har davomi…