Bo‘ri va tulki

Kunlarning birida bo‘ri og‘zida katta bo‘lak go‘shtni tishlab kelayotgan edi. Oldidan tulki chiqib qolibdi. Tulki qarasa, bo‘rining og‘zida katta go‘sht. Tulki:
— Bo‘rivoy, qayerdan kelyapsan? — debdi. Bo‘ri:
— Popdan, — deb yuborishi bilan og‘zidagi go‘sht tushib ketibdi. Xuddi shuni kutib turgan tulki go‘shtni ilib ketibdi. Bo‘ri och qolibdi. Bir necha kundan keyin qorni och bo‘ri tulkini ko‘rib qolibdi. U og‘zida katta bo‘lak go‘sht tishlab kelayotgan emish. Bo‘ri:
— Tulkivoy, qayerdan kelayapsan? — deb so‘rasa, tulki og‘zidagi go‘shtni mahkam tishlab turib, “G‘ijduvondan”, deb qochib ketgan ekan.