Xurshid Do‘stmuhammad. Oromkursi (qissa)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Xurshid Do‘stmuhammad 1951 yil 8 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1973). Dastlabki kitobi — «Hovli etagidagi uy» (1989). Shundan keyin yoauvchining «Panoh», «Oromkursi». «So‘roq». «Sof o‘zbekcha qotillik», «Mahzuna», «Ibn Mug‘anniy», «Yolg‘izim — Siz», «Ko‘z qorachig‘idagi uy», «Jajman» (1997) asarlari, shuningdek, «Hijronim mingdir mening» (2000) qissa va hikoyalar to‘plami, «Bozor» (2000) romani nashr etilgan. «Hamid A’lamovning aytolmagan gaplari» xotira-essesi va «Jurnalist bo‘lmoqchimisiz?» (2002) risolasi, «Chayongul» (2000) kinostsenariysi muallifi.A. Ryunoskening «Rasyomon darvozasi» hikoyasini, T. Po‘latovning «Etti huzur-halovat va qirq qayg‘u-alam» romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Bahor kechki ovqatdan so‘ng idish-tovoqlarni yig‘ib oshxonaga keltirdi-da, ularni yuvishga tutingan joyida qo‘li ishga bormadi. Ko‘ngli allaqanday noxushlikni sezganday birdan yuragi uvishdi, choy damlab, oila a’zolari jamuljam o‘tirgan ravonga qaytdi. Ostonaga yetganida ichkari xona eshigida kostyumini ko‘rsatkich barmog‘iga ilib osiltirib davomi…
Yoqub to‘ram kallasini salgina boshqacha ishlatgan edi, hayotida tubdan burilish yuz berdi: kissasi pul ko‘rdi, ro‘zg‘origa baraka kirdi, nomi mahalla-ko‘yning og‘ziga tushdi, hammasidan ham, begonalar tugul, uyidagi bola-chaqalarigacha uning izzat-hurmatini joyiga qo‘yadigan bo‘lishdi! Tilidan ham, dilidan ham “Etkazganiga shukr” tushmaydi-yu, davomi…
Izvosh guzardan o‘tib katta ko‘chaga burildi hamki, Yoqubxo‘jadan sado chiqmadi. Boy ikki-uch daf’a hamrohining avzoiga zimdan ko‘z yugurtirdi. Yoqubxo‘janing qaddi unikidan yarim qarich tik, shu bois u o‘tirgan holida ham xiyla salobatli ko‘rinadi. Odamlar, «Yoqubboyning shaxsiy qo‘riqchisi» deb gap tarqatishdi, davomi…