Safar Kokilov. Olamshumul yangilik (hajviya)

– Mamat brigadir uyiga bir pritsep xashak tushiribdi…
– Qo‘ying. Bu mayda-chuyda gap.
– Sulaymon qorovul jamoa bog‘ining olmalarini o‘zimniki deb har bozor chiqarib sotadi.
– Buyam mayda-chuyda.
– Raimov-chi? Mudir bo‘lgandan beri fermadagi sara ho‘kizlarni sotib yeb, o‘rniga jaydarilardan to‘ldiribdi. Bu endi aniq fakt.
– He-e, nima qilamiz o‘zimizni sharmaida qilib. Ishqilib joyini to‘ldiribdi-ku. Mayda- chuyda. Siz menga shunaqa gap ayting-ki, olamshumul bo‘lsin.
– Jamoamizda hech kim ishga qiziqmay qoldi. Hamma o‘zining tomorqasida…
– Uf-f, juda injiq ekansiz-da. Shuyam gap bo‘ldi-yu. Nima, oylik, maosh bo‘lmagach, odamlar ochidan o‘lsinmi, tomorqasiga ishlaydi-da. Buning nimasi yangilik? Hammaga ma’lum gap-ku.
– Traktorchilar, haydovchilar-chi? Jamoaning mashinasi va traktorida “levak” ishlashadi. Qancha benzin, solyarka…
– Ha, endi, “zapchast”ni o‘z cho‘ntagidan sotib olgach, foydalanadi-da. Qo‘ying, mayda-chuyda gaplarga parvo qilmang, dedim-ku.
– He-e, siz ham qo‘ying-e. Muxbirman deysiz, fakt kerak deysiz. Aytganlarimning barini mayda-chuyda deysiz. Tushunmay qoldim. Nima ham deymiz, biz o‘zi mayda odammiz, bilganimiz ham shuda. Agar sizga kattaroq gaplar kerak bo‘lsa, ana, rais bovadan – kattamizdan so‘ray qoling. Qayerdan topaman deysizmi? Ho‘, ana, xo‘jalikning mehmonxonasida, dam olib,
kun bo‘yi bilyard suradi…
– Nima, nima? Bilyard? Yo‘g‘-e? Rais bilyard o‘ynaydimi? Zo‘r-ku. E, sizni kerang-u, nega darrov shuni aytmadingiz? Axir bu olamshumul yangilik-ku. Rais bilyarl o‘ynasa-yu, siz sskin
gapirasizmi? Axir bu jamoa xo‘jalitada madaniy-ma’rifiy va sport ishlari besh degani-ku. Exxe-e… tasavvur qiling-a… Sport maydonlari. Madaniyat uyi, futbol, shaxmatchilar klubi. Ayni hozirgi zamon ruhida-ya. Ana yangilig-u, mana yangilik. Olamshumul yangilik. Vax-xa… He, yashavoring, akam…