Nurullo Oston. Patti shayir (hajviya)

Odamzod oxir zamon haqida ko‘p cho‘pchaklar to‘qigan. Oxir zamon bo‘lsa, er yorilib, Ya’juj-Ma’juj chiqib kelarmish, uning kallasi oltita, qo‘li o‘n ikkita  bo‘larmish, duch kelgan narsani yamlab yutarmish, odamlar uchar gilamlarda ucharmish, dunyoning bu chakkasidan turib u chakkasini ko‘rib turarmish. Bularning qanchalik to‘g‘riligini bilmadimu, lekin shayir bilan G‘ayir odamlar ko‘paysa, oxir, zamon bo‘lgani shu. Bo‘lmasa, tinchgina etikdo‘zlik qilib yurgan mendek qo‘li gul usta shayir bo‘p ketadi, deb kim o‘ylabdi, deysiz? Birinchi yozgan she’rim ham etik haqida bo‘lgan, o‘qib ko‘rsangiz xuddi etikdo‘zning yamoQiday bejirim chiqqan:

Kelgan kim bu, etikmi, ahvollaring tetikmi

Biznikida qol qishlab, sani turay olqishlab!

Oxir zamon bo‘lsa, shayirga yodidagisini, G‘ayirga og‘zidagisini berarkan. o‘ayir odam har qadamda  og‘zidagisini-og‘zidan qo‘ymaydi. Kallangga ko‘zim, yoki burnim,-demaydi. Kallangga og‘zim, deydi. Og‘zidagisini oQizlamasa, ko‘ngli to‘lmaydi. He hammangni..,-deydi-da, og‘zini to‘ldirib og‘izlaydi. Shayir ko‘rgan, eslagan narsasini oQizlab ketaveradi. Cho‘pni ko‘rsa ham she’r to‘qiydi: Masalan, ey, cho‘p, buncha ekansan ko‘p, hammamizga etadi kavlashga, deydi.  Shayirlar shunchalik ko‘payib ketdiki, xalqimizning uchdan biri G‘ayir, uchdan biri shayir, Ikkovining ham quroli og‘zida tayyor turadi.

Rishtonda bo‘lganimda o‘ulom Fathiddin bilan uch kun mobaynida yurib, taksichi shayir, dehqon shayir, bog‘bon shayir, sartarosh shayir, etikdo‘z shayir bilan tanishib oldim. Hammasi ana shundan boshlandi. o‘sha etikdo‘z shayirning hamkasb bo‘lganligi uchunmi, etikning yamoQiday bejirim she’rlari menda ilk bor shayirlik havasini uyg‘otdi. Mana bu she’rni o‘sha erda yozganman:

-Uka qalay sog‘liG‘ing, qulluq bo‘lsin choriG‘ing.

Nam o‘tmasmi oyoqdan,  olaqolding qayoqdan?

-o‘tganimda Rishtondan, oldim Јizilishtondan!

Ana shu she’rimni ko‘rsatib, etikdo‘z ustozimdan oq fotiha olganman. Taxallusni ham o‘sha qo‘ygan.

-Dunyoda uch-to‘rtta global mavzularda yozadigan mashhur shayirlar bor,-dedi u.-Bular shayir Sharmandiy, Mo‘tti, Sotti va yana bir-ikkitalar. Sening taxallusingni kasbimiz taqozosidan kelib chiqib qo‘yamiz. Zavqiy domla ham mahsido‘z bo‘lganlar, lekin dunyo taniydi. Gap shayirlikni eplashda.

-Qanday taxallus qo‘yamiz,-sabrim chidamay so‘radim.

-Mana sen mijozning etigini tikasan-a,-dedi ustozim ko‘zoynagi ustidan menga sinovchan qarab.-Narxini oshirib qo‘yasanmi-yo‘qmi?

-Ha, shunday,-dedim to‘g‘risini aytishdan boshqa ilojim qolmay.

-Ha, barakalla,-dedi u. -Boshqacha qilib aytganda mijozning patini yulasan. Milisada buni qalam, deydi. Shuning uchun sening taxallusingni Patti shayir deb qo‘yamiz…

Ana shundan ijodim gullab-yashnab ketdi. Kunduzi etikdo‘zlik qilib mijozning patini yulaman, kechqurun she’r yozaman. She’riyat olamiga kirsam, menga o‘xshagan Patti shayirlar tiqilib ketgan ekan. Biri nafaqaga chiqib she’r yozgan, biri professorlikni tashlab ijod qilgan… Birisi: “Bo‘rimisan sen o‘zi, bo‘ri bo‘lsang uvlama!” deb yozibdi. Ha endi, o‘zi bo‘ri bo‘lsa, uvlamasdan vovullasinmi? Boshqasi esa: “Oldim baloni, soldim baloQa, chiqdi balosi, qoldim baloQa” deb yozibdi. Shayirning nimani olib nimaga solganini bilmadim-u, hozir o‘sha she’ri gimn bo‘lib ketdi. Yana bittasi: “Oning guli o‘ntaligi yolg‘on ekan, bitta ekan, ul ochilib qolg‘on ekan”,-depti. Demak, gullar haqida yozish kerak. Yozganda ham ochilgan gullar haqida, hech kim tushunmaydigan  qilib yozish kerak. Ana shu tariqa bir zumda “Men eshik qoqaman” degan she’r yozib tashladim. “Taqillataman” desam ham bo‘lardi, vazni to‘g‘ri kelmadi.

Eshigingni qoqay, mayin sadoying bo‘lay,

Muhabbating gulshanida gadoying bo‘lay

deb tugatdim she’rni. o‘sha she’r deng, qo‘lma-qo‘l bo‘lib, qo‘shiq bo‘lib ketdi. Lekin, bachchag‘ar artistlarning sanoatiga qoyil qoldim, ikki qator she’rni bitta qo‘shiq qilishipti. Sadoiy degan shayirdan xat keldi. “Iltimos, mening taxallusimning gadoyga qofiya qilmang,”- depti u. Xullas etikdo‘zdan Patti shayirga aylandim-qo‘ydim. Oshna-og‘aynilar ko‘paydi. Bir kuni tilvizirdan “Jannatga kirmoq uch mingdandir” ko‘rsatuvining muallifi Bozorvoy Matqovul degan gazitchi bilan kelib qoldi.  “Aka, siz hag‘ingizda ko‘rsatuv tayyorlayman, yanayam mashhur bo‘lib ketasiz,-dedi u.-Faqat ozgina xarajati bor, shuning uchun yana bir-ikkita joyni videoga tushirsak, puli ichidan chiqadi.”

Shu gap bilan ularga qo‘shilib bir qishloqqa bordim. U erda choyxona ochilishi marosimi bo‘layotgan ekan, odam gavjum, bir oqsog‘ol Bozorvoyga ma’qul tushib qoldi.

-Otaxon, bir duo qilib berasiz, s’yomka qilamiz, keyin tilvizirda ko‘rsatamiz,-dedi u. Otaxon rozi bo‘ldi.

-Otaxon, bu qaysi qishloq,-so‘radim men ham o‘z navbatida.

-To‘qboy ulim,-dedi.

-Bo‘lmasa, To‘qboyga ochboylar keldi,-deb yuboribman og‘zimdagini ishlatib. Bozorvoy bilan Matqovul kuladi, jim bo‘ling s’yomkani boshladik, kuldirmang, deydi. S’yomka boshlandi, chol kaftini ochib duoni boshladi.

-Iloho omin, joshlarQa o‘mir bersin,-dedi-yu to‘xtab qoldi.

-Gazi jo‘qlarQa ko‘mir bersin,-davom yettirdim men.

-Ha shunday,-dedi otaxon menga qarab. S’yomka buzildi.

Mahalliy shayirlardan Yaxshi Davron bizni s’yomkadan keyin toQga, Bo‘ri buvanikiga olib bordi. Bo‘ri buva urush qatnashchisi ekan, ordenlarini shaldiratib chiqdi.

-Bo‘ri buva, men Shonazar ulingizdi jo‘rasi bo‘laman,-dedi Yaxshi Davron.-Sizdi tilbizirQa chiQarishQa keldik. “Jannatga kirmoq uch mingdandir” ko‘rsatuviQa.

-E qo‘y, Yaxshiboy ulim, meni tilbizirQa chiQishQa holim jo‘q, pinsiyamdi ham olQanim jo‘q…

-E, undan Qam jemang Bo‘ri buva, ulingiz hammasini hal qilib qo‘yQan, pulinQiz kerak emas,-Yaxshi Davron ham bo‘sh kelmadi. Xullas, Bozorvoy bilan Matqovul boboni u yoqqa, bu yoqqa yurgizib, tilvizirga oldi. Keyin choy ichdik. Choydan keyin Bo‘ri bobo fotiha o‘qishni Bozorvoyga bag‘ishladi. “Mehmon fotiha o‘qisa, uyga baraka keladi ulim, duo sizdan”,-dedi.

Bozorvoy kaftini duoga ochdi. Biz ham qo‘l ko‘tardik.

-Otaxon,-dedi Bozorvoy,-qalbi daryo inson ekansiz, yuzingizdan nur tomib turibdi. Ilohim  nuroniy sog‘olingizda hamma vaqt mayda-mayda…-Shu joyga kelganda Bozorvoy chuqur nafas olib to‘xtadi. Јo‘lingni duoga ochib turganingda o‘rtada jimlik bo‘lib qolsa, odam o‘nQaysiz ahvolga tusharkan. Bozorvoyni xijolatdan qutqarish uchun unga  qarab:

-…mayda-mayda burgachalar o‘ynab yursin,-deb yuzimga fotiha tortib yubordim. Hamma yuziga fotiha tortdi. Matqovul bilan Bozorvoy kulaverib, qornini ushlab yumalab qoldi. Keyin Bozorvoy: “Nega unday dedingiz?-deb xafa bo‘ldi.-Men endi mayda-mayda farishtalar sog‘olingizdan makon qursin”,-demoqchi edim.

-Farishtayam shunchalik kichkina bo‘ladimi?-dedim.-Farishta osmonda bo‘ladi, odamning elkasida bo‘ladi, sog‘olda nima qiladi? Sog‘olda burga bo‘ladi-da!

Bir kuni Jizzaxga shayirlar uchrashuviga chaqirib qolishdi. Ayni saraton payti, soyada harorat 50 daraja issiq, uch-to‘rt shayir kanalda cho‘milayapmiz. Ulardan biri bir sakrab oyog‘i bilan kanalning o‘rtasiga o‘zini tashladi. Kanalning  tagi balchiq ekan, burqsib-qalqib suv yuzasigacha chiqdi. Shunday qaradim-u, she’r to‘qidim. “Oyting”,-deyishdi.

Bu suvning tagi balchiq, unda cho‘milma qanchiq,

dedim.-Bu erda qani chiq, degan so‘zda i harfi tushirib qoldirilgan…

Tabiiy, she’rdan hech kim xafa bo‘lmadi. Shayir  esa, nihoyat o‘ziga bag‘ishlanib she’r yozilganligidan xursand bo‘ldi. Hozir Patti shayir desa, butun dunyo meni taniydi. Bundan ortiq baxt bormi? Yaqinda Tursunali degan bir alloma shayir saylanmasini chiqarayotgan ekan. “Menga ham o‘rgating kitob chiqarish yo‘llarini”,-desam, “Ha, endi arziydigan she’rlar bo‘lsa, o‘zlari  chiqarishadi-da!”-dedi G‘urur bilan u. Endi arziydigan she’rlar yozish uchun etikdo‘zlik qilib yuribman.

Yaqinda tushimda Pushkin bilan uchrashib qolibman. U bilan she’riyat haqida gaplashayotgan ekanman. Pushkin mendan “Kasbing nima?”-deb so‘rabdi. “Etikdo‘z”,-depman.”Unday bo‘lsa tizzadan yuqoriga chiqma-da, xumpar”,-depti Pushkin. Tush shu erda uzilib, uyg‘onib ketdim. Qarasam, bir qo‘limda juvoldiz, bir qo‘limda etik, pinakka ketib qolgan ekanman…