Muhammad Sharif. S.A. xotiralari (qissa)

Turkman cho‘lida quloqcho‘zma 1986 yilning 18 apreli edi. Bizni Kosonsoy tumani harbiy chaqiruv bo‘linmasida safga tizib, nomma-nom yo‘qlovdan o‘tkazgach, avtobuslarga chiqarishdi va Namangan viloyati markaziga yo‘l oldik. Shaharga qishlog‘imizdan o‘tib ketilardi. Hovlimiz katta yo‘ldan ko‘rinib turadi. Avtobus oynasidan qarab ilg‘ab davomi…

Muhammad Sharif. “Uoll Strit” (hikoya)

– Voydod, voy o‘lay! Bolta ko‘tarib kelayotganmish! Endi nima qilamiz? – O‘ttizga o‘rlab qo‘ygan juvon temir darvozani daranglatib yopib kirdi-da, qo‘lidagi cho‘ltoq supurgini chetga uloqtirib, katta dahaga kirgan qurtdek pishillab yotgan erini titrab-qaqshagancha uyg‘otishga tushdi. – Voydod! Tursangiz-chi g‘aflat bosmay! davomi…

Muhammad Sharif. Nemis (hikoya)

U tushgan mashina Qamchiq dovonidagi chegara nazorat nuqtasiga yetib kelganida ma’lum bo‘ldiki, tog‘ yo‘li yopiq ekan. Kecha tuni bilan qor yoqqan, dovonda yo‘lni tozalash ishlari hali tugamabdi. Oradan biror soat o‘tmay yo‘lda mashinalar turnaqator bo‘ldi, bir zumda qurut, pista, qo‘qonpatir, davomi…

Muhammad Sharif. Jazo (hikoya)

– Qo‘rboshi, Qo‘rboshi! – Labbay Mergan! – Jinoyatchini tutib keldik, qanday jazo beramiz? – Nima gunoh qilgan ekan? – Jang maydonini tashlab qochgan. – Obbo xunasa! Bizga obdon va xo‘p xoinlik qilibdi-ku. Qadimda boshqalarga o‘rnak bo‘lsin deb bundaylar qoziqqa o‘tqazilgan. davomi…

Muhammad Sharif. Tolko‘prik (hikoya)

Tolko‘prikdan o‘tayotgan bu odamlar qayerga shoshyapti? Qay manzil, qay maqsadni ko‘zlagan? Bahaybat kallasining qoq o‘rtasidagi o‘pqondek qop-qora kovagi tobora kengayib, chirindiga to‘lib, mung‘ayib qolgan tol odamlarning og‘irligini ko‘tarib o‘rgangan. Lekin yillar davomida uni tepkilab o‘tgan, yo‘g‘on shoxlari uchiga chiqib suvga davomi…

Muhammad Sharif. Parvoz (hikoya)

– Ayblanuvchi Bozorov Adham, o‘rningizdan turing! Marhamat, o‘zingizni sudga tanishtiring: qachon, qayerda tug‘ilgansiz, kasbingiz nima? Hozir o‘qib eshittirilgan ayblovnomadagi jinoyatga nega qo‘l urganingiz, ya’ni samolyotni qanday qilib va nima maqsadda olib qochganingiz haqida batafsil gapirib bering. – Qirra burun, tikanak davomi…

Muhammad Sharif. Hadik (hikoya)

Kim bo‘ldi ekan tong saharda bezovta qilgan?! Namuncha dag‘dag‘a qilmasa?! Quyosh hali bosh ko‘tardimi yo‘qmi o‘zi?! Yozning bunaqangi uzun kunlarida quyosh soat sakkizdan keyin, kunchiqardagi ikki qavatli uyning tomi osha uning hovlisiga mo‘ralaydi. Bunga qadar uning sersoya hovlisi tonggi sokinlik davomi…


Maqolalar mundarijasi