Asad Asil. Tashnalik (hikoya)

Arslon chol bir kam saksonga borganida kampiri bandalikni bajo keltirdi. Kutilmagan bu kulfat, bemavrid judolik o‘n yigitga o‘rnini bermay yurgan qariyani dovdiratib qo‘ydi. Otaning nazarida go‘yo o‘zi qatnashib yurgan davralardan birdan fayz ketdi, bu olam huvillab bo‘shab qoldi. U uydan davomi…

Asad Asil. Sirtlon (hikoya)

Yil juda og‘ir kelgan edi. Qish yarimlamasdan yem-xashak tugadi. Chorvadorlar qamish, ajriq ildizi, yantoq qidirishib, har kuni izg‘ib yurishardi. Shermat aka ham shularning biri edi. U o‘shanda tentiray-tentiray, tunga qolib ketdi. Endi qo‘raga tezroq qaytish kerak: ochqab yurgan yirtqichlar qo‘ylarni davomi…

Asad Asil. Targ‘il olma (hikoya)

Taqdirimdan nolimayman. Diyorimiz markazida chiqadigan, jamiki ijodkorlar orzusidagi mo‘tabar dargohlarda mas’ul vazifalarda mehnat qildim. Baxtimizga elektr poyezdi bor ekan, azonda jo‘nayman, kechga tomon yana ikkinchi vagonda qaytaman. Diltortar odamlar uyushib, davra tashkil etgan ekanlar, shularga qo‘shilib olganman. Fayzulla aka davraboshi. davomi…

Asad Asil. Tulki bolasi (hikoya)

O‘rmon mergan ko‘zi ilindimi-yo‘qmi, tong bo‘zara boshlaganini ko‘ra solib o‘rnidan turib ketdi. O‘g‘ilchasining harorati baland, tuni bilan ingrab chiqqan edi. Uyquga qonmagan ovchining boshi sirqirab og‘riydi, ko‘ngli g‘ash. Buning ustiga, kech kuz havosi emasmi, qibladan izg‘irin aralash sovuq tuman yopirilib davomi…

Asad Asil. Ukkiboy otaning oxirgi ovi (hikoya)

Mashhur merganlar haqida antiqa rivoyatlar eshitganmiz, ko‘plarining uy-joylarida bo‘lib, tongotar suhbatlarini olganmiz. O‘zimiz ham yoshlikda ovchilikning ko‘chasidan o‘tgan edik-da…Qadimda ko‘pchilik o‘z podasini o‘zi boqardi. O‘n-o‘n bir yoshga to‘lgan paytlarim. Qo‘y-echkilarimni qori erib ketgan kungay qiyaliklarda aylantirib kelaman. Bir kun obdan davomi…

Asad Asil. Oxirgi ilinj (hikoya)

Dadajonim-ey, siz bu ahvolda turib, men qanday qilib?… Yo‘q! Men to‘yni to‘xtataman!!.Shashqator yoshlari gulyuzlarini jaladay yuvib borayotgan, qalin sochlari to‘zg‘ib ketgan Oygul ahvoli nochor otasi ko‘ksiga bosh qo‘ygancha faryod urib yig‘lardi. Shu damlargacha boshi yostiqqa tegmagan, hech narsadan tap tortmaydigan davomi…


Maqolalar mundarijasi