Qayum Karimov. Kalendar – taqvim – yiloykun (1991)

Vaqt o‘lchami insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Hozirgi kalendar paydo bo‘lguniga qadar odamlar yog‘och va boshqa narsalarga o‘yib kun, oy sanoqlarini sanash, kanop, arqon kabilarga tugun tugish, xurofiy alomatlar, rivoyatlar, qissalar orqali avlodlarga xabarlar yetkazganlar. Bu odamlarga ov, ekin-tikin, yig‘im-terim mavsumlarini belgilash, safar-sayohat, savdo-sotiq, marosimlar va boshqa qator muhim tadbirlar, hayotiy voqea-hodisalarning vaqt-muddatini aniqlash kabi tadbirlar uchun zarur bo‘lgan.

Taraqqiyot ilgarilab borgan sari odamlarda eng kichik va katta vaqt oralig‘i (kun oylardan tortib yilgacha bo‘lgan oraliq)ni aniqlashga ehtiyoj tobora orta borgan. Mana shu tariqa kecha-kunduz, hafta, oy, fasl, yil, muchal hisob usullari kelib chiqqan. Bunday ehtiyoj qachon, qayerda, kimda tug‘ilganligi va dastlab kanday yo‘l bilan qondirilganligiga ishora qiluvchi aniq dalillar yo‘q. Ammo ancha izga solingan vaqt o‘lchovi usullari eramizdan ilgarigi davrlardayoq amalda bo‘lgan. Bizning hozirgi tushunchamizdagi kalendar o‘z ibtidosi bilan juda qadim zamonlarga borib taqaladi.

Kalendar lotincha so‘z bo‘lib, u kalendarium (qarz daftari) va kalendar (har oyning birinchi kuni) so‘zlaridan olingan. Qadimgi Rimda qarz yuzasidan ulush har oyning birinchi, yani kalendar kuni to‘lanishi va u qarz daftari (kalendarium)da qayd qilib borilishi rasm bo‘lgan.

Kalendarning hozirgi ma’nosi vaqt oralig‘i birligini hisoblash usulidnr. Bu usul tabiat hodisalarining samoviy jismlar harakatidagi davriylik (Erning bir kecha-kunduzlik harakati, Oyning Yer atrofidagi ko‘rinma harakati, Quyoshning ko‘k gumbazi sirti bo‘ylab yillik harakati) bilan bog‘liq holda yuz berishi, yani kecha bilan kunduz, yil fasllari, oy qismlari almashinuvi kabilarga asoslangan.

Dunyoda keng tarqalgan va uzok amalda bo‘lgan yilnomalar qatoriga Yuliy va Grigoriy kalendarlarini, milodiy, hijriy va muchal yil hisoblash usullarini kiritish mumkin.

Yuliy kalendari. Eradan oldingi 28 asrdayoq qadimgi Misrda quyosh kalendari amal qilgan. Uning har bir yili 30 kunlik 12 oydan iborat bo‘lgan, har yil oxiriga 5 kun ko‘shilib, yil 365 kun qilib olingan. Bu kalendar tropik yildan taxminan 6 soat (to‘rt yilda bir sutka) qisqa bo‘lgan. Shu sababli yil boshi oldinga surilib chalkashib yurgan. Mana shu chalkashlikni tuzatish maqsadida Rim konsuli Yuliy Sezar misrlik munajjim Sozigen maslahati bilan miloddan oldingi 46 yilda islohot o‘tkazadi. U tropik yil (Er Quyosh atrofini 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyada bir marta aylanib chikish davri) taxminan 365,25 kunga barobar kelishini bilgani holda yilni (2 oyga bo‘ladi, tok oylarni 3), juft oylarni 30 kundan, fevralni esa oddiy yilda 28, kabisa yilda (kabisa — to‘ldirilgan, orttirilgan demakdir) 29 kundan qilib belgilaydi. Shuningdek, yil boshini 1 yanvarga — Rim konsullari o‘z lavozimlarini egallash kunlariga ko‘chiradi. Isloh qilingan bu kalendar eradan oldingi 45 yilning 1 yanvaridan Yuliy Sezar nomi bilan Yuliy kalendari (eski usul) deb ataladi. Yuliy kalendarida har uch yil 365 kundan (oddiy yil), to‘rtinchi yil, yani 4 ga qoldiqsiz bo‘linadigan yil 366 kundan (kabisa yil) qilib olinadi.

Bu kalendar yili (365,25 kun) tropik yildan 11 daqika 14 soniya ortiq. Bu farq 1600 yilga kelib 10 kunga yetgan.

Grigoriy kalendari. Yuliy kalendaridagi mazkur farqni to‘g‘rilash maqsadida Rim papasi Buankampan’o — Grigoriy XIII rimlik matematik va tabib Luiji Lilio (Aloiziy Liliy) loyihasi asosida 1582 yil 24 fevralda islohot o‘tkazdi. 1582 yilning 4 oktyabridan keyin 5 emas, birdan 15 oktyabr hisoblab, eski usul bo‘yicha yig‘ilib kolgan 10 kunlik farqni yo‘qotdi, odatiy oy kunlari, barcha bayram, marosimlar o‘z vaqtiga qaytarildi. Kelgusida yana shu farq asosidagi chalkashlik kelib chiqmasligi uchun 400 yilda 3 kunni chikarib tashlashga qaror qilindi. 4 ga qoldiqsiz bo‘linadigan yillar kabisa (366 kunlik) yil hisoblandi. Ammo ikki noli bilan 4 ga bo‘linishi mumkin bo‘lgan, nollarisiz yuzlik qismi 4 ga yoki ikki noli bilan 400 ga bo‘linmaydigan yillar (1300, 1500, 1700, 1900 kabi) kabisa emas, oddiy (365 kunlik) hisoblanadi. Bu Grigoriy kalendari (yangi usul) deb nomlandi.

Grigoriy kalendari yili o‘rtacha 365, 2425 kunga teng bo‘lib, tropik yildan 0,0003 kun uzunroq. Bu fark 3300 yilda 1 yoki 10000 yilda 3 kunga teng bo‘ladi. Deyarli aniq va mukammal bo‘lgan bu kalendar hozir dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida qabul qilingan. SSJIda 1918 yil 14 fevraldan (eski usul bo‘yicha 1 fevraldan) V. I. Lenin dekreti bilan yangi usulga o‘tilgan.

O‘rta Osiyo xalqlari, ko‘pgina Sharq mamlakatlari xalqlari kabi, qadimdan so‘g‘diy, xorazmiy, suryoniy, hijriy, muchal kabi yil hisoblash usullaridan foydalanib kelganlar. Hozirda dunyo xalqlari orasida milodiy va hijriy yil hisoblash usullari keng tarqalgandir.

Milodiy yil. Buni o‘rislar Iso-masih tug‘ilishidan so‘nggi yil hisobi yoki nasroniylar yilnomasi deyishadi. Bu yil hisobi Yevropa mamlakatlarida va Rossiyada ko‘llanadi. U eramizgacha bo‘lgan birinchi asrda nasroniylikning tarqala boshlashi bilan bog‘liq holda joriy bo‘lgan. Milodiy arabcha milod — tug‘ilish so‘zidan olingan bo‘lib, yil hisobi Rim rohibi Kichik Dionisiyning hech kanday dalillarga asoslanmagan taklifi bilan Iso Masihning taxmin kilingan tug‘ilgan yilidan boshlab hisoblanadi. Yangi eraning birinchi yili milodiy yilning boshidir. Musulmonlar har bir milodiy yil boshini Dalv oyining birinchi kunidan boshlab hisoblaydilar.

Milodiy yilning hozir SSJIda ko‘llanayotgan 12 oy nomlari Grigoriy kalendaridagi yevropacha nomlarning o‘rischa ko‘rinishi bo‘lib, bular quyidagicha: Yanvar — 31, Fevral — 28—29, Mart — 31, Aprel — 30, May — 31, Iyun — 30, Iyul — 31, Avgust — 31, Sentyabr — 30, Oktyabr — 31, Noyabr — 30, Dekabr — 31 kun.

Milodiy kalendarda dastlab yangi yilni bahor oyi — 1 martdan, so‘ngroq esa 1 sentyabrdan boshlab hisoblangan. Pyotr I ning 1699 yil 15 dekabrda imzo chekkan buyrug‘i bilan Rossiyada 1700 yildan milodiy yil qabul kilinib, yangi yil boshi 1 yanvar deb belgilangan.

Hijriy yil. Hijriy so‘zi arabcha hijriy — ko‘chish so‘zidan olingan. Milodiy 610 yilda Makkada payg‘ambarlik nozil bo‘lgan Muhammad alayhissalom (570—632) ummaviy zodagonlar qarshiligi va tazyiqi tufayli o‘z izdoshlari bilan 622 yili Makkadan Madinaga (Yasribga) hijrat qiladi. Hijrat milodiy 622 yilning 8 sentyabrida yoki qamariy yil Safar oyining 27 kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni Rasulolloh va uning izdoshlari Makkadan chiqib ketib, uch kun g‘orda turgach, Rabiul avval oyining 12-kuni Madinaga kirib boradilar. Hijrat 15 kun davom etgan. Rivoyatlarga ko‘ra hijrat haqidagi fikr payg‘ambarimiz xotirasida Muharram oyida tug‘ilgan. Shuning uchun hijriy yil boshi Muharram oyining birinchi kunidan, ya’ni hijrat sodir bo‘lganidan 56 kun ilgaridan hisoblanishi qonunlashtirilgan. 8 sentyabrdan orkaga sanalib 56 kun chiqarib tashlansa, Muharram oyining birinchi kuni milodiy 622 yilning 16 iyul juma kuniga, aniqrog‘i 15 iyuldan 16 iyulga (payshanbadan jumaga) o‘tar kechasiga to‘g‘ri keladi. Musulmonlarda oldingi bilan keyingi kunning almashinuvi chegarasi tun oqshomi hisoblangan.

Hijratdan o‘n yetti yil o‘tgach, milodiy 638 yilda xalifa Umarning buyrug‘i bilan mana shu hijrat vaqti — birinchi Muharram (milodiy 622 yil 16 iyulga to‘g‘ri keladi) musulmon yil hisobining boshi deb e’lon kilinadi. Mana shu yil hisobi «Hijriy yil hisobi» deb yuritiladi.

Hijriy yil hisobi ikki usul bilan olib boriladi: 1. Hijriy qamariy yil hisobi; 2. Hijriy shamsiy yil hisobi.

Hijriy qamariy yil. Buni arab yilnomasi, Muhammad alayhis-salom yilnomasi deb ham yuritiladi. Qamariy (qamariya) so‘zi arabcha qamarun, ya’ni Oy so‘zidan olingan bo‘lib, yil hisobi Oyning Yer atrofida bir marta aylanib chikish davriga ketgan vaqt birligiga asoslangan. Ma’lumki, Oy yangi ko‘ringan nuqtasidan siljib, yana o‘sha nuqtasiga — Quyosh karshisiga qaytib kelishi uchun ketgan vaqt — sinodik Oy davri 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2,8 soniyaga teng. Taqvimda yaxlitlikni ta’minlash maqsadida oy kunlari shartli ravishda 29 va 30 kunlik qilib olingan. Mana shunday hisobda bir yilda Oy Yer atrofini 12 marta aylanib chiqadi va bunga 354 kun ketadi. Ammo Oyning bu taqvimiy davri bilan uning sinodik davri (29.12.44.2,8) orasida tafovut bo‘lib, taqvimiy oy sinodik oy davridan ortda qolib boradi. Shu sababli taqvimiy yil 354 kundan, sinodik oy yili 354, 367 kundan iborat bo‘ladi. Oradagi bu farq qar 30 yilda 11,013 kunni tashkil kiladi. Mana shu ortib qolgan 11 30 yillik davrning 11 yiliga (2, 5, 7, 10, 13, 18, 21, 24, 26, 29) qo‘shilib kabisa (-2-55 kunlik), qolgan 19 yili oddiy (354 kunlik) tarzida hisoblanadi. Yil kabisa yoki oddiy ekanligini bilish uchun uni 30 ga bo‘lamiz. Agar bo‘lishdan qolgan koldiq yuqoridagi 11 raqamdan biriga to‘g‘ri kelsa, o‘sha yili kabisa bo‘ladi, qolgan yillar oddiydir.

Masalan: 1409 hijriy qamariy oddiy yoki kabisa ekanligini bilish uchun uni 30 ga bo‘lamiz. 1409:30=46, qoldiq – 29. 29 qoldiq yuqorida sanalgan 11 yilning eng oxirgisiga teng. Demak, 1409 hijriy qamariy yil kabisa (355 kunlik) yil ekan.

Qamariy yil oylari fasllar bo‘yicha qishdan kuzga, kuzdan yozga, yozdan bahorga va bahordan qishga qarab siljib boradi. Hijriy qamariy yil oy nomlari quyidagilar: Muharram (Ashuro) — 30, Safar — 29, Rabiul avval (Rabiul ulo) — 30, Rabiul oxir (Rabius soniy) — 29, Jumodiul avval (Jumodiul ulo) — 30, Jumodiul oxir (Jumodius soniy) — 29, to‘rt og‘ayni oylar mavlud oylari, Rajab — 30, Sha’bon (Barot) — 29, Ramazon (Ro‘za) — 30, Shavvol (Hayit) — 29, Zulqa’da (Ora) — 30, Zulhijja (Qurbon) — 29—30 kun. Hozir hijriy qamariyning 1410 yili bo‘lib, uning birinchi Muharrami 1989 yilning 3 avgustidan boshlangan.

Hijriy qamariy yil kabisa (355 kunlik), milodiy va hijriy shamsiy yillar oddiy (365 kunlik) bo‘lsa; oradagi farq 10 kun; har uchala yil ham kabisa (355 va 366 kunlik) bo‘lsa, oradagi farq 11 kun; hijriy qamariy yil oddiy (354 kunlik), milodiy va hijriy shamsiy yillar kabisa (366 kunlik) bo‘lsa, oradagi farq 12 kunga teng bo‘ladi.

Islom diniy an’anasi qamariy yil hisobiga asoslangan bo‘lib, diniy muassasalar ishlari shu asosda yuritiladi, barcha diniy ma’raka, marosimlar, bayramlar, aqidaviy urfu udumlar, tarixiy voqealar, adabiy kitobat sanalari, tavallud va rihlat hisoblari va shu kabi bir qator boshqa tadbirlar qamariy asosida olib boriladi.

Hijriy shamsiy yil. Shamsiy (Shamsiya) so‘zi arabcha shams — Quyosh so‘zidan olingan. Shamsiy yil hisobi Quyosh kalendari demakdir. Hijriy shamsiy yil davomiyligi Yerning Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqishiga ketgan vaqt bilan hisoblanib, bu vaqt 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniya (bir tropik yil muddati)ga teng. Bu yil hisobida ham yaxlitlikni taminlash uchun uch yil 365 kundan hisoblanib oddiy yil tarzida olinadi. Har to‘rt yilda yil kunlarining kasr qismi jamlanib, bir kunga tenglashtiriladi. Shu to‘rtinchi yil 366 kunlik, ya’ni kabisa bo‘ladi.

Quyosh osmon gumbazi sirti bo‘ylab o‘zining yillik aylanma ko‘rinma harakati (bu harakat aslida. Yerning Quyosh atrofini yil davomida bir marta aylanib chiqish harakati natijasi o‘laroq sodir bo‘ladi) yo‘lida osmonning 12 teng maydonini bosib o‘tadi. Mana shu 12 teng maydonning har birida to‘p yulduzlar turkumi mavjud bo‘lib, ular klassik ilmi nujumda muntahabul buruj — burjlar majmui deb ataladi. Burjlardagi har bir turkum yulduzlar tasavvur qilingan shakllariga mos nom bilan atalgan va hijriy shamsiy yilning 12 oyidan har biriga nom qilib olingan. Hijriy shamsiy yilning oy nomlari kuyidagilar: Hamal — 31, Savr — 31, Javzo — 31, Saraton — 31, Asad — 31, Sunbula — 31, Mezon — 30, Aqrab — 30; Qavs — 30, Jadiy — 30, Dalv — 30 Hut — 29/30 kun.

Hijriy shamsiy yil ham hijriy qamariy yil kabi milodiy 622 yilning 16 iyul kunidan boshlab hisoblangan. Ammo yangi yilning birinchi kuni bahorgi tengkunlik 21 martga mos keluvchi Hamal oyining birinchi kuni — Navro‘zi olamdan — tabiatning uyg‘onish vaqtidan nishonlanadi. Oddiy va kabisa yillar nisbatiga ko‘ra ayrim yil boshlari 20 yoki 22 mart kunlariga ham to‘g‘ri kelishi mumkin (jadvalga qarang).

Hijriy shamsiy yil oylari doim yilning muayyan vaqtlarida keladi, hijriy qamariy yil oylari kabi siljib yurmaydi. Shunga ko‘ra Hamal, Savr, Javzo oylari — burji obiy yoz fasliga; Mezon, Aqrab, Qavs oylari — burji bodiy kuz fasliga; Jadiy, Dalv, Hut oylari — burji xokiy — qish fasliga to‘g‘ri keladi.

Hijriy shamsiy yil hisobidan dehkonchilik, chorvachilik, umuman xo‘jalik yuritish, kundalik, mavsumiy amaliy tadbirlarni rejalashtirish, ishlarni vaqt-fursati, kezi, mavsumiga qarab asosli va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish amallarida foydalaniladi.

Muchal yil hisobi. Muchal so‘zi mucha ismi va mucha — fe’lidan hosila bo‘lib, qirg‘iz tilida muchu — tug‘ilgan yiliga yetmoq (o‘n uchundo‘ mucho‘du, andan kiin kucho‘du — o‘n uchida yoshiga yetdi, undan keyin kuch oldi) ma’nosida keladi. Yilnoma vazifasida muchal so‘zi: 1. Har bir yili bir hayvon nomi bilan ataluvchi o‘n ikki yillik davr; 2. Shu o‘n ikki yillik davrga kiruvchi har bir yilning nomi; 3. Tavallud sanasi, tug‘ilgan yil kabi uch ma’noda ishlatiladi. Bunda yosh hozirdagidek har yilda emas, balki muchal davri muddatiga yetganda nishonlanadi. Muchal yillari nomlari quyidagicha: Sichqon, Sigir, Palang, Quyon, Baliq, Ilon, Ot, Qo‘y, Maymun, Tovuk, It, To‘ng‘iz. Har bir muchal yili 22 martdan boshlanadi. Muchal yilnomasi bo‘yicha 1990 yil 22 martdan Ot yili boshlandi. Odamlar o‘zlarining, ota-onalarining, boshqa oila a’zolarining, shuningdek, mashhur kishilarning muchal yillarini esda saqlash orqali ularning yoshlarini, tug‘ilgan yillarini, yashagan davrlarini aniqlashgan, yosh va yil surishtirishgan bo‘lib o‘tgan muhim voqea-hodisalarning sanalarini aniqlashgan.

Biror kimsaning muchali orqali yoshini aniqlash uchun uning tug‘ilgan yiliga 9 (to‘qqiz) raqamini qo‘shib, uni 12 (o‘n ikki)ga taqsim qilish kerak, taqsimdan qolgan qoldiq son nechaga teng bo‘lsa, muchal sirasidagi shu raqamga to‘g‘ri keladigan hayvon nomi shu kishining tug‘ilgan yili bo‘ladi.

Muchal davridagi o‘n ikki yilning har biri milodiy yilning 22 martidan boshlanib, keyingi yil martining 21 kunigacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. Ikki milodiy yil mart oylarining shu kunlari muchal yillari o‘rtasidagi chegara bo‘ladi. Shuning uchun martning 21-kunigacha tug‘ilgan odam 21 martdan keyin tug‘ilgan odamdan yoshda bir muchal yili bilan farqlanadi. Masalan, 1990 yil Ot yili. Bu 1990 yilning 21 martidan keyin tug‘ilgan odamlarning muchal yili bo‘lib, 21 martgacha tug‘ilganlarning muchal yili Otdan oldingi yil, ya’ni Ilon yili bo‘ladi. Homila muddati hisobga olinib, birinchi muchal davri 12 emas, 13 yil hisoblanadi. Muchal chiqarish va yil surishtirishda shularni albatta hisobga olish kerak.

Milodiy yil muchal hisobiga o‘girilsa, 1990 yil ichida muchal davri 165 marta to‘liq takrorlanganligi, 166-davrning 10-yili ketayotganligi, milodning birinchi yili Muchal sifatidagi Tovuq yiliga to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ladi: 1990:12=165. Qoldiq=10. Joriy Ot yilidan orqaga qarab 10, 9, 8,

7, 6, 5, 4, 3, 2, 1 tarzida sanalsa so‘nggi 1 raqami Tovuq yiliga to‘g‘ri keladi.

Yil aylantirish. Har bir milodiy yil ikki hijriy yilning ma’lum oylari oralig‘ida yoki, aksincha, har bir hijriy yil ikki milodiy yilning ma’lum oylari oralig‘ida kelishi sababli milodiy yil hijriy yilga yoki hijriy yil milodiy yilga aylantirilganda, ular ikki yil bilan ishora qilinadi. Masalan, birinchi hijriy qamariy yil 622 va 623 milodiy yillar iyullari yoki birinchi hijriy shamsiy yil 622 va 623 milodiy yillar martlari oralig‘ida keladi. Shunga ko‘ra 1 hijriy yil-622-623 milodiy yil, yoki, aksincha, 623 milodiy yil-1-2 hijriy yil bo‘ladi.

Bu amalni 1410 hijriy qamariy, 1368 hijriy shamsiy va 1990 milodiy yillarga nisbatan qo‘llansa, natija quyidagicha bo‘ladi:

HQ 1410=M 1989—1990
HSh 1368=M 1989—1990
M 1990=HK 1410—1411
HSh 1368—1369

(HH=hijriy qamariy=1410, HSh=hijriy shamsiy=1368, M=milodiy=1990)

Hijriy qamariy yilni milodiy yilga aylantirish. Bu uch amal bilan bajariladi: 1. Hijriy qamariy yilga 622 qo‘shiladi; 2. Hijriy qamariy yil 33 ga bo‘linadi; 3. Birinchi amal natijasidan ikkinchi amal natijasi olib tashlanadi. Chiqqan natija milodiy yil bo‘ladi.

Buning amaliy ifodasi quyidagicha:

M=HQ 622 — HQ/33 = 1410
622 — 1410/33 = 2032-42=1990.
M=1990 y.

Natija so‘nggidagi oluv (—) alomati bo‘luv amalidan qolgan qoldiqni 1 (bir) hisoblab, o‘sha natijadan (1990) olib tashlashga ishoradir. Demak, 1940 hijriy qamariy yil 1989-1990 milodiy yillarga to‘g‘ri keladi.

Hijriy shamsiy yilni milodiy yilga aylantirish. Buning uchun hijriy yilga 622 qo‘shiladi. Buning amaliy ifodasi quyidagicha:

M=HSh 622=1368 622=1990. M=1990

Demak, 1368 hijriy shamsiy yil 1989-1990 milodiy yillarga to‘g‘ri keladi.

Milodiy yilni hijriy qamariy yilga aylantirish. Bu quyidagicha uch amal bilan bajariladi: 1. Milodiy yildan 622 ayriladi; 2. Birinchi amaldan chiqqan natija 32 ga bo‘linadi; 3. Ikkala amalning natijasi qo‘shiladi. Buning amaliy ifodasi quyidagicha:

HK=M—622 M—622/32 = 1990—622 1990—622/32 = 1368 42≈1410, HQ=1410

Natija so‘nggidagi qo‘shuv (—) alomati bo‘luv amalidan qolgan qoldiqni 1 (bir) hisoblab, chiqqan natijaga qo‘shishga ishoradir.

Demak, 1990 milodiy yil 1410-1411 hijriy qamariy yillarga to‘g‘ri keladi.

Milodiy yilni hijriy shamsiy yilga aylantirish. Buning uchun milodiy yildan 622 ni ayirish kerak. Buning amaliy ifodasi quyidagicha:

HSh=M—622=1990—622=1368. HSh=1368

Demak, 1990 milodiy yil 1368—1369 hijriy shamsiy yillarga to‘g‘ri keladi.

Hijriy qamariy yilni hijriy shamsiy yilga aylantirish. Bu quyidagicha bajariladi: Hijriy qamariy yildan shu qamariy yilni 33 ga bo‘lishdan chiqqan natija ayiriladi. Buning amaliy ifodasi quyidagicha:

HSh=HQ—HSh/33 = 1410 — 1410/33= 1410—42=1368. HSh=1368.

Demak, 1410 hijriy qamariy yil 1369 hijriy shamsiy yilga to‘g‘ri keladi.

Hijriy shamsiy yilni hijriy qamariy yilga aylantirish. Bu amal quyidagicha bajariladi: Hijriy shamsiy yilga shu shamsiy yilni 32 ga bo‘lishdan chiqqan natija qo‘shiladi. Buning amaliy ifodasi quyidagicha:

HK=HSh — HSh/32= 1368 1368/32 = 1368 42=1410. HK=1410.

Demak, 1368 hijriy shamsiy yil 1410 hijriy qamariy yilga to‘g‘ri keladi.

“Yoshlik” jurnali, 1991 yil, 5-son