Ahmadjon Meliboyev. Buyuk to‘lqin (1989)

SSSR Xalq deputatlarining birinchi s’ezdi o‘z ishini yakunladi. Keyingi yigirma kun fikr jo‘shqinligi, ehtiroslar, bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Jamiyatning bugungi ahvoli sabablarini oshkora muhokama qilish, uni loqaydlik va beparvolik kishanlaridan xalos etish, istiqbol yo‘llarini belgilash uchun chinakam kurash bordi. Fikrlar xilma-xilligi, qarashlar va yondashuvlar to‘qnashuvi, e’tiqod va mas’ullik hissi darajalari bu kurashga o‘ziga xos jo‘shqinlik baxsh etdi.

Qayta qurish — biz tanlab olgan yagona to‘g‘ri yo‘l ekanligini his etdik. Bu yo‘l bizning taqdirimiz, tarix tomonidan berilgan imkoniyat ekanligini tushunib yetdik. Shu bois ham yangilanish jarayonining inqilobiy to‘lqini butun jamiyatni oyoqqa turg‘izdi. Ekonomikada, siyosatda, madaniyatda ijtimoiy turmushga xos yangi shakllarni o‘zlashtirish, chuqur idrok etish jarayoni boshlandi.

Deputatlarning nutqlari ularga ishonch bildirgan ming-minglab saylovchilarning ham ovozi bo‘lib yangradi. Mamlakatimizning eng nufuzli minbariga yurtdoshlarimiz chiqib xalqimizning dard-hasratlari, yurak so‘zlari, muammolarimizni ehtiros bilan bayon qilishganida qayta qurish tufayli yuzaga kelgan bu tarixiy imkoniyatga shukronalar aytdik. Xatolar qalashib yotgan, milliard-milliard so‘m mablag‘lar behuda sovurilgan, havo bulg‘angan, tuproq zaharlangan, tabiat beayov toptalgan, paxta monokulturasi giribonimizdan qisib rang-ro‘yimizni za’faronlashtirgan bir paytda bu ehtiroslar alohida ahamiyat kasb etadi. To‘lepbergan Qayipbergenov qurib borayotgan Orol muammolarini o‘rtaga tashlaganida, «paxtani eksport qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Hozirgi paytda paxta bilan savdo qilish — o‘z grajdanlarimizning sog‘ligi bilan saado qilish demakdir», deb bong urganida, Odil Yoqubov iqtisodchi olimlar, ekologlar, meditsina xodimlari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislaridan iborat nufuzli faaqulodda iqtisodiy komissiya tuzib O‘zbekistonning bugungi ahvolini chuqur o‘rganish taklifini kiritganida, Chingiz Aytmatov, O‘ljes Sulaymonov va boshqalar biz uchun kuyunchaklik qilishganida ularni deputatlar bilan birga biz ham olqishladik.

S’ezd qayta qurish harakatining buyuk to‘lqiniga aylandi. Ammo hamma narsa hal bo‘ldi, muammolar yechildi, to‘g‘onlar olinib, yo‘llar ochildi, deya olmaymiz. Shundoqqina yoiimizda turg‘unlik deb atalmish yaqin o‘tmishimiz hansirab turibdi Uning ildizlari batamom qirqilganicha yo‘q. O‘ziga rom qilish, domiga tortish niyatidan voz kechgani ham yo‘q. Eskicha tarzni qo‘msayotganlar oz emas. Xato va yanglishishlar to‘lib-toshib yotibdi. Oshkoralik va demokratiya zamonining ulkan yutuqlari ayni shu daarning xatolari bilan goho qorishib ketmoqda.

Keyingi to‘rt yil, shubhasizki, ko‘p jihatdan turlicha yechimlar, yondashuvlar, nuqtai nazarlarni sinab ko‘rish, qiyoslash, taqqoslash, yanglishish va xatolarni tuzatish, o‘rganish yillari bo‘ldi biz tamomila yangicha yo‘ldan borayotibmiz. Puxta yo‘l qoidalarisiz borayapmiz, ogohlantirish belgilari osib qo‘yilmagan. Sinalmagan yo‘lda ot choptirayotgan chavandoz tulporga behuda qamchi bosmaydi. Biz bo‘lsak avvaliga ustma-ust urib tezlikni oshirdik. Agroprom tuzdik, ichkilikbozlikka qarshi ayovsiz kurash boshladik, o‘ylamay-netmay rayonlarni birlashtirdik, siyohi tugab-tugamay ahamiyati yo‘qoladigan talaygina qarorlar qabul qildik. Lekin natija chiqmadi. Shoshma-shosharlik bilan puxta o‘ylamasdan qonun aktlari qabul qilish tajribasidan voz kechilgani yo‘q. Buning oqibatida xalq jafo chekmoqda, hafsalasi pir bo‘lmoqda.

Iste’mol bozori murakkab ahvolga tushib qolganligicha turibdi, pul muomalasi buzilgan. Sanoatda jiddiy o‘zgarishlar bo‘layotgani yo‘q. Yirik korxonalar, zavod-fabrikalarning yaqin-kelgusidagi plan-ko‘rsatkichlari allaqachon tasdiqlab, muhrlab qo‘yilgan. Bu muhr hozircha xaridor talabi va ehtiyojidan ustun qo‘yilmoqda, ya’ni ular shu kunlarda ham iste’molchilarga o‘z shartlariii (istasangiz shu) majburan o‘tkazmoqdalar.

Yaqin yillar ichida pulning qadrsizlanishiga, iste’mol bozorining inqiroziga va byudjetdagi kamomadga chek qo‘yilmasa, mamlakat iqtisodiy nochorlikka yuz tutishi mumkin.

Soliq siyosati — mutlaqo yomon ahvolda. Davlat, respublikalar, mahalliy Sovetlar, korxonalar va aholi o‘rtasida adolatli moliyaviy munosabatni ta’minlaydigan yangi printsiplar ishlab chiqilishi kerak.

Pulning qadrsizlanishi aholini soliq girdobiga tobora chuqurroq tortmoqda. Mahsulot taqchilligi tufayli to‘lovlar darajasi oshib bormoqda. Oltmish birinchi yil so‘mining yarim qudrati ham qolgani yo‘q. Bu nima degani? Biz bozorda keragidan ko‘ra ko‘proq to‘layapmiz. Bizni tobora ko‘proq shilishmoqda. Oltmish birinchi yili birov Oloy bozori eshigida turib «Hali ko‘rasizlar, bir kilo qulupnayning bahosi eski pulga 150—200 so‘m bo‘ladi», desa uni esi pastga chiqargan bo‘lardik.

Soliq siyosati takomillashuvi kerak. Bu ishni paysalga solib bo‘lmaydi. Ammo shoshma-shosharlik ham ketmaydi. Yaqinda «Aholiga soliq solish tartibi va miqdorlarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi SSSR Qonuni loyihasi e’lon qilindi. Voajab, biz to‘rt yildan beri nimalar deyapmizu loyiha nima deydi…

Mamlakatda demokratiyalash jarayoni gurkirab avj olmoqda, — deb ta’kidlandi s’ezdda. — Oshkoralik odamlar turmushining tobora yangi sohalarini qamrab olmoqda. Demokratik asoslar bizning kundalik turmushimizga mustahkam singib ketmoqda.

To‘g‘ri, shunday bo‘lmoqda. Ammo, ochig‘ini aytaylik, oshkoralik nima ekanligini endi tushunib yetdik chog‘i. Keyingi yigirma kun ichida turg‘unlik davrining necha o‘n yilliklariga teng keladigan yo‘lni bosib o‘tdik.

Birinchi marta harbiy xarajatlarimizni o‘zimizdan eshitdik. 1989 yil uchun 30 yoki 36 milliard emas 77,3 milliard so‘m ajratilgan ekan. Bu raqam s’ezd minbaridan turib aytildi. Aytsa bo‘larkan-ku. Hech narsa sodir bo‘lgani yo‘q. Biror joyimiz o‘pirilib tushgani, mudofaa qudratimizga putur yetgani ham yo‘q. Aksincha, hukumatga ishoichimiz ortdi. Deputatlar bo‘lsa harbiy xarajatlarni shakllantirishda faol qatnashish imkoniga ega bo‘ldilar. Endi ular yana shu imkoniyatdan foydalanib qurol-yarog‘ va texnika xarid qilishga 32,6 milliard so‘m ajratish kerakmi yoki yo‘qligini o‘ylab ko‘rishlari mumkin.

Qurol-yarog‘ shusiz ham to‘lib-toshib yotgan bo‘lsa yana nima olishimiz kerak? Kimdan olishimiz kerak?

Er yuzi, ifodali qilib aytganda, qurol omborlarini ko‘tara olmay qoldi. Olimlar mana bunday demoqdalar: zamin imkoniyatlari tobora kamayib bormoqda. Yangi ming yillikning o‘ttiz yili o‘tib-o‘tmay insoiiyat foydali qazilmalarning eng muhimlaridan mahrum bo‘ladi. Garchi bu yillar ichida geologlarning omadi kelib kon ochishlar besh barobar oshsa ham xuddi shunday bo‘ladi.

Buning ustiga hozirgacha to‘plangan qurol-yarog‘ G‘arb bilan Sharqqa bir-birlarini yer yuzidan bir emas, bir necha o‘n marta sidirib tashlash imkonini beradi. Bas, shunday ekan, ikki o‘rtadagi harbiy tenglikni zo‘rma-zo‘raki saqlashga hojat ham yo‘q, bizga bunday tenglikdan ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsuldorligi tengligi, daromad, sifat tengligi, tadbirkorlik va omilkorlik tengligi, yemoq-ichmoq tengligi zarurroqdir.

O‘zbekiston SSSR Davlat statistika komitetining 1989 yil birinchi kvartali yakunlariga doir axborotida aytilishicha «kolxoz bozorida qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi bir protsent arzonlashgan» emish. Bo‘lmagan gal. S’ezd miibaridan butui dunyoga mashhur bo‘lib ketgan qulupnay bu yil bozorda dastlab 15—20 so‘mdan sotildi, kartoshka narxi 2—3 so‘mdan oshib ketdi. Ayni yoz, pishiqchilik payti bir kilogramm gilos — 5 so‘m, pomidor — 4 so‘m, o‘rik — 5 so‘m.

— Bu yil ahvolimiz chetoq, — deydi dehqon. — Ekin-tekimii soauqqa urdirib qo‘ydik.

Nogahoniy sovuq dehqonning sho‘rini quritib turgan bir paytda Moskva, Ural va Sibirdan kelgan bir qator rahbarlar sanoat korxonalarining vakillari respublikamiz kolxoz va sovxozlarida bo‘ldilar. «Aprelda karam yetiladigan, sal keyinroq esa sabzi, so‘ngra bodring, pomidor pishadigan, rediska butun yil davomida o‘sadigan, kuzda meva-cheva, uzum ayiiqsa mo‘l bo‘ladigan» Surxondaryo oblasti xo‘jaliklarini borib ko‘rdilar. Gap paxta yetishtirishga ixtisoslashgan respublikamizni meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiruvchi va yetkazib beruvchi eng yirik respublikaga aylantirish xususida bordi. Ikki tomonlama maifaatli (bizdan bu, sizdan u) shartnomalar tuzildi. Xo‘jaliklar mahsulotlarining ortiqcha qismini sibirliklarga sotsalar, ulardan esa kerakli narsalarni xarid qilsalar — buning nimasi yomon? Yomon joyi yo‘q. Ammo meva-sabzavot va kartoshka yetishtirishga ixtisoslashayotgan kolxoz va sovxozlar mahsulotni qayta ishlaydigan tsexlarga, uni saqlaydigan zavonaviy omborlarga ega bo‘lishi muhimdir, — deb ta’kidlandi Ye. K. Ligachev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda. Ma’qul gap. Ombor bo‘lmasa, qayta ishlaydigan tsex qurilmasa hamma narsa avval qandoq bo‘lsa bugun va ertaga ham shundoqligicha qolib ketaveradi. Ya’ni, dalalarda meva-cheva, poliz mahsulotlari yetiladi va… chiriy boshlaydi. Ombor va tsexlarning muhimligi har gal aytiladi va hech narsa qilinmaydi. Natijada birov peshonasidan oftob urib mahsulot yetishtiradi, ikkinchi birov esa pritsep richagini asta bosib uni axlat uyumlari ustiga to‘kadi.

Nogahoniy sovuq rizq-nasibamizni yarimta qilib olmayu o‘rik, shaftoliyu yong‘oq hosillarini jizg‘anak qilib ketgan bir paytda matbuotda SSSR Ministrlar Sovetining «Agrosanoat ishlab chiqarishi samaradorligini tubdan oshirish va uni yanada rivojlantirish asosida mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashii yaxshilash to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Unda umumiy vazifalar bilan birga, har bir regionga konkret topshiriqlar ham berilgan. O‘qiymiz: «O‘zbekiston SSR, Tojikiston SSR, Turkmaniston SSRda paxtachilikka ixtisoslashishning hozirgi darajasi saqlab qolingan holda chorvachilik va o‘simlik mahsulotlari tayyorlash keskin oshiriladi, umumittifoq fondiga yangi uzilgan va qayta ishlangan poliz mahsulotlari, sabzavot, meva-cheva, uzum yetishtirib berish ko‘paytiriladi». Ya’ni, paxtani kamaytirmaymiz, chorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini ko‘paytiramiz, bozorni meva-cheva bilan to‘ldiramiz.

Qadim zamonda bir podsho o‘tgan ekan. Uning sohibjamol qiziga yetti iqlimning yigitlari xushtor ekan. Kunlarning birida podsho oshiq yigitlardan biriga bunday debdi:

— Qizimni qirq tuya qalin to‘lagan kishiga beraman.

— Podshohi olam, — debdi yigit, — ustimdagi kiyimimdan boshqa hech vaqom yo‘q. Uyim oldida bir tup o‘rik o‘sadi. Mevasini sotib tirikchilik o‘tkazaman.

— Yaxshi, — debdi podsho quvlik bilan — Bahorda bir qop o‘rik guli, yozda ikki qop g‘o‘ra, kuzda uch qop o‘rik, qishda to‘rt qop turshak olib kelasan. Aytganlarimni bajarsang seni kuyov qilib olaman…

Ertakda yigitga sehrgar qiz yordam beradi. Bizga-chi?

Hozircha paxta — 5 million tonna, go‘sht 8 so‘m, kartoshka 2 so‘m, qulupnay… Qarordagi uch maqsadga erishish uchun dehqon bir vaqtning o‘zida uch manzil tomon chopishi kerak.

1985 aprelidan beri to‘rt bahor o‘tdi. Dehqonning kafti moylanganicha yo‘q. Qo‘shib yozishlar tugadi, endi pichog‘imiz moy ustida degandik. Pichoq zanglab boryapti. Paxtakor xo‘jaliklar bilan tola chiqishi bo‘yicha hisob-kitob qilishga o‘tilganida hammamiz xursand bo‘lib do‘ppimizni osmonga otdik. Qayta qurish sharofati tufayli adolat qaror topdi, deb tushundik. Yo‘q, adolat manzili hali uzoq ekan. O‘zFA Ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish kengashining raisi, hurmatli akademigimiz I. Iskandarov bu usulning nomaqbulligiii fosh qilib tashladi. Voy biz xomlar-ey, respublika iqtisodchi olimlari xo‘jaliklarning tayyorlov tashkilotlari vositachiligida paxta tozalash sanoati bilan iqtisodiy munosabatlarining hozirda mavjud bo‘lgan xomxatala sistemasi xavfli nomatlub tendeitsiyalarni keltirib chiqarishi mumkinligini bundan chorak asr muqaddam ko‘rsatib o‘tgan ekanlar. «O‘zaro hisob-kitobning bunday mexanizmi, — deb yozadi I. Iskandarov, — tashqi ko‘rinishdan har qancha mantiqiy tuyulsa ham, namlik va paxtaning iflosligi ko‘rsatkichlarini sirli ravishda ko‘paytirib ko‘rsatish hamda paxtaning sortini pasaytirishdan tayyorlovchilar manfaatdor ekanligini muqarrar keltirib chiqaradi. Chunki ana shunday qilinganda ko‘p tola olish uchun maxfiy imkoniyat yaratiladi».

«Sirli ravishda», «maxfiy imkoniyat»… Bu nimaning hidi ekanligini sezayapsizmi? Biz bo‘lsak turg‘unlik tugadi, qo‘shib yozishlar, o‘marishlarga barham berildi, deb chapak chalib yotibmiz. S’ezd kunlari Farg‘ona oblastida qonli mojarolar bo‘ldi. Bezorilik harakatlari, aql bovar qilmaydigan beboshliklar ro‘y berdi. Natijada 87 kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi kasalxonalarga yotqizildi.

Biz bunday harakatlarni keskin qoralaymiz. Qonli mojaro kelib chiqishi sabablari, uning haqiqiy tashabbuskorlari ochiq-oydin aytilishi tarafdorimiz. Qon to‘kilishini pivo yoki qulupnay mojarosi deb tushunish o‘ta mas’uliyatsizlik ekanligini aytmoqchimiz. Hozirgi muhim vazifa — jabrlanganlarning dardiga malham bo‘lish, turli ig‘vo va zararli mish-mishldrning oldini olish, aholi tinchini qasddan buzayotganlarga zarba berishdan iborat. Qayg‘uning begonasi yo‘q! Har birimizning va hammamizning tinchimiz ta’minlanishi lozim.

Bizningcha, mojaro ildizlari ancha chuqur. Go‘zal Farg‘ona ijtimoiy-iqtisodiy muammolar botqog‘iga allaqachon botib bo‘lgan. Ishlar bir necha avlodini ish bilan ta’minlash, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kabi eng muhim masalalar kecha yoki bugun e’tibordan qolgani yo‘q. Ekologik muhit yomon ahvolda. Suv ifloslangan, yer charchagan.

O‘tgan yili biz SSSR Mineral o‘g‘itlar ministrligiga qarashli Yangiqo‘qon ximiya zavodi yerosti suv havzalarini iflos qilayotgani, vodiy qishloqlari aholisining ayanchli ahvoli to‘g‘risida muxbirimizning «Kosaga tushgan ilon» sarlavhali maqolasini e’lon qilgan edik. Mana, o‘sha maqoladan satrlar: «… Muxbirning yozganlari hech qachon SSSR Mineral o‘g‘itlar ministrligining qulog‘iga borib yetmaydi. Zavod faoliyat ko‘rsataveradi. So‘x yerosti suvlari esa ana shu zavod tagidan oqib o‘taveradi. To‘qsonqovunliklar boshqa joyga ko‘chirilmaydi… Xo‘sh, shunday ekan, muxbirning yozganlaridan nima foyda? Axir qancha-qancha muxbirlar, yozuvchilar «Bo‘stonliqni qutqaraylik», «Tursunzoda shahri yakinidagi alyumin zavodi o‘z faoliyatini to‘xtatsin», deb yozishmoqda, yelib-yugurishmoqda. Buni qarangki, shuncha yozishmalar, shuncha ovoz ham kerakli joyga yetib bormayapti. Bu ovozlarni bo‘g‘ayotgan, xalqning nomidan yolg‘on gapirayotganlarning ovozi esa hamma-yoqni tutmoqda…» (21.10.88).

Tan olib aytish kerak, — deb yozgan edik bundan bir yilcha avval,—qishloqlarimizda ishsizlik yuz berganiga ancha yillar bo‘ldi. Kolxozga chiqib oyiga 30 so‘m pul olgandan ko‘ra, bir o‘qariq bodringni parvarish qilsam (gap vodiy muammolari ustida bormoqda — red.), kamida ming so‘m topaman, degan odamlarning hammasi ishsiz… Paxtani emas, bodring parvarish qilayotgan, uyida chok ishi qilib tirikchilik o‘tkazayotgan, birovlarning uyida, pudratga olgan yerlarida mardikorlik qilayotgan barcha kishilar ishsiz. Ularning muqim maoshlari yo‘q. Bular nafaqat turg‘unlik yillarining oqibati. Ayni paytda bugungi kun uchun ham tashvishli hol. (19.08.88).

Bundan bir oy avval Rishton rayon Guburg‘on qishlog‘ilik A. Xolmatovning quyidagi maktubini gazetamizda o‘qigansiz: «1970 yildan beri sovxozda traktorchi bo‘lib ishlayman. 1974 yildan KPSS a’zosiman. Otam, onam vafot etishgan… Oilada besh jonmiz. 1988 yili 300 so‘mga yaqin pul ishladim, xolos. Hozir markaziy remont ustaxonasida o‘rin almashib ishlovchi traktorchiman. Har kuni ertalab garajga boraman, traktor yo‘q bo‘lsa, yana uyga qaytaman. Sovxoz partiya tashkilotiga meni partiya safidan o‘chirib bering, men ishsiz bo‘lsam, hatto vznosni vaqtida to‘lolmayapman, desam ko‘nmadi. Egri yo‘l bilan pul topishga vijdonim yo‘l qo‘ymaydi». (28.04.89)

Farg‘onalik Tohir To‘xtasinov shunday yozadi. «Bizni boqayotgan, kiyintirayotgan yerimizni asrab-avaylash, ertani o‘ylab yashash har birimizning burchimiz emasmi? Tokaygacha ayrim kishilarning o‘ylamay-netmay qilgan ishidan mehnatkashlar jabr-sitam chekadi? Dehqon faqat og‘izda yoki qog‘ozda emas, amalda yerning haqiqiy egasi bo‘lishi kerak. Inson o‘z mehnatining samarasidan to‘la bahramand bo‘lmasa, yaxshi yeb-ichmasa, dam olmasa, faqat og‘ir ish qilaversa, yashashdan nima ma’no qoladi?» (29.05.89).

Nadomatlar bo‘lsinkim, bizning bu chiqishlarimizga yetarli e’tibor berilmadi. Muxbirlarni «vahima solishlikda, ahvolni bo‘rttirib ko‘rsatishda» ayblashdi, ehtiyotkor bo‘lish to‘g‘risida pisandalar qilishdi. Tashvishlanmanglar. hamma ish ko‘ngildagidek borayapti, deb o‘z-o‘zimizni aldadik. Aldov qimmatga tushdi.

Farg‘ona voqealarini yoritishda ayrim ommaviy axborot vositalari nuqsonlarga ham yo‘l qo‘ydilar, yorliqbozlik yana avjiga chiqdi. Vodiy muammolaridan ancha uzoq kishilar o‘z bilgilaricha fikr yuritib, ko‘pchilikni ranjitishdi. Hurmatli hamkasbimiz V. Ardayevning ensaqotar maqolalari fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Qayta qurish, oshkoralik va demokratiyaning buyuk shiori nimadan iborat? Bu savolga «Xalq bilan bamaslahat!» deb javob qaytarish mumkin. Yetmish yil xalqni aldab keldik, qo‘ynini puch yong‘oqqa, qornini puch va’dalarga to‘ldirib keldik. Qayta qurish yo‘li bularning hammasini rad etdi. Hamma-hamma narsa oshkor bo‘lsin, yirik qurilishlar, loyihalar, har qanday qazishlar, o‘zlashtirishlar, kengaytirishu toraytirishlar umum muhokamasidan o‘tmog‘i lozim. Biz o‘z uyimizda, tevarak-atrofimizda nimalar bo‘layotganini bilishni istaymiz. Kecha qandoq edik, bugun qandoqmiz, daromadu buromadimiz, kirim-chiqimimiz nechuk, ertaga, indinga, sal nariroq borib ahvolimiz ne kechadi, ne manzillarga duch kelamiz, safarki olis ekan — ne tadoriklar ko‘rmog‘imiz lozim — bularning hammasi hammamizga ayon haqiqatlar bo‘lmog‘i lozim.

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1989 yil, 16 iyun