Toshpo‘lat Rahmatullayev. Internet ommaviy axborot vositasimi? (2006)

Mamlakatimizda Internet yildan-yilga ommalashayotganligini inobatga oladigan bo‘lsak, yuqoridagi va ularga o‘xshash ko‘plab savollarga javob topish muhimligi o‘z-o‘zidan ravshandir.Butun bir Internetni to‘lasincha OAV qatoriga kiritish to‘g‘ri emas. Chunki Internet markazlashgan yagona axborot vositasi bo‘lmasdan, turli xildagi, shu jumladan, ommaviy axborot vositasi davomi…

Shodiyor Davron. Sog‘liqni saqlash: bugun va ertaga (2006)

Kishilar uchrashganlarida, eng avvalo, «assalomu alaykum» — «vaalaykum assalom» tarzida murojaat qilishib, bir-birlariga sihat-salomatlik tilashadi. Sihat-salomat bo‘lgan kishigagina hayot, yashash huzur bag‘ishlashi, uni yaratishga, dunyoning sir-sinoatlarini ochishga ilhomlantirishi mumkin. Tanining biror a’zosida og‘riq bor kishi dunyoga og‘riqli ko‘z bilan qaraydi davomi…

Ibrohim Normatov. Kimdan erkinmiz? (2006)

Biz matbuot erkinligi uchun kurashayapmiz. Bu demokratik rivojlanishning va fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillaridan biridir. Matbuot “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarilar ekan, hech kimga qaram bo‘lmasligi kerak, deymiz. Yaxshi. Xo‘sh, u kimdan, nimadan va nima uchun erkin bo‘lishi kerak?! Matbuot erkinligi haqida davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. “Taraqqiy” boshlab bergan yo‘l (2006)

O‘zbek milliy matbuotining to‘ng‘ichi bo‘lgan «Taraqqiy» gazetasi chiqqan kunga yuz yil to‘ldi. To‘g‘ri, ungacha 1870 yili Turkiston general gubernatori Fon-Kaufmanning ko‘rsatmasi bilan o‘lkada rus tilida «Turkestanskiye vedomosti» va unga ilova tarzida o‘zbek va qozoq tillarida «Turkiston viloyatining gazeti» tashkil qilingan davomi…

Asqar Mahkam. Dukchi eshon, Muhammad Yusuf va Xizrobod arig‘i (2006)

Fozilbek Otabek o‘g‘lining “Dukchi Eshon voqeasi” va Alinazar Egamnazarovning “Siz bilgan Dukchi eshon” kitobini mutolaa qildim. Fozilbek Otabek harchand ulug‘ isyonchining jasorati haqida to‘lib-toshib yozmasin, bir lahza bo‘lsin ko‘z o‘ngida kechayotgan davr siyosati, xudosizlarning ayovsiz qamchinini e’tibordan qochirmagan. Shu boisdan Dukchi davomi…