Olqor Damin. Navo: She’rlar, g‘azallar, muxammaslar, to‘rtliklar. — Toshkent, «Sharq», 2012.
Shu vaqtgacha shoirning o‘ndan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. «Toshdagi gullar», «Sabr haykali», «Salom, yaxshilik», «O‘lmas daholar», «Assalom, Navro‘z», «Assalom, Sohibqiron», «Bolalarga qirq hadis», «Qirq muxammas», «Afsona shahrim» hamda «Quchoqlayman bahorni!» kabi to‘plamlarga kirgan she’rlar ona-Vatanga bo‘lgan cheksiz sadoqat, ulug‘ Mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorlov, buyuk ajdodlarimiz ruhiga munosib ravishda yashash va mehnat qilish g‘oyalari va bu g‘oyalarni yuzaga chiqarishdagi badiiy unsurlar she’riyatimiz ixlosmandlarining ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga munosib ulush qo‘shib kelmoqda.