Erkin Vohidov. Kelajakka maktub

Erkin Vohidov. Kelajakka maktub. She’rlar. Toshkent, «Yosh gvardiya», 1983.

O‘zbekiston Lenin komsomoli mukofoti va Hamid Olimjon nomidagi respublika mukofoti laureati E. Vohidovning bu to‘plamiga so‘nggi yillarda yozgan yangi she’rlari kiritildi. “Vatan sog‘inchi” bo‘limida ona-yurtga sadoqat, bunyodkor xalqqa mehr-muhabbat, nafosatga ta’zim o‘z ifodasini topgan. «Biz Donishqishloqdanmiz» bo‘limiga jamlangan hajviy she’rlar, ayniqsa, eski tanishimiz Matmusaning ichakuzdi hangomalari kitobxonga albatta manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.