Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild: She’rlar, nasriy asarlar, dramalar

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild: She’rlar, nasriy asarlar, dramalar — T.: «Ma’naviyat», 2000.

Istiqlol adabiyotining yetuk vakillaridan biri Abdurauf Fitrat adabiyot va san’atning mavjud barcha turlarida qalam tebratgan. U o‘zbek va fors-tojik tillaridagi go‘zal she’rlari bilan barmoq vazniga asos solgan, hikoya va hissalari bilan esa XX asr o‘zbek nasrining tamoyillarini belgilab bergan adibdir.
«Tanlangan asarlar»ning 1-jildiga adibning badiiy asarlari va dramalaridan namunalar kiritilgan. Nasriy asarlarining asli fors-tojik tilida yozilganligi uchun («Munozara», «Hind sayyohi bayonoti»), ular ushbu tildan tarjima qilingan. To‘plamdagi barcha asarlar turli davrlardagi nashrlar bilan solishtirilib, to‘ldirilib va tuzatilib, mukammal holda chop etilmoqda.

Nashrga tayyorlovchi, so‘z boshi va izohlar muallifi:
filologiya fanlari doktori Hamidulla Boltaboyev.

Mas’ul muharrir:
filologiya fanlari doktori Naim Karimov.