So‘zda sehr, she’rda ikmat bor. She’rxonga oddiy, ma’lum gaplar tizmasini taqdim etish vaqti o‘tdi. Kutilmagan tashbehlar va xulosalar she’rning maqomini yuksaltiradi. So‘z mo‘jizasi ana shunda namoyon bo‘ladi. She’r o‘quvchi uchun hamisha sehrli, jozibali bir olam. Hammamiz ham hamisha sehru mo‘jizaga tashnamiz.
Taniqli shoir Abdumajid Azim ijodi bilan tanishib, she’riyatning tilsim dunyosida sayr qiling.
Bu hayot yo‘lida hammamiz o‘tkinchi, yo‘lovchimiz. Shunday yo‘lovchimizki, borar manzillarimiz mavhum, noma’lum. Aynan ezgulik, yaxshilikni maqsad qilgan holda o‘sha ko‘zlagan manzillarga yetishni umid qilish mumkin.
Taniqli shoir Abdumajid Azimni “Mangu yo‘lovchi” deb nomlangan ushbu kitobi mana shu ezgu manzillarni qidirayotgan she’r muxlislariga o‘ziga xos mayoq bo‘lishi mumkin. Buning uchun mazkur she’rlarni shunchaki o‘qish emas, balki ularning ich-ichiga kirish lozim bo‘ladi.
Davr, muhit bugungi ijodkor oldiga murakkab masalalarni, dolzarb mavzularni qo‘ymoqda. Bu avvalo bugungi inson tafakkuridagi evrilishlar, texnika taraqqiyoti asnosida axloq, insoniy burch va ma’naviy qadriyatlarga zaxa yetayotganidir. Haqiqatdan ham, bugungi kun kishisining ongi -dunyoqarashini bundan o‘n-yigirma yil avvalgi odamlar bilan mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydi. Endilikda insoniy mehr-oqibat, ma’naviyat qo‘rg‘onlarini chuqur aql-idrok, sobit hushyorlik bilan asramoq mumkin.
Taniqli shoir Abdumajid Azim to‘rt jildlik kitobining navbatdagi jildiga kirgan she’rlarda aynan shu mavzular o‘rin olganini ko‘ramiz.
Aleksandr Blok, Velimir Xlebnikov, Osip Mandelshtam, Yevgeniy Yevtushenko, Bella Axmadulina. Bularning har biri katta va rang-barang ovozlarga ega bo‘lgan rus she’riyatining yirik namoyandalari sanaladi. Mazkur shoirlar XIX va XX asr rus she’riyatining qay yo‘sinda ketishini belgilagan, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Qolaversa, ularning turli oqim va maktablarga mansubligi ham she’rxonlar uchun alohida ahamiyatga ega.
Ushbu she’rlar shoir Abdumajid Azim tomonidan asliyat imkon qadar saqlangan holda tarjima qilingan.