Xayrandesh (1961)

TOJIKONA

Fayzli hamda boy erur tojikning dasturxoni,
Shirin hamda mazali yesang har burda noni.

Kel, do‘stim qadrlashni o‘rganaylik bizlar ham,
Zamini obod yurtning musaffodir osmoni.

Qayda bor bunday oftob, bunday tuproq, suv, havo,
«Masnaviyu Ma’naviy» tojik ruhi ravoni.

Har kimga nasib etmas«Shohnoma»ni bitishlik,
Buning uchun kerakdir Firdavsiyning iymoni.

Taqdir ekan nailoj,  afsus, jahonni tutdi,
Tojiklarning ohi-yu, alar dodu fig‘oni.

Emomali Rahmon ham Somoniy vorisidir,
Uning bir-la ushaldi tojiklarning armoni.

Ey, Xayrandesh, nega sen g‘azal bitding desalar,
Aytgum: rohat bag‘ishlar tojigimning zaboni.

Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi