Ahmadjon Rahmatzod (1953)

“Bahor xayoli”, “Ko‘kargan tosh”, “La’l”, “Girdbod”, “Vahdatsiz yo‘qman” kabi she’riy majmualar va dostonlar muallifi. She’rlari rus, ukrain, qirg‘iz, o‘zbek tillariga o‘girilgan. Tyutchev, Shestakov, Petrarka, R.Parfi, M.Ali kabi taniqli shoirlar she’rlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda So‘g‘d viloyati Yozuvchilar uyushmasi raisi. Ro‘dakiy nomidagi Tojikiston davlat mukofoti sohibi, xalq shoiri.

* * *

Tush kabi kelmasang, tushimga kirmasang,
Qaydasan?!
Qaydasan, ko‘nglimda nidosan.
Ey mening yosh qalbim bir jahon g‘ami,
Sen buyuk sevgimga jazosan, jazosan.
Dilimning zahmiga ishq malham, davodir,
Muhabbat giyohi, davosan, davosan!
Kishilar xatodan qo‘rqsalar, seni men
Topdim-ku xatodan, xatosan,
xatosan.
Qaldirg‘och bo‘lganding, dilimda oshyoning,
Eshigin ochgandim, kirgin deb men to san.
Sendadir mening bu jonimning kuylari,
Dardlarim olguvchi shifosan, shifosan!

YoShLIK JAVLONI

Misli pok javhar erur ko‘zgusi vijdonimi,
Har quyosh nuri kabi shu’lasi bu jonimi.

Har kecha ko‘kdan qarar yer sori sitoralar,
Bil alar hayratlarin diydai hayronimi.

Tun aro ko‘k tomidan uchdi yulduz shabnami,
Oqma ashk sitoraday dog‘latib chashmonimi.

Nur kabi parvoziyu boz shashti-la bu hayot,
Epchil ot yanglig‘ qaritgay meni javlonimi.

Kimsa mendek olmadi bu umr lazzatlarin,
Vaqt sipohi yuldi lek davlatu davronimi.

Vahki, yoshlik arradir, kuydirar umringni, lek
So‘ng tegirmon suyiday oxiri yer dandonimi.

Jamshid tarjimasi