Damat Salmono‘g‘li (Damət Salmanoğlu) 1958 yili Ozarbayjonning Masalli rayonida tug‘ilgan. Shoir, publitsist. Uning qator she’riy kitoblari chop etilgan. Ozarbayjon yozuvchilar, jurnalistlar uyushmasi a’zosi. Prezident mukofoti sohibi. Xalqaro Rasul Rizo va Samad Behrandi nomidagi mukofotlar laureati.
ONALAR
Dunyoning lal-injusi,
Tosh-toshidir onalar.
Bolasin shod kulgusi,
Sirdoshidir onalar.
Qalbingdagi sevgilar,
Dengiz kabi chayqalar.
Bolasini sog‘ ko‘rib,
Sevinchdan yig‘lab olar.
Joningga jon keladi,
Onaga jon deganda.
Har safar uchadursan,
Onaga bosh ekkanda.
Oti muqaddas xotin,
Qur’onning “bo‘l” oyati.
Haq yo‘lin eng balandi,
Tuzmoqlikdir g‘oyasi.
BIR UMR YaShAYDI QALBIMDA SEVGI
Dunyoga ko‘z ochib kelganim zamon,
Haqning bulog‘idan suv ichib keldim.
Yashagan umrimga, shukr dunyoning,
Ayro yo‘llaridan boz kechib keldim.
Alloh yaratgan har zarrani sevdim,
Hidoyat chirog‘i yor bo‘ldi menga.
His etdim g‘oyibdan yordam qo‘lini,
Yo‘qliklar hamisha bor bo‘ldi menga.
Hech ham adashmadim o‘z aqidamdan,
Yuragi imonga to‘la bo‘ldim men.
O‘zimni uzimdan tark etgan kundan,
Ilohiy bir ishqning quli bo‘ldim men.
KO‘RDIM
Bahor chog‘i chamanzorda,
Bir go‘zal kezganin ko‘rdim.
Goh o‘g‘rincha boqib menga,
Ko‘zlarini suzgan ko‘rdim.
Xushdir orzu-tilaklari,
Hayron etib malaklarni.
G‘unchalarni, chechaklarni,
Quchog‘iga olgan ko‘rdim.
Ko‘rganda qo‘sha xolini,
Parishon etdi holimni.
Dilga yoqib visolini,
Hasratimni uzgan ko‘rdim.
Damat sevgidan hastadir,
Hasrati dasta- dastadir.
Nozini ko‘tarmoq istadim,
Bir so‘z demay kechgan ko‘rdim.
RUHIMIZ DUNYoGA QO‘ShA KELIBDIR
Sen, suv so‘nasidek, a’lo zarifsan,
Oy ham ko‘zlaringga boqqani kelur.
Har tongda ufqdan quyosh bo‘ylanib,
Nurini poyingga sochgani kelur.
Qaldirg‘och qanoti qalam qoshlaring,
Qalbimga chizadi sevgi naqshini.
Shu jo‘shqin ko‘nglimni olmoqqa gulim,
Bir bora bosh etar suzgun boqishing.
O‘sha qurganimiz visol saroyi,
Yillar hasratida boshga kelibdir.
Uzoqda bo‘lsak ham bir- birimizdan,
Ruhimiz dunyoga qo‘sha kelibdir.
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi