Alisamid Kur (Əlisəmid Kür) 1954 yilda tug‘ilgan. Hozirgi zamon Ozarbayjon adabiyotining iste’dodli namoyandalaridan biri. “Rangin ko‘lkalar”, “Qirq tanish chehra” (1991), “Kentavr” (1997), “Ter va qon ichida” (2000) kitoblarining muallifi.
* * *
Kulchaning bir yuzi bor –
Orti turar tandirda.
Tuproqning bir yuzi bor –
Uni qancha kavlama,
Ich-ichini ko‘rmassan.
Tuproqning bir yuzi bor
Elkasini ko‘rmassan!
Yolg‘onning nonini yemassan,
Yolg‘onning ming yuzi bor.
Men bir to‘g‘ri so‘z aytdim
So‘zimning bor bir yuzi –
Bir yuzi bor Alisamidning.
ShU SABAB…
Har millatning qora kuni bor, –
Qora bayrog‘i bor shu sabab.
Qo‘rimoqqa gar tuprog‘i bor, –
Qurol-yarog‘i bor shu sabab.
Qora kuning bo‘lsa oq uni,
Qora bayroqda bor qora yel, –
Gumoning ham qora shu sabab.
Zulm payti dard bilinar
Mard qolsa nomard qo‘lida,
Yurt qolsa dushman qo‘lida, –
Qolganing ham shu erur,
O‘lganing ham shu erur.
MARSIYa
Sarkash soylarning oqishi
Suvlarning bog‘liq sasiga.
Men kechdim.
Sen kecholmading
Tuprog‘im-ey!
Sir bordir quduq tubinda,
Ich-ichiga cho‘kar dardi.
Jinnisi oqil kabi,
Aqllisi jinni kabi
Millatim-ey!
Otash cho‘g‘i qolgan o‘choq,
Kulga bog‘liq.
Qochib qolar bari qo‘rqoq
Mardlarin o‘limiga bog‘liq –
Mamlakatim-ey!
Yurti talon bo‘lgan yurt,
G‘am, hasratga qo‘yar chek.
Uvlayapman bo‘ridek –
Millatim-ey,
Mamlakatim-ey!
Ozarbayjonchadan Xosiyat Rustamova tarjimasi.