Xuan Xelman (1930-2014)

Xuan Xelman (Juan Gelman; 3 may 1930, Buenos-Ayres — 14 yanvar 2014, Mexiko) — argentinalik shoir va jurnalist, Servantes mukofoti laureati.

ShIPPAK

Varshava yaqinidagi kontslagerda urushning dahshatli belgisi — tog‘-tog‘ bolalar shippagi saqlanib qolgan…

Bir bolaning qora shippagi,
Bir bolaning oqish shippagi,
Bir bolaning qizil shippagi,
Bir bolaning yangi shippagi,
Bir bolaning yirtiq shippagi,
Juft shiplagi, bola shippagi…

Shippaklarning qorasi,
Oqi,
Kizili va
Yangi,
Yirtig‘i —
Uyum-uyum butun tog‘ misol,
Tong nurida g‘amli tog‘ misol,
Qora tikon Polsha kalbida.

Hoy, eshiting!
…Hammayoqda kun,
Kun nurida biroq qora tog‘,
Qora tikon Polsha qalbida.
Qop-dora tog‘! Bilasanmi, tog‘,
Kavaklarga qaltirab qochish,
Maktab sari yo‘llarni to‘sish
Va javobsiz bola savoli
Yana o‘lik oto‘yin hidi —
Tog‘, shunday hid keladi sendan,
Tog‘!
Bolalar shippagidan tog‘!
Tong nurida g‘amga to‘la tog‘!

Qora tikon Polsha qalbida.
Bolalarning shippagi,
(Ular endi yurolmas.)
Yo‘llar kutar ularni.
(Ular endi yurolmas.)
O‘yinchoq soldatchalar.
(Ular endi yurolmas.)
O‘yinchoq surnaychalar.
(Ular endi yurolmas.)
Yo‘llar javob kutishar.
(Ular endi yurolmas.)
Maktab kutar ularni.
(Ular endi yurolmas.)
Men kutaman sabrsiz!
(Ular endi yurolmas.)
Ular yotar jimgina…

Tong nurida g‘amli tog‘,
Qora tikon Polsha qalbida.
O, naqadar og‘irsan, tog‘!..
Yurakni qon dilar sukuting!..
Oyoqlar yo‘q, yurar oyoq yo‘q,
Etim bo‘lib qolding naqadar!
Million oyoq singari yur deb
Qanday seni uyg‘otayin, tog‘?!
Bolalarni, yurmas bolani
Yodga olish azob naqadar!..

Yana erta. Musaffodir tong.
Shippak uyumi yo‘q. Musaffodir tong.
Buenos-Ayresda musaffodir tong.
Odamlar ichida musaffodir tong.
Hammayoqda lavha va yozuv,
Karlos Gardel portreti ham
Nozikkina gitara, gullar,
Oshuq bilan ma’shuq surati
Yonida-chi — mitti oq shippak.
Bolalarning shippagi.

Oq rang.
Haykirig‘im, pichoq singari,
Tildi tongning kekirdagidan.
Qaytarilsin o‘rniga oqish shippaklar!
Hamma ko‘rsin marhamat qilib!
Qaytarilsip o‘rniga qizil shippaklar!
Ko‘rib qo‘ysin janoblar buni!
Qaytarilsip o‘rniga qora shippaklar!
Hayot savdogari unga qarasin!
Qaytarilsin o‘rniga yangi shippaklar!
Ol qon savdogari unga qarasin!
Yirtiq shippaklar ham qaytarilsin tez!
O‘lim savdogari unga qarasin!
Har yerda bor bo‘lsin bola shippagi,
Har joyda!
Bu mudhish uyumda bo‘lmasin faqat!
Erimning qalbida — u qora tikon.
Turing o‘rningizdan, hey birodarlar!
Shippakka beraylik bola oyog‘in!
Jism va tong bilan to‘la etaylik!
O‘rniga ularni biz qaytaramiz!

Miraziz A’zam tarjimasi