Xurshed Atovullo. Oltin qurbonlik istaydi (hikoya)

Jamshid Habib yangi farzandlik bӯlgan hamkasbi Shamidani kӯrib kelish uchun tug‘-ruqxonaga shoshardi. Bir yil oldin qomati ozg‘in, lekin chiroyli bu qiz takror-takror yӯq, bӯlmaydi, deyishiga qaramasdan baribir ӯzi bilan hamqishloq bӯlgan bir tojirga turmushga chiqdi. Uning qattiq qarshilik kӯrsatishiga sabab tanlagan kasbini nihoyatda yaxshi kӯrishi va oppoq kelinlik libosi yurak orzulari uchun kafanga aylanishidan chӯchi-shi edi. U eri boshqa ishlashga qӯymasligidan yo ӯzi oilaviy mas’uliztlar ostida qolib ketishidan xavotirda edi. Ana shuning uchun ota-onasi va qarindoshlarining kinoya-kesa-tiqlariga, singillarining yarim hazil-yarim chin qilib «opajon, qachon bizning navbati-mizni oldinga surasiz», deyishlariga ham e’tibor bermasdi.
… Ӯtgan yili tӯydan bir oy oldin Shamidaning otasi – ӯrta bӯyli, hali sochlariga qormisol oq tolalar yog‘ilmagan kishi Jamshidning ishxonasiga keldi. Avvaliga jurna-listning osilgan qosh-qovog‘ini kӯrib, gapni nimadan boshlashni bilmasdan taraddud-lanib qoldi. Jamshidning chehrasi ochilib, hech kutilmaganda undan mehribonlik ila hol-ahvol sӯragach, ӯzini qӯlga oldi:
– Inim, men sizning oldingizga allanechuk bir kulgili tuyuladigan iltimos bilan keldim. Shamida yigirma beshga qadam qӯydi, lekin sovchilarni umidsizlantirib kuzat-gani-kuzatgan. Men uning kasbini yaxii kӯrishini bilaman, hozir demokratiya zamoni ekanligini, hech kimni majburlash mumkin emasligini yaxshi tushunaman. Lekin Siz meni tushuning, qishloq odamlari qizimning turmushga chiqmayotganligi sababini bosh-qacha, ӯzlaricha izohlashadi. Shamida ӯzini ishga bag‘ishlashni istaydi, lekin shaxsiy hayoti nima bӯladi? Agar Tojikiston Ovrupo mamlakati bӯlganda edi, men uning amali-ni jon-dilim bilan qӯllab-quvvatlardim. Lekin bizning urf-odatlarimiz qizimning istaklarini ӯz doirasiga sig‘dirmaydi. Hozir qizimizga loyiq, har tomondan ӯziga tinch, ӯzimizning qishloqlik bir yigit sovchi qӯyib turibdi. Qizimning ham u yigitga oz bӯl-sada kӯngli bordek. Agar Siz Shamidaga bir marta nasihat qilib qӯysangiz, zora tӯyini yesak.
Shamidaning otasi jim qoldi. Jamshid bundan besh yil oldin birinchi marta oldiga kelgan Shamidani kӯz ӯngiga keltirdi. Ha, ӯsha paytda jurnalist bu nozanin qizga hus-nidan foydalanib qolgan holda yaxshigina er topishni tavsiya etgandi. Jurnalistlik in-sonning jinsiga qaramasligini, erkak va ayol birdayin azob-mashaqqat tortishiga tӯg‘ri kelishini ta’kidlagandi. Oilaning og‘ir yukini birday kӯtarib va kasb mashaqqatini birday yengib, yaxshi jurnalist bӯlib, maqsadiga erishadigan ayollar oz topiladi, degan-di. Aslida ham bundayin baxtli ayollarni barmoq bilan sanash mumkin. Hayotini kasbiga bag‘ishlagan kӯpchilik jurnalist ayollar turmushda osudalik bilishmaydi.
Ӯshanda Shamida uning sӯzlarini indamasdan tingladi-da, ruxsat sӯrab chiqib ketdi. Jamshid endi qaytib kelmaydi degan xayolda edi. Lekin oradan picha vaqt ӯtgach Shamida qaytib keldi. U jurnalistning sinovchan nazarini sezib, dedi:
– Muallim, men kasbni tanladim.
Ӯshandan buyon besh yil ӯtdi. Shamida asta-sekin jurnalistlar doirasida ӯz «men»ini paydo qildi. Lekin haligacha ӯrganish uchun vaqt zarur edi, vaqt…
– Agar menga biron narsa bog‘liq bӯlsa, Shamida bilan suhbatlashaman, – Jamshid xayrlashish maqsadida mehmonning qӯlini dӯstona siqdi.
– U Sizning sӯzingizni ikki qilmaydi, – Shamidaning otasi jilmaydi.
… Jamshid kechqurun Shamidani ishxonalari yaqinidagi bekatda kӯrdi. U odatiga kӯra yuzining bir tomonini qӯli bilan tӯsgan holda gavdali, lekin biroz qorin qӯygan yigit bilan gaplashib turardi. Ulardan sal narida xorijda tayyorlangan mashina turar va eshigi ochiqligidan yigitniki ekanligini sezish mumkin edi. Mashina ichidagi magnito-fondan Manija Davlat aytayotgan qӯshiq eshitilardi.
Jurnalistni kӯrgan qizning quloqlarigacha qizarib ketdi. Uning avzoidagi ӯzgarish-ni sezgan Jamshid oshiqona suhbatga xalal yetkazdimmi degan ӯyga bordi.
– Allaqachon kuyovbӯlmish sening qaysi hofizni yoqtirishinggacha bilib olibdi, qoyil! – Jamshid yigitning qӯlini sovuqqina siqar ekan, unga tahsin aytayotgandayin yelka tek-kizdi va tezda ikkovidan uzoqlashdi.
Ertasiga Shamida ӯziga berilgan topshiriqni bajarayotib, ustma-ust uch marta xato qildi va Jamshidning jahli chiqib, uni oldiga chaqirdi.
– Bor, tezda erga teg. Sen endi hushingniyam, aqlingniyam yӯqotgansan. Vaktida seni joying beshikning yoni, jurnalistlik emas, ӯzingni ӯzing qiynamagin deya ogoxlantir-maganmidim.
Qiz achchiq-achchiq yig‘ladi. Chunki jurnalist unga gapirayotganda bir ӯzi emas, bir necha hamkasbi ham bor edi. Hamkasblar qizga istehzoli qarab turishardi.
Kechga yaqin qiz Jamshidning oldiga kirdi.
– Muallim, men ishdan ketaymi?
– Ha.
– Boshqa yӯli yӯqmi?
– Yӯq va bӯlmaydi ham. Ӯzingniyam qiynama, meniyam.
Jamshid Shamidaning kӯzlaridan duv-duv oqayotgan yoshni kӯrib, biroz yumshadi.
– Muddatsiz ta’tilga chiqish uchun ariza yoz. Keyin kӯramiz.
Ikki haftadan sӯng Shamida tӯyga taklifnoma kӯtarib keldi. Uni ӯz qӯli bilan Jamshidga berish uchun hech jur’at qila olmasdi. Turdi-turdi-da, stol ustiga qӯyib ketdi. Jurnalist unga bir nazar tashladi-da, bir chetga otib yubordi. Tӯyga ham bormadi.
Aslida tӯyga borish uchun hafsalasi ham yӯq edi. Lekin tӯyning ertasi Shamidaning otasi katta dasturxon kӯtarib keldi.
– Sizning ishingiz kӯpligini bilaman. Manovi Sizning nasibangiz.
Jamshid hatto dasturxonni ochib kӯrmadi. Uni hamkasblariga tutqazib, dedi:
– Bugun oshxonaga bormasliklaring mumkin.
… Ana ӯsha Shamida bugun ӯg‘ilchalik bӯlibdi. Uning eri erta tongda gazeta idorasida paydo bӯldi.
– Muallim, Shamidaning xohishiga kӯra ӯg‘limizning otini Jamshid qӯydik.
– Sodda! – Jamshid achchiq tabassum qildi, lekin tug‘ruqxonaga albatta borishga va’da berdi.

* * *

Shamida Jamshidni ochiq chehra bilan kutib olgan bӯlmasin, lekin uning kӯzlariga qandaydir anduhmi, tashvishmi parda tashlab turganini sezish qiyin emas edi. Jurna-list shogirdining bunday ruhiy holatga tushishini ilgarilari ham kӯrgandi. Ana shun-day holatlarda Shamida kechgacha labida zӯraki jilmayish bilan yurar, faqatgina uyiga ketish oldidan ustodini yolg‘iz topib, gap ochardi:
– Muallim, bir qiyin tashvishim bor, – u gapini davom ettirmasdan noma’lum nuqtaga kӯz tikkancha qolardi.
Bu gal ham erini kuzatib turar ekan, ma’noli qarash qildi, lekin u hech narsani sez-masdan, ularni yolg‘iz qoldirishni ӯylash nari tursin, balki buyruq berayotgandayin ovozini kӯtardi:
– Men muallimni kuzatib qӯyaman.
Jamshid tuyg‘ularini zӯrg‘a yig‘ishtirib oldi. Agar manovi kelinchak oldingi Shamida bӯlganda edi erini gap bilan uzib-uzib olgan bӯlardi. Lekin xuddi shu asno shogirdning erga tegishini ӯshanda qanchalik og‘ir qabul qilganini sezganga ӯxshadi. Endi u faqat-gina kimningdir aytganini qiladigan buyrug‘ini bajaradigan odam bӯlib qolmasdan, Jamshidning hayotida yopishmagan yamoqqa ӯxshardi.
Shamida eriga boshqa e’tibor bermasdan jӯshib-toshib hikoya qilishga tushdi:
– Kecha yosh bir ayolni olib kelishdi. Birinchi marta tug‘ishi bӯlgani uchun ancha azob chek-di. Kӯp qon yӯqotdi. Tungi ӯn birlarda ӯg‘ilchalik bӯldi. Aka-ukalari allaqayerlardan qon topib kelishdi. Lekin qon berish paytida hamshiraning uyqusi keladi va ayolning tomiriga kӯp havo kirib, u ӯlib qoladi.
Shamida jim qoldi. Jamshid ma’nosiz qӯl siltadi. Aniqrog‘i, u bu ishorasi bilan «bunday baxtsiz hodisalar tez-tez yuz berib turadi», demoqchi edi.
Lekin birdaniga shogirdining ovozi balandlashdi:
– Bilasizmi, muallim, hamshiralarning aytishlaricha gӯyo u kelinchak sal oldin oltin topib olgan ekan…
– Nima? – Jamshid qattiq kulib yuborishdan ӯzini tӯxtatib qoldi. – Oltin?! Qayer-dan? Balki javohirlar orolidan kapitan Flintning oltinlarini topib olgandir?
-Rost aytyapman. Ertalab ӯlikni olib ketishga kelishganida u kelinchakning onasi bir ӯg‘lining yoqasidan olib «qizimning ӯlimiga sen sababchisan, agar begunoh qizni ӯldir-maganingda bunday bӯlmasdi», dedi.
– Qaysi begunoh qizni?
– Bunisini bilmayman.
– Muallim, Shamida anchagina qӯrqqan. Shuning uchun og‘ziga kelganini aytaveradi, – Shamidaning eri xotiniga qarab norozi jilmaydi.
Shamida eriga oshkora nafrat bilan javob berdi:
– Qӯrqmang, mening qayta ishga chiqish niyatim yӯq va bunday qotilliklarning chigili-ni yozishga hunarim ham yӯq.
Jamshid er-xotinning janjal kӯtarayotganliklarini kӯrib, tezda orga kirdi:
– Ering seni ehtiyot qilyapti. Seni ayashi esa, yaxshi kӯrishining belgisi. Men kecha tun-da qanday voqea yuz berganligini aniqlash uchun urinib kӯraman. Sen xotirjam bӯlaver-gin.

* * *

Jurnalist hali tug‘ruqxona eshigidan chiqishga ulgurmasdan notanish ovoz eshitildi:
– Jamshid!
U ortiga qaytdi. Qarshisidan oq kiyimdagi chiroyli bir qiz kelardi. Garchi u tanish tuyulsada, lekin Jamshid qizni qayerda kӯrganligini hech eslay olmadi.
– Tanimadingizmi? Men Sitora bӯlaman. «Orzular ӯladigan paytda» degan kechinma qissangiz bor-ku, ӯshaning qahramoni – hamshira qiz men bӯlaman-da. Endi esladingiz-mi?
Jamshid qizarib ketdi. Ha, u yosh umri xazon bӯlgan san’atkor Shahromning ӯlimi sirlarini ochishga yordam bergan qiz edi.
– Salom! Bu yerda nima qilib yuribsan? – Jamshid jilmayishga urindi.
– Filologiya kulliyotining ikkinchi bosqichida ӯqiyman. Sirtqida.
– Ikki yildan buyon shu shaharda ekansan, bir martagina qӯng‘iroq qilsang bӯlmasmidi.
– Men Sizning hayotingizda boshqa paydo bӯlmaslikka ahd qilgandim. Lekin nima qilib yurganlaringizni bilaman. Shogirdingizdan xabar olishga keldingizmi?
– Ha. Farzandli bӯlibdi.
– Yaxshi qiz. Lekin bitta aybi bor. Haligacha kasbini jinnilardek yaxshi kӯradi. Hatto eridan ham yaxshiroq kӯradi.
– Xayr, vaqt topsang, bizning idoramizga ham bir borgin.
– Yӯq, idorangizga bormayman, lekin agar yӯq demasangiz, kechqurun Sizni ӯzingniz suygan «Kant» restoraniga taklif qilaman, – qiz chiroyli jilmaydida, qӯshib qӯydi. – Hammasi mening hisobimdan, Siz hech tashvish tortmang.
Jamshid bir zum ikkilandi-da, sӯng beparvo javob berdi:
– Qabul. Kechqurun soat oltida «Kant»da uchrashamiz.

* * *

Gӯyo begonalar yuzma-yuz ӯtirishgandayin har ikkovi ham og‘ziga suv olgandayin edi. Birinchi bӯlib sӯz boshlash uchun na unisi, na bunisi jur’at qila olmasdi. Nihoyat Jam-shid chuqur oh tortdi-da, qadahlarni tӯldirib, siniq jilmaydi:
– Endi aytchi, hijron, ayriliqning qadri ne?
– Boshqa davom ettirmasligingizni sӯrayman, – allanechuk bir qat’iyat bilan dedi Sitora.
– Nega?
– Ikki yil davomida bironta odamga kӯngil qӯya olmaganim sababini bilasizmi? Nega Sizni unuta olmayapman? Bilasizmi? – qiz kӯz qiri bilan suhbatdoshiga qaradi.
– Yӯq. Tӯg‘risi, bu borada ӯylab ham kӯrmagan ekanman.
– Ӯsha birinchi va sӯnggi uchrashuvimizdan keyin men ӯz-ӯzimga Sizni yoshlik davri-mizning g‘amgin xotira puchmoqlariga topshiraman, albatta topshiraman, deya va’da ber-gandim. Lekin bir voqea yuz berib, Sizga bӯlgan mehrim ikki karra oshdi.
– Balki azayimxonning oldiga borib-kelganimdan xabaring yӯqdir? – Jamshid hazil-ga oldi.
Qiz bu gapni eshitmagandayin hissiyotga berilgancha sӯzida davom etdi:
– Singlim Habiba menga qaraganda chiroyliroq, hushyorroq edi. Unga uylanishni istay-diganlar kӯp edi. Lekin Habiba avval oliy ӯquv yurtiga kirib ӯqishni, sӯng turmush qurishni orzu qilardi. Ammo ӯn birinchi sinfda ӯqiyotganda bir haromzodaga oshiq bӯlib qoldi. Men u la’nati singlimning kӯnglini qanday topganligini bilmayman, lekin undan ӯn yoshga yaqin katta bӯlishiga qaramasdan hammaga ma’qul edi. Hatto men ham uning oshiqlik haqidagi tӯqimalariga ishongandim. Lekin boshga kelganni kӯz kӯrar ekan. U la’natining xotini, tӯrtta bolasi bor ekan, Habibani homilador qildi-yu, qora-sini kӯrsatmay ketdi, yaramas.Uni qidirishlarim behuda ketdi, aytishlaricha Rossiyaning allaqaysi bir gӯriga ketgan ekan. Men singlimning u la’natidan orttirganini yӯqo-tishini va boshidan ӯtganlarni tezroq unutishini qanchalik istamayin, bӯlmadi. Bir kuni erta tongda uyg‘onib, Habiba yotgan ӯrinni bӯsh kӯrdim. Yuragim hovliqqancha uni qidirishga tushdim. Hech qayerda yӯq edi. Nihoyat, egasi yӯq, buzilib yotgan bir og‘ilga kir-sam… U ӯzini osibdi. Hatto ӯlim bilan yuzma-yuz kelganda ham singlim ochilmay xazon bӯlgan yoshlik ishqining nishonasi – olti oylik bolasidan ayrilishni istamabdi. Bir tobutda ikki ӯlik kӯtarildi. Bir qabrga yoshgina qizning pokiza ishqi va bir nomarddan qolgan nishonani kӯmib kelishdi… Bu hodisadan sӯng anchagacha ӯzimga kelmadim. Uy meni chaqib-chaqib olardi, qayerga qaramayin, yosh umri xazon bӯlgan singlim haqida sӯz-lardi. Toqat qilib-qilib, Dushanbega keldim. Ikki yildan beri shu yerdaman, – qiz bir zum jim qoldi-da, sӯng gapida davom etdi.- Men she’rning davomini ӯqimasligingizni nega sӯradim, bilasizmi? Bilasizmi, keyingi misrasi qanday?
– Xudo haqi bilmayman, – Jamshid g‘amgin hikoyani eshitib allanechuk parishonxotir ӯtirardi. – Men bir misrani bilaman, xolos.
– Davomi « Kel, bir-birimizning qadrimizga yetaylik». Men Sizning ikkiyuzlama bӯlishingizni istamayman, men tirik ekanman, ishqingiz qalbimda bӯlishini istayman, lekin hech qachon bundan foydalanishni istamang.
Jamshid mavzuni ӯzgartirish uchun va bunday musibatlar oz emas, degan ma’noda sӯzni boshqa tomonga burdi:
– Kecha tunda farzand kӯrayotib, dunyodan ӯtgan ayolning ham baxti qora ekan. Tib ham-shirasining aybi bilan dunyodan ӯtdi, deyishyapti.
Jamshidning nazarida Sitora ӯzining xayolidan titroqqa tushayotgandek tuyuldi. Lekin u xotirjam, beparvo qӯl siltadi-da, javob berdi:
– Bunday hodisalar bӯlib turadi. Qon berayotgan paytda hamkasbim Nodirani uyqu bosadi. Ayolning qon tomiriga ortiqcha havo kiradi-da, u ӯladi. Aytishlaricha u oltin topgan ekan va biron bahona bilan dunyodan ӯtardi-da.
– Sen bu afsonalarga ishonasanmi? – Jamshid sinovchan sӯradi.
– Shamol bӯlmasa, daraxtning shoxi qimirlamaydi.
– Nega sen u ayol haqida bunchalik ayovsiz gapiryapsan? Balki sening singling haqida ham kimdir shunday rahmsizlarcha gapirar.
– Men bunday odamning tirik bӯlishini istamayman, – Sitora sovuqqonlarcha dedi. – Mening unga kuyinmayotganligimning sababi… u ӯsha haromzodaning singlisi ekan. Singlimning xuniga xun tӯlashdi. Men buni ertalab ӯlikni olib ketishayotganda bildim. U la’nati shu yerda edi.
– Bir kishining gunohi uchun boshqa bir insonni gunohkor deb bilish yaxshi emas, – Jamshid xayolga berilgancha pichirladi.
– Turadigan vaqtimiz bӯldimi, deyman. Men kecha navbatchi edim. Uyqum kelyapti, – dedi Sitora birdaniga keskin-keskin.
Ular shu tarzda boshqa bir sӯz demasdan, bosh qimirlatib xayrlashishdi. Jamshid ik-kovining orasida tubsiz jar paydo bӯlganini his qilardi, lekin bu sovuqlik, ayriliq-ning sababi kim yo nima ekanligi haqida bir sӯz deya olmasdi.

* * *

Tongda Shamidaning qӯng‘irog‘i Jamshidni uyg‘otib yubordi:
– Muallim, vafot etgan Gulniso degan ayol chindan ham arxeologik qazilmalar uchun aj-ratilgan maydonda oltin topib olgan ekan. Ӯsha yerga ekin ekishgan ekanda. Gulnoz yer chopayotgan ekanmi, ishqilib, ӯsha yerda ishlayotgan ekanda. Zarkent tumanining Shoddara degan qishlog‘ida. Bir kӯzacha oltin topgan ekan. Uni eriga kӯrsatib, akalariga olib boribdi. Bu yerda yana bitta qotillik qissasi bor, – hayajonlaganidan Shamidaning ovozi titrardi.
– Hozir yetib boraman, – Jamshid uyqusirab javob bergach, ӯrnidan turdi. Kiyimini kiydi-da, shosha-pisha yuz-qӯlini yuvib, tug‘ruqxonaga otlandi.

* * *

Bosh hakim Jamshidning savollariga qovoq uygancha javob berdi:
– Biz bu hodisani tekshirib chiqdik. Aslida qon berish paytida va u tugagach, bemor ӯl-maydi. Lekin Gulniso hushsizlarcha qӯlini chӯzadi va naycha uzilib, tomiriga havo kiradi.
– Agar nayza uzilgan bӯlsa, balki qon quyish moslamasi ag‘darilib ketgandir?
– Ha. Moslama ag‘darilib, hatto stol ustidagi choynakni pastga tushirib yuboradi.
– Tib hamshirasi bu ag‘dar-tӯntardan chiqkan ovozdan ham uyg‘onmaydi, shundaymi?
– Yӯq… Xayr, aka, hamshirani sovuqqonligi uchun ishdan haydadik, yana nima qilaylik? – hakim zarda qildi.
Jamshid hech narsa demasdan Shamidaning xonasi tomon ketdi.
-Kimdir barcha duxturlar va hamshiralarga Gulniso tӯg‘risida gapirishni ta’qiqlab qӯyibdi. Hamma qӯrqa-pisa gapiradi. Bu yerda biron-bir dahshatli sir bor. Aytishlari-cha Gulnisoning yangasini bir hafta oldin ӯldirib, daryoga tashlashgan ekan.
Xuddi shu lahza Shamidaning eri xonaga kirib keldi. U erta saharlab jurnalistni xotinining oldida kӯrib, avzoi ӯzgardi. Lekin hech narsa demasdan sovuqqina salomlash-di. Jamshid bu munosabatga ahamiyat bermasdan tashqari chiqdi.
Sitora hali ishga kelmagan ekan. Jurnalist uning telefon raqamini olmaganiga pushaymon chekdi. Navbatchi hamshiradan uning qachon ishga kelishini sӯrar ekan, ajoyib bir ma’lumot oldi.
– Kecha qӯng‘iroq qilgandi, qandaydir ishi chiqib qolibdi, tug‘ilgan yeriga – Zarkent-ga ketar ekan.
Jamshid ishxonasiga kelib, hamkasblari bilan xayrlashib Shoddaraga otlanayotganda yana Shamida qӯng‘iroq qilib qoldi:
– Muallim, mening erim ham Zarkentga bormoqchi, Siz bunga hayron bӯlmayapsizmi?
Shamida shunday deya qandaydir bir qӯrqqandayin gapini davom ettirdi:
– Ӯzingizni ehtiyot qiling, iltimos…

* * *

Jamshid avval xotinining ishxonasiga bordi. Nӯshofarin kutilmagan hodisa haqida-gi qisqa hikoyani eshitgach, iltijoga tushdi:
– Iltimos, bormang! Kӯnglim qandaydir bir yomon hodisa yuz berishidan xavotirda. Axir bugun katta ӯg‘limizning tug‘ilgan kuni…
Lekin jurnalist odatiga kӯra ӯjarlik qildi.
– Men bog‘chaga borib, ӯg‘limni tabriklayman. Sen hamma narsadan xavotirlanaverma. Anchadan buyon tuzukroq narsa yozganim yӯq. Biron yaxshiroq detektivga mavzu chiqib qolar. Bordi-yu… Sitoradan xavotirlanayotgan bӯlsang, – Jamshid kӯzlarini ӯynatdi. – Bu gal uni armonda qoldirish gunoh.
– Ӯsha Sitora qurib ketsin. Siz bunday noma’qulchiliklarni birinchi marta qilayot-ganingiz yӯq. Lekin mening baxtimga qӯlga tushira olmayapman.
– Ruslar aytganlaridek « Ne poyman, ne vor», ya’ni qӯlga tushmagan ӯg‘ri, ӯg‘ri emas.,- Jamshid kulganicha Nӯshofarin bilan xayrlashib, safar anjomlarini olish uchun uyiga jӯnadi.
Bog‘chaga borganida katta ӯg‘li otasi olib kelgan sovg‘aga g‘amgin qaragancha dedi:
– Onam otangning xotini ish, onasi ish, singlisi ish, deydilar. Bugun uyga borsam onamga otamning bolalari ham ish, deyman…
Jamshid ovozi boricha kulib, ӯg‘lini quchdi, osmonga otib, erkaladi va xayrlashdi.
Kichik ӯg‘li u olib borgan mashinachani ӯynagancha xursandligidan otasining ketayot-ganligiga e’tibor bermasligini kӯrib, u bilan xayrlashganda soat kunduzgi birga yaqin-lashib qolgandi.
Bog‘chadan chiqishi bilanoq u yerda turgan taksi belgisi tushirilgan mashinani kӯrib, quvongancha ӯtirdi. Shu on kӯnglidan bir shubha vizillab ӯtdi: «Bu yerda biron marta taksi tӯxtab turganini kӯrmagan edim. Shaharda bӯlsa, bironta taksi Sug‘d viloyatiga tegishli «02» raqami bilan yurmaydi».
Lekin baxtiga qarshi bu shubha juda tez tarqadi. Haydovchi yӯlovchining xavotirini sezgandayin dedi:
– Men aslida Zarkent tumaniga bormoqchi edim. Ikkita yӯlovchim bor. Uchinchi odam mana shu bog‘cha oldiga kelmoqchi edi. Haligacha daragi yӯq.
– Shundaymi? Agar yӯlovchilaringiz tayyor bӯlsa, birga ketar ekanmizda. Men ham Zarkentga bormoqchiman.
– Zarkentning qayeriga? –haydovchi shunchaki sӯraganday bӯldi.
– Shoddaraga.
Jamshid haydovchining qanchalik xunuk tirjayganini kӯrmadi…

* * *

Nazorat nuqtasidan ӯtishayotganda haydovchi yӯl nazorati xodimiga ӯn somoniy uzat-ganda , u pulni indamasdan olib, mashina, haydovchi va yӯlovchilarning hujjatlariga zarracha e’tibor bermasdan ӯtkazib yuborar ekan, Jamshid ikki yӯlovchi va haydovchiga tuzukroq razm solib, ularning aftlari ӯxshashligini sezib, kӯnglida g‘ashlik hukm sur-ganida allaqachon kech bӯlgandi. Varzob tumanining Zardeh qishlog‘i yaqinida haydovchi qandaydir bir bahona topib mashinani tӯxtatdi. Jurnalist sigaret chekish uchun pastga tushdi va atrofdagi chiroyli manzaraga tikilib qoldi. Ikki yil oldin Shahrom mana shu mintaqada ӯz joniga qasd qilgandi. Jamshid xotiralarga berilib ketib, oq dӯppili yӯlovchining ortidan pusib kelib, boshiga uzun temir bilan qattiq tushirganini sezmay qoldi. Jurnalist bukchayib qolar ekan, yӯlovchi oldiga ӯtib qattiq tepdi. Yӯldoshlari-dan qaysi birining qӯlida pichoq yaltillardi. Bittasi tizzasiga temir bilan urdi. Jam-shidning kӯkragi qattiq og‘rib, qӯli issiq qonga tegdi.
«Shahromning ӯlgan yeri. Bir paytlar qani edi men ham mana shunday kӯrkam bir yerda jon bersam, deya orzu qilardim, – Jamshidning kӯnglidan alamli ӯylar ӯtardi. – Lekin Shahrom nima uchun ӯlayotganini bilardi, men-chi, nima sababli jon berayotganimni ham bilmasdan ӯlib ketyapman».
U butunlay hushidan ketayotganda haydovchining ovozi arang qulog‘iga chalindi:
– Tezda jarga tashlanglar, orqadan qandaydir mashina kelyapti.

* * *

Poytaxtdagi «N» tumani jinoyat qidiruv bӯlimi boshlig‘i polkovnik Shohin Azizov va tergovchi Omonov Jamshidning eshigi oldida bir zum tӯxtab qolishdi. Ichkaridan bolalarning ӯyin-kulgilari ovozi eshitilardi.
– Nӯshofarinni chaqirib, voqeani tushuntiramiz va bayonotini olamiz, – dedi Omonov.
– Agar shunday qilsangiz, mendan katta bӯlishingizga qaramasdan peshonangizga bitta ӯq joylayman, – Azizov sovuq va qahr aralash gapirdi. – Bolalarning nima gunohi bor? Nega ularning zavqli ӯyinlarini buzamiz?
– Axir ularning otalari jon beray deb yotibdi, u ӯlimidan oldin bir marta bӯlsada bolalarining diydoriga tӯyib olsin, – tergovchi allanechuk chӯchigandayin gapirardi.
– Agar Jamshid jarrohlik amaliyoti paytida vafot etsa, bilib qӯy, bugunning ӯzi-dayoq Shoddaralaring gӯristonga aylanadi.
-Unda nima qilamiz?
– Men bolaning tug‘ilgan kuni uchun sovg‘a olib keldim. Gӯyo tabriklash uchun keldim, boshqa hech narsa.
Agar Omonov Azizovning fe’l-atvoridan xabardor bӯlmaganida, agar uning kimsan «shef»ning ӯziga kuyovligini bilmaganida, agar bu odamning Jamshidga nisbatan qancha-lik mehru muhabbati borligini eshitmaganida edi, balki hozir voqea butunlay boshqacha tus olishi mumkin edi. Lekin hozir itoat qilgancha Azizovning qӯlidan kattagina ayiq-chani oldida, eshik qӯng‘irog‘ini bosdi.
Nӯshofarin avvaliga ularning ikkoviga xavotirlik bilan tikildi, lekin sovg‘ani kӯrib, xijolat tortdi.
– Kelinglar, kelinglar, Jamshid akamning tӯsatdan zarur ishlari chiqib qolib, Zar-kentga ketdilar.
Uy tӯla mehmon edi. Jamshidning katta ukasi bir zumda mehmonlarning oldini noz-ne’matlarga tӯldirdi. Omonovning tomog‘idan hech narsa ӯtmas va u turli bahonalarni ishlatib, hamsabog‘i bӯlgan ayoldan Jamshidning qayerga va qachon ketganini sӯrardi. Azizov bӯlsa, beparvogina bolalar bilan suhbatlashib ӯtirardi.
– Keyin sen meniyam olib borgin, tomosha qilib kelaman, demadingmi? – polkovnik Jamshidning kichik ӯg‘lini bag‘riga bosib, mehribonlik bilan sӯradi.
– Yӯq, dadam menga moshincha olib keldilar. Keyin bitta taksiga ӯtirib ketdilar.
– Taksi?
– Ha, qizil taksi. Soqoli oq bitta odam dadamning sumkalarini moshinning orqasiga qӯydi. Buni xolam ham kӯrdilar.Dadam xolamga bog‘cha puli berdilar. Xolam dadamlarni kuzatib kӯchagacha chiqdilar.
– Nӯshofarin, menimcha bu ӯg‘ling senga qaraganda bog‘cha xolasini yaxshi kӯradi. Nuqul xolasini gapiradi, – kuldi polkovnik va shunday gap orasida sӯrayotganday sӯradi. – U chiroyli xolangning oti nima ekan?
– Sodiqova Salima Xudoyiyevna, – bola burro javob berib, hammani kuldirdi.
Azizov va Omonov yana picha ӯirishgach, xayrlashib chiqib ketishdi.
Shohin Jamshidning uyidan uzoqlashishgach qӯl telefonidan hamkasblariga kӯng‘iroq qildi, hol-ahvol sӯradi va tezda Salima Sodiqovani topishlarini tayinladi.
– Maorif mudiriga qӯng‘iroq qilib, bog‘cha mudirasining yashash manzilini aniqla. U Sodiqovani yerning tagidan bӯlsayam topib beradi.
Shundan sӯng Azizov «Qariyai bolo» bemorxonasiga qӯng‘iroq qilib, kim bilandir gaplashdi-da, Omonovga ӯgirildi:
– Jamshidning joni haligacha qil ustida ekan. Pichoq urganlaridan tashqari ustiga bitta oyog‘ini sindirishgan va boshiga qattiq urishgan. Haligacha hushiga kelmabdi.
Azizov bu gaplarni aytgach, aybdorlardek jilmaydi:
– Mening qӯpolligim uchun kechir, lekin bolaning tug‘ilgan kunini motamga aylan-tirish uchun ma’naviy huquqim yӯq edi.
– Shoddaraga borish uchun Jamshid nima degan bӯlsa, men Nӯshofarindan bilib ol-dim. Biz hozir tug‘ruqxona bosh hakimi bilan ham suhbatlashishimiz zarur. Menimcha, kalavaning uchi shunda, – dedi Omonov gӯyo Azizovning uzr sӯraganini eshitmagandayin.
– Qӯng‘iroq qilaymi? – dedi Shohin.
– Hali Jamshidning uyiga bormasimizdan oldin men yigitlarga bosh hakimni topish tӯg‘risida topshiriq bergandim. U ish joyida bizni kutib ӯtiribdi. Shuningdek, Ayniy tumanidagi nazorat nuqtasidan Jamshidni olib kelgan mashina haydovchisi kӯrsatma-lari bӯyicha ӯsha mashina va yӯlovchilar haqida ma’lumot yetib kelgan bӯlsa kerak.
– Unday bӯlsa, bemorxonaga boramizmi? – sӯradi Azizov va Omonov tasdiqlagandayin bosh tebratdi.

* * *

Jarroh-professor Azizov va Omonovga Jamshidning oldiga kirishga ruxsat berganida soat millari kunduzgi 12 ni kӯrsatib turardi. Jurnalistning butun badani bog‘lab tash-langanini kӯrgan har ikki milisa xodimi bir-biriga xijolatli boqdi. Lekin Jamshid-ning har doimgiday sokin ovozi ularni bu noqulay holatdan qutqardi.
– Menimcha, bu vaziyatimdan foydalangan holda Omonov bu gal otini olg‘a choptiradi-yov.
Omonov jilmaygancha sӯradi:
– Biz bilan gaplashishga kuching yetadimi? Mabodo sog‘liging yomonlashadigan bӯlsa…
– Men bir soatdan buyon telefonda gaplashyapman. Aslida senda bor ma’lumotni men oldinroq bilib olganman. Bu gal ham ziyofat sening hisobingdan bӯladi, deb qӯrqaman.
– Siz sog‘ayib ketib, ӯrningizdan turing, bitta emas, beshta ziyofat mendan, – Azizov eski dӯstlarning suhbatiga xushhollik bilan qӯshildi. – Xudo haqi, agar biron noxush hodisa yuz berganda Shoddarani yer bilan yakson qilardim.
– Yaxshi, Jamshid, kel, qartalarni ochaylik, – Omonov kursiga ӯtirib, papkasini ochdi. Shohin bӯsh karavotga, bemor bilan yuzma-yuz ӯtirdi. –Hamma fojianing boshlanashi, aniqrog‘i bu shum hodisaning markazi – bemorxona. Sen yangi kӯzi yorigan hamkasbing Sha-midadan tunda hamshiraning aybi bilan vafot etgan ayol tӯg‘risida eshitgansan. Kechqurun bir tib hamshirasi bilan bu borada gaplashgansan. Biz u hamshirani topa olmadik. Lekin Nӯshofarinning aytishicha bu suhbatdan sӯng senga Sitoraning singlisi haligi bemor-xonada ӯlgan ayol – Gulnisoning akasi aybi bilan ӯzini osgani ma’lum bӯlgan. Bu ikki fojianing bir-biriga bog‘liqligi haqida isbot topilganicha yӯq. Ӯsha tunda Sitora Gulnisoning xonasiga biron marta kirgan emas. Bu dalilni Sitora davolayotgan, tuni bilan mijja qoqmagan bemor ham tasdiqladi. Ertasi kuni tongda sen Shamidaning qӯn-g‘irog‘idan sӯng Zarkentga yӯl olding. Ӯsha telefon suhbatidan bizga qanchalik ma’lum bӯlishicha Gulniso ekinzorda ishlayotib, oltin topib oladi. Zarkent ichki ishlar bӯlimi-ning barcha xodimlari u yerdagi odamlarning uylarini tekshirib chiqishadi, lekin hech kim oltin haqida eshitmagan, bu gaplardan sira xabari yӯq. Sen taksiga ӯtirib Shod-daraga jӯnading. Biz sen ketgan taksini topdik. Uni ӯsha tongda, taxminan soat ӯnlarda bir noma’lum odam Sug‘d viloyatida yashaydigan kishidan ikki baravar narxiga sotib ola-di. Mashinani sening jonigga qasd qilingan yerdan taxminan uch kilometr yuqoriroqdagi yerdan topdik. Haydovchi va yӯlovchilar mashinani jarga itarib yuborib, ӯzlari g‘oyib bӯlishadi. Hozircha biz ularni topa olmadik.
– Mashina jarda, men bemorxonada, haydovchi va aka-ukalari Rossiyada mardikorlik qilishyapti, – kesatdi Jamshid. – Balki men uyquda yotganimda ӯzimni ӯzim shu holga solgandirman?
– Aka-ukalari? Buni qanday isbotlaysan? – Omonov ӯrtog‘ining kesatig‘ini sezmagan-dayin sӯradi.
– Ularning uchoviyam yo aka-uka edilar, yo yaqin qarindoshlar, – dedi qat’iylik bilan Jamshid. – Bir-birlariga judayam ӯxshashishardi.
– Taksini bog‘cha tarbiyachisi, ӯsha mashinani sotgan sug‘dlik odam kӯrishgan. Qizig‘i, u taksi Siz bog‘chaga kirishingiz bilan paydo bӯlgan. Balki ortingizdan tushishgandir? – Shohin luqma tashladi. – Shuningdek Sizni bemorxonaga olib kelgan haydovchi va uning mashinasining orqa kabinasida ӯtirgan qiz Sizning joningizga qasd qilishayotganini aniq kӯrishgan. Haydovchi qӯrqib, orqaga qaytmoqchi bӯladi, lekin yӯlovchi qiz ular uri-shayotganlari yӯq, suhbatlashishyapti, deydi. Orqadagi mashina yaqinlashib kelgach, anovi-lar Sizni jarga tashlashadi-da, qochib qolishadi.
– U qiz kim ekan? U hozir qayerda? Oti nima ekan? – xayolchan sӯradi Jamshid.
– Ӯzini Shohista Kabirova deb tanishtiribdi. Afsuski, uni boshqalar sӯroq qilib, javob berib yuborishibdi. Men haydovchini sӯrash bilan band edim. Lekin qizning yashash manzilini yozib olishgan.
– Ertaga kӯribsizki, u yerda boshqa odam yashaydi va u qiz Rossiyaning qaysi bir bozori-da kabob yo somsa sotayotgan bӯlib chiqadi. Sening ӯrningda bӯlganimda u qizga javob ber-masdim. Surati bormi?
– Baxtimizga surati bor, – javob berdi quvonch bilan Shohin, – mening bir odatim bor, suratini olmasdan burun bironta guvohga javob bermayman.
Polkovnik qӯlidagi papkadan surat olib, jurnalistga uzatdi. U va Omonov ikkov sinchkovlik bilan Jamshidning chehrasiga tikilishdi. Jurnalist suratga sovuqqina qaradi-da, pichirladi:
– Men u ekanligini bilardim.
Omonov tezda qӯl telefonida kimnidir chaqirdi-da, buyruq berdi:
– Guvoh Kabirovani tezlikda toping!
– Uni topolmaysan, Omonov, topolmaysan! Ziyofatga va’da ber, mening ayrim qonun-buzishlarimga kӯz yum, bu mojaroning sirini ikki kunda topib beraman.
– Jinoiy ish generalning qӯlida, – Omonov Shohinga qarab g‘uldulladi. – Qӯlimdan hech qanday yordam kelmaydi. Agar aybing bӯlsa, bu gal javob berasan, dӯstim.
– General Junaydovning kuyovi yordam bera olmaydimi? – Jamshid Shohinga sinovchan boqdi.
– Agar og‘ir gunoh bӯlmasa, hal qilamiz, – javob berdi polkovnik.
– Bolalarimning quvonchini motamga aylanishiga yӯl qӯymagani va ziyofat va’dasini bergani uchun mana shu Shohinni deya u fojialar turkumining asl sababini topaman, – Jamshid g‘amgingina kuldi. – Siz bir necha kechirib bӯlmaydigan xatoga yӯl qӯygansiz.
Birinchisi, fojia markazi bemorxona emas, balki bir hafta ilgari noma’lum odamlar tomonidan ӯldirilib, daryoga tashlangan ayol – tӯrt bolaning onasi. Bu ish qotillar tomonidan pul berilib, sud ekspertining og‘zi yopilgach, ӯz joniga qasd qilish deya e’lon etildi. Ikkinchisi, Siz tezlikda Shoddaraga borishingiz kerak edi. Allaqachon general Junaydovning bevosita himoyasi ostida, men u kishiga jinoiy ish haqida telefon orqa-li hikoya qilgandim, bir necha nafar jurnalist tuman ichki ishlar bӯlimi xodimlari bilan birgalikda ish olib borishyapti va har soatda tekshirish natijalari haqida menga bildirib turishibdi. Uchinchisi, kӯp narsani bilgan, bir qotillik va hamda bir sui-qasdga bevosita guvoh bӯlgan odamga nima uchun javob berib yuborganliklaringni bil- mayman. Kӯnglim sezib turibdi – hozir u ham Shoddarada. Meni bemorxonaga olib kelgan qizni nazarda tutyapman. Sitora tug‘ruqxonada tib hamshirasi bӯlib ishlaydi va bӯlib ӯtgan voqeadan boshdan-oyoq xabardor. Tӯrtinchidan avvalgi ikki ayolning qotillari va suiqasd qilganlar Shoddarada bӯlishlari turgan gap, ular bir necha kun oldin qishloq-dan chiqib ketishmagan edi. Ular yolg‘iz emas, balki oltinga xaridor bӯlgan odamlarning uch-tӯrttasi ham ular bilan birga chiqar. Men uch qotillik va suiqasd bitta guruhning qӯli bilan qilingan va ularning markazda suyanganlari bor, deb ӯylayman. Beshinchidan, agar bemalol bӯlsa, menga ikki-uchta qӯriqchi bering. Ӯsha uch odamning afti menga yaxshi tanish bӯlgani uchun ularning meni «kӯrib ketish» uchun kelib qolishlariga ishonaman.
Jamshid bir zum tin oldi va yana sӯzlay boshladi:
– Uch qotillik va bir odam ӯldirishga urinish, – Jamshidning ovozi baland yangradi. – bularning hammasi qayerda ekanligini hech kim bilmaydigan oltinlarni deb! Oltinlar siri ӯsha birinchi qabrga kӯmilgan. Agar qabr ochilsa… – shu payt Jamshidning qӯl tele-foni jiringlab qoldi va har ikki suhbatdoshi jurnalistning rangi oqarib ketganini kӯrishdi.
Jamshid telefonni bir chetga qӯyib, Shohindan sӯradi:
– Azizov, sen «Xazinalar oroli» kitobini ӯqiganmisan?
-U mening sevimli asarim, – dedi polkovnik.
– Unda bir ajoyib she’r, qaroqchilarning oltin topishga bag‘ishlangan she’ri bor.
Yo, xo-xo, bir shisha rom,
Ich, senga iblis yordamchi bӯlishi uchun.
Yo, xo-xo, bir shisha rom.
Bilasizmi, tӯrt bolaning onasi bӯlgan ayolning ӯligi qabr yӯq. Ishonasizmi? Jasad yӯqolibdi! Kimdir oltin jasadning qornida deb ishonibdi., – Jamshid birdan qattiq kulishga tushdi. Kӯkrak qafasi ustidan sal yuqoriroqqa sanchilgan pichoq yarasi ustiga bog‘langan oq doka qizil tusga kira boshladi. Professor yugurgancha kirib, har ikki ter-govchini chiqarib yubordi.

* * *

Azizov va Omonov yelib borayotgan xizmat mashinasida Shoddaraga kirib borishgani-da, bir guruh jurnalistlar yuk mashinasiga ӯtirib qishloqdan ketishdi.
– Biz kech qoldik, kech. Jamshid shu yerda ham bizdan ӯzgirlik qildi. Bu jurnalistlar behuda qishloqdan chiqib ketishmayapti. Bundan chiqadi, endi hamma narsa ma’lum.
– Ularni tӯxtatib, sӯrab kӯrsakchi, – dedi Shohin.
– Qora kunga qolma tag‘in. Sӯz erkinligiga hujum, jurnalist huquqlarining topta-lishi va yana boshqa ӯnlab qoralashlar yil bӯyi gazeta sahifalaridan tushmaydi, – osh-kora nafrat bilan dedi Omonov.
– Adashasan. Oltin qayerdaligini hech kim bilmaydi. Ammo men bilaman, – Shohinning labiga g‘olib tabassum yugurdi. – Tib hamshirasi Sitoraning singlisi qabrini ochishi-miz zarur. Mantiqqa kӯra u ham oltin qurboni bӯlgan. Ӯsha tunda Gulnisoga qarab turgan hamshira Nodira qiziq bir ma’lumot berdi. Tӯg‘risi, Jamshid ӯzi bilgan barcha dalil-larni ochiq-oydin aytmayotganligini sezgan bӯlsamda, hech narsa demadim. Gulniso gӯyo ӯlimini sezgandek ekinzorda ishlab yurganida oltin tӯla kӯzacha topib olganini hikoya qiladi. U kӯzachani ӯziga yaxshi munosabatda bӯlmagan eridan yashirib, akalariga olib borib beradi. Singillarining oltin topganidan akalarining hammasi xabardor bӯladi. Gulnisoning katta akasi – Samandar oltinni ma’shuqasi Habibaga – Sitoraning singlisiga olib borib beradi. Habiba Samandarning xotini borligini eshitgach, yӯlini topib u ayol bilan uchrashadi. Gap kelganida Samandar ӯziga qattiq ishonishini, agar ishonmaganda shuncha oltinni olib borib bermagan bӯlishini qistirib ӯtadi. Ayol bu borada erining ukalariga aytadi. Ular Samandarga oltinni topib berasan deya tahdid qilishadi. Samandar Habibadan oltinni qaytarib berishini, yӯqsa uni ӯldirishini aytadi. Lekin qiz agar unga uylansagina, oltinlarni qaytarib berishi haqida shart qӯya-di. U kishi Rossiyaga qochib ketadi. Uning xotini qilgan ishlaridan pushaymon chekib, yana Habibaning oldiga boradi. Samandarni bir dunyo boylik bilan ham ӯziga og‘dirib ola ol-maganini kӯrgan Habiba oltinlarni uning xotiniga berib yuboradi. Ana shundan sӯng noma’lum odamlar Habibani tunda uyidan olib chiqib ketishadi va osishadi. Ular oltin-ni Habibada deb gumon qilishgan.
– Demak, u ӯzini ӯldirmagan? Sen buni qayerdan bilasan? – sӯradi Omonov.
– Bu haqda Sitora Nodiraga aytgan ekan. Lekin u nega singlisining qotillarini jazoga tortish uchun urinmagan, bunisi endi menga ham qorong‘u.
– Balki Samandarning xotini balo keltirgani uchun oltinlarni Habibaning qabriga kӯmgan chiqar, lekin nega uni ӯldirishgan?
– Balki Samandarning xotini oltinlar haqida kimgadir laqillab qӯygandir, balki boshqa biron sababi bordir. Haligacha bu bizga ma’lum emas, – mashina qishloq maktabi oldida tӯxtagach Shohin javob berdi.
Mashinani kӯrgan ikki nafar milisa yaqin kelishdi. Omonov tuman ichki ishlar bӯlimi boshlig‘ini sӯradi.
– Vazir telefon qilgach bundan bir soat oldin besh nafar milisa xodimi, tibbiy-sud ekspertiza hayati va uch nafar qӯlga olinganlar bilan Dushanbega ketishdi, – dedi mili-salardan biri.
– Qaysi vazir telefon qildi? – sӯradi polkovnik.
– General Junaydov, – javob berdi ikkinchi milisa.
Shohin ichidan otilib chiqayotgan alamni zӯrg‘a bosib, qӯl telefonida raqam terdi. U tarafdan Junaydovning xotirjam ovozi eshitildi:
– Menimcha, senga va Omonovga Shoddarada qiladigan ish qolmagan. Tezda qaytib kelinglar. Ertaga ertalab soat sakkizda ishda bӯlinglar.
Azizov generalning topshirig‘ini sherigiga yetkazar ekan, dedi:
– Har holda Habibaning qabriga bir bormaymizmi?
– Aqlli fikr, – Omonov polkovnikning yelkasiga qӯd tashladi.- oltinni biz topamiz.
Omonov milisalardan biriga ularni Sitoraning qishlog‘iga boshlab borishni aytdi.
Har ikkala tergovchini hayajon bosayotganidanmi, yӯl bӯyi bir-biriga ikki og‘iz gap qotmadi. Qabristonga yetib kelishganda qorovul chol g‘uldulladi:
– Yana milisalar? Yana qabr ochasanlarmi?
– Nima, birontasi kelgandimi? – Omonov choldan sӯradi.
– Kallai saharlab ichki ishlar bӯlimi boshlig‘i bir guruh milisalar bilan kelib bit-ta qabrning tit-pitini chiqarishdi.
– Qidirgan narsalarini topishdimi? – Shohin sinovchan savol berdi.
– Yӯq, boshliq mendan yaqin orada bironta xotin qabr oldiga kelganmidi-yӯqmidi, deb sӯradi.
– Siz nima deb javob berdingiz?
– Bir kuni yoshgina homilador xotin kelgandi. Anchagacha qabr boshida ӯrmalashdi. Ketayotganida boshidagi rӯmoliga nimadir tugib olgandi. U menga qarab marhumning opasi bӯlishini va uning qabridan tuproq olganini aytdi.

* * *

Har ikki tergovchi qabriston yonida lolu hayron turgan bir paytda Jamshidni kӯrishga boshida katta oq salla, qӯlida hassa , chehrasi yoqimli bir qariya keldi. U eshik oldida turgan qӯriqchilarga qarab dedi:
– Qishloqdan, jiyanimdan xabar olgani keldim.
Eshik oldidagi qӯriqchilar hech bir shubhaga bormasdan qishloqdan kelgan cholni ichkari kiritishdi.
– Ӯg‘lim, men sen yozgan narsalarni qayta-qayta ӯqiydigan bir muxlising bӯlaman, -Jamshidning oldiga yaqinlashar ekan qariya mehribonlik bilan dedi, – sening baxtsiz-likka uchraganingni eshitib, joyimda ӯtira olmadim.
Eshik yonida ӯtirgan oq xalatli qiz cholning harakatlarini diqqat bilan kuzatardi. Jurnalist bӯlsa jilmaygancha sӯrashish uchun qӯl uzatdi.Chol unga yaqinlashdi-da alla-nechuk bir chaqqonlik bilan hassasini kӯtarib Jamshidning tomog‘ini bӯg‘ishga tushdi. Qarshilik kӯrsatishga kuch tӯplay olmagan jurnalistning boshi yostiqqa tushdi. Qiz ӯrnidan turib ӯtirgan kursisini olib, bor kuchi bilan cholning boshiga tushirdi. Qotil-ning qӯlidagi hassa uchib ketib, ӯzi g‘uldullagancha yerga yiqildi. U yiqilganda chiqqan ovozni eshitgan qӯriqchilar ichkariga otilib kirishdi…

* * *

Ertasi kuni ertalab Omonov va Azizov generalning topshirig‘iga kӯra yana bemorxona-ga kelishdi. Bemorning kӯrinishi bir kun oldingiga qaraganda biroz yomonroq tuyuldi. Lekin shu ahvoliga qaramasdan og‘iz ochiboq Omonovning izzat nafsiga tegdi:
– General Junaydov sening joyingni menga taklif qildi. Agar topgan oltinlaring-dan jindaygina bersang, bu taklifni rad qilaman.
– Agar sen jurnalist bӯlmaganingda, agar sen bunchalik ayyor bӯlmaganingda, agar ham-kasblaring seni qahramon qilib kӯtarishmaganda… – Omonov gapini davom ettirish uchun ӯylanar ekan, Shohin kulgancha ikki qӯlini kӯtarib hamkasbining fikrini yakun-ladi:
– Xullas, agar sen bunchalik zӯr bӯlmaganingda, albatta qӯlingga kishan solib olib ketardik.
– Bu gal sen gapirasan, biz eshitamiz. Bu sening dӯsting – general Junaydovning top-shirig‘i, -dedi Omonov ӯzini zӯrg‘a qӯlga olar ekan.
– Mayli, – og‘riqning zӯridan Jamshid tӯlg‘andi, – garchi jinoyatning boshdan-oyoq lah-zalari menga ma’lum bӯlmasada, aytganim bӯlsin.
– Uyog‘idan xavotir bӯlma, men tӯldirib turaman, – dedi Shohin.
– Habibaning ӯldirishlaridan boshlayman. Unda eng muhim ikir-chikir yetishmaydi. Qizni yarim tunda kim uyidan olib chiqib ketdi va osib ӯldirdi? Bu ishni oshiqdan boshqa hech kim qila olmaydi. Aka-ukalaridan bittasi Samandarni Rossiyadan topib keladi. Samandar Habibaga tunda Rossiyaga qochib ketishlarini, bu borada hech kimga og‘iz ochmasligini aytadi. Habiba tungi qochish haqida hatto opasi Sitoraga ham aytmaydi. Tunda uydan chiqishgach, Samandar Habibadan oltinlar qayerdaligini sӯraydi. Sitora uyg‘onib qolishidan chӯchigan Habiba oltinlarni buzilib yotgan bir og‘ilga yashirgan-ligini aytadi. Og‘ilga yetib borishgach Habiba oshig‘i bilan janjal kӯtaradi. Sen oltin-larni deb kelgansan, meni deb emas, deydi. Samandar qizga musht kӯtaradi. Habiba dod-laydi. Samandarning ortidan izma-iz kelgan ukalari Habibani urib-tepishga tushishadi, bӯg‘ishadi. Hushnini yӯqotgan Habiba ӯziga kelmasdan ӯladi. Aka-ukalar qayerdandir arqon topib kelishadi va Habibani osib qӯyib, ӯzini ӯldirganga chiqarishadi. Ӯsha topda ular bunga majbur edilar…
Jamshid bir zum tin olar ekan, Omonov sӯradi:
– Agar urib-tepib, bӯg‘ib ӯldirishgan bӯlsa, qizning badanida izi qolardi. Singli-sining g‘alati ӯlimi haqida Sitora nega hech kimga shikoyat qilmagan?
– Yaxshisi, buni uning ӯzidan sӯranglar, – dedi astagina toliqqani shundaygina sezi-lib turgan Jamshid.
– Butun Tojikistonni qidirib chiqdik. Sitora yӯq, – g‘uldulladi Omonov.
– Shunday degin. Yana bitta ziyofatga tushib turibsanda, – Jamshid bir chetda ӯtirib sӯz qotmasdan ӯrtadagi suhbatning bir sӯzini qoldirmasdan yozib borayotgan qizga ishora qildi. – Shafqat hamshirasini chaqirib keling. Ha, anov kuni meni jonimni asrab qol-gan, ha, ikkinchi marta asrab qolgan qizni.
Oradan hech qancha ӯtmasdan oq kӯylak kiygan Sitora kirib keldi. Kӯrinishi biroz ӯz-gargan, kӯzida kӯzoynak.
– Kӯzoynagingni ol, uni taqish muddati tugadi. Bu ӯrtoqlarning senga bir necha savoli bor ekan, – Jamshid baribir achchiq uchirdi.
Qizni kӯrar ekan avvaliga har ikki tergovchining oyoq-qӯli qaltiradi. Omonov oldin-roq ӯziga kelib Jamshidga bergan savolini takrorladi.
Sitora bir zum uzoq bir nuqtaga jimgina tikildi-da, keyin ӯziga ӯzi gapirayotganday sӯz boshladi:
– Men tib hamshirasi sifatida Habiba ӯzini osmaganligini, uni ӯldirishganini dar-rov sezdim. Shikoyat qilmaganimning esa, bir necha sababi bor. Avvalo men tumandagi huquq-tartibot maqomotining adolatni barqaror etishiga ishonmayman. Biz tomonlarda faqat puling yo kuching bӯlsa, adolatni topa olasan. Ikkinchidan, Habibaning ӯsha payt-dagi holi zoriga qaraganda, meni Xudo kechirsin, ӯlgani yaxshi edi. Garchi bu achchiq haqi-qat, uni qabul qilish ӯta qiyin bӯlsada, aslida shunday, – Sitoraning kӯzidan asta-sekin oqqan yosh oppoq, bejirim yuzini yuva boshladi. – Uchinchidan, boshimizga tushgan fojiadan sӯng ikki kun ӯtgach ikki nafar notanish erkak meni kӯchada tutib olib, agar ӯtgan ish haqida birovga og‘iz ochsang… nomusingni bulg‘aymiz, deyishdi. Men singlim-ning kӯyiga tushishni istamasdim, istamasdim. Men…- qizning ovozi bӯg‘ildi, – mening nomusim, singlimni ӯldirishgandan sӯng qolgan yagona boyligim bir umr siymosi kӯz ӯngimdan ketmaydigan insonning nasibasi bӯlishini istardim. Agar bu orzumga yetma-sam, hech qachon ӯzga bir insonning xayolida yurmayman derdim.
– Mayli, hozircha Sizga javob, – Shohin kӯzlarini yumgancha qizning sӯzlarini ting-layotgan Jamshidga qarab qӯyib dedi. – Lekin uzoqqa ketmang, biz Sizni zӯrg‘a topdik.
Sitora tashqari chiqishi zahoti Omonov Jamshiddan sӯradi:
– Bu qachon paydo bӯldi?
– Sizlar Shoddaraga jӯnaganingizda. Ӯzini qidirishayotganini bilib Sizning oldin-gizga boradi. Sizni topa olmasdan bemorxonaga keldi. Men undan menga qӯriqchi bӯlib turishni sӯradim. Oltin qidirayotganlar baribir oldimga kelishlarini bilardim.
– Habibani qanday ӯldirishganini aka-ukalardan boshqa hech kim bilmaydi. Sen qayer-dan bilasan? – sӯradi Omonov.
– Bu savolga mening javobim tayyor, – dedi Shohin Jamshiddan ilgariroq sӯz ochib. – Shamidaning eri – Qahramon tug‘ruqxonada Samandar bilan tanishadi. Bu odamning oltini borligini bilib, unga osongina erishishni ӯylaydi. U Samandarga oltinni qanday qilib pullashni taklif etadi. Aka-ukalar unga Shodmondarada ӯzlarini kutib turishni va Zarkentgacha olib borishni sӯrashadi. Qahramon rozi bӯladi. Aka-ukalar Ziddehda Jamshidni ӯldi deb hisoblab, mashinani dovondan jarlikka itarib yuborisha-di va Qahramonning mashinasida Zarkentga yӯl olishadi. Yӯl-yӯlakay bӯlgan voqealar-ning hammasini yangi sheriklariga gapirib berishadi. Oltinni olish uchun tunda Saman-dar xotinining qabrini ochib, ӯlikni eski bir gӯrga tashlashadi. Qahramon dahshatga tushadi. Erta tongda milisaxonaga borib, bor voqeani tuman ichki ishlar bӯlimi bosh-lig‘iga aytib beradi. U aka-ukalarni qӯlga olishda katta yordam beradi.
Shohin sӯzlarini indamasdan tinglayotgan Jamshidga qaradi-da, dedi:
– Lekin yana bir muammo bor. Sitora qanday qilib dovonga yetib bordi va Sizni bemor-xonaga olib keldi?
– U eng suygan qahramonini deb, manovi yarimjon bӯlib yotgan odamni deb, dovon nima degani, dunyoning narigi chekkasiga ham borishga tayyorga ӯxshaydi, – dedi Omonov kinoya aralash. – Uning ӯsha aka-ukalar niyatidan xabari borligi aniq va Jamshidning izidan boravergan.
– Ikkinchi qotillik oltin birinchi marta yӯqolganida yuz bergan, – Jamshid ӯychan gap boshladi. – Samandarning xotini Habibaning ӯlimidan xabar topgach, unda kimning qӯli borligini anglaydi. Bir kuni kӯzadan bir oltin zanjirni olib, bӯyniga taqadi. Buni kӯrgan qaynotasi ӯg‘illariga aytadi. Samandar xotinidan oltin zanjirni qayerdan ol-ganligini sӯraydi. Ayol Habiba kӯzani berganligiga iqror bӯladi. Aka-ukalar bu xabar-ni eshitganlaridan sӯng yengil nafas oladilar.Lekin ayol ertasi kuni saharda kӯzani Habibaning qabriga kӯmib keladi. Aka-ukalar Samandardan oltinni sӯrashadi. U xotinini chaqiradi. Ayol «uni daryoga tashladim», deydi. Meni ӯldirmoqchi bӯlgan chol bor-ku, u ӯsha tarixiy hassasi bilan kelinini savalaydi. Ayol «Habibani ӯldirgansiz-lar, ertaga milisaga borib, hammasini aytib beraman», deya dodlagach, chol menga qӯllagan klassik usuli bilan kelinini bӯg‘ib ӯldiradi. Ana shu mojaro ustiga shӯrlik Gulniso ham kelib qoladi. Yangasi ӯlimidan oldin unga oltin qayerdaligini aytgan bӯladi. Gul-niso nega qotillarning changalidan yangasini qutqarish uchun oltin qayerdaligini aytma-di – bu muammoligicha qolmoqda. Qotillikdan sӯng aka-ukalar ӯlikni daryoga tashlashadi va kelinning kiyimlarini qirg‘oqqa qӯyib ketishadi. Maqsadlari aniq – gӯyo kelin ӯz joniga qasd qilgan. Garchi jasadni topishgach tuman sud-tibbiy eespertiza xizmati ayol daryoga tashlanmasdan ӯldirilganini aniqlasada, ammo aka-ukalar tiqqan pul og‘izlarni boylaydi. Xullas, yegan og‘iz kulgili xulosa chiqaradi: ayolning bӯyni daryodagi toshlarga urilib kӯkarib ketgan emish. Gulniso oltinlar ustma-ust baxtsizliklar keltirayotgani-ni kӯrgach Habibaning qabriga borib, oltinlarni oladi-da, kӯzani daryoga tashlaydi.
– Sening bu gaplaringni Qahramonning guvohligi ham, Samandarning bolalari bergan bayonot ham, barcha qotilliklarni bӯyniga olayotgan cholning aytganlari ham tasdiqlaydi. Ustiga sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasi bor. Uning xodimlari ayblarini yengil-lashtirish uchun aslida nima bӯlganligini yozib berishgan, – dedi Shohin.
– Eng muammoli qotillik, hammadan kӯproq kӯngilni g‘ash qilayotgan ӯldirish Gul-nisoning sirli ӯlimi, – dedi Jamshid.
– Kelinglar, bu haqda yaxshisi men gapirayin, – tirjaydi Omonov. – Chunki bu qotil-likda Sitoradan ham gumon borligi uchun Jamshidning hikoyasini eshitish tӯg‘ri emas. Kunlardan bir kun shӯrlik Gulniso otasiga kӯza ӯzida ekanligini aytadi. Chol tezda buni ӯg‘illariga yetkazadi. Ularning singillaridan ochiqdan-ochiq oltin qayerdaligini aytishni talab etishga botinolmasliklari tushunarli edi. Chunki avvalo oltinni u top-gan va yangasining ӯlimiga guvoh bӯlgan. Aka-ukalar singillarini ӯldirish niyatida bӯlishmagan. Lekin Gulnisoning ӯzini tutishi ularni bu ishni ӯta mahorat bilan ijro etishga majbur etadi. Hamshira Nodiraning aytishicha Samandar bilan ilgaridan tanish ekan. Samandar singlisini tug‘ruqxonaga olib kelganida Nodira qizga mehribonlik qiladi. Hamshiraning avrayotganini sezmagan sodda kelinchak bӯlgan voqealarning ipi-dan-ignasigacha, jumladan oltin qayerda ekanligigacha aytib beradi. Gulniso gapining oxirida yoshgina qiz va tӯrt bolaning onasi bӯlgan yangasining ӯldirilishi haqida qӯsh-ni xonada yotgan jurnalist ayolga, ya’ni Shamidaga aytib berishini, undan bu qotilliklar haqida yozishini iltimos qilishga qasam ichganini aytadi. Nodira Gulnisodan eshitgan-larining hammasini oqizmay-tomizmay Samandarga yetkazadi. Aka-ukalar yana bir kishi qilg‘uliklaridan xabardor bӯlganini eshitib, hamma sirlari oshkor bӯlishidan chӯchib qolishadi. Gulnisoga qon berilayotganda Samandar Nodiraga qahva olib kiradi, unga uyqu solib qӯyilganini hamshira bilmaydi. Nodira qahvani ichib, uyquga ketadi. Samandar bu fursatdan foydalanib singlisi bilan janjallashadi? Nega Nodiraga bor sirimizni tӯkib-sochding, deydi. «Oltin qayerda? Nega hamma hodisani jurnalist ayolga aytmoqchisan?» Singlisi dodlagancha oltinni qabristondan qidirishlarini aytadi. Samandar Gulnisoni tinchlantirish uchun uning og‘zini yopmoqchi bӯladi. Ana shunda shosh-ganidan qon quyish moslamasini ag‘darib yuboradi. Samandar bemorxonada navbatchi dux-turni topa olmagach, ikkinchi shafqat hamshirasi – Sitorani chaqirishdan chӯchiydi. Shu-ning uchun u indamay-netmay ukalarining oldiga ketadi.
– Hamshira Nodiraning, Gulnisoning jasadi tekshirib kӯrilgani borasida sud-tib-biy ekspertizasining, qahvaxona xizmatchisi va Samandarga uyqudori sotgan dorixona xodimining bayonotlari bor, – qӯshimcha qildi Shohin.
– Ӯldirilgan insonlarning hammasi hech bӯlmaganda bir marta oltinni kӯrishgan va ozgina bӯlsada ӯzlarini uning egasi hisoblashgan. Lekin men baxti qoraning aybim nima? – g‘amgin sӯradi Jamshid.
– Bu hodisalar ortidan tushganing haqida Qahramon va Nodira aka-ukalarni ogohlan-tirishadi. Oltinga ӯchlik aka-ukalarning kӯzlarini kӯr qilib qӯyadi. Ular singillari-ni tuproqqa topshirishgach, seni qidirib poytaxtga kelishadi. Ularga bironta guvoh kerak emas edi. Bir bahona qilib Nodirani ham yӯqotishlariga oz qoladi.
– Ammo aytganlarimizning kӯpchiligi hali farazdan ӯzga emas! Qotillar gunohlarini bӯyinlariga olishadimi-yӯqmi, bunisi ma’lum emas, – Shohin ӯrnidan turdi. – Ertaga uchrashamiz, yo telefonlashamiz. Tezroq tuzalib keting, bu gal men Sizni «Kant»ga taklif etaman.
Jamshid tergovchilarni dardli bir tabassum bilan kuzatib qoldi.

* * *

Ayblanuvchilar ishni chӯzishmadi. Faqat Samandar avvaliga «bilmayman, men qilma-ganman», deya jonini xalos qilishga urindi. Shohin eshikni qattiq yopib, uni shunday savaladi-shunday savaladi, ana keyin mumdek yumshadi-qoldi. Aka-ukalar ixtiyoriy ravishda qilmishlarini bӯyinlariga olishsa, jazo yengillashishi haqida eshitishgach, bulbuldek sayrashga tushishdi. Ularning har biri zӯr berib aybni ikkinchisiga ag‘da-rishga urinardi.
Nihoyat tergov tugadi. Tergovchilar toliqqan, bӯshashgan holda Jamshidni kӯrishga borishdi. Jurnalistning sog‘ligi qiyinchilik bilan bӯlsada, asta-sekin tiklanayotgandi. Tergovchilar xonaga kirib borishganida Shamida yӯrgaklik bolasini bag‘riga bosgancha bemorning yonida ӯtirardi.
– Muallim, men uning … uning bahridan ӯtaman, – Shamida kӯz yoshlarini tӯxtata ol-masdi. – Men ishga qaytaman.
– Kech bӯldi, qizim, kech, – Jamshid chaqaloqqa ishora qildi. – Ering yaxshi ishlar ham qilibdi. Buni hisobga olishar.
Shamida bir tergovchilarga qaradi-da chaqaloqni bag‘riga qattiqroq bosgancha chiqib ketdi.
– Sen aytgan bir dalil butunlay yolg‘on chiqdi. U tergovni notӯg‘ri yӯlga boshlashiga sal qoldi, – dedi Omonov.
– Nahotki? Axir bu ishni ӯrgangan jurnalistlar aytgan gaplarning hammasi bir-biridan aslo farq qilmasdi, – Jamshid ӯrtog‘ining sӯzini jiddiy qabul qildi.
– Cholning ikkita hassasi bor ekan. Birinchi hassasi kelinini ӯldirganda sinib qol-gan. U shumchol Sizni ӯldirish uchun boshqa hassasini olib kelgan, – Shohin yoyilib kul-di.
– Anovi hamshirangni bizda ishlash uchun bermaysanmi. Nima gӯzallar faqat sening atrofingda yurishlari shartmi? – Omonov gapni boshqa tomonga burdi.
– Marhamat, kӯndira olsang, olib ketaver, – dedi jilmaygancha jurnalist.
– Agar kӯnmasa, qissasini boshdan-oyoq Nӯshofaringa aytib beraman. Agar aytmasam, komsomollik vijdonim kuyib ketsin, – Omonov kӯrsatkich barmog‘ini yuqori kӯtarib, tahdid qildi.

* * *

Ikki tergovchi tashqari chiqishganda Nӯshofarin va Shamida bemorxona hovlisida nimadir haqda gaplashib ӯtirishardi.
– Beshikka qattiq bog‘lama, hali u nozik , – Nӯshofarinning sӯzlari arang quloqqa chalinardi.
Jamshidning bolalari esa, Sitora bilan birga muzqaymoq yeyishayotgandi. Omonov ularga yaqinlashdi-da, bolalardan kichigining burnini chimchib, dedi:
– Bu qiz senga kim bӯladi?
– Xolam bӯladilar, – dedi faxrlangancha bola.
– Yana bitta xolami? – Shohin qah-qahlagancha Nӯshofarin tomonga qaradi.
– Hasadingiz kelmasin! – kuldi ayol…

30 iyul – 1 avgust, 2005 yil.
Tojik tilidan O‘rinboy Usmon tarjimasi

Jamshid Habib yangi farzandlik bӯlgan hamkasbi Shamidani kӯrib kelish uchun tug‘ruqxonaga shoshardi. Bir yil oldin qomati ozg‘in, lekin chiroyli bu qiz takrortakror yӯq, bӯlmaydi, deyishiga qaramasdan baribir ӯzi bilan hamqishloq bӯlgan bir tojirga turmushga chiqdi. Uning qattiq qarshilik kӯrsatishiga sabab tanlagan kasbini nihoyatda yaxshi kӯrishi va oppoq kelinlik libosi yurak orzulari uchun kafanga aylanishidan chӯchishi edi. U eri boshqa ishlashga qӯymasligidan yo ӯzi oilaviy mas’uliztlar ostida qolib ketishidan xavotirda edi. Ana shuning uchun otaonasi va qarindoshlarining kinoyakesatiqlariga, singillarining yarim hazilyarim chin qilib «opajon, qachon bizning navbatimizni oldinga surasiz», deyishlariga ham e’tibor bermasdi.

Ӯtgan yili tӯydan bir oy oldin Shamidaning otasiӯrta bӯyli, hali sochlariga qormisol oq tolalar yog‘ilmagan kishi Jamshidning ishxonasiga keldi. Avvaliga jurnalistning osilgan qoshqovog‘ini kӯrib, gapni nimadan boshlashni bilmasdan taraddudlanib qoldi. Jamshidning chehrasi ochilib, hech kutilmaganda undan mehribonlik ila holahvol sӯragach, ӯzini qӯlga oldi:

– Inim, men sizning oldingizga allanechuk bir kulgili tuyuladigan iltimos bilan keldim. Shamida yigirma beshga qadam qӯydi, lekin sovchilarni umidsizlantirib kuzat-gani-kuzatgan. Men uning kasbini yaxii kӯrishini bilaman, hozir demokratiya zamoni ekanligini, hech kimni majburlash mumkin emasligini yaxshi tushunaman. Lekin Siz meni tushuning, qishloq odamlari qizimning turmushga chiqmayotganligi sababini bosh-qacha, ӯzlaricha izohlashadi. Shamida ӯzini ishga bag‘ishlashni istaydi, lekin shaxsiy hayoti nima bӯladi? Agar Tojikiston Ovrupo mamlakati bӯlganda edi, men uning amali-ni jon-dilim bilan qӯllab-quvvatlardim. Lekin bizning urf-odatlarimiz qizimning istaklarini ӯz doirasiga sig‘dirmaydi. Hozir qizimizga loyiq, har tomondan ӯziga tinch, ӯzimizning qishloqlik bir yigit sovchi qӯyib turibdi. Qizimning ham u yigitga oz bӯl-sada kӯngli bordek. Agar Siz Shamidaga bir marta nasihat qilib qӯysangiz, zora tӯyini yesak.

Shamidaning otasi jim qoldi. Jamshid bundan besh yil oldin birinchi marta oldiga kelgan Shamidani kӯz ӯngiga keltirdi. Ha, ӯsha paytda jurnalist bu nozanin qizga hus-nidan foydalanib qolgan holda yaxshigina er topishni tavsiya etgandi. Jurnalistlik in-sonning jinsiga qaramasligini, erkak va ayol birdayin azob-mashaqqat tortishiga tӯg‘ri kelishini ta’kidlagandi. Oilaning og‘ir yukini birday kӯtarib va kasb mashaqqatini birday yengib, yaxshi jurnalist bӯlib, maqsadiga erishadigan ayollar oz topiladi, degan-di. Aslida ham bundayin baxtli ayollarni barmoq bilan sanash mumkin. Hayotini kasbiga bag‘ishlagan kӯpchilik jurnalist ayollar turmushda osudalik bilishmaydi.

Ӯshanda Shamida uning sӯzlarini indamasdan tingladi-da, ruxsat sӯrab chiqib ketdi. Jamshid endi qaytib kelmaydi degan xayolda edi. Lekin oradan picha vaqt ӯtgach Shamida qaytib keldi. U jurnalistning sinovchan nazarini sezib, dedi:

– Muallim, men kasbni tanladim.

Ӯshandan buyon besh yil ӯtdi. Shamida asta-sekin jurnalistlar doirasida ӯz «men»ini paydo qildi. Lekin haligacha ӯrganish uchun vaqt zarur edi, vaqt…

– Agar menga biron narsa bog‘liq bӯlsa, Shamida bilan suhbatlashaman, – Jamshid xayrlashish maqsadida mehmonning qӯlini dӯstona siqdi.

– U Sizning sӯzingizni ikki qilmaydi, – Shamidaning otasi jilmaydi.

… Jamshid kechqurun Shamidani ishxonalari yaqinidagi bekatda kӯrdi. U odatiga kӯra yuzining bir tomonini qӯli bilan tӯsgan holda gavdali, lekin biroz qorin qӯygan yigit bilan gaplashib turardi. Ulardan sal narida xorijda tayyorlangan mashina turar va eshigi ochiqligidan yigitniki ekanligini sezish mumkin edi. Mashina ichidagi magnito-fondan Manija Davlat aytayotgan qӯshiq eshitilardi.

Jurnalistni kӯrgan qizning quloqlarigacha qizarib ketdi. Uning avzoidagi ӯzgarish-ni sezgan Jamshid oshiqona suhbatga xalal yetkazdimmi degan ӯyga bordi.

– Allaqachon kuyovbӯlmish sening qaysi hofizni yoqtirishinggacha bilib olibdi, qoyil! – Jamshid yigitning qӯlini sovuqqina siqar ekan, unga tahsin aytayotgandayin yelka tek-kizdi va tezda ikkovidan uzoqlashdi.

Ertasiga Shamida ӯziga berilgan topshiriqni bajarayotib, ustma-ust uch marta xato qildi va Jamshidning jahli chiqib, uni oldiga chaqirdi.

– Bor, tezda erga teg. Sen endi hushingniyam, aqlingniyam yӯqotgansan. Vaktida seni joying beshikning yoni, jurnalistlik emas, ӯzingni ӯzing qiynamagin deya ogoxlantir-maganmidim.

Qiz achchiq-achchiq yig‘ladi. Chunki jurnalist unga gapirayotganda bir ӯzi emas, bir necha hamkasbi ham bor edi. Hamkasblar qizga istehzoli qarab turishardi.

Kechga yaqin qiz Jamshidning oldiga kirdi.

– Muallim, men ishdan ketaymi?

– Ha.

– Boshqa yӯli yӯqmi?

– Yӯq va bӯlmaydi ham. Ӯzingniyam qiynama, meniyam.

Jamshid Shamidaning kӯzlaridan duv-duv oqayotgan yoshni kӯrib, biroz yumshadi.

– Muddatsiz ta’tilga chiqish uchun ariza yoz. Keyin kӯramiz.

Ikki haftadan sӯng Shamida tӯyga taklifnoma kӯtarib keldi. Uni ӯz qӯli bilan Jamshidga berish uchun hech jur’at qila olmasdi. Turdi-turdi-da, stol ustiga qӯyib ketdi. Jurnalist unga bir nazar tashladi-da, bir chetga otib yubordi. Tӯyga ham bormadi.

Aslida tӯyga borish uchun hafsalasi ham yӯq edi. Lekin tӯyning ertasi Shamidaning otasi katta dasturxon kӯtarib keldi.

– Sizning ishingiz kӯpligini bilaman. Manovi Sizning nasibangiz.

Jamshid hatto dasturxonni ochib kӯrmadi. Uni hamkasblariga tutqazib, dedi:

– Bugun oshxonaga bormasliklaring mumkin.

… Ana ӯsha Shamida bugun ӯg‘ilchalik bӯlibdi. Uning eri erta tongda gazeta idorasida paydo bӯldi.

– Muallim, Shamidaning xohishiga kӯra ӯg‘limizning otini Jamshid qӯydik.

– Sodda! – Jamshid achchiq tabassum qildi, lekin tug‘ruqxonaga albatta borishga va’da berdi.

* * *

Shamida Jamshidni ochiq chehra bilan kutib olgan bӯlmasin, lekin uning kӯzlariga qandaydir anduhmi, tashvishmi parda tashlab turganini sezish qiyin emas edi. Jurna-list shogirdining bunday ruhiy holatga tushishini ilgarilari ham kӯrgandi. Ana shun-day holatlarda Shamida kechgacha labida zӯraki jilmayish bilan yurar, faqatgina uyiga ketish oldidan ustodini yolg‘iz topib, gap ochardi:

– Muallim, bir qiyin tashvishim bor, – u gapini davom ettirmasdan noma’lum nuqtaga kӯz tikkancha qolardi.

Bu gal ham erini kuzatib turar ekan, ma’noli qarash qildi, lekin u hech narsani sez-masdan, ularni yolg‘iz qoldirishni ӯylash nari tursin, balki buyruq berayotgandayin ovozini kӯtardi:

– Men muallimni kuzatib qӯyaman.

Jamshid tuyg‘ularini zӯrg‘a yig‘ishtirib oldi. Agar manovi kelinchak oldingi Shamida bӯlganda edi erini gap bilan uzib-uzib olgan bӯlardi. Lekin xuddi shu asno shogirdning erga tegishini ӯshanda qanchalik og‘ir qabul qilganini sezganga ӯxshadi. Endi u faqat-gina kimningdir aytganini qiladigan buyrug‘ini bajaradigan odam bӯlib qolmasdan, Jamshidning hayotida yopishmagan yamoqqa ӯxshardi.

Shamida eriga boshqa e’tibor bermasdan jӯshib-toshib hikoya qilishga tushdi:

– Kecha yosh bir ayolni olib kelishdi. Birinchi marta tug‘ishi bӯlgani uchun ancha azob chek-di. Kӯp qon yӯqotdi. Tungi ӯn birlarda ӯg‘ilchalik bӯldi. Aka-ukalari allaqayerlardan qon topib kelishdi. Lekin qon berish paytida hamshiraning uyqusi keladi va ayolning tomiriga kӯp havo kirib, u ӯlib qoladi.

Shamida jim qoldi. Jamshid ma’nosiz qӯl siltadi. Aniqrog‘i, u bu ishorasi bilan «bunday baxtsiz hodisalar tez-tez yuz berib turadi», demoqchi edi.

Lekin birdaniga shogirdining ovozi balandlashdi:

– Bilasizmi, muallim, hamshiralarning aytishlaricha gӯyo u kelinchak sal oldin oltin topib olgan ekan…

– Nima? – Jamshid qattiq kulib yuborishdan ӯzini tӯxtatib qoldi. – Oltin?! Qayer-dan? Balki javohirlar orolidan kapitan Flintning oltinlarini topib olgandir?

-Rost aytyapman. Ertalab ӯlikni olib ketishga kelishganida u kelinchakning onasi bir ӯg‘lining yoqasidan olib «qizimning ӯlimiga sen sababchisan, agar begunoh qizni ӯldir-maganingda bunday bӯlmasdi», dedi.

– Qaysi begunoh qizni?

– Bunisini bilmayman.

– Muallim, Shamida anchagina qӯrqqan. Shuning uchun og‘ziga kelganini aytaveradi, – Shamidaning eri xotiniga qarab norozi jilmaydi.

Shamida eriga oshkora nafrat bilan javob berdi:

– Qӯrqmang, mening qayta ishga chiqish niyatim yӯq va bunday qotilliklarning chigili-ni yozishga hunarim ham yӯq.

Jamshid er-xotinning janjal kӯtarayotganliklarini kӯrib, tezda orga kirdi:

– Ering seni ehtiyot qilyapti. Seni ayashi esa, yaxshi kӯrishining belgisi. Men kecha tun-da qanday voqea yuz berganligini aniqlash uchun urinib kӯraman. Sen xotirjam bӯlaver-gin.

* * *

Jurnalist hali tug‘ruqxona eshigidan chiqishga ulgurmasdan notanish ovoz eshitildi:

– Jamshid!

U ortiga qaytdi. Qarshisidan oq kiyimdagi chiroyli bir qiz kelardi. Garchi u tanish tuyulsada, lekin Jamshid qizni qayerda kӯrganligini hech eslay olmadi.

– Tanimadingizmi? Men Sitora bӯlaman. «Orzular ӯladigan paytda» degan kechinma qissangiz bor-ku, ӯshaning qahramoni – hamshira qiz men bӯlaman-da. Endi esladingiz-mi?

Jamshid qizarib ketdi. Ha, u yosh umri xazon bӯlgan san’atkor Shahromning ӯlimi sirlarini ochishga yordam bergan qiz edi.

– Salom! Bu yerda nima qilib yuribsan? – Jamshid jilmayishga urindi.

– Filologiya kulliyotining ikkinchi bosqichida ӯqiyman. Sirtqida.

– Ikki yildan buyon shu shaharda ekansan, bir martagina qӯng‘iroq qilsang bӯlmasmidi.

– Men Sizning hayotingizda boshqa paydo bӯlmaslikka ahd qilgandim. Lekin nima qilib yurganlaringizni bilaman. Shogirdingizdan xabar olishga keldingizmi?

– Ha. Farzandli bӯlibdi.

– Yaxshi qiz. Lekin bitta aybi bor. Haligacha kasbini jinnilardek yaxshi kӯradi. Hatto eridan ham yaxshiroq kӯradi.

– Xayr, vaqt topsang, bizning idoramizga ham bir borgin.

– Yӯq, idorangizga bormayman, lekin agar yӯq demasangiz, kechqurun Sizni ӯzingniz suygan «Kant» restoraniga taklif qilaman, – qiz chiroyli jilmaydida, qӯshib qӯydi. – Hammasi mening hisobimdan, Siz hech tashvish tortmang.

Jamshid bir zum ikkilandi-da, sӯng beparvo javob berdi:

– Qabul. Kechqurun soat oltida «Kant»da uchrashamiz.

* * *

Gӯyo begonalar yuzmayuz ӯtirishgandayin har ikkovi ham og‘ziga suv olgandayin edi. Birinchi bӯlib sӯz boshlash uchun na unisi, na bunisi jur’at qila olmasdi. Nihoyat Jam-shid chuqur oh tortdi-da, qadahlarni tӯldirib, siniq jilmaydi:

– Endi aytchi, hijron, ayriliqning qadri ne?

– Boshqa davom ettirmasligingizni sӯrayman, – allanechuk bir qat’iyat bilan dedi Sitora.

– Nega?

– Ikki yil davomida bironta odamga kӯngil qӯya olmaganim sababini bilasizmi? Nega Sizni unuta olmayapman? Bilasizmi? – qiz kӯz qiri bilan suhbatdoshiga qaradi.

– Yӯq. Tӯg‘risi, bu borada ӯylab ham kӯrmagan ekanman.

– Ӯsha birinchi va sӯnggi uchrashuvimizdan keyin men ӯz-ӯzimga Sizni yoshlik davri-mizning g‘amgin xotira puchmoqlariga topshiraman, albatta topshiraman, deya va’da ber-gandim. Lekin bir voqea yuz berib, Sizga bӯlgan mehrim ikki karra oshdi.

– Balki azayimxonning oldiga borib-kelganimdan xabaring yӯqdir? – Jamshid hazil-ga oldi.

Qiz bu gapni eshitmagandayin hissiyotga berilgancha sӯzida davom etdi:

– Singlim Habiba menga qaraganda chiroyliroq, hushyorroq edi. Unga uylanishni istay-diganlar kӯp edi. Lekin Habiba avval oliy ӯquv yurtiga kirib ӯqishni, sӯng turmush qurishni orzu qilardi. Ammo ӯn birinchi sinfda ӯqiyotganda bir haromzodaga oshiq bӯlib qoldi. Men u la’nati singlimning kӯnglini qanday topganligini bilmayman, lekin undan ӯn yoshga yaqin katta bӯlishiga qaramasdan hammaga ma’qul edi. Hatto men ham uning oshiqlik haqidagi tӯqimalariga ishongandim. Lekin boshga kelganni kӯz kӯrar ekan. U la’natining xotini, tӯrtta bolasi bor ekan, Habibani homilador qildi-yu, qora-sini kӯrsatmay ketdi, yaramas.Uni qidirishlarim behuda ketdi, aytishlaricha Rossiyaning allaqaysi bir gӯriga ketgan ekan. Men singlimning u la’natidan orttirganini yӯqo-tishini va boshidan ӯtganlarni tezroq unutishini qanchalik istamayin, bӯlmadi. Bir kuni erta tongda uyg‘onib, Habiba yotgan ӯrinni bӯsh kӯrdim. Yuragim hovliqqancha uni qidirishga tushdim. Hech qayerda yӯq edi. Nihoyat, egasi yӯq, buzilib yotgan bir og‘ilga kir-sam… U ӯzini osibdi. Hatto ӯlim bilan yuzma-yuz kelganda ham singlim ochilmay xazon bӯlgan yoshlik ishqining nishonasi – olti oylik bolasidan ayrilishni istamabdi. Bir tobutda ikki ӯlik kӯtarildi. Bir qabrga yoshgina qizning pokiza ishqi va bir nomarddan qolgan nishonani kӯmib kelishdi… Bu hodisadan sӯng anchagacha ӯzimga kelmadim. Uy meni chaqib-chaqib olardi, qayerga qaramayin, yosh umri xazon bӯlgan singlim haqida sӯz-lardi. Toqat qilib-qilib, Dushanbega keldim. Ikki yildan beri shu yerdaman, – qiz bir zum jim qoldi-da, sӯng gapida davom etdi.- Men she’rning davomini ӯqimasligingizni nega sӯradim, bilasizmi? Bilasizmi, keyingi misrasi qanday?

– Xudo haqi bilmayman, – Jamshid g‘amgin hikoyani eshitib allanechuk parishonxotir ӯtirardi. – Men bir misrani bilaman, xolos.

– Davomi « Kel, bir-birimizning qadrimizga yetaylik». Men Sizning ikkiyuzlama bӯlishingizni istamayman, men tirik ekanman, ishqingiz qalbimda bӯlishini istayman, lekin hech qachon bundan foydalanishni istamang.

Jamshid mavzuni ӯzgartirish uchun va bunday musibatlar oz emas, degan ma’noda sӯzni boshqa tomonga burdi:

– Kecha tunda farzand kӯrayotib, dunyodan ӯtgan ayolning ham baxti qora ekan. Tib ham-shirasining aybi bilan dunyodan ӯtdi, deyishyapti.

Jamshidning nazarida Sitora ӯzining xayolidan titroqqa tushayotgandek tuyuldi. Lekin u xotirjam, beparvo qӯl siltadi-da, javob berdi:

– Bunday hodisalar bӯlib turadi. Qon berayotgan paytda hamkasbim Nodirani uyqu bosadi. Ayolning qon tomiriga ortiqcha havo kiradi-da, u ӯladi. Aytishlaricha u oltin topgan ekan va biron bahona bilan dunyodan ӯtardi-da.

– Sen bu afsonalarga ishonasanmi? – Jamshid sinovchan sӯradi.

– Shamol bӯlmasa, daraxtning shoxi qimirlamaydi.

– Nega sen u ayol haqida bunchalik ayovsiz gapiryapsan? Balki sening singling haqida ham kimdir shunday rahmsizlarcha gapirar.

– Men bunday odamning tirik bӯlishini istamayman, – Sitora sovuqqonlarcha dedi. – Mening unga kuyinmayotganligimning sababi… u ӯsha haromzodaning singlisi ekan. Singlimning xuniga xun tӯlashdi. Men buni ertalab ӯlikni olib ketishayotganda bildim. U la’nati shu yerda edi.

– Bir kishining gunohi uchun boshqa bir insonni gunohkor deb bilish yaxshi emas, – Jamshid xayolga berilgancha pichirladi.

– Turadigan vaqtimiz bӯldimi, deyman. Men kecha navbatchi edim. Uyqum kelyapti, – dedi Sitora birdaniga keskin-keskin.

Ular shu tarzda boshqa bir sӯz demasdan, bosh qimirlatib xayrlashishdi. Jamshid ik-kovining orasida tubsiz jar paydo bӯlganini his qilardi, lekin bu sovuqlik, ayriliq-ning sababi kim yo nima ekanligi haqida bir sӯz deya olmasdi.

* * *

Tongda Shamidaning qӯng‘irog‘i Jamshidni uyg‘otib yubordi:

– Muallim, vafot etgan Gulniso degan ayol chindan ham arxeologik qazilmalar uchun aj-ratilgan maydonda oltin topib olgan ekan. Ӯsha yerga ekin ekishgan ekanda. Gulnoz yer chopayotgan ekanmi, ishqilib, ӯsha yerda ishlayotgan ekanda. Zarkent tumanining Shoddara degan qishlog‘ida. Bir kӯzacha oltin topgan ekan. Uni eriga kӯrsatib, akalariga olib boribdi. Bu yerda yana bitta qotillik qissasi bor, – hayajonlaganidan Shamidaning ovozi titrardi.

– Hozir yetib boraman, – Jamshid uyqusirab javob bergach, ӯrnidan turdi. Kiyimini kiydi-da, shosha-pisha yuz-qӯlini yuvib, tug‘ruqxonaga otlandi.

* * *

Bosh hakim Jamshidning savollariga qovoq uygancha javob berdi:

– Biz bu hodisani tekshirib chiqdik. Aslida qon berish paytida va u tugagach, bemor ӯl-maydi. Lekin Gulniso hushsizlarcha qӯlini chӯzadi va naycha uzilib, tomiriga havo kiradi.

– Agar nayza uzilgan bӯlsa, balki qon quyish moslamasi ag‘darilib ketgandir?

– Ha. Moslama ag‘darilib, hatto stol ustidagi choynakni pastga tushirib yuboradi.

– Tib hamshirasi bu ag‘dar-tӯntardan chiqkan ovozdan ham uyg‘onmaydi, shundaymi?

– Yӯq… Xayr, aka, hamshirani sovuqqonligi uchun ishdan haydadik, yana nima qilaylik? – hakim zarda qildi.

Jamshid hech narsa demasdan Shamidaning xonasi tomon ketdi.

-Kimdir barcha duxturlar va hamshiralarga Gulniso tӯg‘risida gapirishni ta’qiqlab qӯyibdi. Hamma qӯrqa-pisa gapiradi. Bu yerda biron-bir dahshatli sir bor. Aytishlari-cha Gulnisoning yangasini bir hafta oldin ӯldirib, daryoga tashlashgan ekan.

Xuddi shu lahza Shamidaning eri xonaga kirib keldi. U erta saharlab jurnalistni xotinining oldida kӯrib, avzoi ӯzgardi. Lekin hech narsa demasdan sovuqqina salomlash-di. Jamshid bu munosabatga ahamiyat bermasdan tashqari chiqdi.

Sitora hali ishga kelmagan ekan. Jurnalist uning telefon raqamini olmaganiga pushaymon chekdi. Navbatchi hamshiradan uning qachon ishga kelishini sӯrar ekan, ajoyib bir ma’lumot oldi.

– Kecha qӯng‘iroq qilgandi, qandaydir ishi chiqib qolibdi, tug‘ilgan yeriga – Zarkent-ga ketar ekan.

Jamshid ishxonasiga kelib, hamkasblari bilan xayrlashib Shoddaraga otlanayotganda yana Shamida qӯng‘iroq qilib qoldi:

– Muallim, mening erim ham Zarkentga bormoqchi, Siz bunga hayron bӯlmayapsizmi?

Shamida shunday deya qandaydir bir qӯrqqandayin gapini davom ettirdi:

– Ӯzingizni ehtiyot qiling, iltimos…

* * *

Jamshid avval xotinining ishxonasiga bordi. Nӯshofarin kutilmagan hodisa haqida-gi qisqa hikoyani eshitgach, iltijoga tushdi:

– Iltimos, bormang! Kӯnglim qandaydir bir yomon hodisa yuz berishidan xavotirda. Axir bugun katta ӯg‘limizning tug‘ilgan kuni…

Lekin jurnalist odatiga kӯra ӯjarlik qildi.

– Men bog‘chaga borib, ӯg‘limni tabriklayman. Sen hamma narsadan xavotirlanaverma. Anchadan buyon tuzukroq narsa yozganim yӯq. Biron yaxshiroq detektivga mavzu chiqib qolar. Bordi-yu… Sitoradan xavotirlanayotgan bӯlsang, – Jamshid kӯzlarini ӯynatdi. – Bu gal uni armonda qoldirish gunoh.

– Ӯsha Sitora qurib ketsin. Siz bunday noma’qulchiliklarni birinchi marta qilayot-ganingiz yӯq. Lekin mening baxtimga qӯlga tushira olmayapman.

– Ruslar aytganlaridek « Ne poyman, ne vor», ya’ni qӯlga tushmagan ӯg‘ri, ӯg‘ri emas.,- Jamshid kulganicha Nӯshofarin bilan xayrlashib, safar anjomlarini olish uchun uyiga jӯnadi.

Bog‘chaga borganida katta ӯg‘li otasi olib kelgan sovg‘aga g‘amgin qaragancha dedi:

– Onam otangning xotini ish, onasi ish, singlisi ish, deydilar. Bugun uyga borsam onamga otamning bolalari ham ish, deyman…

Jamshid ovozi boricha kulib, ӯg‘lini quchdi, osmonga otib, erkaladi va xayrlashdi.

Kichik ӯg‘li u olib borgan mashinachani ӯynagancha xursandligidan otasining ketayot-ganligiga e’tibor bermasligini kӯrib, u bilan xayrlashganda soat kunduzgi birga yaqin-lashib qolgandi.

Bog‘chadan chiqishi bilanoq u yerda turgan taksi belgisi tushirilgan mashinani kӯrib, quvongancha ӯtirdi. Shu on kӯnglidan bir shubha vizillab ӯtdi: «Bu yerda biron marta taksi tӯxtab turganini kӯrmagan edim. Shaharda bӯlsa, bironta taksi Sug‘d viloyatiga tegishli «02» raqami bilan yurmaydi».

Lekin baxtiga qarshi bu shubha juda tez tarqadi. Haydovchi yӯlovchining xavotirini sezgandayin dedi:

– Men aslida Zarkent tumaniga bormoqchi edim. Ikkita yӯlovchim bor. Uchinchi odam mana shu bog‘cha oldiga kelmoqchi edi. Haligacha daragi yӯq.

– Shundaymi? Agar yӯlovchilaringiz tayyor bӯlsa, birga ketar ekanmizda. Men ham Zarkentga bormoqchiman.

– Zarkentning qayeriga? –haydovchi shunchaki sӯraganday bӯldi.

– Shoddaraga.

Jamshid haydovchining qanchalik xunuk tirjayganini kӯrmadi…

* * *

Nazorat nuqtasidan ӯtishayotganda haydovchi yӯl nazorati xodimiga ӯn somoniy uzatganda , u pulni indamasdan olib, mashina, haydovchi va yӯlovchilarning hujjatlariga zarracha e’tibor bermasdan ӯtkazib yuborar ekan, Jamshid ikki yӯlovchi va haydovchiga tuzukroq razm solib, ularning aftlari ӯxshashligini sezib, kӯnglida g‘ashlik hukm surganida allaqachon kech bӯlgandi. Varzob tumanining Zardeh qishlog‘i yaqinida haydovchi qandaydir bir bahona topib mashinani tӯxtatdi. Jurnalist sigaret chekish uchun pastga tushdi va atrofdagi chiroyli manzaraga tikilib qoldi. Ikki yil oldin Shahrom mana shu mintaqada ӯz joniga qasd qilgandi. Jamshid xotiralarga berilib ketib, oq dӯppili yӯlovchining ortidan pusib kelib, boshiga uzun temir bilan qattiq tushirganini sezmay qoldi. Jurnalist bukchayib qolar ekan, yӯlovchi oldiga ӯtib qattiq tepdi. Yӯldoshlari-dan qaysi birining qӯlida pichoq yaltillardi. Bittasi tizzasiga temir bilan urdi. Jam-shidning kӯkragi qattiq og‘rib, qӯli issiq qonga tegdi.

«Shahromning ӯlgan yeri. Bir paytlar qani edi men ham mana shunday kӯrkam bir yerda jon bersam, deya orzu qilardim, – Jamshidning kӯnglidan alamli ӯylar ӯtardi. – Lekin Shahrom nima uchun ӯlayotganini bilardi, men-chi, nima sababli jon berayotganimni ham bilmasdan ӯlib ketyapman».

U butunlay hushidan ketayotganda haydovchining ovozi arang qulog‘iga chalindi:

– Tezda jarga tashlanglar, orqadan qandaydir mashina kelyapti.

* * *

Poytaxtdagi «N» tumani jinoyat qidiruv bӯlimi boshlig‘i polkovnik Shohin Azizov va tergovchi Omonov Jamshidning eshigi oldida bir zum tӯxtab qolishdi. Ichkaridan bolalarning ӯyin-kulgilari ovozi eshitilardi.

– Nӯshofarinni chaqirib, voqeani tushuntiramiz va bayonotini olamiz, – dedi Omonov.

– Agar shunday qilsangiz, mendan katta bӯlishingizga qaramasdan peshonangizga bitta ӯq joylayman, – Azizov sovuq va qahr aralash gapirdi. – Bolalarning nima gunohi bor? Nega ularning zavqli ӯyinlarini buzamiz?

– Axir ularning otalari jon beray deb yotibdi, u ӯlimidan oldin bir marta bӯlsada bolalarining diydoriga tӯyib olsin, – tergovchi allanechuk chӯchigandayin gapirardi.

– Agar Jamshid jarrohlik amaliyoti paytida vafot etsa, bilib qӯy, bugunning ӯzi-dayoq Shoddaralaring gӯristonga aylanadi.

-Unda nima qilamiz?

– Men bolaning tug‘ilgan kuni uchun sovg‘a olib keldim. Gӯyo tabriklash uchun keldim, boshqa hech narsa.

Agar Omonov Azizovning fe’l-atvoridan xabardor bӯlmaganida, agar uning kimsan «shef»ning ӯziga kuyovligini bilmaganida, agar bu odamning Jamshidga nisbatan qancha-lik mehru muhabbati borligini eshitmaganida edi, balki hozir voqea butunlay boshqacha tus olishi mumkin edi. Lekin hozir itoat qilgancha Azizovning qӯlidan kattagina ayiq-chani oldida, eshik qӯng‘irog‘ini bosdi.

Nӯshofarin avvaliga ularning ikkoviga xavotirlik bilan tikildi, lekin sovg‘ani kӯrib, xijolat tortdi.

– Kelinglar, kelinglar, Jamshid akamning tӯsatdan zarur ishlari chiqib qolib, Zar-kentga ketdilar.

Uy tӯla mehmon edi. Jamshidning katta ukasi bir zumda mehmonlarning oldini noz-ne’matlarga tӯldirdi. Omonovning tomog‘idan hech narsa ӯtmas va u turli bahonalarni ishlatib, hamsabog‘i bӯlgan ayoldan Jamshidning qayerga va qachon ketganini sӯrardi. Azizov bӯlsa, beparvogina bolalar bilan suhbatlashib ӯtirardi.

– Keyin sen meniyam olib borgin, tomosha qilib kelaman, demadingmi? – polkovnik Jamshidning kichik ӯg‘lini bag‘riga bosib, mehribonlik bilan sӯradi.

– Yӯq, dadam menga moshincha olib keldilar. Keyin bitta taksiga ӯtirib ketdilar.

– Taksi?

– Ha, qizil taksi. Soqoli oq bitta odam dadamning sumkalarini moshinning orqasiga qӯydi. Buni xolam ham kӯrdilar.Dadam xolamga bog‘cha puli berdilar. Xolam dadamlarni kuzatib kӯchagacha chiqdilar.

– Nӯshofarin, menimcha bu ӯg‘ling senga qaraganda bog‘cha xolasini yaxshi kӯradi. Nuqul xolasini gapiradi, – kuldi polkovnik va shunday gap orasida sӯrayotganday sӯradi. – U chiroyli xolangning oti nima ekan?

– Sodiqova Salima Xudoyiyevna, – bola burro javob berib, hammani kuldirdi.

Azizov va Omonov yana picha ӯirishgach, xayrlashib chiqib ketishdi.

Shohin Jamshidning uyidan uzoqlashishgach qӯl telefonidan hamkasblariga kӯng‘iroq qildi, hol-ahvol sӯradi va tezda Salima Sodiqovani topishlarini tayinladi.

– Maorif mudiriga qӯng‘iroq qilib, bog‘cha mudirasining yashash manzilini aniqla. U Sodiqovani yerning tagidan bӯlsayam topib beradi.

Shundan sӯng Azizov «Qariyai bolo» bemorxonasiga qӯng‘iroq qilib, kim bilandir gaplashdi-da, Omonovga ӯgirildi:

– Jamshidning joni haligacha qil ustida ekan. Pichoq urganlaridan tashqari ustiga bitta oyog‘ini sindirishgan va boshiga qattiq urishgan. Haligacha hushiga kelmabdi.

Azizov bu gaplarni aytgach, aybdorlardek jilmaydi:

– Mening qӯpolligim uchun kechir, lekin bolaning tug‘ilgan kunini motamga aylan-tirish uchun ma’naviy huquqim yӯq edi.

– Shoddaraga borish uchun Jamshid nima degan bӯlsa, men Nӯshofarindan bilib ol-dim. Biz hozir tug‘ruqxona bosh hakimi bilan ham suhbatlashishimiz zarur. Menimcha, kalavaning uchi shunda, – dedi Omonov gӯyo Azizovning uzr sӯraganini eshitmagandayin.

– Qӯng‘iroq qilaymi? – dedi Shohin.

– Hali Jamshidning uyiga bormasimizdan oldin men yigitlarga bosh hakimni topish tӯg‘risida topshiriq bergandim. U ish joyida bizni kutib ӯtiribdi. Shuningdek, Ayniy tumanidagi nazorat nuqtasidan Jamshidni olib kelgan mashina haydovchisi kӯrsatma-lari bӯyicha ӯsha mashina va yӯlovchilar haqida ma’lumot yetib kelgan bӯlsa kerak.

– Unday bӯlsa, bemorxonaga boramizmi? – sӯradi Azizov va Omonov tasdiqlagandayin bosh tebratdi.

* * *

Jarroh-professor Azizov va Omonovga Jamshidning oldiga kirishga ruxsat berganida soat millari kunduzgi 12 ni kӯrsatib turardi. Jurnalistning butun badani bog‘lab tash-langanini kӯrgan har ikki milisa xodimi bir-biriga xijolatli boqdi. Lekin Jamshid-ning har doimgiday sokin ovozi ularni bu noqulay holatdan qutqardi.

– Menimcha, bu vaziyatimdan foydalangan holda Omonov bu gal otini olg‘a choptiradi-yov.

Omonov jilmaygancha sӯradi:

– Biz bilan gaplashishga kuching yetadimi? Mabodo sog‘liging yomonlashadigan bӯlsa…

– Men bir soatdan buyon telefonda gaplashyapman. Aslida senda bor ma’lumotni men oldinroq bilib olganman. Bu gal ham ziyofat sening hisobingdan bӯladi, deb qӯrqaman.

– Siz sog‘ayib ketib, ӯrningizdan turing, bitta emas, beshta ziyofat mendan, – Azizov eski dӯstlarning suhbatiga xushhollik bilan qӯshildi. – Xudo haqi, agar biron noxush hodisa yuz berganda Shoddarani yer bilan yakson qilardim.

– Yaxshi, Jamshid, kel, qartalarni ochaylik, – Omonov kursiga ӯtirib, papkasini ochdi. Shohin bӯsh karavotga, bemor bilan yuzma-yuz ӯtirdi. –Hamma fojianing boshlanashi, aniqrog‘i bu shum hodisaning markazi – bemorxona. Sen yangi kӯzi yorigan hamkasbing Sha-midadan tunda hamshiraning aybi bilan vafot etgan ayol tӯg‘risida eshitgansan. Kechqurun bir tib hamshirasi bilan bu borada gaplashgansan. Biz u hamshirani topa olmadik. Lekin Nӯshofarinning aytishicha bu suhbatdan sӯng senga Sitoraning singlisi haligi bemor-xonada ӯlgan ayol – Gulnisoning akasi aybi bilan ӯzini osgani ma’lum bӯlgan. Bu ikki fojianing bir-biriga bog‘liqligi haqida isbot topilganicha yӯq. Ӯsha tunda Sitora Gulnisoning xonasiga biron marta kirgan emas. Bu dalilni Sitora davolayotgan, tuni bilan mijja qoqmagan bemor ham tasdiqladi. Ertasi kuni tongda sen Shamidaning qӯn-g‘irog‘idan sӯng Zarkentga yӯl olding. Ӯsha telefon suhbatidan bizga qanchalik ma’lum bӯlishicha Gulniso ekinzorda ishlayotib, oltin topib oladi. Zarkent ichki ishlar bӯlimi-ning barcha xodimlari u yerdagi odamlarning uylarini tekshirib chiqishadi, lekin hech kim oltin haqida eshitmagan, bu gaplardan sira xabari yӯq. Sen taksiga ӯtirib Shod-daraga jӯnading. Biz sen ketgan taksini topdik. Uni ӯsha tongda, taxminan soat ӯnlarda bir noma’lum odam Sug‘d viloyatida yashaydigan kishidan ikki baravar narxiga sotib ola-di. Mashinani sening jonigga qasd qilingan yerdan taxminan uch kilometr yuqoriroqdagi yerdan topdik. Haydovchi va yӯlovchilar mashinani jarga itarib yuborib, ӯzlari g‘oyib bӯlishadi. Hozircha biz ularni topa olmadik.

– Mashina jarda, men bemorxonada, haydovchi va aka-ukalari Rossiyada mardikorlik qilishyapti, – kesatdi Jamshid. – Balki men uyquda yotganimda ӯzimni ӯzim shu holga solgandirman?

– Aka-ukalari? Buni qanday isbotlaysan? – Omonov ӯrtog‘ining kesatig‘ini sezmagan-dayin sӯradi.

– Ularning uchoviyam yo aka-uka edilar, yo yaqin qarindoshlar, – dedi qat’iylik bilan Jamshid. – Bir-birlariga judayam ӯxshashishardi.

– Taksini bog‘cha tarbiyachisi, ӯsha mashinani sotgan sug‘dlik odam kӯrishgan. Qizig‘i, u taksi Siz bog‘chaga kirishingiz bilan paydo bӯlgan. Balki ortingizdan tushishgandir? – Shohin luqma tashladi. – Shuningdek Sizni bemorxonaga olib kelgan haydovchi va uning mashinasining orqa kabinasida ӯtirgan qiz Sizning joningizga qasd qilishayotganini aniq kӯrishgan. Haydovchi qӯrqib, orqaga qaytmoqchi bӯladi, lekin yӯlovchi qiz ular uri-shayotganlari yӯq, suhbatlashishyapti, deydi. Orqadagi mashina yaqinlashib kelgach, anovi-lar Sizni jarga tashlashadi-da, qochib qolishadi.

– U qiz kim ekan? U hozir qayerda? Oti nima ekan? – xayolchan sӯradi Jamshid.

– Ӯzini Shohista Kabirova deb tanishtiribdi. Afsuski, uni boshqalar sӯroq qilib, javob berib yuborishibdi. Men haydovchini sӯrash bilan band edim. Lekin qizning yashash manzilini yozib olishgan.

– Ertaga kӯribsizki, u yerda boshqa odam yashaydi va u qiz Rossiyaning qaysi bir bozori-da kabob yo somsa sotayotgan bӯlib chiqadi. Sening ӯrningda bӯlganimda u qizga javob ber-masdim. Surati bormi?

– Baxtimizga surati bor, – javob berdi quvonch bilan Shohin, – mening bir odatim bor, suratini olmasdan burun bironta guvohga javob bermayman.

Polkovnik qӯlidagi papkadan surat olib, jurnalistga uzatdi. U va Omonov ikkov sinchkovlik bilan Jamshidning chehrasiga tikilishdi. Jurnalist suratga sovuqqina qaradi-da, pichirladi:

– Men u ekanligini bilardim.

Omonov tezda qӯl telefonida kimnidir chaqirdi-da, buyruq berdi:

– Guvoh Kabirovani tezlikda toping!

– Uni topolmaysan, Omonov, topolmaysan! Ziyofatga va’da ber, mening ayrim qonun-buzishlarimga kӯz yum, bu mojaroning sirini ikki kunda topib beraman.

– Jinoiy ish generalning qӯlida, – Omonov Shohinga qarab g‘uldulladi. – Qӯlimdan hech qanday yordam kelmaydi. Agar aybing bӯlsa, bu gal javob berasan, dӯstim.

– General Junaydovning kuyovi yordam bera olmaydimi? – Jamshid Shohinga sinovchan boqdi.

– Agar og‘ir gunoh bӯlmasa, hal qilamiz, – javob berdi polkovnik.

– Bolalarimning quvonchini motamga aylanishiga yӯl qӯymagani va ziyofat va’dasini bergani uchun mana shu Shohinni deya u fojialar turkumining asl sababini topaman, – Jamshid g‘amgingina kuldi. – Siz bir necha kechirib bӯlmaydigan xatoga yӯl qӯygansiz.

Birinchisi, fojia markazi bemorxona emas, balki bir hafta ilgari noma’lum odamlar tomonidan ӯldirilib, daryoga tashlangan ayol – tӯrt bolaning onasi. Bu ish qotillar tomonidan pul berilib, sud ekspertining og‘zi yopilgach, ӯz joniga qasd qilish deya e’lon etildi. Ikkinchisi, Siz tezlikda Shoddaraga borishingiz kerak edi. Allaqachon general Junaydovning bevosita himoyasi ostida, men u kishiga jinoiy ish haqida telefon orqa-li hikoya qilgandim, bir necha nafar jurnalist tuman ichki ishlar bӯlimi xodimlari bilan birgalikda ish olib borishyapti va har soatda tekshirish natijalari haqida menga bildirib turishibdi. Uchinchisi, kӯp narsani bilgan, bir qotillik va hamda bir sui-qasdga bevosita guvoh bӯlgan odamga nima uchun javob berib yuborganliklaringni bil- mayman. Kӯnglim sezib turibdi – hozir u ham Shoddarada. Meni bemorxonaga olib kelgan qizni nazarda tutyapman. Sitora tug‘ruqxonada tib hamshirasi bӯlib ishlaydi va bӯlib ӯtgan voqeadan boshdan-oyoq xabardor. Tӯrtinchidan avvalgi ikki ayolning qotillari va suiqasd qilganlar Shoddarada bӯlishlari turgan gap, ular bir necha kun oldin qishloq-dan chiqib ketishmagan edi. Ular yolg‘iz emas, balki oltinga xaridor bӯlgan odamlarning uch-tӯrttasi ham ular bilan birga chiqar. Men uch qotillik va suiqasd bitta guruhning qӯli bilan qilingan va ularning markazda suyanganlari bor, deb ӯylayman. Beshinchidan, agar bemalol bӯlsa, menga ikki-uchta qӯriqchi bering. Ӯsha uch odamning afti menga yaxshi tanish bӯlgani uchun ularning meni «kӯrib ketish» uchun kelib qolishlariga ishonaman.

Jamshid bir zum tin oldi va yana sӯzlay boshladi:

– Uch qotillik va bir odam ӯldirishga urinish, – Jamshidning ovozi baland yangradi. – bularning hammasi qayerda ekanligini hech kim bilmaydigan oltinlarni deb! Oltinlar siri ӯsha birinchi qabrga kӯmilgan. Agar qabr ochilsa… – shu payt Jamshidning qӯl tele-foni jiringlab qoldi va har ikki suhbatdoshi jurnalistning rangi oqarib ketganini kӯrishdi.

Jamshid telefonni bir chetga qӯyib, Shohindan sӯradi:

– Azizov, sen «Xazinalar oroli» kitobini ӯqiganmisan?

-U mening sevimli asarim, – dedi polkovnik.

– Unda bir ajoyib she’r, qaroqchilarning oltin topishga bag‘ishlangan she’ri bor.

Yo, xo-xo, bir shisha rom,

Ich, senga iblis yordamchi bӯlishi uchun.

Yo, xo-xo, bir shisha rom.

Bilasizmi, tӯrt bolaning onasi bӯlgan ayolning ӯligi qabr yӯq. Ishonasizmi? Jasad yӯqolibdi! Kimdir oltin jasadning qornida deb ishonibdi., – Jamshid birdan qattiq kulishga tushdi. Kӯkrak qafasi ustidan sal yuqoriroqqa sanchilgan pichoq yarasi ustiga bog‘langan oq doka qizil tusga kira boshladi. Professor yugurgancha kirib, har ikki ter-govchini chiqarib yubordi.

* * *

Azizov va Omonov elib borayotgan xizmat mashinasida Shoddaraga kirib borishganida, bir guruh jurnalistlar yuk mashinasiga ӯtirib qishloqdan ketishdi.