Voqif Sultonli. O‘lim uyqusi (qissa)

Er xuddi dunyoda yaralganidan beri yomg‘ir ko‘rmaganga o‘xshar, issiqdan qaddi bukilgan daraxtlar yerga nochor termilib turishar, taqir biyobonda ungan giyohlar allaqachon qovjirab ketgan, suvsizllikdan yer tars-tars yorilib yotardi.
U bularning hech birini ko‘rmasdi. Uning fikri xayolini olisdan kelayotgan antiqa bir ovoz band etgandi. U ovozning qayerdan kelayotgani, nima ma’no kasb etayotganini bilmasdi. Lekin bu ovoz unga alla singari qadrdon, haroratli edi. Birozdan so‘ng es-hushini to‘plab olgach, bu ovoz o‘ziniki ekanini, o‘z botinidan kelayotganini angladi. U mana shu ovoz ortidan uzoqlarga boqar, xotirasi tumanlanar, boshi aylanar, yeru osmon nazarida bir-biriga qorishib ketardi.
Buldozer dunyoni larzaga solgancha tarillab o‘tib borardi. Uzoqdan, qishloq etagidagi qabristondan tuproqdan turtib chiqqan katta-kichiki qabrtoshlari ko‘zga tashlanadi.
…Buldozerning kovushi qaysidir qabrtoshiga tegib, odamni etini uvishtiruvchi sas chiqardi. Bu nolavor tovushdan o‘zi ham seskanib, uyqusi qochgan kishidek sergaklandi. Bor kuchi bilan tormozni bosdi. Qo‘l-oyoqlari, butun vujudi muzlab, madori quridi. Ich-ichidan nimadir uzilgandek bo‘ldi: “Tavba, hech zamonda qabristonning ustidan yo‘l qurishadimi?”
Beixtiyor ko‘z o‘ngida bo‘g‘iq ovozda madad so‘rayotgan son jasadlari ustidan uzangan yo‘l ko‘ringandek bo‘ldi. Nazarida uning o‘zi ana shu yo‘l ustida turgancha qayerga borishini bilmasdan qotib qolgan, xuddi atak-chechak yura boshlagan go‘dekdek qadam bosishga qo‘rqar, xuddi qadam qo‘yishi bilan yer ostida dod-faryod qo‘padigandek edi. Aqldan ozishiga sal qoldi.
Kabina eshigini ochib yerga sakradi. Yo‘l chetidagi katta xarsangtosh ustiga o‘tirdi. Rang-barang, past-baland qabrtoshlariga qaradi. Xuddi yelkama-elka saf tortgandek edilar. Bu toshlar xuddi qo‘mondon amrini kutib tik qotgan askarlarni eslatar, bir ishora bilan hammayoqni ag‘dar-to‘ntar qiladigandek ko‘rinar edilar.
«Nega inson borar manzili mana shu qabriston ekanini bilsa-da, bu haqiqatni tan olgisi kelmaydi? Beshikdan tushgani hamon lahad tomon yo‘l bosishini o‘ylamaydi? Bilmaydiki, bu dunyoning har qanday tashvishi, ur-yiqiti, bor g‘alvasi o‘lim uchun, o‘limni yaqinlashtirmoq uchundir. Inson mana mana shu manzilga yetib kelmoq uchun dunyo bilan kurashgani otlanganini unutadi. Alaloqibat tuproqqqa qovushmoq uchun dalayu dashtlar, cho‘lu sahrolar, shaharu qishloqlarni kezadi. Odam bolasi butun xilqat faqat bir yo‘ldan – o‘lim yo‘lidan borishini, tirik jlon boorki man shu yo‘lda ekanini esidan chiqaradi.
Unda qabrtoshining nima keragi bor? Nega inson nom-nishonsiz tuproqqa topshirilmaydi? Nega inson dafn qilingan joyda qabr toshi o‘rnatadilar? Balki bu toshlar qachonki marhumning tiriklar safida bo‘lganini bildiruvchi nishona, umrining davomi, o‘limdan keyingi hayotidir? Balki tiriklar uchun bir tasallidir…?”
Unga xuddi qabrtoshlari ham tirikdek, odamlar singari bir-biri bilan gaplashib turadigandek bo‘lib tuyuldi. Ha ular ham odamlar singari dardlashadilar, sirlashadilar, talashib tortishadilar. Ularning ham dardlari, tashvishlari, sevgiyu nafratlari bor. Faqat kunduzlari ehtimolki tiriklardan tortinishgani uchun tosh uyquga cho‘madilar va ularning hayoti tunda boshlanadi. Balki shuning uchun ham qabriston kechalari vahimali bo‘lib tuyular?
Bir vaqtlar mana shu qabristonda boshqalar singari o‘zining ham qadrdonlari, yaqinlari bo‘lishi, ularning qabrlarini ko‘rsatib maqtangisi kelardi. Bolaligida yaqinlarining qabrini ziyorat qilgani kelganlarga havas bilan qarardi. Ulg‘aygani sari mana shu dard, shu orzu, shu havas ham u bilan birga ulg‘ayib borayotgandek edi.
Endi bu qabriston unga allanechuk qadrdondek tuyuldi. Bolaligidan u bilan yashab kelgan orzu-havas chekingandek bo‘ldi.
«Qabristonni buzib, qabr toshlarini yer bilan bir qilish, qabrlar ustidan asfalt yotqizish, tfu… Bu fikr qaysi maxluqning miyasiga keldiyki? O‘zi ham bir kuni mana shu makonga kelishini unutdimikin?”
Qabristonning narigi tarafida odamlar ikki-uch kishilashib qabr qazishadi. Bu haftadan beri shu ahvol. Jasadlarning qoldiqlarini yig‘ishtirib boshqa joyga ko‘chirishmoqda. Kimdir qarindoshini, kimdir otasi yo onasi, kimdir farzandini ko‘chirish bilan ovora.
Ertalab qat’iy topshiriq oldi. Qabriston tep-tekis qilinishi lozim. Necha kundirki shag‘ar ortilmaga mashinalar kelib qaytibyu ketishadi. Ish ortga surilyapti. Oyning oxirigacha yo‘l topshirilishi kerak. Bugun ikkinchi marta kelishi. Ertalab kelganida, odamlar undan kechgacha muhlat so‘rashdi. Ba’zilar hali yaqinlarining xokini chiqarib olishga ulgurmagandi. Ba’zilar ish bu darajaga yetib bormas, degan umidda bu ishga qo‘l urishmagandi.
«Ularning gapini qara! Hukumatning topshirig‘i shu: nima deyilgan bo‘lsa bajdarish shart!” Xalqqa yo‘l kerak bo‘lsa, qabristonni yer bilan yakson qilish shart emasdir? Hukumat yo‘l quraman deb, ota-bobolar ruhini chirqiratinglar, demagandir? Aslda hukumat kim o‘zi? Hukumat tepasidagilar ham o‘zimizga o‘xshagan odamlar emasmi? Ali, Vali, Hasan, Husan…”
–Amaki, hoy amaki!
Cho‘chib boshini ko‘tardi. Olti-etti yoshlardagi nimdosh ko‘ylak kiygan bola qarshisida turardi. Egnidagini kiyim deb ham bo‘lmas, jandasi chiqib ketgandi. Bola izillab yig‘lar, ko‘z-yoshlari kir yuzlarini yuvib, pastga dumalardi.
«Tavba, bu bola qayerdan paydjo bo‘ldi? Buning turishiga qara, ko‘z-yoshlariga qara! Bir qarich bola ham shunaqa o‘ksinib yig‘larkanmi? Mushtdekkina bolaning yuragida shuncha g‘am-hasrat bo‘larkan-da? Yig‘lashini ko‘rib yuraging erib oqadi-ya!”
Egilib bolaning qo‘lidan ushlab, sochlarini siladi.
–Amakijon, onamning qabrini buzmang! Iltimos, buzmayman deb qasam iching!
Ich-ichidan nedir bir ojizlikni his etdi. Bu tuyg‘u huddi uyqu sigari uninig butun butun vujudiga yoyildi. Nzarida hozir yuragi to‘xtab qoladigandek edi.
-Amaki, onamning qabriga tegmaysiz a? Qasam ichasizmi?
Bolaga nima deb javob beradi? Unga qanday tushuntiradi? Uni nima deb ovutadi? Bu topshiriq ekanini, u bo‘lmasa boshqa birov shu ishni qilishini go‘dakka qanday tushuntiradi? Aslida, unga qolsa, bitta ham qabrga tegmagan bo‘lardi…
Bir haftadirki uyqu nimaligini bilmaydi. Ko‘zini yumishi bilan jasadlarYu skeletlar ustiga bostirib kelayotgandek bo‘laveradi. Sapchib turib ketadi. Keyin sahargacha kiprik qoqmaydi.
Qabristonda ish qizg‘in. Odalr hozirning o‘zi hammasi yer bilan yakkson bo‘lishidan qo‘rqishardi. Belkurak, ketomon bilan eski qabrlarni qayta ochib, tupoqqa qorishgan suyaklarni ajratib olishar, Babali bog‘ining yuqorisidagi yangi qabristonga olib borib ko‘mishardi. Yangi qabristondan olisdan qaragan odam “bu qishloqqa bir qirg‘in kelgan chog‘i, birdaniga shuncha yangi qabrlarni qazishibdi” degan o‘y kelishi tabiiy edi.
Hoji Mahmud buvaning qabirining ustidagi gumbazni ham buzib yangi qabristonga ko‘chirishibdi. Gumbazning g‘isht va koshinlarini yangi qabr atrofiga terib qo‘yishgan, ammo qayta tiklashga kirishilmagan edi.
Turib buldozerni o‘chirdi. Odamlar tarqalmasdan turib ishga kirishishi kerak. Hozir shu ishini boshliqlari ko‘rib qolganda bormi, naq kunini ko‘rsatishardi. Lekin, u boshliqlardan har qancha so‘kish eshitishga ham rozi edi. Bu ishdan ko‘ra boshliqdan haqorta eshitish ming marta yaxshi emasmi?Hech bo‘lmasa, odamlar o‘z yaqinlarining xokinini ko‘chirib olsin, axir!
Traktorning ovozi o‘chgach, ketmon va belkurak ovozlari aniq-tiniq eshitila boshladi. Ktta-kichik, erkagu ayol aralishib ketgandi. Ular chamasi shu topgacha qabriston buzilishiniga ishonishmagan ko‘rinadi. Buldozerning tarillab, qabriston tepasida to‘xtashi so‘nggi umidlarni ham chilparchin qilgandi. Hamma birdan vaxhimaga tushib qoldi. Odamlar qarg‘anib, yig‘lamsirab, so‘kinib qabr qazishardi.
Bir hafta ilgari buldozeri bilan kelib, bir-ikki marta qabristonni tekislamoqchi bo‘lganida, uni ola-kaltak qilishlariga oz qoldi. Qishloq oqsoqollari yig‘ilib kelguncha kengash boshlig‘i arang odamlarni tinchitdi:
– Xaloyiq, – degandi u. – Bu sho‘rlikda nima ayb? U o‘zicha keptimi bu yerga? Hali oqsoqollar kelsin-chi, maslahatlashib ko‘ramiz. Axir qabriston bu o‘yinchoq emas, har kim uni kelib, oyoqosti qilib ketaversa. Sal o‘zingizni bosib oling, shaytonga hay bering! Tumandan kattalar kelsin, ulardan so‘rab bilaylik. Bu yer – qabriston. Marhumlarimizning mangu makoni. O‘tganlarning ruhini chirqiratib bo‘lmaydi.
Keyin xo‘jalik raisi keldi:
-Sizlarga qabriston uchun yangi joy ajratildi. Yaqinlaringizning xokini o‘sha yerga ko‘chirasiz. Nima yordam kerak bo‘lsa, zimiz qilamiz.
-Rais, – dedi odamlar oraisdan kimdir. – siz yo‘l uchun boshqa jdoy toptiring. O‘zimiz sizga nima yordam kerak bo‘lsa beraylikyu. Kerak bo‘lsa, hashar qilib, yo‘lingizni bitirib beraylik. Qabriston o‘z joyida qolsin.
–Men sizlarni odam deb gapiryapman, – asabiylashdi rais. – Men bilan gap talashganlaring nimasi? Tumanimiz rahbari yangi kelgan bo‘lsa. Bir oy ham bo‘lmadji. Endi u bilan arzimagan ish uchun san-manga borishim kerakmi?
–Rais bu arzimagan narsamas! Qabriston enangizni uyimas, – dedi kimdir ololmonorasidan.
-Bas, – o‘shqirdi rais. – gap tamom – vassalom. O‘zi senlarning arz-dodingga quloq osgan men axmoq! – shunday deya mashinasiga o‘tirdi-da, ketvordi.
Ko‘kragida turgan sanchiq miyasini zirillatdi. Xuddi bir qadam bossa yuargi to‘xtab, yuztuban yiqiladigandek edi. Qishloq oqsoqolining gaplarini xuddi uyqu aralash eshitayotgande khech narsani anglamadi. Bu yerga nima uchun kelganini ham unutgandi go‘yo. Ko‘zi qonga to‘lgan odamlar undan ko‘z uzmay turishrdi. Agar uni ezg‘hilab tashlashsa ham, qora qoniga belashsa ham, bu odamlardan ranjimasdi. Aksincha o‘zini bu nafrat to‘la ko‘zlardan olib qochmoq istar, faqat oyoqlarini yerdan uzolmasdi.
…Boshini ko‘tardi. Haligi bola g‘oyib bo‘lgandi. Bolaga nima deb javob berdi, qanday ovutdi, qanday jo‘natdi – uvvalo urinmasin eslolmadi.
…Bir paytlar bolalar bilan qabristonda o‘ynab yurishardi. O‘sha paytlar qabristonni kechib o‘tgan so‘qmoq unga hadsiz, poyonsizdek tuyulardi. Gohida qabr toshlari ustidagi g‘amgin she’rlarni o‘qirdi. Bu satrlarning bari yorug‘g‘lik, umidl va tasallidan xoli, rangsiz va yalang‘och edi. O‘sha she’rlardan uzuq misralar hozir ham yodida qolgan: “baxtimning kemasi tegdi-ku toshga, mudhish bir musibat tushdi bu boshga…” Qolganini eslolmadi…

* * *

Alish qip-yalang‘och holda qabristondan sal naridagi anhorning qirg‘og‘i bo‘ylab ketgan uvat ustida o‘tirardi. Boshini qo‘llari bilan changallab olgan, hech narsani ko‘rmas, eshitmasdi. Alishning badanini oppoq tuk bosgandi. Hatto uning ko‘z qoraiqlari ham oqarib qolgandek edi. Alishning o‘zi hech narsadan xabarsizdek tosh qotgandi.
Qabristondan chiqayotgan bu shovqin-suronning boisini ham bilmadi. Bir kechada boshiga tushgan savdolar uni tamomila gangitib qo‘ygandi. Kim bilandir gaplanishb, dardini to‘kkisi keldi, ammo ichidan tug‘yon urayotgan nedir bir his uni qabristonga odamlar orasiga borishdan qaytarib turardi.
Alhol Alish o‘tirib boshidga tushganlarni qaytadan yashay boshladi. Ammo bularning hech biriga ishonmas, ishoishni istamasdi. Faqatbirgina umid bor edi: balki ko‘rganlari qo‘rqinchli bir tushdir?…
…Ko‘zlarini ochgan payti hamma yoq zulmatdan iborat edi. Qimirlamoqchi, loaqal yotgan yerining o‘ngu-so‘li, past-balandini bilmoqchi bo‘ldi. Biroq, qo‘l-oyog‘ini qimrlatolmadi. He bo‘lmasa, qayerda ekanini xotirlashga urindi. Ammo hech narsani eslolmadi. Hatto xotirasi ham zulmatga g‘arq bo‘lgandi.
“Yo rabbiy! Shunchadik qorong‘i uy, hujra bo‘larkanmi? Xuddi do‘zaxning yettinchi qavatiga tushgandek. Balki tushidir?..».
Daqiqalar, soniyalarning o‘tishi og‘irlashib borardi. Nafasi yuziga qatib turishi va havoning hididan o‘zi va devor orasidagi masofa juda ozligini ilg‘adi. Qo‘l-oyog‘ini qimirlata olganida, paypaslab bo‘lsa-da, qayerda yotganini aniqlashga urinardi. Biroq, nainki qo‘li, balki butun badanini o‘rab chirmab tashlashganga o‘xshaydi.
Bularning bari tush emasligini tushunib yetgunicha ancha vaqt o‘tdi. Keyin bo‘lib o‘tgan voqealarni birma-bir eslashga tirishdi. Oxirgi paytlarda kasal bo‘lib, yotib qolgandi. Yaxshigina shamollagandi. Kyein-chi? Bir hafta uydan tashqari chiqolmadi. Karavoti deraza oldida turar, faqat kun botar paytida quyosh yog‘dusi uyiga kirardi. Ishtahasi ham butunlay bo‘g‘ilgandi.Kechalar uxlolmay chiqar, boshi lo‘qillab og‘rirdi. Oxir marta uko‘zi ilina boshlagani esida. Qolgani yodida yo‘q. Shuncha uzoq uxladimi? Yo‘q, uyqu bunchalik ezg‘in, lanj bo‘lmasligi kerak.
Nafas olish uchun havo yetishmayotganini payqab, yanada toriqdi. Biroq dimog‘iga oqayotgan namxush tuproq hildi malham singari butun vujudiga yoyilib, yengillik tuydi,
Qo‘l-oyoqlarida yoqimli madorsizlik his qildi. Nazarida qo‘l-oyoqlari hali uyqudi, faqat miyasi, tushunchalari uyg‘oq edi. Xuddi dunyoning shovqin-suronlari abas chekingandi. Faqat qulog‘ida ostida mudom bir g‘uvillash tovushi eshitilar va bu tovush o‘lim singari, dunyo singari, zulmat singari bir abadiylik bordek edi.
Issiqmidi, sovumidi, farqiga bormasdi. Yo Rabbiy, nima bo‘ldi o‘zi? Na kechani, na kunduzni bilolmaydi. Na bir ovoz eshita olasan, na joyingdan qimirlay olasan.
Qo‘li og‘riy boshladi. Ha, qo‘li tagida qolgan ekan. Ammo bu o‘ng qo‘limi, chapimi, bilolmadi. Dunyoning b qorong‘i burchagida o‘lchamlar ham, his-tuyg‘ular ham yo‘qolib ketgandek edi. Nima farqi bor? O‘ngmi-chapmi qo‘li og‘riyapti – vassalom! Qaniydi bu tarfga ag‘anay olsa. Og‘riqdan ham qutulardi.
Ohista boshini ko‘tarishga urindi. Ammo ixtiyorsiz yana boshini yerga qo‘ydi. Boshining ostida yostiq ham yo‘q edi. Allanechuk namxush narsa. Badanida o‘ralgan nimadir harakatlanishga qo‘ymasdi. Avval ana shu nasradan qutulishi kerak. Balki hamma qorong‘iliq shuning ichidadir? Balki undan xalos bo‘lsa, yorug‘liqqa chiqar?
Chanqaganini his etdi. Tashnalikdan tili tanglayiga yopishib qolgandi. Qaniydi bir qultumgina buloq suvi bo‘lsa, Negadir tashnalik ham yodidan ko‘tarildi.
Vaqt muncha imillamasa? O‘zni nimani kutyapti? Qo‘li bilan balaniga o‘ralgan yo‘rgakning bir tarafini kuch bilan tortdi. Yo‘rgak yirtilib qo‘lini chiqarib oldi. Keyin yon atrofini paypasladi. To‘rt tomoni devor. Keyin qo‘rqa-pisa yalang‘och badanini siypalab ko‘rdi va ilkis miyasiga urilgan fikrdan dahshatga tushdi: “Qabr!” Va shu zahoti oyoqlari bilan kafanni chuvalab tashladi.
G‘alati ovoxzda qitchqirdi. Faqat bu sas inson ovoziga o‘xshamasdi. Qichqirarkan, burniga chuchmal hid urildi. Burnidan qon tizillab otilardi. Negadir qon otilgani sayin yengillasha boshladi. Bu qanday yengillik bo‘ldi? Bu yerda o‘limdan boshqa yana nimani kutish mumkin?
Faqat uyquga ketgan o‘sha oqshom yodiga tushdi. O‘sha yotgani endi uyg‘ondi. Birozdan so‘ng xiyla tinchlandi. Burnidan otilgan qon bilan chanqoqlik ham chiqib ketgandi. Endi faqat o‘lish qoldi xolos. Uyqudagi o‘lim juda-juda oson. Biroq, ochiq ko‘z bilan o‘limni kutishdek dahshat bo‘masa kerak.
Tushida bir ko‘r ilon oyog‘idan chsaqqanini ko‘rgandi. Keyin shishib ketgan oyog‘idagi poyafzalini yecholmaganini esladi. Nazarida ilon zahari butun bandaniga yoyitlayotgandek bo‘ldi. Nafasi tiqilib borardi.
“Bu ilon nega mening tushimga kirdi? Hatto meni lahadda ham tinch yotgani qo‘yishmas ekan-da?».
Necha yilki, unga ilon tinchlik bermasdi. Qayerga borsa, ko‘z oldida turgandek bo‘lardi. Uyda ovqtalanib o‘tirganda ham, qaysi bir burchakda unga ilon ko‘zini luq qilib turgandek bo‘lardi. Kechalari qulog‘iga ilonning vishillashi kirar, nazarida ilon shift bilan tomning o‘rtasida pisib yotardi. Gohida shift qo‘porilib ilon ustiga tushib ketadigandek, badaniga chirmashib oladigandek seskanib ketardi. Gohida badanida ilonning sovuq terii sirg‘alayotgandek bo‘lar, shu sababli kup tunlarni uyqusizlikda kechirardi.
Hozir ham butun hush-fikri ilonda edi. U qabrda gunohkor bandalar ilon-chayonlarga yem bulishini eshgitgandi. Yo rabbiy gunohkor bandangga rahming kelsin! Oradan qancha vaqt o‘tganini ham bilolmadi. Bilki bir kun o‘tgandir, balki bir hafta, bir oy. Hozir kunning qaysi payti bo‘lsa? Kechamikin, kunduzmi? Uning nazarida bu dunyoda faqat zulmat bor, nur, yorug‘lik hech qachon bo‘lmagandek edi.
Qiziq, odamzot ochilik va tashnalaikka qancha vaqt bardosh bera olarkin? Bir haftami, bir oymi? Keyin-chi? Yana qichqirishga tushdi. Ammo ovozi bo‘g‘zidan tashqari chiqmasdi go‘yo. Qichiqiribyu sal taskin topgandek bo‘ldi. Qaniydi hech bo‘lmasa uxlay olsa. Loaqal tushlarida yorug‘likni ko‘rarmidi?
Yo‘q, tushida ham faqat qorong‘ilikni ko‘rdi. Samoga qora parda tutishgandi go‘yo. Uzoqlardan belkurakningmi, ketmonning quruq yerga urilgan ovozlari eshitildi. Tush bilan o‘ngni farqlolmay qolgandi. Nazarida ketmon ovozi yaqinroqdan eshitildi. Balki shu tomonlardan qabr qazishayotgandir?
Demak, hozir kunduz vaqti ekan. har qalay, kun botgandan keyin o‘lik ko‘mishmaydi. Yana kimningdir kuni bitgan ko‘rinadi. Uning yangi qo‘shnisi kim ekan-a? Erkakmi ayolmi, yoshmi, qarimi?
Tovushlar to‘xtadi. Biroz o‘tib, o‘ta bo‘g‘iq sas yana qulog‘iga urildi. Bu tovush tobora unga yaqinlashib kelmoqda edi. Hatto odamlarning ham pichirlashlari eshitilgandek bo‘ldi. Nafasini ham yutib, quloq soldi. Ha, kimlardirshu yaqin orada nimalarnidir past ovozda muhokama qilardilar? Kim bo‘ldiykin? Munkar-Nakir bo‘lsa-ya? Yo‘, ular qabrni qazb o‘tirishmaydi. To‘g‘ri kirib kelaverishadi, deb eshitgandi. Yana kim bilsin.
Unda kim? Balki uning qabrini qazishayotgandir? Nima uchun? Birdan yana ovozlar tindi. Ichkriga sarin bir havo oqib kirdi. Ha, dun bilan, yorug‘lar bilan orasida juda oz masofa qolgandi. Musoffo havoni yutoqib simirdi. Ovozini chiqarishga qo‘rqdi. Tirildi deb o‘ylab, qaytadan urib o‘ldirishlaridan qo‘rqdi. Ketmon bilan peshonasiga bir urishsa bas. Mayitning ustiga tuproq to‘kilmasligi uchin qo‘yilgan katta taxtani chetga surishdi. Oy nuridan ko‘zlari qamashdi.
–Qo‘rqma, – yedi kimdir yo‘on ovozda. – kafanini yirt. Avval uzugini chiqarib ol. Chiqmasa barmog‘ini kesasan. Chap qo‘lining o‘rta barmog‘ida bo‘lishi kerak. Yuvishayotganda o‘zim ko‘rganman. Faqat tishlarin sug‘urib olish qiyinroq kechadi. Imillama, vaqt o‘tyapti.
-Oyoqlarim titrayapti, – dedi sherigi ingichka ovozda. – Qabrga tushsam, chiqolmaymanmi, deb qo‘rqaman.
-Bo‘lsang-chi, hali qancha yo‘l bosishimizni bilasanmi?
-Yaxshisi o‘zing tusha qol, – dedi ingichka ovozlisi. – shuncha ishni o‘zim qildim. Qolgani sening ishing.
-E, erkak, – do‘rilladi sherigi. – O‘likning nimasidan qo‘rqasan? Bir haftalik o‘lik tirilib seni yermidi?
“Demak o‘lganimga bir hafta bo‘pti. Nega shu paytgacha sezmadim? Balki yer ostida vaqt charxpalagi boshqacha aylanarmikin? O‘zitngga shukur!” deb o‘yladi Alish ovozlaridan kimligini taniyolmagan ikki shrikning gaplariga quloq osarkan.
-O‘zi sening gapingga kirmasa bo‘larkan. So‘z berganim uchun shu yergacha keldim, endi qo‘lingdan kelsa o‘zing tush, – dedi chiyildoq.
– Tfu, ja odamini opkelbman-ku, he o‘sha…- do‘rildoq so‘kinib yuborishdan o‘zini arang tiyib, yana davom etdi. – Yaxshi, unda kel, mayitni qabrdan opchiqamiz, ishimizni tashqarida bitiramiz.
Chiyildoq endi lahad og‘ziga yaqinlashgan onda ichkaridan vahimali bir ovoz keldi:
-Ey, Allohning bandalari!
Ovozi tashqariga chiqdimi-yo‘qmi aniq bilmagani uchun majolsiz vujudini arang ko‘tarib, lahad devorlariga kaftini tiragancha, yana bir marta ovoz berdi:
-Ey Allohning bandalani, menga yordam beringlar!
Oy shu’lasida sharpalar u tarafga o‘girildi. Ularning ro‘pasida qabr ichidan chiqqan yalang‘och arvoh qotib turardi. Oppoq sochlari yuz-ko‘zlarini berkitgandi. Avval sassiz orqaga tisarildilar, keyin ketmon va belkurakni chetga tashlab, dod solgancha duch kelgan tarafga qarab qochdilar.
U lahaddan chiqib, tuproq uyumi ustida o‘tirdi. Allaqachon qabr toshi qo‘yishga ham ulgurishibdi. Ana uniyam bir chetga irg‘itishgan kshrinadi. Oy nurida tug‘ilgan va o‘lgan sanalarini o‘qidi. Roppa-rosa qirq yetti yil.
Pastga tushib kafanni olarkan, bir hafta yotgan qorong‘i makoniga ko‘z tashladi. Lahad shu darajada qo‘rqqulik ediki, qarab etlari jimirlab ketdi. Muvozanatini yo‘qotmaslik uchun arang o‘zini tutdi.
Bu zimistonda bir hafta qanday yotdi ekan-a? Yuragi yorilib o‘lmaganini qarang! Qabrning qop-qora og‘ziga tikilarkan o‘zining sabr-toqatiga, irodasiga qoyil qoldi. Keyin kafanga ilashgan tuproqlarni qoqib, qo‘ltig‘iga qistirdi va tashqariga chiqdi. Necha kundirki, kafanga o‘ralib yotgan yeri – lahad vahimasi sababmi, unga hatto iliq yoz kechalari ham qahratondek tuyulib, eti junjikdi. Kafanni yelkasiga tashlab, o‘ralib oldi.
Xuddi hammasi tushga o‘xshardi. Qabristonda g‘ayrioddiy sokindik hukmron edi. Boya qishloq tomonga qarab qichqirgancha yugurib ketgan ikki kimsaning ovozi hamon quloqlari ostidan ketmagandi. Olisdan ahyon-ahyonda itlarning hurishi eshitilib qolardi.
Qabr toshlari oy nurida ham allanechuk sovuq va so‘lg‘in ko‘rinar, boshqa vaqt bo‘lganida yarim kechasi qabristonning yonidan ham o‘tolmagan bo‘lardi. Endi esa o‘z qabrining tepasida o‘tirgancha, nima qilishni o‘ylardi. Bilardiki, yana qachondir albatta shu tuproq qo‘yniga kirishi bor.
Yoshligida bir lo‘li qiz uning kaftlariga qarab fol ocharkan, ikki marta o‘lishini bashorat qilgandi. O‘sha paytda lo‘li qizning bu gaplaridan kulib qo‘ya qolgandi. Hozir esa o‘sha qizning katta-katta qora ko‘zlarini aniq ko‘rib turibdi.
“Hozir uydagilar nima qilishayotgan ekan-a? Boyagi kimsalarning gapiga qaraganda o‘lganiga yetti kun bo‘pti. Demak ertaga yettisini berishadi. Hozir hovlisida taraddud ko‘rishayotgan bo‘lsa kerak. Xotinini yaxshi biladi, bugungi ishni ertaga qo‘ymaydigan ayol. Odamlar nima desa desin baribir o‘zi bilganini qiladi.
Ertaga hovlisi qo‘ni-qo‘shnilar bilan to‘lib ketsa kerak. Axir qirq yetti yosh nima degan gap? Hamma ayoliga bevaqt tul qolgani uchun tasalli berishayotgandir? Bolalar-chi? Otasining o‘limiga haliyam ko‘nikolmay yotishgandir? Ayniqsa kichkinasi… Kechqurunlari ishan kelgan paytida kenjatoyi shunchalik xursand bo‘lib ketardiki? Balki onasi undan dadasining o‘lganini yashirib yurgandir? Kechqurunlari qizchasi injiqlik qila boshlasa, ayoli qanday ahvolga tusharkin? Endi nima qiladi? Hozir borib eshigini qoqsa, uning tirilib kelganiga ishonisharmikin? Yarim kechaasi shuncha tuproqning tagidan qanday tirik chiqding deyishmaydimi? Lekin agar hozir uyga ketmasa, kunduz kuni yalang‘och holicha uyga qanday kirib boradi?
Qarama-qarshi o‘ylar izdihomida qolgandi. Hozir xuddi uzoqdan safardan qaytganga o‘xshab uyiga kirib ketaveradi-da! Bolalar otaning kelganini bilib o‘rinlaridan turib olishadi, sevinchdan hamma o‘zini yo‘qotib qo‘ysa kerak!
Oy ilkis bulutlar orasiga kirdi. Qabristonga quyuq zulmat cho‘kdi. Bir zumda butun borliq ana shu zulmatga g‘arq bo‘ldi. U qabrdan o‘tkazgan dahshatli damlarini bir kez ko‘z oldiga keltirib, yana seskandi. Oy yana bulutlar orasidan chiqqach hushini to‘pladi.
Kafanning bir uchini yelkasiga otdi, boshqa uchini beliga o‘radi. Oy nurida vahimali qorayib turgan bo‘sh qabrga yana karra qarab, qishloq tarafga yo‘l oldi.
Qabristonning haryog‘ini kovlab tashlashibdi. Qabr o‘ornida chop-qora chuqurlar ko‘zga tashlanardi. Har qancha o‘ylasa-dla, nima uchun qabrlarni kovlab suyaklarni chiqarib olishganini tushuna olmadishu chuqurlarga tushib ketmaslik uchun ohista odimlardi.
Qishloqqa olib boruchi so‘qmoq oppoq oqarib ko‘rinardi. Bir hafta oldin u odamlarning yelkasida. Tobutda xuddi shu so‘qmoqdan kelgandi. Lekin u paytda hushi o‘zida emasdi.
Mana qishloq chiroqlari ko‘rina boshladi. Boya dod solib qishloq tarafga yugurgan ikki noma’lum kimsaning shovqinidan uyg‘ongan itlarning tovushi ham ham tinmagandi. Ana shu itlar ovozi unga dalda berib turardi. Mana u qishloq boshidagi uchga ayrilgan yo‘l boshida to‘xtadi. Bu yo‘llarning ikkitasi qishloq ichiga olib kiradi. Uchinchisi esa, daryo sohili bo‘ylab o‘zining uyi tomon boradi.
Yozda daryoning suvi ancha kamayardi. Hozir suv yo‘q hisobi. Ammo qurbaqalarning ovozi kelib turibdi. Ayni tobda ularning bu sayrog‘i uning qalbidagi eng inja hislarni uyg‘otayotgndek edi. Mana, olisdan uyining tomi ko‘rinib turibdi. Daraxtlar orasidan sizib kelayotgan shu’ladan bildiki, ayvonning chirog‘ini yoqib qo‘yishibdi. Xotini go‘yo uning kelishini avvaldan bilgandek edi.
Mana, sekin-asta uyiga yaqinlashyapti. Biroz yurgach, uyining darvozasi ko‘rinadi. Yurgani sari oyoqlari titray boshladi. Ich-ichini allaqanday noma’lum yangi hislar bosib kelardi. Nihoyat darvoza oldida oyoq ildi. Chetdan qaraganda ko‘chada, darvoza taxtalari orasidan hovlimining ko‘rinib turgan qismida biror o‘zgarish sezilmasdi. Xuddiki, bu uyda bu hovlida hech kim o‘lmagan, motam nafasi ham sezilmasdi. Hamma narsa ilgari qanday turgan bo‘lsa, hozir ham o‘rnidan qo‘zg‘atilmagandi.
Darvoza tavaqasini asta itardi. Ochilmadi. Chamasi orqadan yog‘och tirab qo‘yishgan shekilli. Davrozaning ichki tarafida zulfini yo‘qligi bois, xotini har doim darvozani shu taxlit bekitar,, tavaqaning bir chetida sezilar-sezilmas tuynuk bo‘lib, o‘sha yerdan qo‘shl tiqib tirgakni surishning imkoni bor edi.
Hovlida shu qadar sokinlik hukmron ediki, hatto yurak urishi ham eshitilib turardi. Uy derazalaridan ham qorong‘ilik to‘kilardi. Shovqin solmaslik uchun oyoq uchida odimladi. Nazarida oradana bir haftamas, uzun yillar o‘tgandek edi.
Nega buncha ohista qadam bosmasa? Nimadan cho‘chiydi? Bu uy, bu hovlini o‘z qo‘li bilan tiklamaganmidi? Unda nega xuddi birovning uyiga o‘g‘irlikka tushgandek his etyapti o‘zini?
Oyoq uchida yotoqxonaning derazasiga yaqinlashdi. Boshini derazaning temir romiga suyab, ichkariga boqdi. Ichkari zulmatga cho‘mgani uchun, derazaga suyab qo‘yilgan ko‘zgudan boshqa narsani ko‘rib bo‘lmasdi. Har qancha urinmasin, boshqa hech narsani ajrata olmadi.
Oy nurida soyasi uyning devoriga tushib, ko‘lankaning harakat asnosida uzayib-qisqarishi allanechuk vahima uyg‘otardi. Bir muddat uyning yorug‘ tegmagan qismida turib, kutdi. Nimani kutayotgani o‘ziga ham qorong‘u edi. Nazarida hozir yotoq eshigi ochilib, xotini chiqib keladigandek, uni imo bilan ichkariga chorlaydigandek edi. Lekin vaqt o‘tsa-da eshik ochilmas, kutishga sabri yetmasdi.
Yana derazaga yaqinlashdi. Temir romlar orasida ichkariga ko‘zlarini qisib qaradi. Baribir hech narsani ko‘ra olmadi. Chaqirish kerak. Uydagilarni boshqachasiga uyg‘otib bo‘lmaydi. Lekin qanday chaqiradi? Bu yerdan turib chaqirsa, uyqusirab uning soyasini ko‘rgan odamning yuragi yoriladi.
Deraza tagidan uzoqlashib, hovli o‘rtasidagi tut daraxti panasiga o‘tdi. Xotinini shu yerdan turib chaqirgani ma’qul. Chunki, xotini ovozini eshitib, ayvonga chiqishi bilan uni ko‘ra oladi. Avval kim chaqirganini bilib olish uchun har tomonga ser soladi. U esa, shu yerda – tut tagida turib, xotiniga bo‘lgan voqeani anglatishi lozim. Xotinin ishontira olarmikin? Axir hammasi oydin-ku? Shunchaki, zotiljamdan hushini yo‘qotgan, uni o‘ldi deb o‘ylab ko‘mib kelishgan. Yaratganinng xohish-irodasi bilan u lahaddan chiqa oldi va to‘g‘ri uyiga keldi. Yo‘q, xotini bu gaplarga ishonishi qiyin. Xotini ishona bo‘ldi, Bolalarini ishontirish shartmas.
Butun kuchini to‘plab, o‘zini qo‘lga oldi va xotinini chaqirdi:
-Qamar!
Biroq, nazarida ovozi chiqmadi. Ovozini o‘zidan boshqa birov eshitmadi. Shunday bo‘lsa-da, biroz kutdi va yana ovoz berdi:
-Qamar!
Shunday deya, nafasini yutib, eshik ochilishini kutdi. Baribir ichkaridan ovoz kelmadi. “Balki uyda hech kim yo‘qdir, – o‘yladi u. – uning o‘limidn keyin Qamar bolalarni olib, onasinikiga ketib qoldimikin?Nega buncha oyoqlari qaltiramasa? Balki ayvonga chiqib, uy eshigining ochiq yo yopiqligini tekshirib ko‘rishi kerakdir? Biroq, bormadi. U uchinchi marta ovozini chiqarib, chaqirdi:
-Qamar!
O‘z ovozidan o‘zi seskandi. Yana ikki uch chaqirgach, eshik g‘ijirlab ochildi. Qamar tungi libosda sochlarini yoygancha, ayvonga chiqdi. Ayvonning labiga kelib, hovli tomonga qarab qichqirdi:
-Kim bu? – deya titroq ovozda so‘radi.
U o‘zi suyanib turgan tut yog‘ochidan xiyol ilgarilab:
-Qamar, bu menman! – dedi.
Qamar ovoznig darvozaxona emas, hovlining o‘rtasidan kelayotgani uchunmi, sapchib tushib, o‘zini orqaroqqa oldi. Unga juda tanish bu ovozning egasini tanib olish uchun xiyol o‘yga toldi.
Tut panasidan bir sharpa ajralib chiqib unga yaqinlashdi:
-Menman, Qamar, – ded sharpa. – Alishman, tanimadingmi? Tirilib keldim.
Qamar oy yog‘dksida oppoq kafangan o‘ranib olgan, boshidan oyog‘igacha oppoq tuk qoplagan, o‘zini “sening eringman” deb atayotgan g‘alati maxluqni ko‘rishi bilan antiqa ovozda qichqirib yubordi. Uyiga qochib kirmoqchi bo‘ldi. Ammo, oyolari bir-biriga chalishib, yerga yiqildi. Qamarning chinqirig‘i tun zulmatini yorib uzoqlarga ketdi.
Alish ayvonga chiqb, xotinining qo‘lidan tutgisi, uyga opkirib, bolalirini uyg‘otgisi keldi. Uni tinchlantirib, hammasini yotig‘i bilan tushuntirmoqchi bo‘ldi. Biroq, zinapoyaning yarmigacha chiqqan chog‘ida yana eshik ochlib, ichkaridan ich-kiyimdagi bir barzangi erkak chiqib keldi. Ayvonning yoruhida uning yuzlarini aniq-tiniq ko‘rdi. Axir bu erkak… yon qo‘shnisi Masi tog‘aning o‘g‘li-ku? Yo alhazar, qo‘shni erkak yarim tunda uning uyida nima qilib yuribdi? Nahotki!!!
Masining o‘g‘li ham turgan yeridan qotib qoldi, lekin ayol kabi hushini yo‘qotib yiqilib tushmadi. Aksincha, joy vahmida o‘zini ichkariga – yotoqqa urdi.
Qamar hamon ayvonning bir chetida yotardi. U esa, hamon zinapoyada qotib turardi. Hoziroq yerda yerdan yotgan xotinini turg‘azib uyga oilb kirishni ham, hali yettisi o‘tma turib, uning uyiga suqilb kirgan, xotini bilan ishrat qilib yotgan anavi haromi Masining o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirishni ham, qanday kelgan bo‘lsa, shu taxlit chiqib ketishni ham bilmasdi. Chunki, u bunday natijani aslo kutmagandi.
Uy eshigi yana ochildi. Masining o‘g‘li uydan qo‘shotar miltiqni ko‘tarib chiqqandi. Miyasiga qon tepdi. Agar sal hayallasa kallasidan darcha ochilishini bilib, darvoza tarafga otildi. Ostidan chiqayotganda o‘q ovozi varangladi. Chap qo‘lida allanechuk haroratni his etdi.
Qabristongacha to‘xtamay yugurdi. Har har zamonda ortiga qarab qo‘yardi. Biroq, qorong‘ida hech kimni ko‘rmadi. Qabriston har doimgidek qorong‘i va sokin edi. Chap qo‘lini o‘ngi bilan paypaslab ko‘rdi. Qonga jiqqa ivibdi. Boyagi o‘q tirsagidan sal yuqorirog‘ini yalab o‘tibdi. Biroq, negadir qo‘lida og‘riq his etmadi. Bir kechada, qisqa vaqt ichda yuz bergan bu dahshatli va kutilmagan hodisalardan o‘zini tamomila yo‘qotgan, hislari, tushunchalari karaxtlashib qolgandi.
Qabr tuprog‘i ustida o‘tirib, bir necha soat unga vahimali bo‘lib ko‘ringan chuqurga boqdi. Endi lahadd uning ko‘ziga oddiy bir o‘ra bo‘lib ko‘rindi.
“Umr, hayot shunchalik bema’ni bo‘ladimi? Inson nega bu dunyoga keladi? Nima uchun yashaydi? Dunyodan nima olib ketadi? Qismat, peshona, taqdir degani nima o‘zi? Nega inson hamisha ularning izmida yashaydi?».
Tong yorishib borardi. Sharq tomon qizarib kelardi. U tuproq ostida yorug‘likni ozmuncha intiqlik bilan kutdimi? Endi esa, u yorug‘likdan bezgan, 47 yillik umri davomida ilk bor zulmatga talpinmoqda edi. O‘zi o‘tirgan joydagi qabr tuprog‘idan bir hovuchini qo‘liga oldi. Agar uni qazib olishmasa, to qiyomatgacha shu tuproq ostida yotgan bo‘lardi. Yaratganning irodasi bilan tuproq ostidan eson-omon chiqib, taqdirning mana bu ayanchli zarbasiga duch kelib o‘tiribdi. O‘ziga o‘zi achinib ketdi.
Kunchiqardagi qontalash ufqqa termildi. Biroqzdan so‘ng hammayoq oydinlashadi. U endi nima qiladi? Qanday yashaydi? Kim uchun yashaydi? Uning oddiy tasodif sabab tasodifan tirik qolganiga, o‘lib tirilmaganiga odamlar ishonisharmikin? Ishonishsa ham, bundan buyog‘iga hayotning m’nisi qoldimi o‘zi? Axir u endi o‘z uyiga, oilasiga qanday qaytadi?
Kun yorishgani sari sabri tugab borardi. Nima qilishni bilmasdi. Yana qorayib turgan lahadga termildi. Nazarida bu dunyoi dunda faqat va mana shu qabrtoshlari va mana shu bo‘sh qabrdan bo‘lak hech narsa qolmagandi.

***

Bu hodisalarni qayta-qayta ko‘z o‘ngidan o‘tkazsa-da, Alish bularning bari o‘z hayotida yuz berganini tasavvurig sig‘dirolmasdi.
Birdaniga ketmon-belkurak ovozlari tindi. Boshini ko‘tarib qaradi. Odamlar halima xolaning tomoshasiga to‘planishibdi. Paxmoq sochlari yelkalariga to‘kilgan Halima kampir etagida ancha-muncha toshlarni solgancha, qaboiston bo‘ylab oyoqyalang gir aylanardi. Boyadan beri qaytadan qazilib ko‘chirilgan qabrlar orasidan o‘g‘lining yangi ochilgan lahadini izlardi u.
Bolalari yig‘lamsirab uning orqaisdan ergashishsa-da, kampir hech kimni yoniga yaqinlashtirmasdi.
Nihoyat u o‘g‘lining ochilgan qabrini topdi. Qazib chiqarilgan yumshoq tuproq ustida o‘tirarkan, quchog‘idagi toshlarni tizzasi ustiga qo‘yib, erkalata boshladi. Halim xola qo‘shiq kuylar, raqs tushar, qah-qah otib kulardi, toshlarni silab-siypalab, o‘ziga-o‘zi gapirar, toshlar bilan suhbatlashardi:
–O‘g‘lim, seni ozmuncha kutmadimmi? Kelishingni, onaizoringni buncha intizor qilmasligingni bilardim, seni ozmuncha kutdimmi? Shukur, kelding, endi tinchgina oyoq uzatib o‘lsam kerak.
Kampirning etagidagi toshlar o‘g‘li Avazning qabridan chiqqandi. Avazning qanday o‘lgani hozirgacha ma’lum emasdi. O‘g‘li harbiy xizmatga ketgandi. Kutilmaganda uning vafot etgani haqida xabar yuborishdi. Oradan bir hafta o‘tib, ikki askar o‘g‘lining jasadini temir qutida olib keldi. Dafn paytida qutining og‘zini ochishga ijozat berishmadi. Tuman harbiy komissariati xodimlari ko‘rsatmasi bilan tobut shu holicha tuproqqa qo‘yildi.
O‘sha onda Halima xola ozmuncha dod-faryod solmadimi? Temir qutini barmoqlari bilan timdalab tashladi, xuddi paloponidan ayrilgan qushdek tobut atrofida charx urib aylandi. Ammo o‘shanda baribir uning ohu nolalariga hech kim quloq osmadi.
Qabrlar ko‘chiriladigan payt kelgach, tobutni sindiib ochishdi. Ammo uning ichidan jasad qoldiqlari emas, bir etak tosh chiqqanini ko‘rgan kampir esidan og‘ib qolgandi. Bolalari har qancha urinsalar-da bu musibatni onadan sir tuta olmadilar. Allaqaysi sirli kuch kampirni qabristonga yetaklab kelgandi. Endi hamma bir uyum toshni qaysi nom bilan yangi qabrga dafn etish haqida bosh qotirmoqda edi. Qabrning o‘rnini yo‘qotish undan ham og‘ir edi.
–Iloyim biz shu holga solganlarning uyi kuysin, – ukasining o‘limidan keyin egnidan motam libosini yechmagan Sona qo‘llarini ko‘kka ko‘tarib, kimnidir qarg‘ardi.
Farzandlar uvvalo urinishmasin kampirning etagidagi toshlarni tortib olisholmadi.
-Tegmanglar mening o‘g‘limga, – derdi kampir etagini hammdan qizg‘anib. – Nima sizlar o‘g‘il tug‘ib qo‘yganmidilaring? Qani o‘g‘limga qo‘l tekkizib ko‘ringlar-chi, nima qilarkanman?
Ukasining vafotidan ikki yil o‘tib erga tekkan Sona shu motam libosida kuyovning uyiga kirib borgandi. Ayni damgacha bu qora libosni yechishni ukasining xotirasiga nisbatan xiyonat deb bilardi.
Sho‘rlik Sonaning ham hushi boshdan uchgandi. Uning nazarida kimdir afsunlab ukasining jasadini toshga aylantirib qo‘ygandi. U onasining etagidagi qora-qura toshlarga nechukdir qo‘rquv bilan tikilib turardi.
…U hamon tosh ustida o‘tirgancha odamlarin kuzatardi. Odamlar orasida ust-boshi chang-tuproqqa belangan er-xotin Yo‘lchi bilan Pari ertalabdan beri u yoqdan bu yoqqa yugurishardi. Ular qabristonni elak-valak qilib tashlashdi. Nihoyat charchab, odamlardan chetga chiqishdi. Keyin yana er-xotin oldinma-keyin belkurakni yelkalagancha, qabrlar orasini kezishga tushishdi.
So‘ng u o‘tirgan tosh yonida to‘xtadilar. Kiyim-boshlari ham bir ahvolda edi.
Yo‘lchi bilan Parining bolasi endigina tug‘ilgan va tug‘ruqxonadan ruxsat tekkanidan so‘ng oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas nobud bo‘lgandi. Bola bo‘g‘ilib o‘lganmi, onasining tagida qolganmi, ma’lum emasdi. Faqat qo‘shnilar bolaning o‘lgani haqida ikki kun o‘tib xabar topishdi. Ota-onasi bola uchun beriladigan yuz manat suyunchi pulini qo‘ldan chiqarmaslik uchun uning o‘limini hammadan, hatto qo‘shnilardan ham yashirishgandi.
Bolani yuvib-tarab yarim kechasi qabristonga olib kelishdi. Qorong‘ida, kimsasiz qabristonda er-xotin ketmon bilan go‘r kovlashdi. Jami bu dunyoda yetti kungna yashagan chaqaloqni tuproqqa topshirib, saharga yaqin ortga qaytishdi. Keyin bolalarga chaqaloqning o‘lgani haqida hech kimga og‘iz ochmaslikni uqtirishdi. Er shu kuni borib, chaqaloq uchun beriladigan yuz manat pudlni olib keldi.
Odamlar faqat shundan keyingina chaqaloqning o‘lganidan xabar topishdi. O‘sha kundan beri xotini yotolmay chiqardi. Hr qancha urinmasin ko‘zlariga uyqu inmasdi. Eri olib bormagan hakim, ko‘rsatmagan tabib qolmadi. Ammo ayolni bezovta qilgan uyqusizlik yo‘qolmadi.
Yarim kechasi xotin o‘rnidan turib olar, eriga ham uyqu yo‘q edi. Xotini bu baloga duchor bo‘lganidan beri uning ham uyqusi harom bo‘lgandi.
– Yotib, ko‘zingni yum, yuzgacha sana, – derdi er.
Xotin eri aytgandek yotib, ko‘zlarini yumar, sanashga tushardi:
-Bir, ikki… o‘n besh, o‘n olti… yuz, yuz bir, yuz ikki…
Baribir uxlolmadi. Bola ko‘milgan kecha, o‘sha kechaning vahimasi butun vujudini qamrab olgandi. Uvvalo urinmasin bu qo‘rquv, vahima uni tark etmasdi.
– Bolani urf-odatlarimizga binoan dafn qilishga nega qo‘ymadingiz? Harom bizga yuqmaydi, demaganmidim? – chiqrqirardi ayoli.
– Ishing bo‘lmasin, o‘zim bir amallayman.
–Ochimizdan o‘lmasdik. Yaxshimi-yomonmi, yashab kelayotgandik.
–Bo‘ldi, ko‘zingni yum, uxla!
– Uxlayolsam qaniydi? O‘n kundan beri mijja qoqmadim.
– Ertalab seni Mudlla Muhammadga olib boraman, dam qolib qo‘yadi.
– Yo‘lchi, Xudo xayringizni bersin, o‘sha savil yuz manatni uydan opchiqib tashlang. Hammasiga shum nafsimiz sababchi.
Shu tariqa ayol tunlarini bedor o‘tkazardi. Ertalab uni hamisha o‘z yotog‘ida o‘tirgan holda topishardi.
– Kechasi tashqariga chiqishga qo‘rqaman, – derdi ayol. – Qayoqqa qarasam, bolamning ko‘zlariniko‘rgandek bo‘laveraman
Qabriston ustidan o‘l qurish haqidagi qaror ham ayolning nazdida eri bilan yo‘l qo‘ygan gunohining samarasi edi.
– Sizga o‘sha payt “shu yuz manat pulni yo‘qoitng” demaganmidim?
Yo‘lchining ham ust-boshiga qarab bo‘lmasdi. Uning qulog‘iga xotinining diydiyosi kirmasdi. U o‘z o‘y-xayollari bilan band edi. Chaqaloqni qayerga ko‘mishgan edi-ya? Axir o‘sha oqshom qabriston eshigidan kirib, qaysi tarafga yurganlari, qaysi qabrlarning yonidn o‘tganlari esida-ku? Keyin eski qabrlar orasidagi bo‘sh yerni xas-xashakdan tozalab, ketmon bilan kichkina qabr qazishdi. Qabrning o‘rni bilinsin deb, ustiga kichikroq tosh ham qzo‘yib ketishgandi. Endi esa, o‘sha mo‘jazgina qabr yo‘q.
Qabristonning ko‘chirilishi haqida eshitishgach, er-xotinning tinchi yo‘qoldi. O‘sha kuni azonda turib qabristonga kelishdi. Bir oy ilgari dafn etilgan go‘dakning qabri yo‘qqa chiqqandi. Qabristonning boshidan oxirigacha qayta-qayta kezib chiqishdi. Ammo, qabrni topa olishmadi.
Uydan chiqib o‘sha kechasi chaqaloqni dafn qilishg olib ketilgan yo‘lgan borishdi, shu yo‘ldan qaytishdi. Hatto xotini bir gal yarim kechasi Yo‘lchini uyg‘otib, qabristonga olib keldi. Balki qabrni yarim tunda topa olishar? Ammo, urinishlari besamar ketdi.
Ayoli Yo‘lchining ust-boshiga, quyoshdan qoraygan yuzlarig boqib, rahmi keldi. Yuz-ko‘zidagi ifodadan qilgan ishlari uchun pushaymonlik ifodasini tuydi. Yo‘lchi ham xotini to jigargo‘shasining qabrini topmaguncha o‘ziga kelmasligini tushunib turardi.
Yo‘lchi horg‘inlik bilan toshning ustiga cho‘kdi. Xotini ham Yo‘lchidan uzoqlashib, odamlarga qo‘shildi. Kun peshindan og‘gan, Yo‘lchi bugun ham bolasining qabri topilmasligiga amin edi.
Yana ayoli bilan yuzma-yuz keldi. Yo‘lchining ichi g‘am-hasratga to‘lib turgan bo‘lsa-da, og‘iz ochishga majoli yo‘q edi. Oradan qancha vaqt o‘tganini ikkisi ham bilmasdi.
– Nega o‘tiribsiz? Ko‘rmayapsizmi, kech tushyapti. Shuncha dam olganingiz yetar. – Xotini shunday deya qo‘lini soyabon qilib, atrofga nazar soldi. Yo‘lchi esa, bir tuki qilt etmasdan o‘tirardi.
– Sizga aytyapman. Qorong‘i tushyapti, dedim.
– Kel, o‘tir, bir pas damingni ol. Hammasi qurib ketmaydimi?
– Esingiz joyidami? Bolamning qabri topilmasa, jinni bo‘laman-ku? – xotini negadir ikki qo‘lin osmonga uzatdi.
– Kap-katta xotinsan, esingni yig‘. Bir haftalik go‘dakni deb ich-etingni yema. Shundan boshqa dard-kulfatimiz ham yetarli-ku? O‘zingga rahming kelmasa, bolalaringga rahming kelsin.
– Bolamni qabri topilmasa, tinchimayman. Nega tushunmaysiz?
– Xudo xayringni bersin, Bir haftadan beri ish-kuchimni tashlab, sening ketingdan yuribman. Kechalari ham tushimga shu qabrlar kirib chiqyapti. Bu faqat bizning boshimizga tushgan savdo emas-ku? Ko‘pga kelgan to‘y.
-Hovlimizning bir chetiga qo‘yaylik desam, ko‘nmadingiz, – yig‘lamsiradi xotini. – Qabristonga opkeldingiz. Qani, toping-chi qabrini?
– Onasi, bir haftalik go‘dakni qabri deb muncha o‘zingni ham, meni ham qon qilmasang?
-Menga o‘xshab to‘qqiz oy qorningizda ko‘tarib yurmagansiz-da! U mening vujudimda men bilan birga yashadi, nafas oldi, tushunyapsizmi?
Yo‘lchi nima javob berishni bilolmay qoldi. Bolani yarim kechasi qabristonga ko‘mib ketishganidan beri xotirasidagi hamma narsa bir-biriga qorishib ketgandi. Butun borlig‘ini egallagan bu qorishiqlikdan qanday xalos bo‘lishni bilmasdi.
Daf’atan issiq shamol esib, bir zumda qabristonni oq tuman egalladi. Chang-to‘zon osmonu falakka o‘rladi. Ayol qabriston uzra ko‘tarilgan oppoq chang pardasidan ko‘zini uzmasdi:
– Ko‘nglim sezyapti, bolaning qabri tuproq ostida qolib ketgan. Qarang, shuncha qabrlarni tit-pitini chiqarishibdi. Biz qo‘ygan yodgorlik toshi ham ularning tuprog‘i tagida qolib ketgandir-da?
Yo‘lchi indamadi, Chunki uning tanida mador qolmagandi. Hozir boshqa qabrlarning tuprog‘i ostini birma-bir kovlab chiqishga uning tobu toqati qolmagandi.
– Yo‘lchi, turing, hozir yuragim portlab ketadi. Hech bo‘lmasa o‘sha yerlarni yana bir qidiraylik. Kechvasi qaysi tarafdan kirganimiz esingizdami?
…Buldozerchi turib qabristonning ichkarisi tomon yurdi. Yo‘l-yo‘lakay o‘ylab borardi: Nega dunyo bunday yaralgan? Birovning dardi bian boshqaning ishi yo‘q. Birov boshdan-oyoq isnodga qolgan bo‘lsa, boshqa birov sha’nining ozgina toptalishiga ham toqat qilolmaydi. Mana bu qabrlar-chi? Ular ham bir-biriga umuman o‘xshamaydi.
– O‘g‘lim, manavi toshning bir uchidan ko‘tarib yubor, – bo‘sh qabr tepasida turgan chol unga yuzlandi. U toshning bir uchini ko‘tardi. Ancha yurishdi. Yo‘l bo‘yi cholning oyoqlari bir-biriga chalkashib bordi. Nihoyat to‘xtashdi. Toshni asta yerga qo‘yishdi.
–Shoshilmang, amaki, – dedi u.
– Qo‘rqyapman, qosh qorayganidan keyin kech bo‘ladi, bolam. Men boshqa qabrtoshini qayerdan yasattiraman? Shu toshga o‘rganib qolganman. Qo‘llarim bilan paypaslasam, xuddi jigarbandimning kuragini silagandek bo‘laman. Bu qabrtoshini bolamning yangi qabriga oborib o‘rnatmasam, ko‘nglim joyiga tushmaydi.
Cholning ovozi titrar, xuddi yig‘layotganga o‘xshardi. Tuk bosgan yuzlari ko‘z-yoshlaridan ivib yaltirardi.
–Bolam, – dedi chol, – qabristonni bemalol kezib yurishingga qaraganda, bu yerda hech kiming yo‘q shekilli?
-Hech kimim yo‘q, amaki, – dedi horg‘in tovushda.
-Unda baxtli ekansan. Bir qatorni boshqa yoqqa ko‘chirish qanchalik azobligini bilasanmi? Sen o‘zi kimlardansan?
-Aytlim-ku, hech kimim yo‘q, deb.
U shunday deya toshni bitta o‘zi ko‘tarib ketmoqchi bo‘ldi. Ammo, joyidan jildirolmadi.
-Bir o‘zing ko‘tarolmaysan, bolam, – dedi chol. – Bir tarafidan o‘zim ushlab boraman. Mening keksaligimga qarama. Axir o‘z bolam, har qancha og‘irligini ko‘tara olaman. Lekin bunga sening kuching yetmaydi. – shunday deya toshning bir tarafini ko‘tardi. Yonma-yon keta boshlashdi.
…Halima xola hamon qabristonni boshiga ko‘tarmoqda edi. Kampir og‘zini to‘ldirib qarg‘ish yog‘dirardi. Bolalari uning ortidan ergashgancha tinchlantirishga, uyga olib ketishga urinishardi. Ammo, kampir yoniga birovni yaqinlashtirmasdi.
–Bu bechorani ham jinni qilishdi, – dedi chol toshni tirtrab-qaqshab ko‘tarib borarkan. Ular yana biroz yurib, to‘xtashdi. Toshni yana yerga qo‘yishdi.
– Ha, o‘g‘lim, – dedi chol xo‘rsinarkan. – O‘z bolamning suyaklarini xaltaga borma-bir to‘plab soldim. Bitta xalta suyak bilan to‘ldi. Suyakdarni tuproq orasidan ajratib olarkanman, farzandimning bolaligi ko‘z oldimga keldi. Go‘dak paytida mayin, jingalak sochlarini silab “bolam, katta bo‘lsang kim bo‘lmoqchisan?” deb so‘rardim. U menga munchoqdek ko‘zchalarin tikib, “men katta bo‘lsam, darvesh bo‘laman” derdi. Hayron qolardim. “Bolam, yer yuzida boshqa ish qurib ketibdim, nega sen darviyesh bo‘larkansan?” deb so‘rardim. “Men darvesh bo‘lib, butun yer yuzini qarichma-qarich piyoda kezib chiqmoqchiman” derdi. “Nega sen aynan darvesh bo‘lishni istab qolding?” deb so‘raganimda, “katta bo‘lay, o‘shanda bilasiz” derdi. Har qancha urinsam ham undan boshqa gap sug‘urib ololmasdim. Bolaligida darveshlarga o‘xshab kiyinardi, yurish-turishi, raftori, harkatlari bilan ularga taqlid qilardi. Bilmadim, u darvesh zotini qachon qayerda ko‘ra qoldi ekan? Keyin… Kutilmaganda oyoqlari shol bo‘lib yotoqqa mixlanib qoldi. Qayerlarga olib chopmadim, deysan? Foydasi bo‘lmadi. Ko‘zimning oldida so‘lib nobud bo‘ldi bolam. Endi shu suyaklarga qarab, o‘sha kunlarni eslayman. Odamzod nega buncha baxtsiz yaratilgan, nega hayot bu qadar ma’nosiz? Bolamning hamma suyaklarini yangi qabrga ko‘mdim, faqat qo‘l suyaklarini o‘zim bilan uyga olib ketdim. Shu ustuxonlarni oldimga qo‘yib yum-yum yig‘ladim. Bir payt bu suyaklar jonli ekanini, mehr bilan yuzlarimni silaganini eslasam, nafasim tutilib qolardi. Qarasam, bu qo‘llar menga tinchlik bermaydigan. Ularni opkelib, jasadning qolgan qimi yoniga dafn etdim.
Yangi qabristonga qanday yetib kelishganini ham bilmadi. Cholning suhbati shu qadar jozibali ediki, na toshning og‘irligi, na yo‘lning uzoqligini his etdi. Faqat toshni yerga qo‘yishganidan so‘ng qattiq charchaganini his etdi.
Yang qabristonda ham mozorlar ancha ko‘payibdi. ayrim qabrlar tartib bilan saf tortgan, boshqalri esa, shshilinchda qazib tashlangandi. Ayrim yerlar xilxona uchun sim bilan ajratib qo‘yilgandi.
–Umringdan baraka top, bolam, – dedi chol. – Og‘irimni yengil qilding.
U indamasdan ortig qaytdi.
…Eski qabristonda, ko‘chirilmagan bir qabr boshida u qandaydir ovozni eshitdi. Boshini ko‘tardi. Qabr ustidagi har yil qayta-qayta ko‘karib qurigan maysalardan bu yerga anchadan beri odam bolasining qo‘li tegmaganini sezish mumkin edi. Lekin shuni bilardiki, bu qabrning egasi – Jalol ota tuproqqa qo‘yilganidan keyingina unutilib ketgani yo‘q. U hali salomatligida, qo‘liga pul kelishi to‘xtagan, keksalik uni o‘lim to‘shagiga sudragan, oila a’zolari uchun daxmazaga aylangan kundanoq unutila boshlagandi.
Jalol ota bu yurtda g‘arib edi. Yoshligida dunyo kezgan, tog‘u toshni ham, dalayu dashtni ham, yo‘l-cho‘lni ham pisand qilmasdi. Nihoyat jahongashtalik joniga tekkach mana shu qishloqda muqim qolgandi. Shu yerda uy-joy qildi, ila qurdi. O‘g‘illarini uylantirib, qizlarini teng-to‘shlariga uzatdi. Shu tariqa mana shu qishloqning jamoatiga ham qo‘shilib qolgandi.
Ammo, umr o‘tgani sari, vatan, tuproq o‘ziga tortaverarkan, u baribir o‘zi tug‘ilib o‘sgan yerlarni qo‘msardi. G‘ariblik uni ich-ichidan yemirardi. Keyinig paytdarda u o‘z eli, Vatani, yaqinlaridan gapiradigan bo‘lgandi. Uning nazarida ota-bobolariunib o‘sgan tuproq bundan atigi to‘qson sakkiz kilometr narida emas, juda olislarda, inson qadami yetmaydigan joylarda qolib ketgandi.
Jalol ota to o‘lgunicha tog‘ tarafdan ko‘zlarini uzmadi. U mana shu tog‘ tepasidagi qorlarga qarab, qishning qanday kelishini qorning qancha yog‘ib, qachon to‘xtashini aytardi.
Gohida dardlarini yengillatish uchun dalalarda poda boqib yurgan payti yonida nayini olib, shunaqa mayin, hazin kuy chalardiki, eshitgan odamning yuraklari ezilib oqardi. Nazarida shu lahzada yer oyoqlari ostidan qochgandek bo‘lar, ko‘zlari esa olis tog‘larga qadalib qolardi.
Bir qish Jalol ota bor-budini yig‘ib, xotini va kenja qizini olib, o‘z vataniga yo‘l oldi. Sakson yoshida yeng shimarib, g‘isht quydi, loy qordi, uy qurdi. Ming mashaqqat bilan kolxozdan yer olib, bog‘ yaratdi. Shu ikki yil ichida o‘zida shunchalik katta joh-jalol yaratdiki, asti qo‘yaverasiz.
Lekin nima foyda? Shu ikki yilda xotini bilan qizi uni ko‘z ochirmadilar. Cholning topib kelganlarini oldiga pishirib qo‘yishmasdi. O‘zlari yashirincha ovqat qilib yeyishardi. Cholga ravo ko‘rganlari bir burda non va obi yovg‘on edi. Qishning qahratonida chol xastalanib qoldi. Sakson yoshida ilk bor shifoxonaga tushib qoldi.
Xotini erini shifoxonaga tashlab, o‘zi oldingi hovlisiga qaytdi. Chol shifoxonadan qaytib, yangi qurgan hovlisi huvillab yotganini ko‘rdi. Shundan so‘ng noiloj xotinining ortidan bordi. Shu tariqa, u o‘z tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ida yasholmasligini tushundi. Endi qarib-qartayib qolgandi. Kolxozning otarini endi boqolmasdi. Har qalay, shunday bo‘lsa-da, o‘zinig besh-o‘nta qo‘yini dala-qirda o‘tlatib yurdi.
Ertalab, kechqurun dasturxon boshida o‘tirib, shifoxonada kechgan kunlarini esladi.
– Ishlarimni bir yoqli qilib olay, kasalxonaga ketaman, qish kelishi bilan ketaman!
Uydagilar cholning kasalligi tufaylimas, balki kasalxonda kunda uch mahal beriladigan, ko‘pchilikning yegisi ham kelmaydigan issiq ovqati uchun ketmoqchiligini yaxshi bilishardi. Nihoyat qish ham keldi. Lekin chol baribir umid uzmasdi. U butun borliqni oq pardasiga o‘ragan qish ortidan bahor kelishiga ishonardi. Va albatta havolar isishi bilan kasalxonaga borishni diliga tukkandi.
O‘layotib, “meni ota-bobom tug‘ilgan tuproqqa qo‘yinglar” deb vasiyat qilgandi. Ammo farzandlari ota vasiyatiga amal qilishmadi. “Bu yer ham uning Vatani, umri shu yerda o‘tdi, shu odamlar bilan yelkama-elka yashadi, nima bo‘lganda ham uning yaxshi-yomon kuniga shu odamlar yaradi. Bolalari, nabiralari shu yerda bo‘la turib, cholni o‘z qishlog‘iga eltib ko‘msak, eshitgan bilganlar nima deydi?” – deyishdi. Qolaversa, odamzod o‘lganidan keiyin uni qayerga ko‘mishlarining nima ahamiyati bor?
«…Umrim g‘ariblikda o‘tdi. G‘arib tuproqda yuraverib, tovonlarim yorilib ketdi. Haliyam lovullab turibdi. G‘urbat men uchun umr emas, zulm bo‘ldi. O‘lganimdan keyin meni o‘z tuprog‘imga qo‘yishmadi. Shu yerda ham g‘aribligim pand berdi. Inson g‘urbatda o‘lmas ekan, ko‘zi ochiq ketarkan. Meni hg‘am tiriklay tuproqqa qo‘yishdi, birodar. Begona tuproqda yotganimni o‘ylasam, haliyam suyaklarim zirqiraydi. Tuproqqa qorishb ketolmayapman»
Ovoz har hamonda qirqilar, keyin yana avjiga minardi. Uning nazarida bu ovoz xuddi bir parcha bulut singari qabrninng tepasida muallaq qotib qolgandi.
“Qabrtoshimni olib tashlang, inson o‘zi tug‘ilgan tuproqqa qo‘yimas ekan, unga qabr toshi na hojat? Uni nom-nishonsiz ko‘mib tashlamoq kerak…» – ovoz bora-bora sekinlashib, eshitilmay qoldi. Qabr ustida “osilib” qolgan bir parcha bulut ham tomchigami, ko‘z-yoshigami aylanib, tuproqqa qorishdi.
…Safining qabri ustidagi marmartoshni o‘g‘irlab ketishibdi. Kecha qabrini ochib, suyaklarini yangi qabristonga ko‘mishgan, ammo hali uning ustidagi toshlarni ko‘chirishga vaqt topa olishmagandi. Ularning taxminiga ko‘ra, hali ixtiyorlarida bir kun bor edi. Bugun qabristonga kelishgach, marmatoshlar g‘oyib bo‘lganini payqashdi. Ertalabgacha qabristonning bu boshidan kirib, naryog‘idan chiqishdi. Lekin toshlardan nom-nishon topa olishmadi.
–Kim olgan bo‘lsa, ilohi qo‘li sinsin, – yer mushtlab qarg‘adi Safining xotini.
O‘g‘li onasini tinchlantirishga tushdi:
–Oyi, bizni sharmanda qilmang. Birovning qabrtoshi kimga kerak? O‘yinchoq emaski o‘g‘irlab ketishsa…
– Gap o‘g‘irlikdamas, insonning sha’ni, or-nomusida, – dedi ayol tinchishni xayoliga ham keltirmay. – Xudo bilsin, biror eski qabrning ichiga surib tashlashdimi?
-Siz o‘tirib turing, men o‘zim qarab kelaman, – Safining o‘g‘li shunday deya ochiq qabrlar oralab ketdi.
Ertalabdan beri hamma qabrtoshlarni birma-bir ko‘rib chiqishdi. Kecha qosh qorayganidan to ertalab tong yorushguncha qadar izlab chiqishdi. Qabrtoshlarda har bir marhumning ism-familiyasi, tug‘ilgan va o‘lgan sanalari shu qadar aniq-tiniq yozilganki, shubhaga aslo o‘rin qolmagandi.
Hozir ham Safining o‘g‘li onasining qarg‘ishini eshita-eshita qabr chuqurlarini axtarardi. Qiziq, kim olgan bo‘lishi mumkin? Uni nima qilishadi? Xuddi shu paytda-ya?
– Topolmadim, – dedi nihoyat. – Hech qayerda yo‘q.
Onasi indamadi. Lablari nimadir deb pichirladi. Ancha vaqt shu holda turib qoldilar. Ikkovi ham nima qilishni bilmasdi.
–O‘sha kunga senga avval qabrtoshlarini ko‘chiraylik, desam ko‘nmading, – nihoya ona tilga kirdi.
O‘g‘ml javob bermadi, Faqat boshini ko‘tarib, onasining yuziga termildi. Daf’atan kichik ular tomona yugurib kelayotganini ko‘rdi.
-Dadamning qabrtoshini Sayfining bolalari o‘g‘irlashgan ekan., – dedi nafasi bo‘g‘ziga tiqilib.
Ayol avvaliga tushunmadi. Keyin o‘rnidan sapchib turdiı:
-Buni senga kim aytdi?
-Zaynab xola kelgandi. Uning og‘zidan eshitib qoldim. Uyimizda o‘tiribdi. Sizning oldingizga jo‘natdi meni.
Uchovlashib yo‘lga tushishdi.
-Zaynab xolaning aytishicha, marmartoshimizni tumandagi paxta topshirish punkti oldida sotishayotgan ekan, – dkdi bola ham nafasi bo‘g‘ziga tiqilib. – Bolalar uni ko‘rishlari bilan qochib ketishibdi. Xola yaqinlashib toshning u yer-bu yerini yaxshilab qarabdi. Hatto yozuvlarini top-toza qilib o‘chirib tashlashibdi…
Ayolning yuzlari birdan tundlashib, qovoqlari uyuldi.

* * *

Atrofni g‘alati hid qoplagandi. Bu badbo‘y hid qabriston ustida xuddi bir to‘p bulutdek to‘planib qolgandi.
Sal narida bu ufunatdan bexabardek Abish ota o‘zi uchun qazigan qabrning tepasida turgancha tamaki buruqsitardi.
Ajin bosgan peshanasini yanada tirishtirib, shilpiq ko‘zlarini allaqayoqqa tikkandi. “O‘z-o‘zimga go‘r qazish bunaqa qiyinligini bilsam, tek o‘tirardim, – o‘ylardi u. – Bitta qabrni boshdan-oyoq qazish uchun olti oycha vaqtim ketdi Endi ishni bitirib yengil nafas olganimda, bu ahvol… Endi yangi qabr qazishning o‘zi bo‘larkanmi? Bunga umrim yetarmikin?”
Saftar cho‘loq oyog‘ini sudragancha unga chqinlashdi:
– Kunning issig‘ida kuyib pishib senga nima zarur? Sendan boshqa yana kim o‘ziga tirikiligida go‘r qazibdi? Senga boshida aytgandim, qo‘y o‘zingni qiynama, deb. Olti oylik mehnating havoga uchdi. Bor, uyingga borib damingni ol. Bittu go‘r bo‘lsa birgalashib qazarmiz. O‘liging ko‘chada qolmas.
–Tinchgina o‘la olarmidim? Senlar menga go‘r qazarmidilaring? Senlarga qolsa, meni bir o‘raga tiqib, tepkilab tepkilab qaytib ketaverasizlar.
Abish ota tamakisini cho‘zib tortdi. Tishsiz og‘zidan chiqqan tutun xuddi so‘roq alomatidek boshi uzra buralib, havoga qo‘shilib ketardi.
-Aqldan ozibsan, borib uyingda ag‘anab yotsang-chi? – Saftar cho‘loq oqsay-oqsay ilgarilab ketdi.
«Yangi qabriston hecham ko‘nglimga o‘tirmayapti. U yerda tinch yota olarmikinman? Bu yerda hech bo‘lmasa, kim bilan qo‘shni ekaanimni bilardim. U yerda xudo biladi qaysi kavakka ko‘mib tashlashadi». – deya xayolga tolgandi chol quyoshga termilib. Odamlar uning yonidan e’tibrsiz o‘tib-qaytar, hatto uning borligini ham his qilishmasdi.
Abish ota holsizlanrib borardi. Qichqirmoqchi bo‘ldi, ammo ovozi chiqmadi. Boya boshi ustida so‘roq ishora singari buralib turgan tamaki tutuni havoga qorishmoqda edi. Inson ham ana shu tutunga o‘xshaydi. Tug‘ilib, keksayadi, o‘ladi, oxir-oqibat mana shu tuproqqa qovushadi.
Hayot uning uchun xuddi tushga o‘xshab tuyulardi. U yashagani yo‘q, o‘zi ham mohiyatini anglab yetmagan bir tush ko‘rgandi xolos.
Abish ota hayotdan charchagandi. Dunyodan umidini ham uzib bo‘lgandi. O‘ziga qabr toshi yo‘ndirib qo‘ygan, ism-familiyasi, tug‘ilgan kunini ham yozdirgandi. Faqat o‘lim sanasi qolgandi. Lekin negadir ajal o‘z omonatini olishga shoshilmasdi. Ayni damda qariya o‘lim bilan yuzma-yuz turganini his etdi.
Boyadan beri har yoqni jizg‘anak qilayotgan quyosh uning nazarida o‘z haroratini yo‘qotdi. Qariya sovqota boshladi. Sovuq butun badaniga yoyilayotganini sezdi. Atrofdan nursiz ko‘zlari bilan kimnidir qidira boshladi. Ammo kimligini o‘zi ham bilmasdi. Atrofdagilar bu olamni sas-sadosiz tark etishga oshiqayotgan bu qariyaga loaqal qarab ham qo‘yio‘shni istamasdi.
Ayni shu onda, hayotining so‘nggi onlarida dunyoning cheksiz,-chegarasiz ekanni anglagandek bo‘ldi. Endi, o‘lim ro‘parasida turganda-ya?
O‘lim butun bordlig‘iga uyqu singari yoyilmoqda. Uning nazarida u o‘layotgani yo‘q, sirli, jozibador uyquga ketmoqda edi. Odamlar yonidan beparvo o‘tib-qaytishardi. Hech kim tush payti, qabristonning o‘rtasida, hammaning ko‘z o‘ngida o‘lish mumkinligini xayoliga ham keltirmasdi. Abish ota o‘z o‘limiga ham ishonmasdi. O‘lim uning uchun sirli va qo‘rqinchdli borliq edi. Uning o‘ylashicha, o‘lish uchun tun, yolg‘izlik, sokinlik kerak. O‘limning siri, vahimasi ham ana shunda edi.
Shuncha shovqin-suron ichida faqat Halima xolaning ovozi alohida ajralib turar, uch-to‘rt qadam narida turgan kampirning faryodi nazarida juda olislardan eshitilardi. Chol yozini kunbotar tarafga o‘girishni, quyoshning so‘nggi bor ko‘rishni istadi. Ammo, vujudi tosh qotgandek edi. Vujudini kuchli uyqu bosa boshladi. Uyqu o‘z izmiga solgani sayin, u o‘zini yengil, xuddi onadan tug‘ilgandek his etardi…
…Samoning olis kengliklarida burgutlar qora nuqtadek bo‘lib, qabristonni kuzatishardi. Qushlar shu paytga qadar qabroistonda shuncha odam to‘planganini ko‘rishmagandi. Ular samolardan turib, charx urib, bo‘sh qabrlarga, ko‘chirilayotgan inson jasadlariga hayrat ila termulishardi.
Burgutlardan biri, hayrat va qiziqishi kuchlilik qildimi, guruhidan ayrilib, biroz pastladi. Uning hayrati shu qadar kuchli ediki, tilga kirib, odamlardan bu hangomaning siri, sabablarini so‘ragisi kelardi. Burgut qabriston tepasida, yer bag‘irlab bir davra aylanib chiqdi-da, yana o‘z hamjinslari tomon ko‘tarildi.

* * *

…Pastda bir gurza ilon Javohir momoning qabri ustida boshini tik tutib turardi. Chamasi issiqdan uning ham holi qolmagandi. Bir necha kundan beri tinchini yo‘qotgandi. Qachonki bir qabrda yashirinsa, ketmon-belkurak ovozidan seskanib ketardi. Yer ostidagi ilonizi yo‘llardan yo‘rg‘alashdan charchadi. Nihoyat Javohir kampirning qabridan panoh topdi. Bu qabrni ham kimdir ochishindan qo‘rqsa-da, hech kim bu qabrga yaqin kelmasdi.
Bu kampir bir paytlar hammomda farrosh bo‘lib ishlar, hech kimi yo‘q edi. Qishloqda hammom qurilganidan beri shu yerda ishlar, ertadan kechgacha supur-sidir, yuvish-tarashdan bo‘shamasdi. Hammomga kelganlar unga choychaqa berib ketishardi. Unga hammomdan maosh berishmasdi. Hech kim uni bu yerda ishlashga majbur ham qilmasdi. Ammo Javohir to hammom tong saharda ochilganidan to yari kechasi – ish vaqti tugaguncha ishlardi. Ishga bir daqiqa ham kechikmasdan kelardi.
Hammomchi Og‘aiso unga necha marta ishga kirishni taklif qildi. “Birota hujjat ham so‘ramayman, o‘tirib bitta ariza yozamiz, imzo chekasan, seni rasman ishga olamiz, shundoq ham butun umring shu yerda o‘tyapti, eng namunali ishchi ham senchalik ishlolmaydi”. Ammo har qancha urinmasin, ayol bu taklifga rozi bo‘lmadi.
“Qarib qoldim, – derdi u. – pensiyaga chiqadigan paytimda yana ariza yozib ishga kirishimning nima keragi bor?” U so‘nggi damgacha ana shu o‘jarligini tashlamadi.
Javohir kampir umr bo‘yi tilanchi qiyofasida yashab o‘tdi. O‘zining aytishicha, uning bir ukasi bor, uzoq bir shaharda katta lavozimda ishlarkan. Buning yolg‘on ekanini butun qishloq bilardi. Ammo Javohir kampir o‘zining yolg‘oniga shu qadar qattiq ishonarliki, buni yuziga solsangiz, jinni bo‘lishi aniq edi.
Javohir kampirning eri Xasay ota undan ancha ilgari dunyodan o‘tgandi. Ayol farzandsizlik qanchalik og‘ir musibat ekanini erining o‘limidan keyin, kechalarni kiprik qoqmay tongga ulagan paytlari anglab yetdi.
Kunlarning birida odamlarning tasavvurida tilanchi ko‘rinishida qotib qolgan Javohir kampirni bashang, shohona kiyimda ko‘rib qolishdi. Ko‘rganlar ko‘zlariga ishonishmadi. Kampir shu paytgacha asrab kelayotgan qimmatbaho kiyimlarini kiyib, tilla taqinchoqlariga burkanib olgandi. Qishloq ko‘chalaridan baayni uchib-qo‘nib borardi.
–Ukamni ko‘rgani ketyapman, – dedi kampir. – meni mehmonga chaqirgan…
Bir kun avval yon qo‘shnisi Nozli xolaga chiqib, ko‘rgan tushini aytib bergandi:
–Ikki kundan beri ukam tushimga kiradi. “Qanaqa opasiz? Necha yildan beri bir marta kelib holimdan xabar olmaysiz? O‘zim boray desam, ish-kuchimdan ortmayman. Meniyam bir o‘ylang-da!” dedi. Ancha mendan o‘pkaladi. Hol-ahvol so‘ray desam, birdan xuddi pardek to‘zg‘idi-ketdi. Nima qilarimni bilmay qoldim. Ishga ham qo‘lim bormayapti.
–Ha vaqt topib, bir xabar olib kelsangiz bo‘larkan, – dedi Nozli xola ham nima deyarini bilmay.
–Ertaga saharlab yo‘lga tushmoqchiman. Ishdan ham bir-ikki kun javob olaman. Uzoq yo‘l, bir kunga borib kelolmayman-ku?
Shunday deb javob ham kutmasdan chiqib ketgandi. Nozli xola uning ortidan hayron qarab qoldi. Shu ketgani kampirdan bir oygacha darak bo‘lmadi. Bir oydan keyin u yana qishloqqa oldingi juldur kiyimida qaytib keldi. Oyoqyalang, boshyalang holda kimnidir qarg‘ab ketib borardi. Javohir kampir aqldan ozgan, o‘zi o‘ylab topgan ukani qidira-qidira es-hushidan ayrilgandi.
Esdan og‘ib qolgach, har kuni qabristonga kelib, qoqstsuyak qo‘llari bilan o‘ziga qabr qaza boshladi. Oradan ancha vaqt o‘tib, kampirning jasadini o‘zi qazigan chuqurning ichidan topishdi. Keyin qabrning ustini tekislab, bitta yodgorlik tshi ham o‘rnatishdi.
Odamlarning aytishicha, qishloq hammomining tosh devorlari orasida Javohir kampirning ovozi eshitilarmish. Go‘yoki uning ovozi suvning sharqirashiga qo‘shilib, tosh devorlarda aks sado berarmish. Ana shu ovozning vahimasi sababmi, hammomga keluvchilarning soni kundan kunga qisqara boshladi, bora-bora hech kim kelma qo‘ydi.
Hammomchi Og‘aiso ertadan kechgacha hammomning eshigi og‘zida bekor o‘tirgancha mijoz poylardi.
– Shu gapni chiqarganning padariga la’nat, – derdi u. – Devordan ham ovoz kelarkanmi? Javohir kampir o‘ldi, o‘zlaring uning qabri ustiga tosh qo‘ydilaring. Men har oy davlatga plan topshirishim kerak, axir. O‘zingiz kelmasangiz otamdan nari, lekin boshqalarni ham yo‘ldan urmalaring!
Biroq, baribir odamlar hammomga kelishmadi, undan ko‘ra o‘y uylarida og‘ilxonada, pana-pastqamda yuvinib poklanishni afzal ko‘rishdi.

* * *

…Gurza ilon hamon Javoir kampirnitng qabrining ustida boshini tit tutgancha atrofga tikilardi. Sal narida bir morboz afsus o‘qib, ilonlarni inidan chiqarar, uzoq shaharga opketib zahrini chyaiarib olish uchun sellofan xaltada to‘plardi. U xaltada bir-biriga chirmashib yotgan ilonlarning g‘alati vishillashini his etishi bilan yuragi yorilgudek bo‘ldi. Nazarida uni ham oli shaarga opketib, bor zahrini siqib olishadigandek edi. Anchadan beri u inson qadam tovushini payqashi bilan o‘zini qaysi qabrga urishini bilmay qolardi.
Gurza ilon hammadan ko‘ra ko‘proq morbozning afsunidan qo‘rqardi. Aka-ukalari ham ana shu afsunga aldanib qolishgandi. Bu qanday sirli afsun bo‘ldi? Nega o‘shanda uning ham tili ham bog‘lanib qoldi? Nega aka-ukaloarini asrab qololmadi? Ularni ortiga qaytarolmadi?
O‘tgan yozda aka-ukalarini tutib ketgan ikki morbozdan birini yelkasidan chaqib o‘ldirgandi. Shaharpdan chaqirilgan “tez yordam” yetib kelguncha haligi odam omonatini topshirib bo‘lgandi. Ko‘r ilon uning sherigidan juda qo‘rqardi. Hatto orqadan tarafdan borishga ham yuorak qilolmasdi. Ayniqsa odamning ko‘zlari… bir gal uni chaqish uchun orqa tarafdan yaqinlashgan onda, morboz ortiga o‘girildiyu, daf’atan gurza ilon joyida qotib qoldi. Har qancha urinsa-da, yashirinishga o‘zida kuch topolmadi. Yaxshiyam baland maysalar oraisdan morboz uni ko‘ra olmadi.
Hozir butun qabriston shovqinsuron ichida turgan bir paytda gurza ilon o‘sha afsundan boshqa narsani eshitolmsdi. Afsus o‘qilarkan, ilon eshilib to‘lg‘anar, boshi aylanar, ko‘ngli yumshar, aka-ukalarini shaharga eltib nobud qilgan bu sovuq ko‘zli kimsaga nisbatan nafarit ham erib borardi, o‘zi ham ixtiyorsiz o‘sha tarafga sudralmoqda edi.
Ko‘r ilon qacho inidlan chiqqanini, bilmasdi. Nafasini ichiga yutib, butun borlig‘iga yoyilgan anashu ovozni tinglardi. U alhol morbozga aldangan aka-ukalarini ham, o‘zini ham unutgandi. Shu onda o‘zini morbozning oyoqlari ostida ko‘rdi. Bu sirli, asrorangiz dunyo morbozning uzun, ingichka oyoqlari orasidan yanada jozibali ko‘rinardi. Bu dunyoning rangi buncha nafis, buncha fusunkor bo‘lmasa7 Osmonning ko‘m-ko‘k tinichligi-chi? Baxtdan boshi aylanib, kimdir dumidan tutib ko‘targanini ham payqamadi.

* * *

…Brigadir Qorash Qumrining qabri boshida o‘tirgancha, yuzlarini qo‘li bilan berkitib olgandi. Qorash har gal bu qabr tepasiga kelganida Qumrining yo‘qligini unutar, dunyoda o‘lim, ayriliq singari tushunchalar borligiga ishonmay qolardi.
Qumri bilan Qorashning muhabbatlari butun qishloqqa yoyilgandi. Oralarida o‘n yosh farq bo‘lsa-da, bir-birlarini bolalikdan yoqtirishardi. Qumri yetim edi. Otasi yuzini ko‘rmagandi. Onasi ayol boshi bilan uni boqib katta qilgandi. Qumrining sevgani borligini bila turib, unga Bakirning sovchi yuborishi, sovchilar rad javob olib qaytgan kunning ertasiga, hali bu gap qishloqqa yoyilmay turib, qizni o‘g‘irlab qochishi va majburlab unga uylanishi Qorashning yetti uxlab tushiga kirmagandi.
Bu voqeadan so‘ng Qorash tamomilda o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Ammo uning ichida Bakirga nisbatan bitmas-tuganmas bir nafrat paydo bo‘lgandi. Bu nafrat haligacha Qorashning yuragidan chekinmagan, shu bilan birga u Qumrini ham aslo unutolmasdi.
Erga tekkanidan keyin Bakir Qumrini ishga qo‘ymadi. Qorash esa, kun bo‘yi paxta dalasidan beri kelmas, Qumrini o‘y-xayollaridan quvishga urinardi. Dala shiyponi chetidagi Quqmrining ham surati yopishtirilgan hurmat taxtasi, ikki dilning sirlashuviga ko‘p bora guvoh bo‘lgan bir juft tol har kuni uning xotiralarini yangilardi.
Uning tasavvurida har kuni saharlab mashina signal chalib, odamlarni dalaga chorlaganda, Qumri ham qo‘lida tugunchasi bilan chiqib, olomonga qo‘shilib ketadigandek edi. U ana shu kunni qo‘rquv va hayajon bilan kutardi. Ammo kunlar o‘tsa-da, Qumrini ko‘rolmasdi. Yillar o‘tib, Qorash o‘zi istamagan holda, Qumrining yo‘qligiga ko‘nikdi. Ammo dala chetidagi Qumrining surati osilgan hurmat taxtasi hamon o‘zgarmay turardi.
Qumrining olti bolasi to‘qqiz oyligida, ona qornidayoq nobud bo‘ldi. Xayriyat yettichnsii sog‘-omon tug‘ildi. Qumrining quvonchi yeru ko‘kka sig‘masdi.
Qumri bu birgina bolasini yeru ko‘kka ishonmasdi. Bola ulg‘aygani sari onaning qalbidagi hadik, qo‘rquv ham ulg‘ayib boraverdi. Uning nazarida bolasi kunlarning birida qushga aylanib “pir” etib uchib ketadigandek va qaytib kelmaydigandek edi.
Bola ertayu kech shiftga osilga belakchakda yotardi. Negadlir shu yerdan boshqa joyda go‘dak orom topolmasdi
Bu belaknchak Bakirning katta momosidan qolgan, ikki asrdan beri shu shiftda osilib turardi. Hatto belanchakning shift to‘siniga bog‘langan arqoni va unda to‘r osgan o‘rgimchak ham xuddi ikki asrni ko‘rgandek edi. Boshqa joyda bolaning ko‘zidan uyqu chochar, faqat o‘z joyga qaytgach, uning yuzlariga rang kirar, labchsalari tamshanib uyquga ketardi. Qumri butun kunni shu belanchakning boshida o‘tkazar, ko‘zlarini jigarbandidan uzmas, uning jajji yuzlaridagi xurramlik, xotirjamlikni ko‘rib, yuragi quvonchga to‘lardi.
Belanchak chayqalarkan, xotiralar xuddi tilsim singari uni o‘tmish bag‘riga olib uchardi. Biron bo‘lsa-da, bolasini unutar, xuddi belanchakda bolasi emas, o‘zi yotgandek orom qo‘yniga sho‘ng‘irdi.
Bola uyg‘onib yig‘lagan chog‘da ayol ham seskanib tushar, qo‘rquvdan rangi ro‘yi oqarib ketardi. Har gal bu nogahoniy chinqiriqdan so‘ng bola yana uyquga cho‘mar, keyin har qancha urinsa-da, uni uyg‘ota olmasdi. Nazarida bolasining yuzidagi sassiz bir sharpa soya solgandek bo‘lardi.
Har gal bola ko‘zlarini ochganida onasi yengil tin olardi.
– Buncha ko‘p uxlading, jonim bolam?
Go‘dak javob bermas, yana ko‘zlarini yumib olardi. U ana shu savoddan qo‘rqar, va o‘zini uyquning pinjiga solardi. Ona ohista boalsini bag‘riga bosar, shunda uyqu ham uning ko‘zlaridan chekinardi.
-Yana tush ko‘rdingmi, qo‘zim?
-Aytmayman. Tushimni sizga aytmayman!
Go‘dak yoshiga mos bo‘lmagan asabiylik bilan tishlarini g‘ijirlatardi.
Qumrining kipriklarida bir juft marvaridday ko‘z yoshi xalqalanardi. U bolagsha nima ziyon kelsa shu tushdan kelishini bilardi. Biroq, bu tush unga sirligicha qolmoqda edi. Bolaning ajali ana shu tushga bog‘liq ekanini ham bilardi. Shu sir ochilsa, u yashashi mumkin edi…
–Tushingda nimani ko‘rding, jon bolam? Hozir amaking keladi, Seni o‘rmonga aylnatirib keladi. Faqat nimani ko‘rganingni ayt.
-Yo‘q, aytmayman.
–Odam o‘z onasidan sir yashiradimi? Tushingdan nima ko‘rding, jonim bolam?
Bola baribir gapirmasdi. Ona bolasining hayoti ana shu o‘jarligi bilan bog‘liq ekanini yaxshi bilardi. Agar bu o‘jarlikni yo‘qotsa, u yashaydi. Ona kechasi bilan bolaning ustida turib, uni uxlatmaslikka rozi edi. Toki jigarporasi shu tushni boshqa ko‘rmasin. Ammo bola uyquga tashna edi. Uxlaganda ham toshdek qotib uxlardi.
Kechalari itlar bir-biriga navbat bermay hurganda bolasining taqdirini o‘ylab, vahimaga tushardi. Uning nazarida itlarning hurishi va bolaning uyqusi oraisda nedir sirli, tushuniksiz bir aloqa bor va bu g‘aroyib, mudhish sas uni o‘z komiga tortmoqchi bo‘lardi.
Qoq yarim tunda bola ko‘zlarini ochar, onasiga qattiq tikilib qolardi.
-Mening akam bormi, amma? (U onasini hali “amma” deb chaqirardi)
-Yo‘q, bolam…
-Bor, mening oltita akam bor, amma!
Ayol hayratidan tosh qotgandi. Chunki bir marta bo‘lsin bolaning oldida bu haqda gapirilmagandi. Yo rab, bu ne sinoat bo‘ldiykin?
Tong uning uyqusiz ko‘zlaridan boshlanardi. Charchaganini, saharni uyqusiz qarshi olganini ham aynan tong yorishganda anglab yetardi. Bu charchoq va uyqusizlik bilan birga tong otgani unga bitmas-tuganmas shodlik baxsh etardi.
Bolaning umri asosan uyquda o‘tardi. U uyqusida o‘sib ulg‘ayar, uyg‘ongan chog‘da xuddi kichraygandek, so‘lg‘indek ko‘rinardi.
Bir kecha bolaning vahimali ovozidan sapchib turdi. Qarasa, bola belanchak ichida o‘tirib olgancha dir-dir titrayapti. Ona go‘dakni bag‘riga bosdi.
–Anavi kim, amma? – bola qo‘li bilan uyning qorong‘i burchagini ko‘rsatdi.
Onaning chala uyqusi ham o‘chib ktdi.
-U yerda hech narsa yo‘q, qo‘zichog‘im, ko‘zingga ko‘ringan bo‘lsa kerak.
Bola ko‘zlarini qorong‘i burchakdan uzmasdi. Zulmat qo‘ynida bir yalang‘och vujud uni o‘z bag‘riga chorlardi. Tishi bilan bilan tirnoqlarini chaynab, unga tahdid olardi. Uzun kipriklari yerga tegadigan bu antiqa maxluq har kecha uning tushlariga kirar, uni aldab opketmoqchi bo‘lardi. “Uyg‘onsang, joningni olaman” deb qo‘rqitardi.
– Men tarafga kelyapti, amma! – Bola onasining quchog‘iga shu qadar suqildiki, xuddi ko‘ksini yorib kirmoqchiga o‘xshardi.
–Qo‘rqma, qo‘zim, senga hech kim hech narsa qilolmaydi, – dedi ona tashvish bilan qorong‘iga tikilarkan. – U tarafda otang yotibdi, bu tarafda men. Nimadan qo‘rqasan, qo‘zichog‘im? Istasang chiroqni yoqaman…
Bolaning chinqirig‘i onani yanada qo‘rqitdi:
–Meni o‘ldirmoqchi, amma, dadamni chaqiring!
-Bakir!!! – Xotinining qichqirishi Bakirni uyg‘otib yubordi – turing, chiroqni yoqing. Bolamning mazasi qochyapti. Tezroq bo‘ling!
– Dadaaaa!!! – Bolaning qichqirig‘i uyning tosh-devorlarini yorib yubordi go‘yo.
Bakir sakrab turib chiroqni yoqqan onda, go‘dakning murg‘ak jussasi onaning quchog‘ida so‘la boshlagandi. Baayni kimdir ikki qo‘li bilan bolaning tomog‘idan g‘ippa bo‘g‘ib olgandek uning yuzlari ko‘karib ketgandi.
Bolaning o‘limidan so‘ng Bakir Qumriga kun bermay qo‘ydi.
– Sen lapashang xotin bo‘lib, menga nima karomat ko‘rsatding? Aqalli bitta bola tug‘ib katta qilish ham qo‘lingdan kelmadi. Haliyam xayoling o‘sha piyanista itvachchada. Sen haromini deb tirnoqqa zor o‘tamanmi?
Bunday haqortalar kamlik qilgandek, Bakir sho‘rlikni shunday do‘pposlardiki, boshqa xotin bo‘lganda faryodi arshni titratgan bo‘lardi. Ammo, sho‘rlik xotin “g‘iring” etmas, xuddi uning badanida bitta ham suyak yo‘qdek, bu tepkilar, bu mushtlar unga zarracha ta’sir qilmaydigandek edi.
Erining mana shu vahshiyona kaltakloaridan keyin ham Qumri bu uydan chiqib ketishni xayoliga keltirmasdi. Uning umuman bu hayotg qiziqishi qolmagandi. Bolasining zo‘limi uni jonldi haykalga aylantirib qo‘ygandi. U nimanilir kutar, nimaligini o‘zi ham bilmas, shu tariqa o‘zi ham erib, qovjirab borardi.
Qumrining o‘limidan so‘ng ko‘p o‘tmay bakir yana uylandi. Bakir har kuni Qumrining qabri boshiga Qorashning kelib turishini bilardi. Aynan Qoradshadjn qizg‘angani uchun ham u Qumrining qabrini ko‘chirishni istamadi. U qabrning yer bilan yakson bo‘lishini, asfalt ostida nom-nishonsiz yo‘qolishini, shu tariqa u Qorashning xotirasidan ham tamoman o‘chib ketishini istardi.
… Qabristonning o‘rtasida bir to‘da odam gaplashib turishardi. Qorashning ko‘zlari bu odamlar orasidan Bakirni osongina topa oldi. Bakir ham uni ko‘rdi va darhol ko‘zlarini olib qochdi. O‘zini ko‘rpib ko‘rmaganga soldi. Ammo o‘zi sezmagan holda nigohlarini Qorashdan uzolmay turganini sezdi.
Qorash unga yaqinlashishi bilan gurung ham to‘xtadi. Bakir xuddi afsunlangandek hamon undan ko‘z uzmay turardi.
-Senga gapim bor, Bakir, dedi Qorash past ovozda. – bir daqiqaga mumkinmi seni?
Bakir avaliga “gaping bo‘lsa shu yerda aytaver, mening bu odamlardan yashiraldigan gapim yo‘q” demoqchi bo‘ldi, ammo negadir ovozini chiqarmay, itoatkorlik bilan Qorash ko‘rsatga tomonga rdi. Ular anchagacha, qabristonning odamlardan xoli qismiga yetguncha jim ketishdi.
Qorash ilkis to‘xtab, ortiga burildi:
-Nega Qumrining qabrini ko‘chirmayapsan, Bakir?
Bakir jim edi. Boya Qorashning qorasini uzoqdan ko‘riboq unga aynan shunday savol berilishini bilgandi. Ammo, nima deb javob berishini bilmay qoldi. U Qumriga uylanganidan beri ilk marta Qorash bilan yuzma-yuz kelishi, suhbatlashishi edi.

-Senga roppa-rosa o‘n yil xotinlik qildi, uyingning chirog‘ini yondirli, Agar bu ishni sendan o‘tib men qiladigan bo‘lsam, elning gap-so‘zidan toabad qutulmaysan. Haliyam kech emas, ketomnni ol-da, qabrni och. – Biroz jim qolib, yana davom etdi. – Xotirjam gapirayotganimga e’tibor berma. Qabrni ko‘chirmasang, suyaklaringni parcha-parcha qilaman.

Bakir hamon haykaldek qotib turardi. Og‘zini ochishga ham jur’ati yetmasdi. Biror og‘iz ortiqcha gapirib qo‘ysa, Qorash chindan ham uning suyaklarishini parchalashidan qo‘rqardi.
Qorash burilib ketdi.

* * *

…Boboli bog‘idan issiq shamol esa boshlagandi. Shamol chirigan xazonlar hidini qabriston ufunatiga qo‘shib butun qishloq bo‘ylab yoyardi. Ilondek bir-biriga chirmashib ketgan darazxtlar bir-biri bilan sirli pichirlashardi. Faqat qabristondan kelayotgan ketmon-bel tovushlari bu shivirlashni eshitishga xalal berardi.
Ikki qariya hassa tayangancha qabriston oralab borishardi. Ulardan biri hassasini oldinga niqtab borayotganidan ko‘zi ojiz ekanini payqash qiyin emas. Chekkadan ko‘rib turgan odam uni ilkisdan qabrga tushib ketishi va undan chiqolmasligi mumkinligini his etardi.
Uning sherigi esa, yo‘l-yo‘lakay qariyaga har bir qabrning kimga tegishli bo‘lganini aytib borardi. Ko‘zi ojiz qariya esa, unga ishonmagandek, qo‘llari bilan haligi qabr toshlarini birma-bir paypaslab ko‘rardi. O‘zi izlagan odam emasligini bilgach, “yo‘q, bu emas” deb bosh chayqardi.
Bolalar qabrlar orasida bekinmachoq o‘ynashardi. Qazib tuprog‘i chiqarilgan chuqurlar aslida lahad eknini xayoliga ham keltirmagan bolalar o‘sha yerda yashirinardilar. Boshqa payt bo‘lganida kattalar ularni qabristonga kiritishmagan bo‘lardi. Ammo, hozir ularning fikri-yodi o‘liklar bilan band edi.
Buldozerchi sevinib o‘ynayotgan bolalarga mahzun termilib qoldi. Uningsh bolaligi bunchalik quvnoq o‘tmagandi. U ayni damda bir paytlar bola bo‘lganiga ham ishonolmasdi.
Ko‘z oldidan ertalab onasining qabrini buzmaslikni so‘ragan bolakayning munchoqdek ko‘zlari ketmasdi. Nega o‘sha bola ham manavi tengdoshalri singari qiyvqirib yurgani yo‘q? Shu damda o‘sha bola bilan o‘zini nimadir bog‘lab turganini payqadi. Haligi bolada o‘zining kechmishini ko‘rgandek bo‘ldi. U ilgari ham, hozir ham bolalarga xos beg‘amlik, sababsiz sevinchning nima ekanini bilmasdi.
Shularni o‘ylarkan, qabristonni aylanib, haligi bolani izlashga tushdi. Ammo bu yaqin atrofda bolaning qorasi ko‘rinmasdi.

* * *

Gumbaz g‘ishtlari terilgan joyda ikki kishi gaplashib turardi.
– Nima bo‘ldi? Nega yordam bermaysan? Shuncha toshni bitta o‘zim tashidim. Boshqa vaqt gumbaz ichiga birov ruxsatsiz kirib qolgudek bo‘lsa, naq boshini yorasan. Odamlar beradiga nazr-niyozdan ko‘zingni uzmaysan. Gumbazni ta’mirlashga esa, cho‘ntagingdan bir tiyin chiqarging kelmaydi. Faqat, jamoatni shilishni bilasan.
– To‘xta, mahmadonalik qilma, – dedi boyadan beri qarshisidagi kimsaning tahqirlariga chidab o‘tirgan yumaloq yuzli, soqolli kishi.
– Nega to‘xtarkanman? Sening va’z-nasihatlaringni eshitib o‘tiramanmi? Kimligingni bilmasam ekan? Uch manat nazr uchun qabristonga kelib sochini yulgan sening xotining emasmidi?
– E, hozir o‘liklarimizni ko‘chirib olaylik, sen bilan keyin gaplashaman, – maloq yuzli odam sal yon bergandek bo‘ldi.
–Bunaqa payt o‘z o‘liklaringdan ortmay qolasan. Ammo, manavi gunbaz qaytadan qurilib, tayyor bo‘lgach… E, senga gap kor qilarmidi?
Yumaloq yuzli kimsa undan ancha uzoqlashib, eshitilar-eshitilmas ming‘irladi:
-Bular odam bo‘lmaydi, qaynatsa qoni qo‘shilmaydi. Tfu!
U nimanidir o‘ylab ortiga qaytmoqchi bo‘ldi, ammo qaytmadi.

* * *

Halima xonimning telbavor kulgisi qabristonni boshiga ko‘targandi. Bu ovoz qishloqning hamma kavak-kandiklarigacha yetib borgan, har bir odamning iligigacha yetib, suyaklarini zirqiratadagina allanechuk qudratga ega edi.
Bu ovozdan so‘ng odamlar sergak tortishar, bir-biridan xavfsirab qochishga urinardi. Qahqaha yangragan onda qabr kovlayotganlar ham bir muddat ishlarini to‘xtatib qotib qolishardi.
Buldozerchi yigit Umuxonimning qabri boshida to‘xtadi. Marmartosh ustiga o‘yib yozilgan sanalarga qaradi. Bor yo‘g‘i o‘ttiz yil umr ko‘ribdi bechora. Umrining eng gullagan paytida so‘libdi.

* * *

Bir paytlar uning go‘zalligi atrof-javonibga ovoza edi. Ko‘rgan borki, yana bir ko‘rsam derdi. Yaqin oradagi qishloqlarning barcha yigitlari uning ishqida devona edilar. Uning otini eshitganda erkak zotining qoni gupurib, uyqusi o‘chardi.
Go‘yoki, Umuxonim hech qachon yosh bola bo‘lmagan, navnihol malak, sarvqomat dilbar ko‘rinishida osmondan ingandi. Bu qishloqda hech kim Umuxonimning o‘tmishini, qayerda tug‘ilib voyaga yetganini bilishmasdi. Umuxonimning go‘zalligi shu qadar yorqin ediki, bu yorqinlik uning o‘tmishini ko‘rishga imkon bermasdi. Ha, Umuxonim bu qishloqning hayotiga daf’atan kirib kelgandi.
Faqat shuni bilishardiki, Umuxonim dunyoning beg‘am-betashvish kunlaridan birida o‘zi ham bilmasdan aldanib qoldi. Aldanganini o‘zidan yashirib, anchagina yashab qo‘ydi. Keyin yana boshqa birovga aldandi. Keyin yana, yana… Umuxonim shu tariqa aldovlar ichda yashadi. Bir kuni es-hushini to‘plab qarasa, nomi hamma yoqqa tarqalib ketibdi. Kechayu kunduzi bo‘lmagna bu hayot uni nihoyatda bezdirgan va o‘limidan sal oldinroq erga tekkandi.
Ammo, Umuxonim oilaviy hayotga toqat qilolmadi. Kunlar o‘tish bilan u umrining eng shod-xurram, ehtirosdarga to‘la damlarini qo‘msar, keyin esa, odamlardan o‘zini opqochishga urinardi. Uzoq-uzoqlarga ketib qolgisi kelardi. Eri har qancha urinmasin, uni uyga, ro‘zg‘orga bog‘lay olmadi.
– Javobimni bering, ketaman, – derdi u. – Nega meni erga tegishga majbur qildingiz? Men tufayli siz ham qishloqda bosh ko‘tarib yurolmaysiz-ku?
Eri uninng gaplariga quloq osmasdi:
-Odamlar bilan ishing bo‘lmasin, boshingni quyi solib, bolalaringga qara!
Umuxonim eri shunday desa-da, ich-ichidan azoblanishini, unga uylanganidan ming karra, million karra pushaymon ekanini bilardi.
Uylariga kelib turadiganlarning ko‘pi Umuxonimning eski “tanish”laridan edi. Buni Umuxonimning eri ham yaxshi bilardi. Bu odamlar Umaxonimga boshqacha ko‘z bilan boqishardi. Hech narsa demasalar-da, Umaxonim ularpning ko‘zlaridan shunday narsalarni o‘qirdiki, keyin erining yuziga tik qarolmay qolardi. Umuxonimning nazarida uylariga kelib ketadigan, bir paytlar ishqida kuyib yongan bu kimsalar hozir uning eriga istehzo bilan qaragandek bo‘lardi.
Umuxonim oila hayoti uning qo‘l-oyog‘ni bog‘lab, tor bir qafasga solib qo‘yganini his etar, osonlik bilan bu qafasdan chiqib ketolmasligini anglab, o‘zini qo‘yarga yer topolmasdi. Umuxonim bu narsalarga o‘rganmagan, uning uchun oila hayoti juda qimmatga tushardi. Erga tegib, Umuxonim o‘z erkini, kuchini, g‘ururini, go‘zalligini yo‘qotgandi. Endi uning latofatini hech kimni qiziqtirmay qo‘ygandi go‘yo. Bundan Umuxonim o‘zi tahqirlangandek his etardi. Goh o‘ziga, goh eriga rahmi kelardi. Agar bolalari bo‘lmaganda u hamma narsag tupurib, avvalgi hayotiga qatytgan bo‘lardi. Ammo bolalar uning oyoq-qo‘liga tushov solib qo‘ygandi.
Gohida bolalar ko‘chadan uning nomini aytb qichqira-qchqira o‘tib qolishardi. Umuxonam bu ovozlarda uy larig kelib ketadigan odamlarning ko‘zlaridagi ifodani his etardi. Er-xotin bu qichqiriqlarni eshitib eshitmaslikka olishardi. Birovi radioning ovozi ko‘tarsa, boshqasi o‘zini ish bilan mashg‘uldek ko‘rsatardi.
Faqat kunlarning birida bolalar ko‘chadar o‘shanday qichqira-qichqira o‘tishganda, eri chidolmadi. Katta tayoq olib bolalarning ortidlan quvdi.
Oxirgi paytlarda Umuxonim ertadan-kechgacha hovlida kuymalanib yuradigan bo‘p qoldi. Eri ishdan qaytganda uni hamisha hovlidagi tut daraxtining tagida o‘tirganini ko‘rardi. Chaqaloqning belanchagini ham shu daraxtga osgandi. Kun bo‘yi kiftini daraxtga tirab, belanchak tebratar, ko‘zlarini bir nuqtaga ma’nosiz tikkancha xayol ummoniga g‘arq bo‘lardi.
Kechalari ham kiprik qoqmasdan tongni kutardi. Uning nazarida tunning qoq yarmida kimdir keladigandek edi. Har bir tovushdan cho‘chib tushardi. Keyin esa, o‘zini ham unutib, toshga aylangandek qotib qolardi.
Kunlaning birida…
Eri ishdan qaytdi-yu, xotini hovlidagi tut daraxtining shoxida osilib yotganini ko‘rdi va iixtiyorsiz dod soldi.
Umuxonimning chiroyli yuzi kosovdek qorayib ketgandi. Ko‘zlarining qorasi qovoqlar ortiga chekingan, bo‘yi ham tana og‘irligi dosh berolmay xiyla cho‘zilgandek edi. Og‘zining bir tarafidan sizib chiqqan qon uning iyagidan bo‘yniga oqib tushgan va mitti irmoqcha holsil qilgandi.
Bolalarning kichkinasi tut shoxiga osilgan belanchakda yotar, kattasi osilgan jasadning tagida uning oyog‘idan tushib qolgan bir poy kovushni o‘ynab o‘tirardi.
Eri o‘ziga kelishi bilan, jasadni oq choyshabga o‘rab qo‘ydi. O‘sha kecha tonggacha tut daraxtining tagidan ulib chiqqan it bilan birga qo‘rib chiqdi. Jasad ertasiga tushga yaqin militsiya bo‘limidan bir guruh odam kelib, chiqarib olmaguncha, osig‘liq holicha turdi.
…Endilikda bu qabr tamomila unutilgandi. Qabristonni tekislash paytida undan so‘nggi xotira bo‘lgan qabr toshi ham yer bilan yakson bo‘ladi. Shu tarqia undan nomu nishon qolmaydi.
Umuxonimning qabrining to‘rt tarafidagi go‘rlar ochilgan, dahshat taratgancha huvillab yotardi. Bu chohloardan o‘limning sovuq va xunuk yuzi boqib turar, inson bolasi vaqti kelib, boshqalar singari ana shu tuproq ostida, vahimali lahadda yotishiga ishonolmasdi.

* * *

…Bola yumshoq tuproqning ustida o‘tirardi. Rangi-ro‘yi, ust-boshi ham tuproq rangida edi. Ko‘zlari noma’lum nuqtaga qadalgandi. Xuddi, atrofida qazilgan qabrlar, tashilayotgan jasadlarning unga daxli yo‘qdek edi.
U bola emasdi. Baayni yashashdan charchagan bir qariya edi. Uning chehrasida dunyoga nisbatan sovuqlik va loqaydlik ifodasi aks etardiki, hech kim unga yaqinlashib, bir og‘iz gapirishga jur’at etolmasdi.
Buldozerchi qabriston oralab, odamlar va qabr toshlari orasidan odimlab borardi. Bir hafta ilgari bu odamlar uni toshbo‘ron qilmoqchi bo‘lishgandi. Endi esa uni go‘yo hech kim ko‘rmasdi. Balki ko‘rib ko‘rmaslikka olishayotgandir? Balki, undan ham, uni bu yerga yuborganlardan ham nafratlanishayotgandir?
Balki uni inson o‘rniga ko‘rishmas, uning yuragi o‘rnida bir parcha tosh bor deb hisoblashar? Axir oadmlar xilma-xil, ularning fikrlari ham turlicha bo‘lishi tabiiy hol.
U odamlar orasidan yurib borarkan, negadir shu odamlarga qo‘shilib ketishni, ularning dardiga sherik bo‘lishni istar, ammo buning uddasidan chiqolmasdi. Xuddi tili tanglayiga yopishib, tilsiz-zabonsiz bir jonzotga aylangandi. Ko‘chirilgan qabrlardan tushib qolgan inson suyaklari qabristonning qora, yumshoq tuprog‘i ustidan oqarib ko‘rinardi. Odamlar ba’zan o‘zlari sezmagan holda bu suyaklarni bosib o‘tishar, odam suyaklari odam oyoqlari ostida qolib faryod chekardi go‘yo.
Ana shu faryod uning xotirasidagi boshqa ovozlarni bosib eritib yuborgan, bu nola uning miyasi, suyaklarini zirillatar, etlarini junjiktirar, xuddiki odamlar boshqa birovning emas, uning jasadi, uning suyaklari oyoqosti qilib o‘tib borishardi.
Agar bu qabrlar uning uchun qadrli bo‘lsa, yenga uni ko‘chirayotgan odamlardan bu qadar uzoqda? Nega o‘zi va bu odamlar orasida biror yaqinlik topolmayapti?..
…– Ertalabdan beri qabrlarni oralab, sandiraqlab yuribdi, – dedi suyaklarni zambilga solib ketayotgan qariyalardan biri.
Buldozerchi o‘girilib qaramadi. “Mening sandiraqlashim bilan bu chollarning nima ishi bor ekan? Balki ularga yordlamim kerakdir? Axir bu yoshda qabr qazib, suyak tashish oson emas-ku?” Lekin qaytmadi. O‘zi istasa-da qaytolmasdi.

* * *

…Saftar cho‘loqning qo‘li-qo‘liga tegmasdi. Yangi qabristonda bugun yigirmanchi qabrni qazib bo‘ldi. Har biri uchun ellik manatdan pul oldi. Boqa paytlari unga yigirma besh manatdan ko‘p bershmasdi. Ammo, hozir talab yuqori bo‘lgani uchun narxni ko‘tarishga majburp bo‘ldi.
Saftar cho‘loq qo‘ygan narxni to‘lashga qurbi yetmaganlar esa, qabrni o‘zlari qazishardi. Qolaversa, bugun oxirgsh kun, bundan ko‘prog‘iga Saftar cho‘loqning ham vaqti, ham kuchi yetmasdi.
Saftar cho‘loq bugun bolalirin ham yoniga olgandi. Hammasi bir paytda tug‘ilgandek bir xil bichimdagi yigitlar otalari ko‘rsatgan yerni kovlashardi. U shu qadar sur’at va g‘ayrat bilan ishlardiki, hech kimni ko‘rmasdi. Ilkis boshini ko‘tarib, Abish ota o‘rigan tarafga qaradi. U joyida yo‘q edi. Boya chol bilan o‘rtalarida kechgan suhbatni eslab, boshini chayqadi…

* * *

…Katta tut daraxti tanasidan yodgorlik o‘rnatilgan boshqa bir qabr boshida to‘xtab qoldi. Uning ustidagi bitikdan qabr egshasini tanidi. – bu Foiq muallimning (“muallim” so‘zi ozarbayjonlarda odatda katta yoshlilalrga hurmat ma’nosida ishlatiladi – tarj.) qabri edi. Tegirmondan biroz yuqorida, soy qirg‘og‘ida kaltaklardan momataloq bo‘lib ketgan jasad, uning egnidagi tuproq rangli kiyim, bir tarafda tushib qolgan bir poy botinka… bular bari hozirgidek esida turibdi. Foiq muallim esiga tushganda uning ko‘z oldiga ana shu abgor jasad va uning ko‘ksini teshib o‘tgan o‘qlarning yarasi kelardi.
Foiq muallimning o‘limi sabablari sirligicha qoldi. Qizig‘i, hech kim bu sirning tagiga yetishni ham istamasdi. Bu o‘lim sababli kimlardir nohaq ayblangan, Foiqi muallimning o‘zi esa, do‘stu begonaning tasavvurida “o‘g‘ri” bo‘lib qolgandi.
«…Men pul bilan ko‘milganman, azizlarim, tuproq bilan emas. Pulning tagida yotish azob, pulning og‘irligidan, hididan nafaslarim qaytadi. Qabrimga tegmang. Ustimdan yo‘l tortsinlar, asfalt yotqizsinlar. Men irib-chirib, tuproqqa aylanishni istayman”.
Bu nido baayni toshga tegib aks-sado bermoqda, har tomonga taralib, bo‘g‘iq bur shovqinga aylanmoqda edi.
“…Men unutilib ketishdan qo‘rqamayman. Hech kimdan ginam yo‘q. Bu g‘arib yurtda hech kimdan o‘pkalanishga haqqim yo‘q. Men o‘g‘riman, azizlarim, qo‘y o‘g‘risiman, mendan uzoq bo‘ling. Ustimdagi yodgorlikni ham yo‘qoting, men bunga loyiq emasman. Mayli mening qachondlir bu hayotda yashab o‘tganimni odamlar bilmay qo‘ya qolishsin…”
Buldozerchi bu o‘limni eslagan payti bunda aybdor deb topilgan ota va ikki o‘g‘ilning tirnog‘i ombur bilan sug‘urib olingan barmoqlari ko‘z oldiga kelardi. Qonga bo‘yalgan, kuchsiz va ko‘maksiz barmoqlar…
Sho‘rlik ota barmoqlarini ko‘chirib olishganda tishini-tishiga bosib, bir amallab chidadi, ammo ikki jigarporasining tirnoqlarini sug‘urishganiga chidolmadi. O‘zi qilmagan jinoyatni bo‘yniga oldi. Biroq, o‘g‘illar otaning bu yoshda qamalishiga chidolmadilar. O‘zaro kelishdilar: kichkina o‘g‘il jinoyatni bo‘yniga oldi, hayoti, yoshligi, kelajagini qurbon qilib, o‘n yetti yoshida qamoqqa jo‘natildi.
O‘n yil keyin ozodlikka chiqqach, u yoshlik yillarida ko‘rgan-taniganlarini butunlay boshqacha qiyofada ko‘radi. Baxtidan, qismatidan qo‘porib olingan o‘n yillik hayot uni bir asrga qaritadi, o‘z tengdoshlaridan ajratib qo‘yadi. O‘zining ortda qolgan beg‘ubor, g‘am-tashvishsiz damlarini alam va hasrat ila eslaydi, kadar va afsusga botadi.
Qaytib kelganidan so‘ng, o‘ttiz yoshlarida hayotini yangidan boshlashga harakat qiladi – uy quradi, uylanadi, biror yengilroq ishga kiradi, ammo o‘zi qilmagan jinoyatning tavqi la’natidan, tamg‘amidan bir umr qutulolmaydi. Bu dog‘, bu tamg‘a uning ich-etini yeydi. Butun umrini zaharlaydi. Olamni boshiga ko‘tarib qichqirsa-da, uning ovozini hech kim eshitmaydi. Umr bo‘yi bu qismatdan qutulish uchun o‘ziga-o‘zi o‘lim tilaydi. Ammo hayot baribir shirinlik qiladi, bora-bora ko‘nikadi, hatto o‘zining begunohligiga ham shubha bilan qaray boshlaydi, qotil ekaniga ishonadi. Shunda hayot ham uning uchun bir qadar osonlashadi.

* * *

Shumshuk bir it qazilgan qabrlar oralab tentirardi. So‘nggi bir haftani it shu qabristonda o‘tkazdi. Ilgari ham bu yerlarga tez-tez kelardi. Egasi o‘lganidan so‘ng bu yerga har kuni keladigan bo‘ldi. Endilikda it egasiz qolgandi. Qishloq ko‘chalarida daydib yuradigan odat chiqardi.
Biroq, u qaysi eshikka bosh suqmasin, uni tosh bilan urib haydashardi.
“Men sizning itingiz bo‘lay, – derdi u ichidan ezilib. – meni eshigingizdan quvmang, qo‘ying, sizning uyingizga. Mulkingizga qorovullik qilay. Siz tinchgina orom oling, men tonggacha hurib, uyingizga yot-begonalarni yo‘latmay. Nega meni tushunmaysiz? Axir men itman, itlik qilishni istayman. Siz meni it o‘rnida ko‘rmasangiz men nima qilay?”
Itning ko‘zlarida aks etgan bu sasni hech kim eshitmasdi. Uni har kuni toshbo‘ron qilishardi. Shundan so‘ng u qabristondan panoh topardi. Boshini marhum egasining qabri ustiga qo‘yib cho‘zib uvillardi.
It bir necha kundan beri qabrlar qazilib, jasadlar ko‘chirilayotganidan xabardor edi. Buldozerlar guldiros solib, qabriston atrfoiga kelib joylashganidan uning yuragi bir noxushlikni sezdi. Demak. Qabriston ko‘chiriladi. Qolgan qabrlar esa, yer bilan yakson qilinadi. Uning sohibi qabridan ham nom-nishon qolmaydi.
It qat’iy qarorga kelgandi. Chala-chuqurlarni chetlab o‘tgancha tanish qabr tomon oshiqardi. Mana, uzoqdan sohibining kimsasiz, g‘arib mozori ko‘rindi.
“Tuproq insonlarni tenglashtiradi, degan gap to‘g‘ri emas. Bu dunyoda g‘ariblikda yashaganlar u dunyoda ham g‘arib bo‘larkan. Egasizlar ikki dunyoda ham egasiz qolarkan…”
It qabrning tepasida turib qoldi. Avval uni bir aylanib chiqdi va qazish uchun qulayroq yerni chamalab topdi. Keyin ko‘kragini yerga berib, qazishga tutindi. Necha kundirki, tuz totmagan bo‘lsa-da, vujudiga ajiyu bir quvvat oqib kirganini his qildi. Qabr tuproqlarini ortga surgani sari uning kuchi ham ortardi.
It tuyqusdan to‘xtab, atrofga alangladi. Odamlar ish bilan band. Boshqa vaqt bo‘lganida, itni o‘z egasi qabrini qazayotganidan hamma ajablangan bo‘lardi. Ammo hozir hamma o‘zi bilan o‘zi ovora, it bilan hech kimning ishi yo‘q…
Itning ham boshqalarga ishi bo‘lmadi. Uni tashvishga solgan narsa kelgusidagi kimsasiz hayoti edi. Chunki, u yolg‘iz edi, yuzini bosib yig‘lashga, dardini yengillashtirishga shu yerdan boshqa joy topolmasdi. Agar egasining qabrini ko‘chirmasa, butunlay yolg‘izlanib qolardi.
«…Agar hayotning so‘nggi manzili shu bo‘lsa, nega bir-biringizning qoningizni ichishga buncha tanshasiz, ey g‘ofil bandalar! Men itman, it aqlim bilan tushunib turibmanki, hamma narsaning oxiri tuproq ekan. Nega siz siz insonlar buni tushunishni istamaysiz? Tarafma-taraf, qishloqma-qishloq, chegarama-chegara, o‘lkama-o‘lka turib, bir-birinigiz bilan urishasiz, qon to‘kasiz, ey Alloh bandalari! Men sizni tushunmayman, tushunolmayman…”

* * *

– Rahmatli Aminani qabrini ochishganda, bechoraning boshini topa olishmabdi. Mayitning yuzini qiblaga emas, boshqa tarafga qaratib ko‘mishgan ekan-da?
– Saltanatning qabrini ochishsa, jasad tag-tugi bilan yo‘qmish. Hamma-yoqni ilma-teshik qilib tashlashibdi. Tavba, o‘lik ham yo‘qolarkan-da?
– Aytgancha, eshitdinglarmi? Alish tirilib, uyiga yarim kechasi kirib boribdi. Xotini eshikka chiqib, erini ko‘rgan zahoti hushidan ketibdi. Masining qamoqdan chiqib kelgan o‘g‘li uning yonida ekan. Erining tuprog‘i sovumasdan qo‘shnisi bilan ko‘z urishtiribdi-da, juvon o‘lgur.
– Keyin eri ham go‘rida tikka turgan-da! Xudoning qudratiga qarang?
-Ha, Masining o‘g‘li Alishga qarab o‘q uzibdi. O‘q Alishning ko‘kragini teshib o‘tsayam, hech narsa bo‘lmasdan hovlidan chiqib ketarveribdi.
-Lekin, uydan to qabristonga qadar qon to‘kilib borganmish.
-Xotini ertalabga yaqin hushiga kelibdi. Ammo, tildan qolganmish.
-E, ha, bugun Alishning yettisi bo‘lishi kerak edi. Endi esimga tushdi. Fotihaga o‘tmadinglarmi?
-Men peshinda bir qarab o‘tgandim. To‘g‘rirog‘i devordani bir mo‘ralab o‘tdim. Ichkarida bir zog‘ ko‘rinmaydi. Hayron qoldim.
– Alishning go‘rdan chiqqani haqidagi xabar butun qishloqqa yoyilibdi. Odamlar uzoqdan unga qarab ketishayotganmish. Oldiga borishga hech kimning yuragi dov bermasmish.
– O‘likning qabridan chiqib qochishi yaxshilik alomati emas. Endi butun qishloq kechasi bilan uxlolmas ekan-da?
–Saftar go‘rkov uni o‘z qabrining tepasida qip-yalang‘oya holda o‘tirganini ko‘ribdi. Badanini oppoq tuk bosib ketganmish. Go‘rkovni ko‘rishi bilan kafanni yopinib allaqayoqqa g‘oyib bo‘pti.
-Qiyomatda o‘liklar tiriladi, deyishardi. Yo qiyomat qoyim boshlandimikin?
…Belkurak va ketmonlarning taraq-turug‘i singan onda odamlarning bir-biri bilan shu taxlit gap-so‘zlari quloqqa chalinar, keyin yana bu ovozlarni ketmon va belkurak tovushlari bosib ketardi…

* * *

…Buldozerchi yigit qazib tashlangan qabrlar orasidan yaqqol ko‘rinib turgan qabr toshi ustidagi bitikni hijjaladi. Sultonzodaning qabri ekan. Sultonzodaning jasadini olti oy ilgari Bokudan keltirib dafn qilishgandi. Qishlog‘iga ko‘mishlarini vasiyat qilgan ekna. Ammo xotin buni istamabdi. Lekin do‘stlari baribir uning vasiyatiga amal qilishibdi.
Sultonzoda bu qishloqdan chiqib ketganida yigirma yoshlarda edi. Buldozerchi uning qayerda o‘qib, qayerda ishlaganini bilmasdi. Ammo, shuni bilardiki, Sultonzoda bu qishloqning faxri edi. Qishloqda uning katta yozuvchi, olim bo‘lgani, kitoblar yozgani, dovu davroni olislarga yoyilgani haqida eshitgandi. Tumanda Sultonzodaning yaqinlaridan singillari, tog‘asining o‘g‘illari qolgandi. Uning sog‘-salomat paytida, ot ustidan tushmagan kezlarida qishloqqa kelib qolsa, uni o‘tqizgani joy topolmay qolishardi. O‘lganidan keyin uning kimga keragi bor?
Dafn marosimida Bokudan ikki avtobus odam keldi. Qabr tepsida ham katta miting o‘tkazildi. Tumanning hamma kattalari qatnashishdi.
Marosimdan keyin mehmonlar Sultonzodaning ota hovlisiga ketishdi. Darvozada katta qulf osilgandi. Bolalardan biri devor oshib, katta davrozani ichkarisidan ochgan, keyin mehmonlar hovliga kirishgandi.
Buldozerchi Sultonzodani ilk bor shu hovlida ko‘rgandi. Hovli to‘ridagi ishkom tagida stolda nimalarnidir qoralab o‘tirardi. Uning nazarida kitoblarni bunchalik soddalik bilan, oddiy ishkom tagida o‘tirib yozib bo‘lmasdi. Kitob yozish juda katta, muqadas, sirli bir ish bo‘lishi kerakdek edi.
Hovliga anchadan beri odam oyog‘i tegmagandi. Mehmonlar ham qotib qolishdi. Ularning ko‘pchiligi bu hovliga oldin ham kelishgan. Ammo u paytlarda hovlining fayzi bo‘lakcha edi.
Kelganlar orasida marhumning ayoli ham bor edi. Qop-qora kiyingan xotin qo‘llarini qovushtirgancha, bir nuqtaga termilib qolgandi. Xuddiki, uning bu hovliga daxli yo‘qdek, boshqa bir insonning ta’ziyasiga kelgandek edi.
Mehmonlar hovlini kezishga tushishdi. Hovli o‘rtasida suvi qurib qolgan hovuz, uning labida eski chelak, bir tarfga uloqtirilgan eski shoxsupurgi, eshigi ochilib qolgan tovuqxona va yomg‘irda ivib tushgan eski tandir odamda g‘alati tasavvur uyg‘otardi. Sultonzodaning tog‘avachchalari, shaharga erga tegib ketgan singillari ham yetib kelishgandi.
Qishloqda, marhumning ota hovlisida kichikroq bo‘lsa-da, bir dasturxon yozib, ehson berish kerak edi. Har qalay mehmonlar uzoq yo‘l bosib kelishgan. Marhum ham el tanigan, obro‘li inson edi. Odamlarga juda ko‘p yordami tekkandi.
Dafn – so‘nggi burch. Bu burchni bajarish shuncha odam uchun oddiygina ish. Ilgari sog‘ligida Sultonzoda qishloqqa kelishini oldindan bilib, uning yo‘liga peshvoz chiqishardi. Qancha xonadonlarda uning uchun qo‘y so‘yilar, dasturxon yozilardi. Xullas uni bir daqiqa tinch qo‘yishmasdi. Qishgloqda nari borsa bir hafta qoladigan bo‘lsa-da, ota-onasidan tuzukroq hol so‘rashga vaqt topolmasdi. Tanish-binish, qo‘ni-qo‘shnilardan birma-bir hol so‘rab chiqar, hammasining dardini tinglashga urinardi. Butun qishloq Sultonzodaga havas qilardi.
Biroq, Sultonzoda o‘zini baxtli hisoblamasdi.
-Kitob yozish, olimlik, katta shaharda yashash baxt deb o‘ylamang, – derdi u hamqishloqlariga. – Qasam ichib aytamanki, siz mendan baxtlisiz. Inson o‘zi tug‘ilib-o‘sgan tuproqdan olisda hech kim emas. Qishloqdan chiqib ketgan kunimdan to hozirgacha, har kuni uyquga yotishdan oldin “yana ona qishlog‘imga bir umrlik qayta olarmikinman?” deb o‘zimga o‘zim savol beraman.. Sizdan faqat birgina iltiimosim bor: O‘lsam meni shu tuproqqa qo‘yinglar. Umrim g‘ariblikda kechdi. Loaqal qalbim g‘urbatda qolmasin. Bir ikki-yilda qaytib kelaman. Umrinmning qolganini shu yerda o‘tkazaman. Bordiyu, ajal omonlik bermasa, meni boshqa tuproqqa ko‘mishlariga yo‘l qo‘ymang…
…Hovlining o‘rtasidagi tosh hovuzni Sultonzodaning o‘zi qurdirgandi. Hovlining bir tarafidan oqib o‘tgan ariq bo‘yida majnuntollar tizilib turardi. Hovlidagi anor, nashvati, behi daraxtlarining son-sanog‘i yo‘q edi.
Odamlar hamon bir nuqtaga noshod termilib turishar, hammaning nigohi Sultonzodaning qulf urilgan uyiga qadalgan, xuddi bu qulf o‘z-o‘zidan ochilib, yozuvchi chiqib keladigandek edi. Ammo, mo‘jiza yuz bermadi.
Sultonzodaning bolasi yo‘q edi. Er-xotin o‘n uch yil kutishdi, farzand ko‘rishlaridan umidlari uzilgach, bolalar uyidan bir qizaloqni boqib olishdi. Qo‘shnilar Sultonzodaning asrab olganidan xabardor edilar. Shu bois, “bolaning qulog‘iga yetmasin” deb uylarini ham almashtirishdi.
Sultonzoda qizini jonidan ortiq ko‘rardi. Qiz ham otasiga juda mehribon bo‘lib o‘sdi. Uni hech narsaga zoriqtirishmadi. U kamolga yetgach, bir qiz bo‘ldi, bir qiz bo‘ldiki… Bir ko‘rgan yana bir ko‘rsam derdi.
Yigirma yoshgacha hech narsani bilmay o‘sdi. Faqat kunlarning birida, qo‘ni-qo‘shnilaridan birovi nimagadir sirni ochib qo‘ydi. Kim aytganini Sultonzoda bilmay ketdi. Qiz bu haqiqatni eshitgach dahshatga tushdi.. Ammo, ota-onaning aybi nima? Axir nasli-nasabi noma’lum bo‘lgan bir qizni bolalar uyidan olib, yigirma yil boqib katta qilish gunoh sanalmaydi-ku?
Qiz ham ota-onasiga bu haqda bir og‘iz gapirmadi. Ehtimol hammasini bilib-bilmaslikka oldi. Faqat kunlarning birida Sultonzoda ishdan qaytganida, qizni o‘z uyida ko‘rmadi. Yozuv stolining ustida bir maktub turardi. Qiz uyidan ketib qolgandi. Shu hodisadan so‘ng, Sultonzoda bir kunda keksayib qoldi.
…Dafn marosimiga kelgan mehmonlar poyezdda qaytib ketishdi. Sultonzodaning ayoli hovlida qoldi. U ana shu kimsasiz, huvilagan eski hovlida tong ottirdi. Hovlidagi uch xonadan birining kalitini ayol hamisha o‘zi bilan olib yurardi. Bu xonani uning kelinlik uyi edi. Ilk bor shu yerda chimildiqqa kirgandi. Bu uydagi jihozlik kelinlik paytda qanday turgan bo‘lsa, hozir ham shu ko‘rinishda edi. Bu xonadan hatto bir cho‘p olib chiqilmagandi. Bokudagi uylariga esa, bar jihozlarni shahardan sotib olishgandi. Bu uyga Sultonzodaning onasi hech kimni kiritmasdi.
Ayol qo‘ni-qo‘shnilarning takliflarig qaramay, bu xonadan chiqmadi. Qayinsingillari ham qancha yalinishmasin, ular bilan ketmadi. Uning yonida qolishlariga ham ko‘nmadi.
-Meni tinch qo‘ying, – dedi u. – Ertalabgacha o‘z dardimni o‘zim tortay. Tong otishi bilan bu yerdan qoramni o‘chiraman. Shu uy tag-tugi bilan sizga qoladi. Bir cho‘pini ham olib ketmayman. Faqat, iltimos, shu kecha meni o‘z holimga qo‘yinglar!
Bu gapdan so‘ng qayinsingillari jimgina chiqib ketishdi.
Ayol tonggacha mijja qoqmadi. Deraza oldida qorong‘ilikdan ko‘z uzma o‘tirdi. Hovlian oqib o‘tgan ariqning shildirashiga quloq osdi, Sultonzoda bilan o‘tkazgan o‘ttiz besh yillik umrini qaytadan yashadi go‘yo. Shu o‘ttiz besh yil xuddi bir kechada mana shu ariq suviday shiddat bilan oqib o‘tgandi.
Ertalab uni qabristonda ko‘rishdi. Kun qiyomga kelguncha qabr tepasida o‘tirib unsiz yig‘ladi. Keyin qayerga g‘oyib bo‘lganini birov bilmadi. Shundan so‘ng uni birov ko‘rgani yo‘q. Faqat gohi-gohida qabr ustida mo‘jazgina guldastalar paydo bo‘lardi. Bu gullarni kim qo‘yib ketganini birov bilmasdi. Oradan ko‘p o‘tmay, guldastalar ham kelmay qo‘ydi. Shu tariqa Sultonzodaning qabri ham odamlarning xayolidan ko‘tarildi.

* * *

…Mayitlari ko‘chirilgan qabrlar ihotasida faqat bilakdekkina yodgorlik qo‘yilgan go‘dak qabri qolgandi. Yodgorlik ustida bir og‘iz ham so‘z yozishmabdi.
Buldozerchi boshini ko‘targanda qarshisida turgan go‘dakni ko‘rdi. Bolaning ust-yuboshi tuproqqa belangani uchun uni yerdan ajratish qiyin edi.
– Bu ukamning qabri, – dedi bolakay. – Yettita qo‘y atab topgandik. Uning qabrini buzsangiz, men ukasiz qolaman-ku?
Esladi. Yetti qo‘y atalgan bu go‘dakning taqdiri unga tanish. Qirq kungacha unga ism qo‘yishmagandi. Chillasi chiqqan kun chaqaloqqa atalgan ilk qo‘yni so‘yishgan, tog‘asi unga Mazohir deb ism qo‘ygan, ammosi ertasi kuni go‘dak nobud bo‘lgandi.
Qirq kun! Bu hayotda qirq kungina yashab ketishni umr deb bo‘larmikin? Bechor ona! To‘qqiz oy bolasini vujudida ko‘tarib yurgan, uning yo‘liga ko‘z tutgan onaizor qirq kungina bag‘rida yotgan go‘dagini qabristonga qanday jo‘natdiykin?
Keyin o‘sha go‘dakka atalgan yettita qo‘yni har yili bittadan, uni tuproqqa topshirgan kun so‘yib, ehson berishdi. Yetti yil bu qabrni ziyorat qilib turishdi. Keyin esa asta-sekin unutila boshladi.

* * *

Buldozerchi qabristonning ust tarafidan oqib o‘tuvchi anhor qirg‘og‘i bo‘ylab ketib borardi.
Yozning boshlarida qor erigan payti anhor suvi toshar, qabristonning tepa qismi suv ostida qolardi. Shundan qishloq jaoati hashar qilib, ang‘or chap sohiliga band solishardi. Kelguchi yili sel suvlari yana bandni oqizib ketar, yana qabristonning bir qismini suv bosardi.
Hozir esa, anhorning suvi o‘ta sayozlashgan, qurbaqaldar ham suvsizlikdan qurigan terilarini oftobga toblab, og‘izlarini kappa-katta ochib, bo‘yinlarini shishirib nafas olishardi.
Qirg‘oq bo‘ylab, pastga tusha boshladi. Bu anhor berala-burala qir-adirlar oshib, Kura daryoiga qo‘shilardi. Endi esa, anhorning o‘zani kunning tig‘ida, qurg‘oqchilikdan yorilib yotibdi.
Anhor sog‘ili bo‘ylab ketgan so‘qmoqda bir to‘da odamlar turganini ko‘rdi. Halima xola etagidagi toshlarni birma-bir anhorning sayoz suvida chaymoqda edi. Undlan sal narida bolalari unga tashvish va alam bilan termilib turishardi.
Halima xola toshlarni qarshisida terib qo‘ygan, har birini avaylb suvga chayar,keyin etagiga ohista artib, yana qo‘yniga solardi.
Buldozerchi ko‘ngli buzilib, yuzini ters burdi. Qabristonda odamlar boyagidek shi bilan band edilar.
…It og‘zida egasining bosh suyagin ko‘tarib bormoqda. Jonivor boyadan beri ikki qabriston orasida qatnayverib holdan toygan ko‘rinadi. Mana bosh chanog‘ini yerga qo‘yib, tilini osiltirib hansirayapti.
«…Nega insonlar yaqinlarining qabrini yo‘l ostida qolib, yo‘qolib ketishini istamaydilar? Axir bu ko‘chirilgan qabrlar ham qachondir unutiladi, odamlarning yodidan o‘chadi-ku? Bu dunyoning yoshini birov biladimi? Inson nega bu qadar bechora? Biroq, u qachongacha o‘zining ojizligi, kuchsizligini idrok etolmay yasharkin? Zotan, inson bolasi dunyoning milyon-milyon yillik xotiralari qatida qum zarrasidek yo‘qolib ketadiku? Qadrdonlarining qabrini ko‘chirayotgan bu kimsalar o‘n yil, o‘n besh, nari borsa o‘ttiz yildan keyin o‘zlari ham mana shu qabristondan makon topishlarini o‘ylasharmikin?…».
Chamasi zo‘r berib ishlayotgan bu odamlar hayotga shu qadar bog‘lanib qolgan edilarki, ular ham vaqti kelib, bir hovuch suyakka aylanib qolishlarini tasavvur etish mushkul edi.

* * *

Shu choq odamlar orasidan 20-22 yoshlaridagi bir qiz ajralib chiqdi. Kiyimidan bu yerlika o‘xshamasdi. Aftidan qarindoshlaridan birovining qabrini ko‘chirish uchun uzoqdan kelgandi. Qabrlar oralab sarsari kezishidan kerakli qabrtoshni topa olmayotgandek edi.
Buldozerchi yigitning ko‘ziga qiz biroz tanishdek ko‘rindi. Axir bu Sultonzodaning asrandi qizi emasmi? Oradan shuncha yil o‘tgan bo‘lsa-da, qizning qaddi-qomatida, yurish-turishida bolalik yillarining allaqaysi chizgilari saqlanib qolgandi.
Qiz sahardan beri qo‘lidagi kichkina tosh parchasi bilan qabr toshlarini birma-biri urib yurardi. Xuddi yer ostidagi marhumlarining tosh ovozini eshitib, ichkaridan ovoz beradigandek…
Qizning harakatlarini anglash mumkin ediki, Sultonzodaning uyini tark etganidan beri (oradan ikki yil o‘tgandi) asl otasini axtarar, uni qidirishdan charchamas, agar topilmasa, umrining qolgan qismini ham shu ishga baxsh etmoqchi edi. Faqat qiz nima uchun onasini emas, faqat otasini qidirishi sir bo‘lib qolmoqda edi. Bu qabristonga ham uni ana shu istak olib kelgandi.
«…Uni bolalar uyidan asrab olgan, yigirma yil otalik qilgan Sultonzodaning qishlog‘iga kelishga bu qizni nima undadi ekan? Qiz nima uchun o‘z otasini bu qabristondan qidiryapti? Otasining qabri ana shu unutilgan qabrlar orasida bo‘lishi mumkinligini u qayerdan bildi? Balki tushida ayon bo‘lgardir? Balki Xudoning o‘zi ko‘ngliga solgandir? Yo kimdandir eshitdimikin? Qabrlarni qayta-qayta ko‘zdan kechirishidan u o‘zi izlagan narsani topa olishiga amindek ko‘rinadi…».
Ertalabdan beri u qabristondagi odamlardan birma-bir so‘rab chiqdi:
– Otamning qabrini bilmaysizmi?
Odamlar bosh chayqashardi.
-Bilasizmi, otam baland bo‘yli, qoramg‘iz odam edi. Qoshining ustida chandig‘i bor. Yuzi, ko‘zlari xuddi menikidek. O‘zim necha marta tushimda ko‘rganman.
-Otangning oti nima edi?
-Otini bilmayman, – derdi qiz. – Faqat belgilarini eslayman. – Qiz shunday deya tushida ko‘rgan otasining belgilarini sanashga tushardi.
Biroq, otasini birov ko‘rdim demadi. Hammadan otasi haqida so‘rab, tayinli javob ololmagach, tosh parchasi bilan qarovsiz qabr toshlarini taqillatib chiqa boshladi. U tosh bilan taqillatib ko‘rgach, qabrtoshiga qulog‘ini qo‘yib, eshitib ko‘rar va bosh chayqab yana yo‘lida davom etardi.
– Yangi qabristonga borib ko‘r-chi, balki uniyam ko‘chirishgandir? – maslahat berdi bir bukri qariya.
Qiz indamadi. Otasining qabri yangi qabristonga ko‘chirilganiga ishonmasdi. Nazarida otasi ham unutilgan qabrlardan birida yotgan bo‘lishi kerak.
Sultonzodaning qabri tepasiga kelganda to‘xtab qoldi. Qiz uning o‘lganini bilsa-da, qabrini ko‘rmagandi. Biroq, shu qabristonga qo‘yishlarini vasiyat qilganidan xabardor edi. Qiz Sultonzodaning qabri hali ham ko‘chirilmaganini ko‘rib, taajjublandi. Chunki, umr bo‘yi odamlarga yaxshilik qilib kelgan bu insonning qabri odamlarning yodidan ko‘tarilishi mumkinligini xazm qilolmasdi.
Biroq, qiz Sultonzodaning qabr toshini chertmadi. Bir muddat qabr ustida turib qoldi. Keyin o‘zi istamagan holda tiz cho‘kdi. Qiz Sultonzodaning uyidan chiqib ketganidan beri, yigirma yil unga otalik qilgan insonga nisbatan ich-ichidan qanday hislar kechganini o‘zi ham aniq bilmasdi. Bu hislar na nafratga o‘xshardi, na muhabbatga. Shuni aniq bilardiki, u ayni damgacha Sultonzodani ko‘rishni ham, u bilan yuzma-yuz kelishni ham istamay keldi. U qismatning noravoligi sababli hayotiga kirib qolgan bu insondan uzoqroq bo‘lishni xohlardi.
Faqat hozir Sultonzodaning qabrini ko‘rgan onda yuragining tub-tubida unga nisbatan achinish, xayrixohlik hissini tuydi. Bolalik davrlarini esladi. Endigina oyoqqa kirib, atak-chechak yura boshlaganida, sultonzoda uni dengiz sohilari bo‘ylab sayr qilgani olib chiqardi. Beixtiyor ko‘zlari yoshlandi.
Qiz gohida o‘zining soddaligidan achchiqlanardi. Nahotki o‘tgan yigirma yil ichida Sultonzoda o‘z otasi ekanini sezmadi? Bir paytlar qalbida, borlig‘ida Sultonzoda joy olgan hudud endi bo‘shab yotibdi va bu bo‘shliq uni yanada og‘rintirardi.
Qiz shu asnoda bir haqiqatni anglab yetdi: u Sultonzodani hech qachon o‘zidan quva olmaganidek, bundan keyin ham uni hayotidan, xotirasidan mutlaqo o‘chirib tashlay olmaydi.

* * *

Kechga tomon qiz umidini tamomila yo‘qotgan bo‘lsa-da, hamon qabrlar oralab yugurardi. Bir ozdan so‘ng qabriston butkul tekislanadi. Endi har bir qarovsizo‘ qabr toshlaini chertib, sarsari kezishdan ma’no qolmagandi. Faqat har yubir qabr boshi ustida to‘xtabyu qichqirardi:
– Ota! Ota!
Qizning ovozi toshlarga tegib ortga qaytardi. Biroq, abadiy uyquga cho‘mgan qabrlardan sado chiqmasdi.
-Ota! Otajon! – qizning faryodi qabriston uchra yoyildi. Keyin… ovoz daf’atan so‘ndi. Qiz ham g‘oyib bo‘ldi.

* * *

Peshin mahali Saftar cho‘loq iini tugatib, eski qabristonga keldi. Kun bo‘yi qabr qazib charchagan odamlar go‘rkovni o‘rab olishdi.
– Baraka topkur, shu qabrlarning barini sen qazigansan. Qabrni ham shunaqa chuqur kovlaysanmi? Ona sutimiz og‘zimizdan keldi-ku?
-Men nima qilay? – dedi Saftar cho‘loq. – Shu paytgacha biror qabristonni bir joydan boshqasiga ko‘chirishganmidi? Oruch amaki, man sizning yoshingiz to‘qsondan oshdi. Bmiror marta shunaqa ish bo‘lganmidi?
–Xudo haqqi, endi ko‘rishim, – dedi odamlar oraislda turgan keksa mo‘ysafid. – Men Nikolayning qon qaqshagan davrlarini ham ko‘rganman. O‘sha vaqtda ham bir banda qabrni boshqa joyga ko‘chirmagan.
-Planga tushgan bo‘lsa, nima qilishsin, Bilaanku, hukumat har ishn7i reja bilan qiladi, – gap qo‘shdi yana kimdir.
-E, hukumatni tepasida turganlar ham inson-ku? O‘sha “plan”ni kim tuzadi? Odamlarmi? O‘sha planni tuzganlar shu yo‘lni sal naridan o‘tkazishsa asakasi ketarmidi?
-E menga nima deysan? Borib o‘sha kattalarga gapir!
-Kattalar menga quloq solarmidi? Bu balolar aslida o‘shanalradan chiqdi-ku? Agar biror nodon qatiqning rangi qora, deb aytsayu, sen buning teskarisini isbotlamoqchi bo‘lsang, holingga voy. Butun umring o‘tsa-da, biror narsani isbot etolmaysan.

– Hech bo‘lmasa, odamlar yig‘ilishib “marhumlarning ruhini bezovta qilmaylik” deb borsa bo‘ldardi-ku? Qachongacha, kabinetda yalpaytsgancha, odamlarga buyruq berishadi? O‘zi bular nima qilayotganini tushunadimi?
– Bema’nilik, – dedi Oruch amaki. – Sochlarimga qara, bittayam qora tola qolmagan. Men dunyoni har tomondan ko‘rganman. Meni hech narsa bilan taajjublantirib bo‘lmaydi. Bu dunyoda hamma narsa bo‘lishi mumkin ekan.
– Bu nima degan gap? Qachondir yuqoridan biror qaror yo ko‘rsatma kelsa, ko‘p o‘tmay, bekor qilishadi. Men “tepa”dan biror aqlli qaror chiqarilgani shu paytgacha ko‘rganim yo‘q.
–Qaror chiqarishdan oldin xalq biln bir kengashib ko‘rishmaydimi? Axir bu qarorni tosh-kesak uchun emas, odamlar uchun chiqaryapmiz, ular bundan norozi ekan, bunaqa qarorning kimga keragi bor, deb o‘ylashmaydimi?
–Shunaka, oshna, bu qabristonning ko‘chirilishi masalasida yetti yoshdan yetmish yoshgacha hamma qarshi. Chunki, bu haqsiz qaror.
– O‘lay agar, odam bu dunyodan bosh olib qayerga ketishini bilmay qoladi. Na o‘likni tinch qo‘yishadi, na tirikni.
…Boyadan beri samoning ko‘z ilg‘amas kengliklaridan odamlarni sinchiklab kuzatayotgan burgutlar ham g‘oyib bo‘lgan, endi moviy osmonda hech narsa ko‘zga tashlanmasdi.

* * *

…Shumshuk it ochiq qabrlar oralab, og‘zida egasining suyaklarini tashish bilan ovora. Og‘zidagi suyukni yangi qabristondagi qabrlardan biriga tashlab, yana ortiga yugurgilardi.
…Bir to‘da odam esa, davra qurib, Alish “tirilib” chiqqan lahadni tomosha qilishardi. Odamlarning yuz-ko‘zlaridan bir-biridan nimanidir yashirib turishlari yaqqol ko‘rinardi. Lekin nimagadir hech kim lahadga engashib qarashga jur’at qilolmasdi. Qabr tuprog‘i ham, bir tarafga ag‘anab yotgan qabr toshi ham, chuqurning o‘zi ham sirli, vahimali ko‘rinardi.
Tuproq ustida yalang oyoqlarning izi yaqqol ko‘rinib turardi. Izlarning yarmi tashqariga yo‘nalgan, qolgani qabr ichiga qarab kelgandi. Bundan Alish avval qabridan chiqib, yana o‘z joyiga qaytgan, degan xulosaga borish mumkin edi. Shu bois, ko‘pchilik qabrning ichiga qarashga yurak qilolmasdi.
Og‘zida suyak tashiyotgan it ham to‘da oldidan o‘tarkan, bir zum oyoq ildi. Suyakni yerga qo‘yib birpas odamlarga qarab turdi-da, keyin yana suyakni tishlab, yo‘lida davom etdi.
Sal ilgari qo‘ynidagi toshlarni silab-siypalab o‘tirgan Halima xola endi ularga alla aytmoqda. U toshlarning birini olib, birini qo‘yar, mahzun alla sadosi qabriston bo‘ylab mayin shabadadek esardi.

* * *

…Morboz afsunlarni o‘qiy-o‘qiy qabrisonning ichkarisiga kirib borardi. Yelkasiga tashlab olgan yelimxaltadan bir-biriga chirmashib yotgan ilonlar yaqqol ko‘rinardi. Quyoshning issiq harorati ularni ham holdan toydirgan shekilli, qimirlamay qolishgandi.
Morboz oxirgi ilonni ham uyasidan chiqarish uchun o‘qigan afsun ularni mast qilib qo‘ygandi, shuning uchun ular havoning issiqligi, dimligini ham pisand qilishmasdi.
U qabristonning narigi tarafiga kelib to‘xtadi. Boyadan beri nechta afsun o‘qib qabrlar oralab kezsa-da, birorta ilon ko‘ziga ko‘rinmagandi. Yelkkasidagi yelimxaltani yerga qo‘ydi va kattakon yassi toshning ustiga o‘tirdi. Yengsiz ko‘ylagi ter ichida qolgandi. O‘zi ham sang‘iyverib holdan toygandi.
U qabristondagi har toshni, har bir ilon uyasini yaxshi bilardi. O‘n yildirki, har yozda xotini bilan bu yerga kelar, afsun o‘qib, ilonlarni inidan chiqarar va ushlab ketardi. O‘tgan yozda xotining kuragidan ilong chaqib o‘ldirdi. Ilon zahri shu qadar o‘tkir ediki, yarim soatda ayolning masalasini hal qildi.
Kuppa-kunduz kuni ayolining ko‘z o‘ngida jon berayotganini ko‘rib turib, qo‘lidan hech narsa kelmadi.
Morboz hamon pichirlab duo o‘qirdi. U afsun o‘qirkan, ko‘z oldini tuman qoplar, o‘tmish va kelajak bir-biriga qorishib ketardi. U o‘qigan sari yengillashar, horg‘inligi ham tarqalardi.
Bir payt boshini ko‘tarib ko‘rdiki, bir juft ilon bolasi oyoqlarining tagida turibdi. Ilonchalarning mitti ko‘zchalari shu qadar tiniq va toza ediki, beixtiyor ularga rahmi keldi. Ilonchalar afsun ovozini eshitib kelishgan, shu ovozdan boshqa narsa quloqlariga kirmasdi.
Morboz ilonchalar o‘ziga kelib, qaytib ketar, deya bir zum jim turdi. Keyin yelimxaltani yelkasiga ortib, yana yo‘lida davom etdi. Havo issiq bo‘lsa-da, xaltadagi ilonlar sovuq edi. U ana shu sovuqlikni qonida, tomirlarida his etmoqda edi.
O‘n-o‘n besh qadam bosib, ortiga o‘girildi. Ilonchalar ortidan sudralib kelishardi. Ularni adashtirish uchun qadamini tezlatdi. To shaharga olib boruvchi tosh yo‘lga chiqqancha ortiga burilmadi.

* * *

…Buldozerchi burilib, ortiga qaradi. Bu qabrlarga qabrdoshlariga so‘nggi bor qarayotganini sezdi. Birozdan so‘ng, bular bari yer bilan yakson bo‘ladi. Sal o‘tib, bu unutilgan insonlarning Yer yuziga bog‘lab turgan so‘nggi izlar, inshonalar yo‘qqa chiqadi.
«…Qabrlar ham odamlarga o‘xsharkan, ularning ham yetimi, egasizlari bo‘larkan, ota-onalisi, baxtli-baxtsizi bo‘larkan” – o‘ylardi u sochilib yotgan qabrtoshlari oralab borarkan.
Havo jahannamdek issiq edi. Uning o‘zi ham shu lanj havodi mudrab borayotganini his etdi. Uning quloqlari ostida ketmon-belkurak ovozlari uzoqdan kelayotgandek edi. Bu ovoz xuddi afsun singari uning xotirasidagi hamma narsalarni o‘chirayotgandek. Boshining ostiga bir tosh parchasini qo‘yib yerga uzandi.
Yaqin orada ikki kishi qabr qazimoqda. Birovi gapirar, ikkinchi quloq osardi:
– Kecha rahmatli tushimga kiribdi. “O‘g‘lim, kecha qabrimni ko‘chirayotganda soqolimni ham ko‘chirmadingmi?” deb so‘rabdi. Hayron qoldim. “O‘g‘lim, bu yoshimda meni xaloyiq orasida sharmnada qilma, men soqolsiz odamlarga qanday ko‘rinman? Qayerga qo‘ygan bo‘lsang, topib ber soqolimni” dermish. Ertalab eski qabrning tit-pitini chiqardim. Chirik kafan parchalaridan boshqa hech narsa topolmadim. “Balki ruhi ochiqqandir” deb mulla Muhammadni chaqirib Qur’on o‘qitdim. O‘sha oqshom yana tushimga kirib mendan soqolini so‘radi. Bu gal soqoli qayerga to‘kilib qolganigacha aytdi. Xudoning qudrati bilan, xuddi o‘sha burchakdane bir tutam sqol topsam! Darhol uniyam yangi qabrga joylab keldim. Shundan beri tushimga kirmay qo‘ydi. Agar bu gaplarni menga boshqa birov aytsa, o‘la qolsam ishonmasdim. Lekin o‘z boshimga tushgan savdo bu.
– Ja’farga “onaningning qabriga egalik qil” deb aytolmadik. Qaytib kelganida, qabristoning tekislanganini ko‘rib, jinni bo‘lsa kerak. Nima qilay, bir hafta oldim telefon qildim, javob ololmadim. O‘tgan kuni Bokuga, ishxonasiga telefon qilsam, qaysidir shaharga komandirovkaga ketgan, deyishdi. Ikki o‘t orasida qoldim. O‘zi shu onasining qabri haqqi-hurmati bizdan xabar olib turardi. Endi umuman oyog‘i uzilsa kerak.
– Hech bo‘lmasa, yangi qabrlarni ko‘chirish kerak edi-di. Hali tuprog‘i sovumagan qabrlar bor, axir.
-E, bitta-ikkita bo‘lsayam mayliydi, qaysini ko‘chirasan?
–Sultonzodaning qabrini ko‘chirsak bo‘lardi-da. Hali kun kelib, shu ishni qilmaganimiz uchun peshonamizni mushtlab qolamiz.
–Menga qolsa, bu ishni o‘zim ham ikkita yosh yigit bilan eplab tashlardim. Lekin jahlimni chiqargani, nahotki, shunday odamning qarindosh-urug‘lari shu ishga yaramagan bo‘lishsa?
–Necha kundan ber qabristondaman. Ammo, Sultonzodaning biror el-xeshini bu yerlarda ko‘rmadim.
–Umuxonimning eriga nima deysan? O‘g‘illari onalarining qabrini ko‘chiraylik, desa, ota qo‘ymapti. “Jimgina o‘tirlaring, onalaring fohisha edi, bunaqa ayolning nom-nishoni qolmagani yaxshi. Buldozerning tagida qolib ketaversin” deganmish. Fohisha ekan, uylanib nima qilarding? Hech zamonda bolaga ham onasi haqida shunqa deysanmi, nolmard?
– Eshitdingmi, Foiq muallimning ham xotini tomosha ko‘rsatibdi. Bir-ikki nafar shogirdi “biz shu insonning qabrini ko‘chiramiz” deb kelishsa, ayol naq qiyomatni qo‘poribdi. “Aka-ukalari, o‘g‘illari turgan yerda sizga kim qo‘yipti erimning qabrini ko‘chirishni” deb oldiga solib quvlabdi.
Shu payt ular tomonga yalang‘och, beliga kafan o‘rab olgan, badanini oppoq tuk qoplagan bir odam kela boshladi. Odamlar turgan joylarida qotib qolishdi. Bir pastda odamlar ish-kuchlarini yig‘ishtirib, bir joyga g‘uj bo‘lib olishdi.
Oppoq tukli odam ham to‘xtadi. Hech kim lom-mim demay turardi.
-Men Alishman, – dedi oq tukli mavjudot. – men tirikman.
Odamlar bab-baravariga vahimaga tushib titrashni boshlashdi. Ammo hamma jim edi:
-Nega menga bunaqa qaraysizlar? – dedi Alish. – meni tanimadingizmi?
Ilkis uning ko‘zlari odamlar orasidan Bakirni topdi. Alish umrining yarmidan ko‘pini Alish bilan bir joyda o‘tkazgandi. U eski qadrdonini ko‘rganida, oqarib qolgan ko‘zlarining qorasi o‘rniga qaytdi. Hech bo‘lmasa, Bakir uning tirikligiga ishonar?
– Bakir! – dedi va beixtiyor u tarafga odimladi. Buni ko‘rib, Bakir yerga o‘zini tapa tashlab, chala so‘yilgan hayvondek xirillishga tushdi.
Alishning yuzidagi tabassum ham g‘oyib bo‘ldi. Qaltirayotgan olrmon orasidan kimdir o‘zini qo‘lga olib:
-Yo‘qol bu yerdan, – dedi. – Sen narigi dunyodan qochib kelyapsan. Hoziroq joyingga qaytmasang, seni o‘ldiramiz.
Shu onda Alishning o‘q tekkan qo‘li zirqiragandek bo‘ldi:
-Meni tinch qo‘yinglar, – dedi Alish og‘ir xo‘rsinib. – Men tirik edim. Yarim kechasi o‘g‘rilar kelib, uzugim, tilla tishlarimni olmoqchi bo‘lishdi tirikligimni ko‘rib, qochib ketishdi. Men zotiljam bo‘lgandim. O‘lgan deb o‘ylab ko‘mib ketibsizlar.
-Yolg‘on, – dedi yana kimdir. – Hech bir zamonda bir hafta yotgan odam tirik qolarkanmi?
– Bu arvoh. Narigi dunyodan qochib kelyapti. Uni ortiga qaytarmasak, bir falokatga yo‘liqamiz.
Olomon Alishga tosh va kesaklar irg‘ita boshladi. Alish arang jonini qutqara oldi. Biroq, hech kim uning ortidan chopishga jur’at etolmadi.

* * *

Alish soy bo‘yidagi tepaliklar osha ko‘zdan yo‘qoldi. Nafas rostlash uchun bir yerga cho‘kdi. Ko‘kragidan ter suvdek quyilardi. Egnida hech narsa qolmagan, beliga bog‘langan kafan parchasi ham qayergalir tushib qolgandi. Nimaga issiq uni buncha kuydirasa? Xuddi yoz chillasidan jun chakmonga o‘ralib olgandek.
O‘zini endigina ko‘rayotgandek edi. Badanini oppoq tuk bosib ketibdi-ku? Chindan ham go‘rdan tirilib chiqdimikin? Axir tirik insonning ko‘rinishi shunday bo‘lishi mumkinmi? O‘zi o‘zidan qo‘rqib ketgan bo‘lsa, boshqalar qo‘rqmasinmi? Tirik odam ovqat yemaydimi? Ochqamaydimi? Ko‘milganidan beri oradan qancha vaqt o‘tdi? Yeyish-ichish hatto esiga ham tushgani yo‘q. Balki shuning uchun ham odamlar uning biror gapiga quloq osishmagandir? U bilan birga katta bo‘lgan Bakir-chi? Uyam yuragi yorilib yotvoldi-ku? Ha, u narigi dunyodan qaytgna. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Bo‘lmasa, nega uni ko‘rgan odamlar titroqqa tushishdi? Odam ko‘rishmaganmi? Boringki, uni tanimagan bo‘lishsin. Nega uni ko‘rishlari bilan hamma ishlarini tashlab bir joyga yig‘ilib olishdi? Demak, uning ko‘rinishi shu qadar qo‘rqinchli, vahimali ekan-da?
Alishning xotirasida hamma narsa bir-biriga qorishib ketgan va bu qorishiqlik orasida ignaning ko‘zidek yorug‘lik ko‘rinmasdi. Alish o‘z-o‘zidan qo‘rqar, vahimaga tushar, o‘zidan qochishni istar, bu dahshatlardan bira-to‘la qutulmoqchi bo‘lardi.
Shularni o‘ylarkan, nimaningdir shovqinidan ortiga burildi. Ortida kimdir uning boishda uzra belkurakni azot ko‘tarib turardi. Ro‘parasidagi yirik jussali bu odamni ko‘rishi bilan tosh qotdi. Ayni damdi haligi barzangi ham Alishning oppoq ko‘z soqqalariga tikildiyu, vahimaga tushdi. Yosh boladek qaltirab, qo‘lidagi belkurakni yerga tashlab yubordi.
Alish hech narsa demasdan yovshanlar o‘sib yotgan changalzor tomon odimladi. Bir oz yurib, ortiga burildi. Haligi yirik jussali odam hamon turgan yerida qalt-qalt titrardi.

* * *

– Bolam, seni bu yerga yuborganlarga aytsang bo‘lmasmidi: “ey, falonchi aka, sizda iymon, vijdon, nomus bormi? Hech zamonda qabristonni tekislab, ustidan yo‘l quradimi? Nima qilayotganingizni bilasizmi? Sizam bir kuni shu yerga kelasiz-ku? Dunyoga ustun bo‘lolmaysiz-ku?” deb…
U indamadi. Javob berish uchun so‘z topolmadi. Tezroq bu chol uundan nari ketishini istardi, biror og‘iz gap eshitishni xohlamasdi. Xotirasida ayni paytgacha eshitmagan ovozlar bir-biriga qorishib ketgandi. Hamma narsadan qochgisi kelardi.
– Hoy bola…
U gapning qolganini eshitmadi. Quloqlari ostida dahshatli bir shovqin turdi. Bu ovoz allaqaysi tubsizlik qa’ridan kelar, tosh va ketmon ovozlariga qorishib kuchaya bordi. Bu shovqin oldida odamlarning gap-so‘zlari xuddi oddiy pichirlash bo‘lib tuyulardi.
-Ie, bu bola nega bunaqa qiladi? – dedi boyadan beri tinimsiz gapirayotgan qariya buldozerchining ortidan tikilib qolarkan. Yigit esa, quloqlarida tobora avj olayotgan, butun borlig‘iga sig‘mayotgan ovozdan jonini qutqarish uchun qochib borardi. Ovoz uni izma-iz ta’qib etar, chekinishni istamasdi.
Hushidan ketayotganini ham elas-elas eslaydi…
O‘ziga kelganida ilk sezgani burniga kirayotgan yovshan hidi bo‘ldi. Boshini bur to‘p yovshan ustiga qo‘yib yotganini ko‘rdi. Osmonga termildi. Kun og‘a boshlabdi. Uzoqdan qabristondagi odamlar xuddi chumolidek ko‘zga tashlandi. Shuncha yo‘ldan yugurib kelgani o‘ziga ham g‘alati tuyuldi.
Oyoqlariga qaradi. Botinkasining bir poyi qayergadir tushib qolibdi. Boya miyasida uyg‘ongan shovqin ta’sirida oyoq kiyimning tushib qolganini ham payqamapti.
Sekin o‘rnidan turdi. Boyagi kuchli shovqin yo‘qolgandi. Vujudida ajib bir yengillik tuydi. Bir necha kundan beri uning kimligini ham unuttirgan bu antiqa hodisalar xuddi ertakdek tuyulardi. Bu hodisalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmagandek, faqat kimdandir eshitgandek edi. Yaqinlashgani sari kattalashayotgan qabr toshlari, ular orasida shosha-pisha ishlayotgan odamlarning qorasi uni yana beomon, shafqatsiz hayotga qaytarardi.
Qabristonga kelganida kun oyoqlab qolgandi. Odamlar ham shoishlmoqda edilar. Sal oldinda qad rostlagan ustunga chiqib, atrofga ko‘z tashladi. Hamma o‘z joyida edi. Shumshuk it hamon o‘z egasining suyaklarini tashimoqda. Haliia xola odamlardan ancha narida, o‘g‘lining qabridan chiqqan toshlarniallalaydi. Bolalari undan sal berida yig‘lab o‘tirishibdi. Ayol esa, yoniga hech kimni yaqinlashtirmasdi.
-Yo‘qolinglar, bolam uxlayapti, shovqinlamanglar!
Bolalar esa,oonlarini yolg‘iz tashlab ketishni istamasdilar.
Ular bilishadiki, amallab onalarining qo‘lidagi toshlarni olishmasa, uni uyga opketib bo‘lmaydi. Ayol esa, bolalarining bir og‘iz gapiga ham ishonmas, ularni yaqiniga yo‘latmasdi.
Halima xolaning katta qizi onasi tomon borayotganida, kampir o‘zini toshlar ustiga otdi.
-Yaqinlashma, – dedi ayol. – tegma bolamga!
Ayolning ko‘z-yoshlariga chang-tuproqqa qorishib, uning yuziga g‘alati tus bergandi. Mursagi bo‘ynidan surilib tushgan, parishon sochlari yelkalari uzra yoyilgandi. U o‘g‘lining qabridan chiqqn bu toshlardan boshqa hech narsani ko‘rmas, ko‘rishni ham istamasdi.
Hali xola qora-qura toshlarning ustida yotib qoldi. Buni ko‘rgan Sona onasi tomon otildi. Onasining tagida qolgan toshlarni olmoqchi bo‘ldi. Ammo, uni joyidan jildirolmadi.
Halima xola yuztuban yotib qolgandi. U endi jim edi, Boshqa bolalari ham yordamga kelishdi. Onaning jussasini o‘girishdi. Bir daqiqa ilgari o‘zini toshlar ustiga tashlagan ona yog‘ochdek qotib qolgandi. Ikkita tosh ayolning yumuq mushtumi orasida qolgandi. Qancha urinishmasin, uning barmoqlarini yoza olishmadi.
Halima xolaning butun vujudi sovub qolgan, ammo hali ko‘zlari tirik edi. Ko‘zlar g‘alati tarzda o‘ngga-chapga harakatlanar, o‘z kosasidan chiqishga urinardi.
Bolalari uni o‘tqizmoqchi bo‘lishdi. Biroq, tosh qotgan badani bukilmasdi. Ko‘zlari hamon harakatda bo‘lgani uchun yuzi rangorang tovlanar, nimadir demoqqa urinar, ammo allaqachon tildan qolgandi.
Bolalar onalarining bu ahvoliga chidab turolmadilar. Hamma yig‘lar, faqat Sona jim edi. U onasining ko‘zlaridan ko‘z uzmasdi. Onasining nima demoqchiligini uning ko‘zlaridan o‘qishga urinardi.
-Bo‘ldi, yosh boladek hiqillamanglar, – dedi Sona. – Onam nima demoqchi ekanini bilaylik-chi?
Hamma jim qoldi. Sona yana onasining ko‘zlariga termildi. Onaning ko‘zlariga qon quyulmoqda, unga sari qovoqlari ham pir-pir uchardi. Onasining qo‘llarini uqaladi. Ammo badani hamon toshdek qattiq edi. Tomirlari shishib, qoraygandi.
-Ona, nima deysiz? Gapirsangiz-chi? – so‘radi Sona ko‘z-yoshlarini tiyolmay.
Halima xola nimadir deyishga kuchanar, ammo gapirolmasdi. Faqat ko‘zlaridan qon tirqiray boshladi.
-Ona! – qichqrib yubordi Sona va singlisiga yuzlandi, – -Borib anhordan suv olib kel.
Singlisi anhor tomonga yugurdi. Kampirning ko‘zlaridan hamon qon tirqirardi.
-Onamning ko‘taringlar, uyga opketamiz. – dedi Sona singillariga qarab. Sona onasining qo‘llaridan, boshqalar oyoqlaridan ushlab tutishdi. Ammo uni ko‘tara olishmadi. Kampirning badani ikki barvar og‘irlashib ketgandek edi.
– To‘xtanglar qo‘llaridan toshlarni optashlay-chi!
Yana onaning hovuchidagi toshlarni ololmadilar. Sona birdan onasining ko‘zlariga qaradi. Onasining qonga bo‘yalgan ko‘zlari kattalashib qo‘rqinchi tusga kirgandi. Sona bir amallab onasining changalidagi toshlarni chiqarib tashladi.
Shu payt kampirning kichkina qizi bir idishda suv bilan qaytib keldi. Sona suvni olib, onasining yuzini, tomoqlarini namlatdi. Yana uning ko‘zlariga qaradi. Bu ko‘zlari hayratlanarli darajada kattalashgandi. Hamma dahshat bilan onaizorga tikilib qolgandi.
Shu payt kampirning ikkita ko‘zi soqqasidanotilib yerga tushdi va tuproqqa qorishib ketdi. Hamma uh tortib yubordi. Xuddi shu asoda kampirning badani ham bo‘shashib tushdi. Sona qora ro‘molini boshidan olib onasining ko‘zlarini bog‘ladi. Uning jasadini ko‘tarib, yig‘lay-yig‘lay uyga ravona bo‘lishdi.

* * *

Odamlar ishlay-ishlay qarg‘ish yog‘dirishardi. Eski qabtoshlarni duch kelgan joyga to‘kishardi.
Buldozerchining quloqlariga bu ovozlar xuddi noaniq bir g‘uvilllashdek eshitilardi. Odamlar kimni, nima uchun qarg‘ayotganini ham tushunmasdi. Ovozlar qayerdandir – juda uzoqlardan kelardi. Odamlar ham xuddi tuproq rangini olgandek yerdan ajratib bo‘lmas holga kelib qolgandi. Odamlar xuddi soyadek harakatlanardi. Mna, o‘sha soyalardan biri u tarafga kela boshladi. Yaqinlashgani sayin katalashib, yuz-ko‘zlari ham aniq ko‘rina boshladi. Uning yurishlari g‘aroyib, odamnikiga o‘xshamasdi.
Shu onda temirdek mustahkam barmoqlar uning tomog‘iga yopishdi. Xirillab, ko‘zlari olaydi. Tuxumdek ko‘z soqqalari bilan barmoqlarni tanishga urindi. Bu tegirmonchi Xidirning barmoqlari emasmi? Lekin tegirmonchi o‘lgan edi-ku? Yo‘q, mana tirik! “Meni nega bo‘g‘yapsan? Qo‘yvor, sen bilan bir dasturxonda tuz totganmiz!” demoqchi bo‘ldi.
Biroq, ko‘rdiki, Xidir uning xalqumidan g‘ippa bo‘g‘ib olgan. Lekin baribir nimadir deyishi kerak. Tkegirmonchi skeletining mixdek barmoqlaridan qutulish uchun nimadir deyishi kerak. Gapirolmasligini bilib, bor kuchini to‘pladi-da, Xidirning iyagi ostiga musht tushirdi. Xidirning boshsuyagi tanasidan qo‘pib yerga tushdi va o‘nlb suyaklarga ajralib ketdi. Shu topda uning qo‘l suyaklari xalqumida qolib ketganini ko‘rdi.
Xidirning iyagiga urilgan mushtumi ham zirqirab og‘rirdi. Og‘riqqa chidolmay ingradi.
-Amaki, amaki!
Bu ovoz uni hushyor torttirdi. Uyg‘oqmidi, uyqudamidi bilolmadi. Dahshatli tush ko‘rdimi? Uni kim chaqiryapti? Buldozerchi arang ko‘zloainiochdi. Boyagi bola-ku? Bola uning qo‘lariga ishora qitldi. Boya tushida Xidirning iyagiga urilgan mushti aslida toshga tegib qonagan ekan.
Nazarida hozir ham tush ko‘rardi. Ko‘zlarini uqaladi. Bo‘yinlarini siypalab ko‘rdi. Bu tush ekanini na ishonishni, na ishonmaslikni bilardi. Axir tush bo‘lsa, nega bo‘yinlari hamon lovullab turibdi? Haliyam nafasi bo‘g‘ziga tiqilmoqda.
…Shumshuk it sohibining yangi qabri – namxush tuproq ustida o‘tirgancha cho‘zib uvillardi. Itning uvillashi atrof-javonibdagi yetti qishloqqacha eshitilardi. Bu ulishda insonni ichini tilklovchi, ruhini, borlig‘ini o‘lim singari larzaga soluvchi bir sirli kuch bor edi. Bu ovozni eshitgan inson borki, o‘ziga rahmi kelar, tosh yo tuproq emas odam ekanligi uchun o‘ziga o‘zi achinardi.
Buldozerchi boshini quyi solgancha qabriston bo‘ylab kezina boshladi. Uzoqdan qaralganda, uning tuproqrang qiyofasida changga belangan eski qabrlardan, qabt toshshlaridan ajralmasdi. Uzoqdan qaraganlar uni ham qabr toshi deb o‘ylashardi. Yangi qabrlarning ko‘pini ko‘chirishibdi. Yodgorlik toshlari o‘rniga katta-kichik o‘ralar qolgandi. Chirik kafan parchalari bilan to‘lgan bu chuqurlarga boqib, uni vahima bosdi.
Qosh qoraydi. Borliqni vahimali zulmat bosmoqda edi. Qabriston tepasidagi Boboli bog‘ida daraxtlar shamolda tebranib shivirlashadi. Qabristondan boshlangan quyuq zulmat xuddi butun dunyoni zabt etishga chog‘langandek atrofga yoyilmoqda. Buldozerchi unutilgan qabrlar orasida to‘xtab hafsalasizlik bilan qorong‘ilikka ko‘z tashladi.
Atrofdan itlarning hurishi eshitildi.
“Qabriston tekislanishi bilan qancha marhumlarning so‘nggi nishonalari ham yo‘qliqqa singadi. Shuncha insonning bu ulkan dunyo bilan bog‘lab turgan so‘nggi rishtalar ham yo‘qoladi. Bu insonlar aslida o‘limlari bilan yodda qolishgandi. Bu odamlarning hayotidagi boshqalar uchun eng qiziq ham ularnig o‘limlari edi xolos”.

* * *

Kechaning bu qadar erta boshlanishi buldozerchini qo‘rqitdi. Ust-boshig nazar tashladi. Pashsha uchsa bilinadi. Qabristonda hech zog‘ qolmaganidan uning xabari yo‘q edi. Birdan qulog‘iga zaifgina pishillagan ovoz keldi. Buldozerchi yurak yutib ovoz kelgan tarafga boqdi. Keyin o‘sha tarafga odimladi. Ovoz qaysidir qabrdan chiqmoqda edi. Yaqinlashdi. Uzun tuklari yerga tegib turgan bir jonzot inson suyaklarini kemirmoqda.
Qabr yangi edi: uni biroz qazishgan, ammo ishni chala tashlab ketishgandi. Kalamush ekan. Uning sezgir quloqlari inson sharpasini sezib, dikkaydi. Og‘zidagi luqmani yerga qo‘ydi va haris ko‘zlarini tepaga qaratdi. Keyin yana o‘z luqmasini olib chaynashga tushdi.
Kalamushning inson barmoqlarini g‘ajishini ko‘rib, buldozerchining eti uvushib ketdi. Ko‘ngli ag‘darilib o‘qchiy boshladi. Ichida borini qayt qilsa-da, o‘qchiq to‘xtamadi. Baayni ichki a’zolari ham og‘zidan to‘kiladigandek edi.
Sal o‘ziga kelgach, bir tosh ustiga o‘tirdi. Kalamush hamon o‘z ishini davom ettirardi. Imkon boricha u tarafga qaramalikka urindi.
-Amakijon, amaki, – boyagi bola hamon uning qarshisida turgancha hungrab yig‘lardi. – Qarang, oyimni kalamush g‘ajiyapti. Uni qutqaring!
Tavba! Kim o‘zi bu bola? Bir paydo bo‘ladi, bir yo‘qoladi. Lekin bu bola negadir unga qadrdon tuyulyapti. Qadrdon? Bu olamda uning qadrdoni bormi o‘zi? Kim? Otasimi? Onasimi?
Gohida onasini tushlarida ko‘radi. Harbir doim bir xil ko‘rinishda, bir xil bichimda… Onasining qo‘ng‘ir sochlari, moviy ko‘zlari bor edi. Aslida uni onasini hayotda ko‘rmagan. Qiziq.yu inson o‘zi ko‘rmagan odamini tushida ko‘rarkan-da? Ilgari har gal shunaqa tushalrdan so‘ng shaharning gavjum joylarini qidirib, odamlar ichidan onasini axtarar, ular orasidan onasini topishiga ishonardi.
Tushlarida onasi begona bir erkakning qo‘lidan ushlab, qayoqlargadir ketayotgan bo‘ladi. Uning nazarida onasi ham uni tushlarida ko‘rishi kerakdek edi. U onasini qanchalik qilirsa onasi ham uni ana shu ilhaqlik ila qidirardi. Har gal onasini tushida ko‘rganida, u bilan va’dalashib ko‘rishmoqchi bo‘lar, ammo har gal unutardi.
Faqat bir marta onasi u bilan uchrashuv belgiladi. Begona odamning qo‘lidan tutib ketarkan, “ertaga bozorning darvozasi oldida ko‘rishamiz” dedi. U onasiga nimadir demoqchi bo‘lganida onasi g‘oyib bo‘ldi…
Sahar payti onasi aytgan joyga bordi. Bir chetda kuta boshladi. Bozorga kirib-chiqayotganlar orasidan onasini izladi. Onasining mutlaq kelishiga ishonchi komil edi. Ammo, onasidan darak bo‘lmadi.
Bir paytlar odamlar orasida begona erkakning qo‘ltig‘idan kirgancha kelayotgan o‘sha tanish chehraga ko‘zi tushdi. O‘zini o‘sha tararfga urdi. Ayol uni ko‘rib, qochishga tushdi. U esa odamlarni itarib-surib, onasiga yetishga urinardi. Nihoyat onasi odamlar oqimi ichida ko‘zdan yo‘qoldi. Keyin har qancha urinmasin uni topa olmadi.
O‘shandan keyin onasini tushlaridan quvishga urindi. Onasi esa, baribir tushlariga kirib, uni uchrashuvga chaqirardi. Lekin u onasini izlagani chiqmadi. Qo‘ng‘ir sochli, moviy ko‘zli bu xotin begona erkakning qo‘ltig‘iga kirgancha,uning xayollarini tamomila tark etdi.
…Keyin kalamushni o‘ldirib, bolani tinchlantirdimi-yo‘qmi, eslolmaydi. Hushini to‘plagan onda, buldozeorni qabristonning ichkarisi tomonga haydab, chiroq nurida qo‘rqinchli ko‘ringan qabrtoshlarini surib borayotganini ko‘rdi.
Qabristonda qancha payt ishlaganini bilmaydi. Butun vujudi qora terga botgandi. Traktor ayqirib ishlarkan, vahimasi ham tobora ortib borardi. Qabr toshlari buldozerning temir kovushi zarbidan parchalanarkan, uning ich-ichidan nimalardir chil-chil bo‘lardi. Maydalnyotgan toshlarning faryodi ham aslida tashqaridan emas, ichidan, yuragining tubidan chiqardi go‘yo.
Shu payt toshlar orasidan vujudini oppoq tuk bosgan bir maxluq ham ko‘zga chalingandi. Maxluq qo‘larini ko‘kka ko‘targancha, faryod etar, ammo bu faryod buldozerchining qulog‘iga yetib kelmasdi. U sassiz faryod solardi go‘yo. Buldozerchi har qancha urinmasin, bu oq tukli sharpani traktorning o‘tkir chirog‘idan qo‘rqib qorong‘ilik bag‘riga sinib borayotganini payqadi. Keyin maxluqni buldozerning xarragi qabr toshlari bilan birga qo‘shib surib ketdimi yo o‘zi g‘oyib bo‘ldimi, sezmay qoldi.
Yarim kechada ishni tugatdi. Keyin buldozerni tekislangan qabriston hududidan haydab chiqdi. Qayoqqa ketyapti? O‘zi ham bilmasdi. Faqat chek-chegarasiz yovshan butalarini bosib yanchib bormoqda edi. Aslida u aniq bir manzilni ko‘zlamagan, xuddi kemani taqdir izmiga tashlagan kemachidek, rulni o‘z holiga qo‘ygandi.
Kimdir ortidan quvib kelardi. Undagi qo‘rquv shu qadar kuchli ediki, ortiga burilishga kuchi yetmadi. Zulmat chiroqlarning tarqoq nuridan qo‘rg‘oshindek erib, to‘kilib borardi. Shu qadar charchagandiki, o‘zini traktorning titilib ketgan o‘rinidig‘ida emas, parqu to‘shakda his etdi. Boyadan beri ko‘zlariga ilashgan mudroq unga tinchlik bermay turgandi.
Qovoqlariga xuddi tosh bog‘langandek ochishga qiynalardi. Va bu telba mudroq ta’sirida xotirasining u yer-bu yerida qolib ketgan voqealarni eslashning imkoni yo‘q edi.
«Yuz yil o‘tib, bu yerlarga keladigan, bu yo‘ldan o‘tadigan odamlarning bu hodisalardan xabari bo‘lmaydi. Mashinalar g‘ildiraklari ostida chirib yotgan eski qabriston hech kimning xayoliga ham kelmaydi. Bu yo‘ldan o‘tganlarning tovoni jizillarmikin?”
Gohida mudroq, charchoq xayollari bo‘linar, keyin yana hammasi qaytadan boshlanardi:
«…Axir, bu ishning oxiri voy edi, voy edi. O‘zimga so‘z berganmidim? Bermaganmidim? Bundan buyon tinch yotarmikinman? Traktor xarragiga tegib maydalangan qabr toshlarining faryodiga qanday chidadim, qanday? Odam nolasiga o‘xshagan bu ovozdan nega hushyor tortmadim, nega? Nega ortimga qaytib ketmadim? Endi kech! Juda ham kech!..”
Bir elas quloqlariga qabristonda ko‘rgan boyagi bolaning qichqirig‘i eshitildi. Shu onda uyqusi o‘chib ketgandek bo‘ldi. Uning tasavvurida go‘dak bu qorong‘u zulmat oralab traktorning ortidan uni chaqirgancha yugurardi:
– E-he-heeeeeeyyy!!!
Bu ovoz uzoqlardan eshitilardi. Beshikdanmi, bolalar uyidanmi, buni bilolmadi. Faqat bu ovoz aks-sado bermasdi, u kechaning zulmatida tobora erib, yo‘qolib borardi.
“Kech, endi kech…” – mana shu ovoz botinida qotib qoldi go‘yo.
…Buldozer jarlikka qulab, atrofga dahshatli gulduros soldi.

1982,
Boku-Moskva

Rustam Jabborov tarjimasi