Semyuel Bekket. Godoni kutish (pesa)
IShTIROK ETUVChILAR: E s t r a g o n. V l a d i m i r. P o ts ts o. L a k i. B o l a k a y. BIRINChI SAHNA Yolg‘izoyoq tuproq yo‘l. Yo‘l davomi…
Mashhur dramaturg, yozuvchi va shoir Semyuel Barkli Bekket (Samuel Barclay Beckett) 1906 yil 13 aprelda Irlandiyada dunyoga keldi. Ingliz va frantsuz tillarida ijod qilgan Bekket adabiyotdagi modernizm hodisasining asoschilaridan, shuningdek, absurd teatrining tamal toshini qo‘ygan dramaturglardan biri sanaladi. Jumladan, uning “Godoni kutish” pesasi XX asr dunyo dramaturgiyasining eng noyob namunasi sifatida jahonda mashhurdir. Adabiyotdagi o‘ziga xos izlanishlari, betakror asarlari va ularda inson ruhiyatining hali ifoda etilmagan qirralari aks etgani uchun adib 1969 yili Nobel mukofotiga loyiq ko‘rildi.
S.Bekketdan “Myorfi” (1938), “Malon vafot qildi” (1951), “Ismsiz” (1953), “Xuddi bordek” (1961), “Hamsuhbat” (1979) kabi nasriy asarlar, “Godoni kutish” (1952), “Unsiz harakat 1” va “Unsiz harakat 2” (1956), “O‘yinning oxiri” (1957), “Baxtiyor kunlar” (1960), “Keldi va ketdi” (1965), “Men emas” (1972) singari pesalar hamda she’rlar meros qoldi.
Semyuel Bekket 1989 yil 22 dekabrda hayotdan ko‘z yumdi.
IShTIROK ETUVChILAR: E s t r a g o n. V l a d i m i r. P o ts ts o. L a k i. B o l a k a y. BIRINChI SAHNA Yolg‘izoyoq tuproq yo‘l. Yo‘l davomi…