Fyodor Dostoyevskiy. Ma’suma (hikoya)

O, bu yorug‘ olamdagi haqiqat naqadar dahshatli! Bu malak, bu ma’suma, bu osmon – mustabid edi, qalbimning chidab  bỹlmas darajadagi shafqatsiz mustabidi, sitamgiri edi! Agar  bularni aytmasam, ỹzimga-ỹzim tuhmat qilgan bỹlaman! Siz mening sevgimga ishonmayapsizmi? Shunday deb kim ayta oladi? O, bu shỹri-g‘avg‘o, taqdir va tabiatning istehzoga tỹla shỹri-g‘avg‘osi edi! Bizga qarg‘ish tekkan, odamzotning hayoti (jumladan meniki ham) qarg‘ish ostida qolgan.

Yozuvchidan:

Odatdagi «Kundalik»* ỹrniga bu safar qissa havola etayotganim uchun ỹquvchilardan uzr sỹrayman. O‘tgan oy chindan ham asosan shu qissa bilan band bỹlganim sababli ỹquvchilar aybsitmay iltifot qilarlar degan umiddaman.

Endi hikoya haqida. Xayoliy deb ataganim bilan ỹzim uni oliy darajadagi hayotiy hikoya deb hisoblamayman. Ammo shu ỹrinda, ayniqsa, hikoya shaklida mavhumlik borki, buni avvaldan izohlashni lozim deb topdim.

Gap shundaki, bu hikoya ham, kundalik ham emas. Bundan bir necha soat ilgari ỹzini derazadan tashlab, joniga qasd qilgan juvonning eri qanday xolatdaligini tasavvur qilib kỹring: stol ustida xotinining jasadi. Esankiragan er hali xayolini yig‘ib ololmagan. U «xayolini bir nuqtaga jamlash», sodir bỹlgan voqeaning ma’nosiga yetish uchun u xonadan bu xonaga sarsari yuradi. Qolaversa, vahima kasali, ỹzi bilan ỹzi gaplashish xastaligi hukm ỹtkaza boshlagan. O‘zi bilan ỹzi gaplashib, gỹyo sodir bỹlgan hodisani bayon qilyapti, aslida esa voqeani ỹzi uchun oydinlashtiryapti. Gaplari, dastlab izchilday tuyulsa-da, bir necha yerda ham mantiq, ham tuyg‘u jihatdan qarama-qarshi fikrlarni aytadi. O‘zini oqlab, uni ayblaydi, aloqasiz bahonalarni rỹkach qilib, tushuntirishga kirishib ketganda yurak va fikr tỹmtoqligi, ayni choqda, bunga zid ỹlaroq tuyg‘u chuqurligi ayon bỹladi. Asta-sekin voqeani ỹzi uchun «oydinlashtiradi» va «xayolini bir nuqtaga tỹplaydi. Uyg‘ongan bir qator xotiralari uni oxir-oqibatda haqiqatga olib keladi: bu haqiqat uning ongi va qalbini shubhasiz yuksaklikka kỹtaradi. Hatto oxiriga borib hikoya ohangi boshlanishidagi betartiblikka nisbatan ancha ỹzgaradi. Haqiqat, hech bỹlmaganda shu bezorining ỹzi uchun yetarli darajada ravshan va aniq yuz ochadi.

Mavzu mana shu. Albatta, bir necha soat davom etadigan hikoya jarayonida uzuq-yuluqlik ham, oralatish ham, poyma-poylik ham uchraydi: dam u ỹziga-ỹzi gapiradi, dam gỹyo kỹrinmas tinglovchiga, qandaydir hakamga murojaat qiladi. Umuman hayotda hamisha shunday bỹladi. Agar uning gaplarini stenograf yashirincha eshitib, yozib olganda edi, men tavsiya etayotgan hikoyaga nisbatan tỹmtoqroq, g‘adir-budurroq bayon yuzaga kelib, ruhiy tartib esa ỹsha-ỹsha qolishi mumkin edi. Stenograf yozib olgan (men esam qayta sayqal bergan) degan farazim hikoyaning mavhumligini, hayotiyligini tashkil etadi. Zero, bu hol san’atda ilgari ham uchragan: masalan Viktor Gyugo «O‘limga mahkum etilganning sỹnggi kuni» degan durdonasida qariyb shu usulni qỹllagan, garchi stenografni nazarda tutmagan bỹlsa-da, undan ham battarroq taxminga – ỹlimga mahkum etilgan odam faqat sỹnggi kunida emas, hatto sỹnggi soati, daqiqasida ham kundalik yoza oladi (va bunga vaqti yetarli) degan aql bovar qilmas farazga asoslangan. Agar bu mavhumlikka yỹl bermaganda edi, bu asar ham, u yozib qoldirgan asarlar ichidagi eng hayotiy, eng haqgỹy asarning ỹzi ham dunyoga kelmagan bỹlardi.

MEN KIMU  U  KIM EDI

…Hozircha u shu yerda,  menga birmuncha osonroq,  dam-badam kelib termulaman: ertaga olib ketishadi –  yolg‘iz qolaman – unda holim nima kechadi? U hozir katta xonada: ustiga movut qoplangan qarta ỹynaluvchi ikki stol birlashtirilib qỹyilgan – u shu stol ustida yotibdi, ertaga tobut keladi, oppoq yog‘ochdan ishlangan, oppoq tobut: darvoqe gap bu haqda emas… Men u xonadan – bu xonaga yura-yura voqeani oydinlashtirmoqchiman. Olti soatdan beri  oydinlashtiraman deyman-u, xayolimni bir nuqtaga tỹplay olmayman. Faqat yuraman, yuraman, yuraman… Voqea bunday bỹlgan. Men bir boshdan, tartib bilan (tartib!) aytib beray. Janoblar, men adabiyotchi emasman, buni ỹzingiz sezib turgandirsiz, shunday bỹlsa ham, fahmim yetganini aytib beraman. Meni iskanjaga olib turgan dahshat ham shunda – hamma narsaga fahmim yetadi!

Agar bilishni istasangiz, aniqrog‘i, boshidan boshlaydigan bỹlsak, bu shunday gapki: ya’nikim, u “murabbiya uyga qatnab ham, boshqa yerga kỹchib borib ham dars bera oladi…” hokazo, hokazo mazmundagi xabarni «Golos»da e’lon qilish uchun yetarli mablag‘ga muhtoj bỹlib, buyumlarini garovga qỹygani kelgan edi. Bu – voqeaning muqaddimasi: men uni avvaliga boshqalardan farqlamadim ham: boshqalar qatori keladi, ketadi. Keyinroq, farqlaydigan bỹldim. U ỹrtadan xiyol tikroq, oq-malla sochli, xipchagina edi: mening oldimda ỹng‘aysizlanganidanmi, sal beỹxshov harakat qilardi (nazarimda u begonaga rỹpara kelganda hamisha shu holga tushardi: chunki agar garovchi emas, oddiy odam sifatida qaralsa u uchun, mening boshqalardan farqim yỹq edi). Pulni olardi-yu, shu zahotiyoq orqasiga ỹgirilib, jỹnab qolardi. Churq etib og‘iz ochmasdi. Boshqalar kỹproq berishni talab qilib, talashadi, tortishadi, yalinadi… bu esa… yỹq, ovoz chiqarmaydi. Berganni oladi… Men chalg‘ib ketyapman shekilli… Ha, meni eng avvalo uning buyumlari hayratga soldi: tilla suvi yugurtirilgan kumush zirak,  taqib yurishga nomus qiladigan, almisoqdan qolgan medalon, xullas, bir chaqaga qimmat buyumlar. Garovga qỹyayotgan narsalarini yarim tangadan oshiqqa baholamasligimni ỹzi ham biladi, ammo men kỹzlariga qarab, buyumlar u uchun bebaho ekanini sezardim. Zirak, medalonlar ota-onasidan qolgan yodgorligini keyinroq bildim. Bir marta uni masxaralaganday bỹldim. Buni ỹzim ham kutmagan edim. Chunki, odatim bỹyicha, men mijozlarim oldida ỹzimni sipo tutaman: muloyimlik bilan, kam gapiraman, ammo jiddiylikni, qat’iyatni yỹqotmayman: «Qat’iyat, qat’iyat, qat’iyat!» – mening ish uslubim shunga asoslangan. Bir kuni tỹsatdan u quyon terisining yulib-yulqilgan eski qoldig‘ini (ha, ha, aynan qoldig‘ini) keltirishga jur’at qilganda ỹzimni tutolmay qandaydir achchiq gap aytvordim. Voh, otaginam! O‘sha zahoti lov etib yonib ketdi. Kỹzlaridan – katta-katta ỹychan, kỹm-kỹk kỹzlaridan uchqunlar sachraganday bỹldi. Shunda ham bir og‘iz sỹz aytmadi, «qoldig‘i»ni oldi-yu, chiqdi-ketdi. Ana shunda men ilk bor boshqa mijozlarimdan farqlab, alohida kashf etdim va u haqda boshqacharoq, ha, aynan boshqacharoq fikrga keldim. Hatto ma’lum taassurot ham uyg‘ondi menda – uning yoshligi, juda ham yoshligi, xuddi ỹn tỹrt yoshli qizaloqday ekani (holbuki, ỹsha damda u uch oyi kam ỹn oltida edi), taassurotim yaxlitligini tashkil etdi. Darvoqe, men bu haqda gapirmoqchi emasdim, taassurotim butunligi ham bundan emasdi. U ertasiga yana keldi. Keyin bilishimcha, u mana shu bir parcha teri bilan Dobronravovga ham, Mozerga ham yỹliqqan ekan: ular tilladan boshqa narsani garovga olishmaydi, shuning uchun bu qiz bilan gaplashib ham ỹtirishmabdi. Men esa undan hatto naqshin chig‘anoq  ham olib qolgan edim. Olishga olib qolib, keyin ỹzim hayratga tushgan edim: men – tilla va kumushdan bỹlak hech narsani garovga qabul qilmaydigan odam, uning almisoqdan qolgan naqshin chig‘anog‘iga pul beribman-a! Qiz haqidagi ikkinchi fikrim ỹshanda uyg‘ongan, aniq esimda.

Bu safar u Mozernikida ishini bitirolmay, yana menga bosh egib kelgan edi. Havasga ishlangan mundshtugining kỹrinishi chakki bỹlmasa-da, tilla bilan muomala qiladigan bizday odamlarning ỹlchovida hech narsaga arzimasdi. Kechagi isyondan keyin yana kelgani uchun uni jiddiy qiyofada qarshiladim. Jiddiyligim – quruq niqob. Unga ikki sỹm uzatayotib, bir oz hayajon bilan gapirishdan ỹzimni tutolmadim: «Men faqat siz uchun shunday qilyapman. Mozer bunaqa narsani sira olmaydi». “Siz uchun” degan sỹz ma’lum ma’no anglatsin degan maqsadda alohida urg‘u berdim. Shu gapdan keyin bir chimdim kulga aylandim. U esa… «siz uchun»ni men istagan ma’noda tushunib, yana lov etib yondi, lekin indamadi, kambag‘allik nimalarga majbur qilmaydi – pulni qaytarib tashlamadi, oldi. Uning lov-lov yonishi!.. Men bir sỹz bilan igna sanchib olganimni sezdim. U chiqqach, tỹsatdan ỹzimni ỹzim savolga tutdim: nahot uning ustidan g‘olib chiqishning bahosi ikki sỹmgina tursa? He-he-he! Aniq eslayman: bu savolni ikki qayta takrorladim: «Ikki sỹmmi? Ikki sỹmmi?» keyin kulimsirab savolga ỹzim istagan, kỹnglimni iyitadigan javob topdim. Juda yayrab ketgan edim ỹshanda. Ammo qabih niyatim yỹq edi: ỹylab bir maqsad bilan qarmoq tashlagandim: uni sinamoqchiydim, chunki xayolimda shu qizga tegishli ayrim fikrlar bexos ỹralashib yurardi. Bu u haqdagi uchinchi alohida fikrim edi.

…Xullas, hammasi ỹshandan boshlandi. Tabiiyki, men har tomonlama ỹylab, sỹrab-surishtirib, uning kelishini juda betoqatlik bilan kuta boshladim. Uning tez orada kelishini kỹnglim sezgan edi. U kelgach, beqiyos bir iltifot bilan baodob suhbatga berildim. Menga durustgina tarbiya berishgan, kerak mahalda muomalam bilan hamsuhbatimni rom qila olaman. Hm… ana shunda men uning nihoyatda mehribon va mỹ’min ekanini angladim. Mehribon va mỹ’min qizlar kỹp qarshilik kỹrsatolmaydilar, mayllarini butkul berib qỹymasalar-da, suhbatga chap berib ketolmaydilar: gapga xasis bỹlganlari bilan savolingizga qisqa-qisqa javob beradilar. Savol qancha kỹp bỹlsa, ỹzingizning shỹringiz – javob borgan sari qisqaraveradi. Shubhasizki, u ỹshanda menga bor gapni tushuntirmadi. «Golos» haqida ham boshqa masalalar haqida ham men keyinroq bildim. U sỹnggi umidda bor bud-shudini garovga qo‘yib, gazetalarda qayta-qayta e’lon berardi, dastlab, tabiiyki, bir oz takabburlik bilan boshlagan edi: ya’niki, «murabbiya, boshqa yerga ketishi ham mumkin, shartlar xat orqali ma’lum qilinsin» keyin: «hamma narsaga roziman: ỹqitishga ham, nadimalikka ham, uy-rỹzg‘orga qarashga ham, xastalarni boqishga ham kỹnaman, tikishni bilaman…» hokazo, hokazo. Bu yog‘i ma’lum… Bu gaplar e’lonlarga birin-sirin qỹshilib, oxiri, pichoq suyakka taqalganda hatto «maoshsiz, faqat nom evaziga» ishlashga ham kỹndi. Shunda ham joy topolmadi! Shunda men uni sỹnggi marta sinamoqchi bỹldim: bugungi «Golos»ni olib e’lonni kỹrsatdim: «Hech kimi yỹq juvon, yosh bolali oilada murabbiyalik qilishi mumkin, keksaroq beva erkaknikida bỹlsa yana yaxshi. Rỹzg‘or ishlarini yengillatishi mumkin».

– Mana kỹrdingizmi, e’lon ertalab chiqdi, kechgacha joy topadi. E’lonni shunaqa yozish kerak!

U yana lov etib yondi, kỹzlarida uchqun chaqnadi, shart ỹgirildi-da, chiqib ketdi. Bu ishi menga juda-juda yoqdi. Qolaversa, men endi qỹrqmasdim, niyatimga yetishimga amin edim: mundshtugi qỹldan ketgan. Uchinchi kuni rangi oqargan, sarosimaga tushgan holda keldi – uyida bir gap bỹlganini tushundim, darhaqiqat, bỹlgan ekan. Nima gapligini hozir aytaman, avval bashangligim bilan kỹzi oldida qanday qad rostlaganimni eslatay. Ha, birdan menda shunaqa niyat paydo bỹldi. Gap shundaki, u ikona olib keldi (jur’atni qarang!). Ha, eshiting! Eshiting! O‘shanda boshlandi hammasi, men esa boyatdan beri chalg‘iyapman. Garangsishimning boisi, men har bir mayda-chuydani, har bir chiziqchani eslamoqchiman. Xayolimni bir nuqtaga tỹplamoqchiman – eplolmayapman, bu chiziqchalar, chiziqchalar…

Bibi Maryam ikonasi. Gỹdak kỹtargan Bibi Maryam – uy tỹriga qỹyiladigan, qadimiy, naqshlari tilla suvi yugurtirilgan kumushdan ishlangan ikona – narxini olti sỹm atrofida baholash mumkin. Ikonaning qadrli ekanini bilib turibman, u Bibi Maryam tasvirini zarhal naqshidan chiqarmay uzatdi. «Naqshinkor qoplamani chiqarib, Bibi Maryam tasvirini olib ketavering, har holda ikona ikona-da…» – dedim.

– Ikonani olish mumkin emasmi?

– Gap mumkin yo mumkin emasligidamas, balki u ỹzingizga…

– Mayli, chiqaraqoling.

– Bilasizmi, men chiqarmayman. Hov anavi yerga, sanam qutisi yoniga qỹyib qỹyaman, – dedim bir oz ỹylagach, – boshqa ikonalar bilan jinchiroq yonida (dỹkonni ochishim bilan jinchiroqni yoqib qỹyish odatim bor) turadi. Ikonaning shu turishiga ỹn sỹm olasiz.

– O‘n sỹm kerak emas. Besh sỹm yetadi. Men pulingizni tỹlab, albatta qaytarib olaman uni.

– O‘n sỹm kerakmasmi? Ikona shunchaga arziydi, – dedim.

Bu gapdan keyin qizning yonganini sezdim. U gapirmadi. Men ichkariga kirib besh sỹm olib chiqdim.

– Siz hech kimdan nafratlanmang, men ham bu iskanjani tatib kỹrganman, ahvolim battarroq edi. Garovchi bỹlib qolishim… ỹsha azoblardan keyin…

– O‘chingizni jamiyatdan olyapsizmi? A? – degan achchiq kesatiq bilan gapimni bỹldi. Istehzosida ham ma’sumalik bor edi (u meni boshqalardan farqlay olmas edi, shu sababli aytgan gapi zarracha aybli emasdi). «Ha! – deb ỹyladim, – yangicha yỹnalishdagi fe’ling bor ekan-ku, oxiri fosh qilding-ku!».

– Bilasizmi, – dedim ỹsha zahoti unga javoban yarim xazil, yarim sirli ohangda, – «Men yovuzlik maqsadida urug‘ sochib, yaxshilik mevalarini yetishtiruvchilar bỹlagining bir zarrasiman».

U zỹr qiziqish bilan, hatto bolalarcha qiziqish bilan yalt etib menga qaradi.

– Tỹxtang… bu kimning fikri! Qayerdadir eshitganman.

– Boshingizni qotirmang. Mana shu gaplar bilan Mefistofel Faustga ỹzini tanishtiradi. Faustni ỹqiganmisiz?

– O‘qi… ỹqiganmanu, sal bee’tiborroq….

– Aniqrog‘i, umuman ỹqimagansiz. Albatta ỹqish kerak. Lablaringizda yana istehzo kỹryapman. Sizdan iltimos, meni juda didsiz deb ỹylamang, garovchiligimni yashirish uchun ỹzimni Mefistofelday kỹrsatmoqchi emasman. Garovchi garovchiligicha qoladi. Bilamiz…

– Qiziq ekansiz… Bu gap xayolimga ham kelgani yỹq.

U “bilimdon ekaningizni kutmagan edim”, demoqchi edi, lekin aytmadi, aytmasa ham xayolidagini ỹqidim: men uning kỹnglini  topgan edim.

– Har sohada ham, – ta’kidladim men, – yaxshilik qilish mumkin. Men ỹzimni nazarda tutayotganim yỹq, mening qỹlimdan ahmoqlikdan bỹlak ish kelmaydi, lekin…

– Albatta, hamma yerda yaxshilik qilish mumkin, – dedi u menga yashin tezligida nigohini tashlab. – Aynan hamma yerda, – deb yana ta’kidlab qỹydi.

O, esimda, har bir daqiqa esimda! Yana bir narsani qistirib ketishim kerak: bu yoshlar, bu dilbar yoshlar qanaqadir aqlli, g‘alati fikr bilan sug‘orilgan gapni aytmoqchi bỹlishsa birdaniga chehralari haddan tashqari samimiyat va soddalik nuriga tỹladi: «mana, men sizga aqlli va nodir fikrga tỹla gap aytdim» – yỹq, boshqalar kabi manmanlikdan paydo bỹlmaydi bu nur (aslo!), u aytganlarini behad qadrlaydi va unga ishonadi, avaylaydi, siz ham xuddi shunday avaylaysiz deb ỹylaydi. O, samimiylik! Mana shu bilan g‘olib chiqishadi-da! Qizdagi samimiylik esa g‘oyat yoqimli edi.

Yodimda, hech nimani unutganim yỹq! U chiqib ketgach, uzil-kesil hal qildim. O‘sha kuniyoq u haqdagi qolgan ma’lumotlarni miridan-sirigacha bilishga kirishdim. Bilib oldim ham. Avvalgi ma’lumotlarni ularnikida xizmat qilgan, bir necha kun burun arzimas pulga sotib olganim Lukeryadan eshitgan edim. Yangi ma’lum bỹlgan sirlar shu qadar dahshatli ediki, bu ahvolda qanday qilib kulish mumkinligiga, ỹzi dahshatli bir ahvolda bỹlaturib qanday qilib Mefistofel sỹzlariga qiziqishi mumkinligiga hali-hali aqlim bovar qilmaydi. Yoshlikning qudratimi bu! Men u haqda aynan shularni ham g‘urur, ham shodlik bilan ỹyladim, chunki bu yerda yana olijanoblik ham bor-da: ỹzi halokat chohida turgani holda, Gyotening buyuk sỹzlaridan kỹzlarida nur porlayapti. Yoshlikda bir tomchi bỹlsa-da, bizdan teskari tomonga og‘ib tursa-da, olijanoblik bor. Men uni, faqat uni nazarda tutyapman. Eng muhimi ỹshanda qudratimga mutlaqo ishonib, unga ỹzimniki, sifatida qaradim. Mutlaqo ishongan onlaringizda bu fikr shahvoniy ma’no kasb etarkan.

Menga nima bỹlyapti? Shunaqa ezmalik qilsam, fikrimni qachon bir nuqtaga tỹplayman? Tezroq, tezroq, e, xudoyim, axir gap boshqa yerda-ku!

SOVChILIK

Uning sir-asrorini bir sỹz bilan aytadigan bỹlsam: ota-onasi uch yil avval ỹlib ketib, betayin xolalari qỹlida qolgan ekan. Tỹg‘rirog‘i, ularni betayin deyish ozlik qiladi. Bir xolasi beva, biri-biridan kichik olti bolasi bilan qolgan, yana bir xolasi – qariqiz, qurumsoq, rasvo xotin. Ikkala xolasi ham rasvo. Qizning otasi chinovnik ỹtgan, mirzalardan bỹlgan, dvoryanlikka ỹzi erishgan odam ekan. Xullas, hammasi mening foydamga. Har holda men – yuqori tabaqa vakiliman, ajoyib polkning iste’fodagi shtabs-kapitaniman. Nasl-nasabim toza dvoryanlardan, birovga muhtojlik yerim yỹq, hokazo, hokazo… qilayotgan  ishimga xolalari faqat e’tibor bilan qarashlari turgan gap. Xolalariga uch yil chỹrilik qilgan. Shunda ham imtihondan ỹta olgan, kundalik mehnat azobidan yulqinib chiqib, imtihondan ỹta olish – uning olijanoblikka, yuksaklikka intilishidan dalolat edi. Axir men nima uchun uylanmoqchi edim? E, ỹzim haqimdagi gaplarga tupuraman, bu haqda keyin.. gap bu yerda emas! Xolalarining bolalarini ỹqitgan, tikadiganlarini tikkan, oxir-oqibatda kirgina emas, shu nimjongina gavdasi bilan egilib, pol ham yuvgan. Shu azobi evaziga… xolalarining kaltagidan boshi chiqmagan. Kaltak bilan qanoatlanmagan marazlar uni sotishgacha borib yetishgan. Tfu! Iflos tafsilotlarni tushirib qoldiraman. Bularning hammasini keyinroq ỹzi menga aytib bergan. Uning ahvolini yil davomida qỹshni semiz baqqol, oddiy emas, ikki dỹkoni bor baqqol obdan kuzatgan. U avvalgi ikki xotinini ura-ura ỹldirib, endi uchinchisining ilinjida edi. Iflos kỹngli shu qizni tusabdi: “mỹmingina, kambag‘allikda ỹsdi, yetimlarimning g‘amini yeb uylanaman”… Chindan ham yetimchalari bor edi. Ellikni urib qỹygan bu baqqol qizga sovchi qỹyib, xolalari bilan til biriktira boshlagan. Qiz – dahshatda! Xuddi shu vaqtda “Golos”ga e’lon berish maqsadida menga yỹliqqan. Xolalariga yalinib-yolvorib, ỹylab kỹrish uchun jichcha vaqt berishni sỹradi. Jichcha vaqt berishdi, boshqa bir daqiqa ham qỹshishmadi. Quloq-miyasini yeb yuborishdi: “O‘zimizga yegulik narsa yỹq, tekintamoqlardan bezormiz…” Men bularni bilardim. O‘sha kuni ertalab qiz kelib-ketgandan keyin bir qarorda to‘xtadim. Kechqurun baqqol yarim sỹmlik shirinlik olib ularnikiga kirdi: qiz u bilan birga ỹtirardi. Oshxonadan Lukeryani chaqirtirib, qizning qulog‘iga shipshit, zarur gapim bor, darvoza oldida kutaman, dedim. Qilgan ishimdan kỹnglim tỹldi. Umuman ỹsha kuni ỹzimdan -ỹzim behad mamnun edim.

Darvoza yonidayoq unga, Lukerya orqali chaqirtirganimdan hayratga tushgan qizga maqsadimni tushuntirdim: uning rizoligi men uchun baxt ekanini aytdim. Ikkinchidan: bu harakatimdan, darvoza yonida turgan “hamma gapdan boxabar” odamning dangal taklif qilishidan hayron bỹlmasligini sỹradim. Aldamayotgan edim chindan ham dangalchi edim. He, tupurdim! Men faqat tarbiya kỹrgan odamning sipoligi bilan emas, eng muhimi – yangicha ohangda gapirdim. Nima, buni tan olish gunohmi? Men ỹzimni-ỹzim ayblamoqchiman, ayblayapman ham. Men barchasiga  pro va contra* aytishim kerak, aytaman ham. Men bu damni, keyinchalik ham rohat bilan eslar edim, garchi tentaklik bỹlsa ham, birinchidan, aytarli iqtidorga ega emasligimni, hatto, xushfe’llikdan uzoqligimni, bir chaqaga qimmat xudbin (Bu ibora aniq esimda: kela-kelguncha ỹylab topib, kỹnglim xotirjam bỹlgan edi), ekanimni va boshqa masalalarda anchagina kỹngilsizliklarga sabab bỹlishim mumkinligini hech qanday hijolatsiz, taraddudsiz, dangaliga aytdim. Bularning bari ỹzingizga ma’lum alfozda – alohida bir mag‘rurlik bilan aytildi. Albatta, kamchiliklarimni olijanoblik ila ma’lum qilgach, «bularning ỹrniga mana bu, mana bu yaxshiliklar ham bor», deb fazilatlarimni bayon qilishga tushmadim – bunga farosatim yetardi. U damda men uning nihoyatda qỹrqayotganini kỹrib turardim. Kỹrib-bilib turib, hech nimani  yumshatmadim, aksincha, battar kuchaytirdim: qorni tỹq bỹlishini, xilma-xil liboslar, teatr ziyofatlarga esa yỹl yỹqligi, oradan vaqt ỹtib maqsadimga erishgach, balki bular ham amalga oshishi mumkinligini ochiq aytdim. Gaplarimdagi qat’iy ohang meni ỹziga maftun etardi. Shu ishga qỹl urgan ekanman, ya’ni garovchilikni bỹynimga olgan ekanman, bir maqsadim borligini, bir sharoit majbur qilayotganini sỹz orasida qistirib ỹtdim. Shunday deyishga haqqim bor edi: chindanam bir maqsad, ma’lum bir sharoit tufayli edi bu yumushim. Tỹxtang, janoblar, men umrim bỹyi bu yumushdan nafratlanganman, nafsilamrini aytganda, ỹz-ỹziga sirli iboralar bilan bayon qilish kulgili tuyulsa-da, «jamiyatdan ỹch olishim» chin edi, chin edi, chin edi! Shu bois uning ertalabki «ỹch olish»im haqidagi qochirimi ỹrinsiz edi. Ya’ni, bilasizmi, agar men unga tỹg‘ridan-tỹg‘ri «Ha, jamiyatdan ỹch olyapman» desam, xaxolab yuborardi, umuman bu javobim kulgili chiqardi. Boshqa yoqqa ishora qilib, sirli ibora bilan tasavvurni ỹg‘irlash mumkin ekan. Undan tashqari, bu paytda men hech nimadan qỹrqmas edim: semiz baqqolga nisbatan ỹlsam ỹligim ortiqligini, darvoza oldiga xaloskor sifatida kelganimni yaxshi bilardim. Buni tushunardim. O, qabihlikni odam a’lo darajada tushunadi! Bu qabihlik edimi? Qanday hukm chiqarish kerak? Axir ỹsha paytdayoq uni sevmas edimmi?

Tỹxtang: himmat haqida shubhasiz  yarim og‘iz ham gap aytmovdim: aksincha, o, aksincha: «Marhamat nuriga siz emas, men yỹg‘rilaman» – ỹzimni tutolmay, bularni sỹz bilan ifodalagan edim, yuzining bir uchib tushganiga qaraganda, gapim telbanamo chiqqan edi. Xullas kalom, uzil-kesil g‘alaba qozondim. Tỹxtang, bu iflosliklarni eslayotgan ekanman, sỹnggi tỹng‘izligimni ham yodga olay: men uning rỹparasida turardim, boshimda esa xayollar g‘uvillaydi: bỹying baland, kelishgan erkaksan, odoblisan va nihoyat, maqtanishdan tashqari, bib-binoyisan. Kallam shu gaplar bilan band edi. Lekin… lekin xỹp deyishdan oldin, shu yerda, darvoza yonida uzoq ỹyga tolganini unutmasligim kerak. Shu qadar kỹp, shu qadar kỹp ỹyladiki, toqatim toq bỹlib «Xỹsh?» deb yuborishdan ỹzimni tutolmadim. Shunchaki, «xỹsh!» emas, kiborlarcha «Xo-osh, nima deysiz?» deb sỹradim.

– Shoshirmang, ỹylab olay…

Chehrasi shu qadar jiddiy edi-ki, ỹylarini ỹqib olishim hech gap emasdi! Ammo men unday qilmadim – kỹnglim ranjidi: «Nahotki men bilan baqqolni solishtirib, tanlasa», deb ỹyladim. O, men unda tushunmas edim! Hech narsani, hech narsani tushunmasdim! Yodimda,  ketayotganimda Lukerya meni yỹlda tỹxtatdi.  «Oyimtillaga uylanayotganingiz uchun xudo sizdan marhamatini ayamaydi, janob, faqat unga himmat qilayotganingizni ayta kỹrmang, u judayam mag‘rur qiz» dedi shosha-pisha.

Mag‘rur emish! O‘zim ham mag‘rurlarni yoqtiraman. Mag‘rurlik qachon yarashadi?.. boshqalarga nisbatan qudratliroq ekaningni bilib turganing-da tỹg‘rimi? O, pastkash, besỹnaqay odam! O, men qanday mamnun edim. O‘sha darvoza yonida meni hayron qoldirib, uzoq ỹyga botib turganda, xayoliga mana bu fikr kelishi mumkinmidi: «Hamonki baxtsizlik u yerda ham, bu yerda ham bor ekan, eng yomonini tanlaganim ma’qul emasmi? Semiz baqqolni tanlasam, mast holda tezroq urib ỹldirib, meni bu azoblardan biratỹla qutqargani durust emasmi!» Xỹsh? Nima deb ỹylaysiz, shu fikr xayoliga kelishi mumkinmidi?

Ha, hozir ham tushunmayman, hech nimani tushunmayman. Hozirgina ikki baxtsizlikdan eng yomonini, ya’ni baqqolni tanlashi haqidagi xayolga borishi mumkinligini aytdim. O‘sha paytda u uchun yomonrog‘i kim edi – menmi yo baqqol? Savdogarlarmi yo Gyotedan misol keltirib gapiradigan garovchimi? Shu ham savolmish! Savolga balo bormi? Nimaga tushunmaysan: javob stol ustida yotibdi-ku! Savoling nimasi? Tupurish kerak menga! Hozirgi gap mutlaqo menda emas. Darvoqe, gap mendami, mendamasmi, nima ahamiyati bor endi. Mana shuni fahmlab ololmayapman. Undan kỹra uxlaganim ma’qul. Boshim og‘riyapti.

ODAMLAR ORASIDAGI O‘ZIM HAM IShONMAYDIGAN OLIJANOB

Uxlolmadim. Uxlash qayoqda, boshim lỹqillaydi. Bularning hammasini, iflosliklarning barchasini anglab yetgim keladi. O, nopoklik! O, men uni qanday botqoqdan chiqarib oldim! Axir buni tushunishi, iltifotimni qadrlashi lozim edi-ku! Menga turli xayollar, aytaylik, ỹzimning qirq birda ekanim, uning endi ỹn oltiga tỹlgani haqidagi xayol juda yoqardi. Mana shunga maftun edim, tengsizlik hissi shirin edi, oh, juda shirin edi.

Men, misol uchun tỹyni a Langlaise* faqat ikkalamiz va yana ikki guvoh ishtirokida (guvohlarning biri  shubhasiz Lukerya bỹlardi) qilib, ỹsha zahoti vagonga ỹtirib Moskvagami (aytmoqchi, voqea ỹsha yerda bỹlgan), biron mehmonxonagami jỹnash niyatida edim. U qarshilik bildirdi, ruxsat bermadi va men xolalari huzuriga qiz uzatuvchi qarindoshlar huzuriga borganday iltifot bilan bordim. Yon bosdim unga, xolalarining izzatini ham joyiga qỹydim. Men yana bu mahluqlarga yuz sỹmdan pul berdim, ustiga yana va’da qildim, shubhasiz, bu pastkashlikdan ozor chekmasin deb, unga lom-mim demadim. Pulni olgach, xolalari ipakdek eshilib qolishdi. Sep haqida tortishuv bỹldi: uning hech vaqosi yỹq edi, ỹzi ham hech nimani xohlamasdi. Men unga hech nimang kerakmas, deb ishontirdim, sepni ham bỹynimga oldim, mendan boshqa yana kim sep qilardi? Keling, ỹzim haqimdagi gaplarga tupuraylik. Ba’zi g‘oyalarim bilan uni ỹsha damning ỹzida tanishtirishga ulgurdim, hech bỹlmaganda umumiy jihatlaridan boxabar bỹlsin, dedim. Balki shoshqaloqlik qilgandirman? Eng muhimi, ỹzini tutishga qanchalik urinmasin, u avval boshidanoq, bag‘rimga muhabbat bilan otilib kirdi, kechalari qaytganimda kutib olib, hayajon  bilan, shivirlab (ajib, bokira shivir bilan)  gỹdakligini, bolaligini, uylarini, ota-onasini gapirib berardi. Ammo men bu zavq otashini sovuq suv qỹyib sovutardim. Mening g‘oyam shundan  iborat edi. Uning hayajonlariga men sukut bilan javob qaytarardim, albatta, bu onda xayrixohligimni yashirmasdim… shunga qaramay, u ikkimizning tamoman boshqa-boshqa ekanimizni, mening turgan-bitganim jumboq ekanini tez fahmlab yetdi. Men eng muhimi, shu jumboqqa zỹr berdim. Balki shu jumboqni yechish uchun ham men bu tentaklikni kashf qilgan edim! Dastavval qattiqqỹllik – ostona hatlash bilan shu qattiqqỹllikni tatidi. Xullas, ỹshanda mamnun yurgan holda ỹzimga xos tartib turlarini yaratdim. O, bu tartib hech bir zỹriqishsiz, ỹz-ỹzidan yaraldi. Boshqacha bỹlishi mumkin emasdi, men bu tartib tỹrini shafqatsiz sharoit talabiga kỹra yaratdim, axir ỹzimni chỹqitib qỹyolmasdim-ku. Tartib haqiqatga zid emasmi. Yỹq, siz oxirigacha eshiting, odamga gunoh ortishdan oldin, sababini  bilish kerak… Eshiting!

Nima deb boshlasam ekan, tushuntirish juda og‘ir. O‘zingni oqlashni boshlasang – tushuntirish og‘ir kechadi. Bilasizmi, yoshlar kỹp narsadan, masalan puldan ham nafratlanadi, men esa, pulga mukkamdan ketgan edim. Pul ustiga ỹligimni tashlaganim sayin – u nafasini ichiga yutaverdi. Katta kỹzlarini jovdiratib qarab, tinglab, oqibatda jim qolaverdi. Yoshlar olijanoblar, aniqrog‘i yaxshi yoshlar ham olijanob, ham shiddatkor, shundanmi, sabr-toqatsiz, sal narsaga lov etib yonishadi-yu, nafratlarini yashirisholmaydi. Men esa kenglikni istardim, kenglik urug‘ini uning yuragiga sepmoqchi edim, ta’bir joiz bỹlsa, yurak kỹzi bilan kengroq qarashga ỹrgatmoqchiydim. Tuban bir misol keltiray: xỹsh, men qanday qilib bunday fe’l-atvorli odamga garov xazinamni tushuntira olardim?  Shubhasizki, agar tỹg‘ridan-tỹg‘ri bu haqda gap boshlasam, shug‘ullanayotgan yumushim uchun uzr sỹraganday bỹlardim. Shuning uchun ỹzimni mag‘rur tutdim, qariyb sukut bilan gapirdim. Sukut bilan gapirishga suyagim yỹq mening, butun umrim sukut bilan gapirishda ỹtdi, boshimga tushgan mudhish savdolarni ham sukut bilan yengdim. O, axir men qanday  baxtsizliklarni boshimdan kechirmadim! Meni kỹkragimdan itarib, xuddi keraksiz  matohday itqitib tashlashgan edi, unutib yuborishgan edi, buni hech kim,  hech kim  bilmaydi! Kutilmaganda bu ỹn olti yoshli «oyimtilla» razil odamlar tilidan men haqimdagi yaramas gaplarni eshitib, hamma narsadan xabar topdim, deb  ỹylabdi, ezguliklar odamning faqat kỹkragidagina qolganini esa fahmlamabdi. Men esa sukutni saqlayverdim, ayniqsa, u bilan birga bỹlganimda tilim tish hatlamasdi. Kechagi kunga qadar shunday davom etdi. Nima uchun «Ichimdagini top», deb sukut saqladim? Mag‘rurligim tufayli. Men bu odam tỹg‘risidagi bor haqiqatni, uning kỹnglidagi yashirin ezguliklarni ỹzi, tuban odamlar hikoyasi orqali emas, balki ỹzi anglab yetishini istardim. Uyimga boshlab kelar ekanman, men undan tỹla hurmat, e’tibor kutgan edim. Men uning boshimdan kechirgan azoblarim evaziga tiz chỹkib ibodat qilishini xohlagan edim – shunga arzirdim. O, men hamisha mag‘rur bỹlganman, hech qachon ỹrtamiyonaga toqat qilmaganman, yo hammasiga erishishni yo hammasidan biratỹla voz kechishni   istaganman. Yarimta baxtga toqat qilolmaganim, yaxlit, butuniga intilganim sababli ham «ỹzing bilib ol va qadrimga yet» qabilida ish tutishga majbur edim. Axir, ỹzingiz ỹylab kỹring, agar men unga tushuntirishni, aytib turishni boshlasam, yaltoqlansam, hurmat qilishini sỹrasam – gadodan nima farqim qoladi?.. Darvoqe… darvoqe… nima uchun men bularni gapirayotibman?

Tentaklik, tentaklik, tentaklik va yana tentaklik! O‘shanda men unga yoshlarning olijanobligi juda gỹzal, ammo bir chaqaga arzimasligini ikki og‘iz sỹz bilan ochiq va shafqatsizlarcha (shafqatsizligimni ta’kidlagim keladi) tushuntirdim. Nima uchun bir chaqaga qimmat? Shuning uchunki, yoshlarga hammasi osonday tuyuladi, olijanobliklari, yengil qỹlga kiritilgan, ya’ni xali achchiq-chuchugini tatimay turib, hayotdan olgan dastlabki taassurotlari asosida yuzaga kelgan; vaqti kelib, mehnat iskanjasiga tushishgach, ahvollarini bir kỹramiz. Arzon olijanoblik hamisha yengiltak bỹladi.  Hatto hayotini ham arzon-garovga berishi mumkin – chunki qoni qaynab, kuchi oshib-toshib yotibdi, kỹngli gỹzallikka jon-jahdi bilan intiladi. Qani, og‘ir va sokin, jarangsiz, hashamsiz, g‘iybatlarga tỹla, zarracha shuhrat keltirmaydigan, ammo qurbonlik talab etuvchi olijanoblik jasoratini olaylik-chi. Xỹsh, bu jasoratni tatib kỹring-chi, yỹq-yỹq, rad etasiz . “Er yuzidagi barchadan nomusliroq bỹlganingiz holda jamoatga ablah sifatida kỹrsatilgan yorug‘ yuzli odam, qayerdasiz?” – deyishga haqlimanmi? Ha! Chunki men bu jasoratni bir umr kỹtarib ỹtyapman. U avvaliga men bilan astoydil bahslashdi, keyin jim bỹla boshladi, oxiri nafasini yutdi, kỹzlarini dahshat bilan ochib tingladi. Kỹzlari katta-katta edi… Shu asnoda men… men uning kỹzlarida sokin, yoqimsiz, ishonchsiz bir kulgini kỹrdim. Ana shu kulgisi bilan men uni uyga olib kirdim. Tỹg‘rirog‘i, uning boshqa boradigan joyi yỹq edi…

NUQUL REJALAR, REJALAR

O‘shanda kim birinchi bỹlib boshladi?

Hech kim. Birinchi qadamdanoq ỹzi boshlandi. Men uni qattiqqỹllik bilan uyga yetaklab kirdim, devdim, ammo qattiqqỹllikni ilk odimdayoq ỹzim yumshatdim, qalliqlik chog‘idayoq, garovga buyum olib qolib, pul berish bilan shug‘ullanishi tushuntirilgan, u esa indamagan edi (Buni eslab qoling). Eng qizig‘i, bu ishga astoydil kirishuvdi. Albatta, uy, jihozlar ỹsha-ỹsha edi. Uyim ikki xonali: biri katta zal, ozgina qisminigina kassa egallagan: ikkinchisi ham keng-mỹl, yotar-turar joyimiz shu yerda. Jihozlarimning mazasi yỹq, hatto xolalarinikidan ham xarobroq. Shamchiroqli ikonam zalda, kassa yonida: xonamdagi javonda (kaliti menda turadi) bir  necha kitob va garovlarning shartlari: yana tỹshak, stol, stullar… Yemoq-ichmog‘imiz uchun Lukerya uchovimizga, men uni og‘dirib olgan edim, kunda kỹpi bilan bir sỹm ajratajagimni aytib, «Uch yilda ỹttiz ming jamg‘arishim kerak, tejab-tergashga majburman», deb tushuntirgandim. U qarshilik bildirmagan edi, shunda ham men kunlik harajatni kỹpaytirib, bir sỹmu ỹttiz tiyin deb  belgiladim. Buning yoniga teatr kỹshildi. Qalliqlik davrida teatr degan gap yỹq degan edim, biroq qarorimni ỹzgartirib, oyda bir marta boradigan, borganda ham yumshoq ỹrindiqlardan joy  oladigan bỹldim. Uch marta birga bordik, «Muhabbat izidan quvish», nazarimda yana – «Sayroqi qushlar»ni kỹrdik shekilli (o, tupurish kerak bunga, tupurish!) jimgina borib, jimgina qaytardik. Nima uchun, nima uchun ilk qadamimizdayoq sukutni ravo kỹrdik. Axir dastlab oramizda nizo bỹlmagandi-ku? Sukut nimasi edi! Esimda, u menga tez-tez kỹz qiri bilan qarab qỹyardi, men uni sezardim, seza turib battar sukutga berilardim. Tỹg‘ri, sukutga u emas, men jon-jahdim bilan yopishdim. U bir-ikki marta ỹzini tutolmay quchoqlashga tashlanganda ham sovuq muomalamni ỹzgartirmadim. Chunki unda uyg‘ongan tỹlqin dardchil, jazavali edi: menga esa uning astoydil e’zozidan kelib chiqadigan chinakam baxt lozim edi. Men haq edim: har bir tỹlqindan keyin ertasigayoq orada nizo chiqardi.

Tỹg‘rirog‘i buni nizo deyish ham qiyin. Chunki janjalimiz ham sukutda ỹtardi – uning qarashlarida borgan sayin «Isyon va mustaqillik»ka moyillik kuchayardi, ammo qarashlarini amalga oshirishga ojiz edi. Ha, bu ma’suma chehra kundan-kunga dag‘allashardi. Ishonsangiz, ishonmasangiz, u mendan jirkana boshlardi – men buni  yaqqol his qilib turardim. Ba’zan ichki tỹlqinlarini jilovlay olmay ỹzidan ketishiga shubha yỹq edi.  Misol uchun aytsam, kechagina pol yuvishdan boshi chiqmagan oyimtilla nochorlik botqog‘idan qutulib, bugun kambag‘alligimdan burnini jiyiradigan bỹlib qoldi! Turish-turmushimiz pokiza, kerak joyda hashamga ham ỹrin bor, aytmoqchimanki, mening uyimda qashshoqlik emas, tejamkorlik  xukmron edi. Men ilgarilari ham erning sarishtaligi xotinning kỹnglini band etadi deb hisoblar edim. U  qashshoqligimni la’natlamas, balki tejamkorligimni baxillik hisoblab, «aniq maqsadi borligini, qat’iy irodasini kỹrsatmoqchi», deb mendan nafratlanardi. Teatrdan kutilmaganda ỹzi voz kechdi. Mazaxli chimirilishlari beshbattar kỹpaydi… Men esa sukutni kuchaytirdim, sukutga zỹr berdim.

Axir ỹzimni oqlamayman-ku! Bu yerda eng muhimi qarz kassasi. Iltifot qiling: men ayolning, ayniqsa ỹn olti yoshida, erkakka butunlay bỹysunmasligi mumkin emasligini bilardim. Ayollarda originallik yỹq – bu isbot talab etmaydigan haqiqat, hatto hozir ham bu men uchun isbotsiz haqiqat! Zalda yotgan bỹlsa nima qilibdi: haqiqatni haqiqat deyish kerak, bu yerda Mill* ham ojiz. Sevuchi ayol esa, o, sevuchi ayol esa, kỹngli maylini olgan kimsaning barcha kamchiliklarini, hatto yovuzliklarini ilohiylashtiradi.

O‘sha kimsa yovuzliklarini yuvish uchun arzirli bahona topa olmaydi. Ammo sevuchi ayol unga fatvo topib beradi. Bu oliyhimmatlik, ammo originallik emas. Ayolni faqat nooriginallik badnom etadi. Qaytarsam nima bỹlibdi, stol ustini nimaga imlab kỹrsatyapsiz? Stol ustidagi original demoqchimisiz? O-o?..

Bilib qỹying: uning muhabbatiga ỹshanda amin edim. Axir bỹynimga osilib olgan edi-ku. Demak, sevardi, aniqrog‘i sevishni istardi. Ha, shunday edi: sevishni istardi, muhabbatini izlardi.  Eng muhimi shundaki, bu yerda u fatvo topib berishi lozim bỹlgan yovuzlikning ỹzi yỹq edi. Garovchiligimni aytyapsizmi? Buni hamma gapiradi. Garovchi bỹlsam nima! Olijanoblarning olijanobi shu ishni ỹziga lozim kỹrgan ekan, demak sababi bor. Bilasizmi, janoblar, g‘oyalar bor… Ya’ni bilasizmi, agar ỹzga g‘oya aytilsa, sỹz bilan ifoda qilinsa juda ahmoqona chiqadi. O‘zimdan-ỹzim uyalib ketaman. Nimaga? Hech nimaga. Chunki biz yaramas odamlarmiz, haqiqatga chidolmaymiz, agar gapimni yolg‘on desangiz, bilmadim, qanday odam ekanmiz. Men hozir «olijanoblarning olijanobi» dedim. Kulgilimi, lekin gapning chini shu! Axir bu haqiqat, ya’ni hakiqatlar ichra eng oliy haqiqat-ku! Men bu kassani ochish, ỹzimni-ỹzim ta’minlash istagiga tỹla haqli edim: «Siz meni chetga surib chiqardingiz, siz odamlar, ha, siz meni jirkanch sukutingiz bilan oralaringizdan haydadingiz. Siz tomonga ehtiros va shiddat bilan intilishimga javoban bir umrga ranj-alam qaytardingiz. Shunday ekan, endi men qalin devordan tỹsiq qilib olishga, ỹsha ỹttiz mingni tỹplab, Qrimdanmi, janubiy sohildanmi yer-mulk sotib olib, umrimning qolgan qismini tog‘larda, uzumzorlarda, eng muhimi – sizlardan uzoqroqda, ammo sizlarga kek saqlamasdan, kỹnglimdagi oliy maqsadim bilan, yurakdan sevuchi ayolim bilan, xudo bersa oilam bilan, yon qỹshnilardan yordamimni ayamasdan yashashga tỹla haqqim bor». Yaxshi hamki bu gaplarni endi ovoz chiqarib ỹzimga-ỹzim aytyapman, agar ilgariroq uning qulog‘iga quyganimdami, bundan bema’niroq ish bỹlmasdi. Mening mag‘rurona sukutim ham, jimgina ỹtirishlarimiz ham aynan shundan. Axir u tushuna olarmidi? O‘n olti yosh – yoshlikning birinchi pog‘onasi – u mening vaj-karsonlarimni, azob-uqubatlarimni anglashga qodir emasdi. Tỹg‘rilik, hayotni bilmaslik, bolalarcha arzon imon, «gỹzal qalblar» xususidagi kỹr-kỹrona tushuncha, eng muhimi garov kassasi (Holbuki mijozlarimga nisbatan yovuzlik qilmas edim! Me’yoridan oshiqcha olib qolmasligimni ỹzi yaxshi bilardi, kỹrgan edi!) uni haqiqatga olib boruvchi yỹllarni taqa-taq berkitib tashlagan edi. O, bu yorug‘ olamdagi haqiqat naqadar dahshatli! Bu malak, bu ma’suma, bu osmon – mustabid edi, qalbimning chidab  bỹlmas darajadagi shafqatsiz mustabidi, sitamgiri edi! Agar  bularni aytmasam, ỹzimga-ỹzim tuhmat qilgan bỹlaman! Siz mening sevgimga ishonmayapsizmi? Shunday deb kim ayta oladi? O, bu shỹri-g‘avg‘o, taqdir va tabiatning istehzoga tỹla shỹri-g‘avg‘osi edi! Bizga qarg‘ish tekkan, odamzotning hayoti (jumladan meniki ham) qarg‘ish ostida qolgan. Men qayerdadir yanglishganimni tushunib turibman-ku! Qayerdadir mỹljalni tỹg‘ri  ololmadim. Hammasi aniq-ravshan edi, rejalarim ham osmon kabi pokiza edi: «Qattiqqỹl va mag‘rur, birovning ruhiy taskiniga muhtojlik yỹq, sukut bilan azob chekish». Shunday edi, aldamadim, sira aldamadim! Bunga keyinroq ỹzi guvoh bỹladi, buning olijanoblikdan ekanini ỹzi  kỹradi (ammo, sezolmadi),  qachondir bilsa, olijanobligimni ỹn chandon oshirib baholaydi va qỹllarini kỹksiga qỹyib xudoning zorini qiladi». Rejam shu edi. Lekin men bu yerda nimanidir unutdim yoki nimanidir tushirib qoldirdim. Nimanidir amalga oshirolmadim. Bas, yetar bas! Endi kimdan uzr sỹrayman? Tamom bỹldi, tamom bỹldi – tan olish kerak. E, odam, qaddingni tut, yerparchin bỹlma! Aybdor sen emassan.

– Xỹp, yaxshi, men rost gapni aytaman. Haqiqat bilan yuzma-yuz bỹlishdan chỹchimayman: U aybdor edi, aybdor U edi!..

MA’SUMANING G‘ALAYoNI

Oramizdagi nizo bunday boshlandi: hech kutilmaganda u pulni ỹz xohishiga kỹra beradigan, buyumlarni me’yoridan ortiq baholaydigan bỹldi, bu ham yetmagandek, men bilan ikki marta bahslashdi. Yon bosmadim. Shu paytda oyog‘imiz ostidan kapitanning bevasi chiqib qoldi.

Beva kampir medalonni, ya’ni marhum erining sovg‘asi, demak, qadrli yodgorlikni olib keldi. O‘ttiz sỹm berdim. Ming‘irlab, arz-dod qilib, buyumni asrashimizni iltimos qildi – asramay nima qilardik. Xullas, besh kundan keyin yana paydo bỹlib, sakkiz sỹmga ham arzimaydigan bilakuzukka almashtirib berishni sỹradi. Men shubhasiz, rad etdim. O‘shanda bu ayyor kampir xotinimning kỹzida mehr kỹrganmi, harholda men yỹg‘imda kelib, muddaosiga yetdi – u medalonni bilakuzukka almashtirib beribdi.

Bundan xabar topishim bilan qisqa, ammo qat’iy, jỹyali gapimni aytdim. U tỹshak ustida yerga tikilgancha ỹtirar, ỹng oyog‘ining uchini likillatib, gilamchani urib-urib qỹyardi (bu uning ma’nodor ishorasi) lablarida istehzo qotgan edi. Shunda men, ovozimni mutlaqo kỹtarmasdan, pul meniki ekanini, hayotga ỹz kỹzlarim bilan boqishga haqqim borligini, uni uyga taklif qilganimda, hech narsani yashirmaganimni xotirjam bir alfozda eslatdim.

U esa birdan sapchib turdi, a’zoyi badani titradi, keyin – nima deb ỹylaysiz – depsina boshladi: shu turishi vahshiylikning ỹzi edi, tutqanoq edi, tutqanog‘i tutgan  vahshiy edi. Men hayratdan muz qotdim: bu  qiliqni sira kutmagandim. Ammo ỹzimni yỹqotmadim, hatto qimirlamadim, ỹsha xotirjam ovozda bundan buyon yumushlarimga aralashish huquqidan mahrum etajagimni ma’lum qildim. U basharamga qarab turib xaxoladi-da, uydan chiqib ketdi.

Gap shundaki, mensiz uydan chiqishga uning haqi yỹq edi. Tỹydan oldinoq shunga kelishgan edik. Kun bỹyi qaylardadir sanqib, kechqurun qaytdi – churq etmadim.

Ertasiga ertalabdan yana g‘oyib bỹldi, indiniga ham. Kassani berkitib, xolalarinikiga bordim. Tỹydan keyin ular bilan bordi-keldini yig‘ishtirib qỹygan edim. Ostonalarini hatlashga majbur bỹldim: bu yerga qadam bosmabdi. Xolalari gaplarimni diqqat bilan eshitib, «Sizga hali bu ham kam», deb mazax qilishdan toyishmadi. Kulgi bỹlishimni bilardim. O‘sha zahoti kichik xolasiga – qariqizga yuz sỹm va’da qilib, og‘dirib oldim, yigirma beshini naqd sanab berdim. Ikki kundan keyin u uyimga xunuk xabar bilan keldi: «Poruchik Yefimovich degan odam, siz bilan bir polkda xizmat qilgan ofitser suvni loyqalatib yuribdi». Hayratda qoldim. Bu Yefimovich deganlari polkda menga nisbatan razillik qilgani yetmaganday, bir oy muqaddam garovga narsa qỹyish bahonasida ketma-ket ikki marta uyimga behayolarcha  kelib, xotinimga shilqimlik qilgan edi. O‘shanda unga yaqinlashib, munosabatlarimizni unutmay, uyimga qadam bosishga jur’at etmasligini aytgandim: ish bu darajaga borib yetishi xayolimga ham kelmagandi, shunchaki sulloh deb ỹylovdim. Mana endi xolasi xotinimning ỹsha sulloh bilan uchrashuv tayin qilganini, bu ish ularning eski tanishlari, polkovnikning bevasi  Yuliya Semenovna rahnamoligida amalga oshganini ma’lum qilib turibdi: «Xotiningiz ỹshanikiga qatnayapti».

Bu tafsilotlarni qisqartiraman. Bu ish oxir-oqibatda menga uch yuz sỹmga tushdi. Ammo ikki kun ichida maqsadga erishdim: qỹshni xonada turib, qiya ochiq eshikdan xotinimning Yefimovich bilan birinchi render – Vous* guvoh bỹlish, gaplarni eshitish imkoniyatini qỹlga kiritdim. Bu voqeaga tayyorgarlik kỹrayotgan paytimda, bir kun avval, juda qisqa davom etgan, ammo men uchun nihoyatda muhim hodisa yuz berdi.

Kechqurun u yoqdan-bu yoqqa yurdi, tỹshakka ỹtirdi, menga tikilib, masxaralab tirjaydi, oyoq uchlarini qimirlatib gilamchaga tap-tap urdi. Unga qarab turib, daf’atan kallamga bir fikr urildi: ỹtgan oy davomida, tỹg‘rirog‘i ỹtgan ikki hafta mobaynida fe’l-atvori juda ỹzgarib ketdi: qandaydir asovlik, hujumkorlik behayo deya olmayman, ammo betartiblik, iztirobga moyillik paydo bỹldi. Bularni sirtiga chiqarmaslikka yuvoshligi sabab edi. Iztiroblari chegaradan chiqqan bỹlsa-da, ỹzini zỹrlab ushlab turgani, bu uchun ỹzidan-ỹzi hazar qilayotganini sezmasligim mumkin emasdi. Bunaqalar bir quturmasin, qutursa jilovlab bỹlmaydi. Shunaqa paytda ular aytadigan, quyushqondan chiqib ketadigan gaplarni eshitib, quloqlaringga ishonmaysan. Qalban buzuqlikka odatlanganlar esa, aksincha yumshatadilar, qabihliklarini ham batartib, iltifot bilan yuzaga chiqaradilar, ana shu razilliklarida ustunlik qilish da’vosi bỹladi.

O‘sha kuni u asovlik bilan arqonni uzdi:

– Duelga chiqishga qỹrqqaningiz tufayli polkdan haydab yuborganlari rostmi? – deb sỹradi u kutilmaganda, kỹzlarida esa ỹt chaqnadi.

– Rost, ofitserlarning qarori bilan polkni tashlab ketishimni sỹrashdi, unga qadar ỹzim iste’foga chiqaman deb ariza bergan edim.

– Qỹrqoq sifatida haydashganmi?

– Ha, ular shunday ayb qỹyishdi menga. Lekin dueldan bosh tortishimga sabab qỹrqoqlik emas. Mening shaxsimni haqorat qilishmagan holda duelga chaqirsam bema’nilik bỹlardi. Men ularning  mustabidona qarorlariga bỹysunmadim.

Bilib qỹying,  shu yerga kelganda ỹzimni tutolmadim,  ỹz hatti-harakati bilan bunday mustabidlikka, oqibatlarini bila turib qarshi borish, har qancha duelga chiqishdan kỹproq jasorat, mardlik talab qiladi.

Men ỹzimni tuta olmadim, shu gaplarim bilan gỹyo ỹzimni oqlashga urindim: unga esa xuddi shu – yanada tiz chỹkib, xỹrlanishim kerak edi. U g‘azab bilan kuldi.

– Uch yil Peterburgda daydilarga ỹxshab tilamchilik qilib, billiard stollarining tagida yotib qolganlaringiz, rostmi?

– Men Sennada, Vizemskiyning uyida ham yotib qolardim. Polkdan keyin juda kỹp haqoratli tushkun onlar bỹldi, ammo ruhan chỹkmadim, chunki  qilg‘ilig‘imni ỹshanda birinchi bỹlib ỹzim ayblagan edim. Tushkunligim boisi, ỹshandagi  ahvolimdan umidsizlikka berilish oqibatida aqlim va irodamning ojizlanib qolganidan edi. Bularning bari ortda qoldi…

– O, siz endilikda kỹzga kỹringan odamsiz – puldorsiz!

Ya’ni, bu garov kassasiga qilingan istehzoli ishora edi. Men ỹzimni qỹlga olishga ulgurdim. Uning meni yanada haqoratlashga olib boruvchi tushuntirishlarimga chanqoq ekanini sezdim – bunga erishishiga yỹl bermadim. Chorlovchining qỹng‘irog‘i ayni muddao bỹlib, zalga chiqdim. Oradan bir soat ỹtgach, u tỹsatdan kiyindi-da, uydan chiqayotib rỹparamda tỹxtab, shunday dedi:

– Har holda siz bular haqida tỹydan oldin og‘iz ochmagan edingiz?

Men javob bermadim. U chiqib ketdi.

Xullas, ertasiga chỹntagimda tỹpponcha bilan qiya ochiq eshik ortida turib taqdirimning qanday hal etilayotganiga diqqat bilan quloq tutib turardim. U yasan-tusanda ỹtirardi, Yefimovich esa uning rỹparasida qiyshanglardi. Xỹsh, nima bỹldi, ỹzim sezmagan holda, nimani ỹylagan bỹlsam (nomusim haqqi gapiraman buni), nimani kỹnglim sezgan bỹlsa, kutgan bỹlsam ỹsha yuz berdi. Bilmadim, tushunarli qilib sỹzlayapmanmi?

Bỹlgan voqea mana bunday: eshik ortida turib, ularning suhbatiga bir soat quloq tutdim, bir soat mobaynida olijanob yuksak his-tuyg‘u egasi bỹlgan ayolning oqsuyak mazhabidan chiqqan buzuq, qalbi nopok, berahm hayvon bilan olishuviga guvoh bỹldim. Bu ma’suma, bu kamgap, bu sodda juvon shuncha gapni qayerdan biladi, deb hayratga tushdim. Oqsuyaklarning sevimli komediyalarini tỹquvchi zukko muallif ham buzuq ishlarga himmat kamarini bog‘lovchilarga nisbatan oliy nafrat va dỹlvor kulgu uyg‘otuvchi bunday masxarali sahnani ỹylab topolmagan bỹlardi.  Uning gaplarida, sỹzlarida qanchalar shukuh, tezkor javoblarida qanchalar ỹtkirlik, mulohazalarida qanchalar haqiqat, ayni choqda qizlarga xos soddalik bor edi! Mal’un Yefimovchining sevgi izhoriga, qiliqlariga, gaplariga javoban kỹzlariga qarab mazax qilib kulardi. Muddaoga osonlik bilan, bir xurujdayoq erishish niyatida kelgan Yefimovich uning qarshilik qilishini kutmagan ekan, darrov chỹkdi. Men dastlab uning hatti-harakatini “Buzuq, ammo oqila mavjudotning narxini oshirish maqsadidagi noz-firog‘i”, deb oddiy noz-karashmaga yỹyishim mumkin edi. O, yỹq, haqiqat quyosh yanglig‘ porlab, shubhalarga ỹrin bermadi. Menga nisbatan bỹlgan g‘ayritabiiy va shiddatli nafrati tufayli, tajribasiz bu juvon mana shunday uchrashuvga jur’at qilishi mumkin edi, ammo erkakning pinhona muddaosi suv yuzasiga qalqib chiqqach, uning kỹzi ochildi. Bu mavjudot qanday qilib bỹlmasin meni haqoratlash qasdida betoqat tỹlg‘onib, hatto bu balchiqdan ham  hazar qilmadi, ammo betartiblikka chidam berolmadi. Aynan uni, kỹkrak sutiday pokiza, bokira, oliy maqsadi bor juvonni Yefimovich yoki unga ỹxshash biror boshqa oqsuyak maxluq yỹldan ozdira olarmidi? Aksincha, u faqat masxara bỹldi. Xotinimning qalbida bor haqiqat uyg‘ondi va g‘azab yuragidagi achchiq istehzoni yuzaga chiqardi. Qaytaraman, bu masxaraboz oxir-oqibat butunlay chỹkdi, tumtayib oldi, savollarga ham behush javob qaytara boshladi, hatto tubanlik bilan ỹch olish qasdida xotinimni haqorat qilib qỹymasin, degan qỹrquv badanimga tarqadi. Yana takrorlayman, bu sahnani qariyb hayratsiz tingladim. Men gỹyo tanish voqeaga duch kelganday edim. Men gỹyo u bilan uchrashish niyatida yỹlga chiqqandim. Tỹpponcha olvolganimga qaramay, men hech nimaga ishonmay, hatto aybnomalarga parvo qilmay keldim – bu ayni haqiqat. Shunday ekan, men uni boshqacha tasavvur etishim mumkinmidi? Xỹsh, men nima uchun sevdim, nima uchun e’zozladim, nima uchun uylandim unga? O, menga nisbatan nafratining naqadar ulug‘ligiga, ayni paytda, ỹzining qanchalar bokiraligiga ỹsha onda amin bỹldim. Shartta eshikni ochib, bu masxarabozlikka chek qỹydim. Yefimovich sapchib tushdi. Xotinimning qỹlidan olib, men bilan yurishni sỹradim. Yefimovich darhol ỹziga keldi, jaranglab, yayrab kuldi.

– O, ilohiy er-xotinlik huquqiga monelik qilolmayman, olib keting, olib keting! Ammo bilib qỹying, – dedi u izimdan, – olijanob odamlarning siz bilan olishuvi bema’nilik bỹlsa ham, ayolingiz haqqi hurmati xizmatingizga tayyorman… Agar jur’at qilolsangiz albatta…

– Eshityapsizmi, – dedim unga, ostonada bir nafas tỹxtatib.

Uyga yetguncha, yỹl bỹyi churq etilmadi. Men uni qỹltiqlab olgan edim, bunga qarshilik bildirmadi. Aksincha, u behad hayratda edi, ammo hayrat pardasi uyga yetgach kỹtarildi. Uyga kirib stulga ỹtirdi-yu, menga baqrayib tikildi. Uning rangida-rang qolmagan edi: lablari shu damda istehzoga moyillik bilan chimirilsa-da, kỹzlarida olishuvga da’vat etuvchi qat’iylik, ulug‘vorlik bor edi: nazarimda dastlabki daqiqalarda tỹpponchadan otib ỹldirishimga qattiq ishongan edi. Ammo men indamay tỹpponchani chỹntakdan chiqarib, stol ustiga qỹydim. U bir menga, bir tỹpponchaga qarab qỹydi (Tỹpponchaning unga tanish ekaniga diqqatingizni tortaman. Shu dỹkonni ochganimdan beri  ỹqlog‘lik turadi. Kassani ochar chog‘imda katta itlarni ham, Mozerga ỹxshab baquvvat malaylarni ham ushlamaslikka qaror qildim. Mijozlarimga eshikni oshpaz xotin ochadi. Biroq bu hunar bilan shug‘ullanuvchi odam har ehtimolga qarshi himoya choralarini ỹylab qỹymasa bỹlmaydi. Shu sabab tỹpponcham hamisha ỹqlog‘liq turadi. U uyimga kelgan dastlabki kunlardayoq, tỹpponchaga qiziqib qoldi, sỹrab-surishtirdi, men hatto tỹpponchaning tuzilishiyu qurilishini tushuntirib berdim, hatto ỹzi ham otib kỹrib, mỹljalni bexato urishiga ishondi. Buni unutmang). Uning qarashidagi qỹrquvga e’tibor bermay, yarim yechingan holda  tỹshakka chỹzildim. Soat ỹn birdan oshgan. Men ỹlarday holdan toygan edim. U joyida yana bir soatcha qimirlamay ỹtirdi, keyin shamni ỹchirib, kiyimlarini yechmay devor tomondagi divanga yotdi. Birinchi marta boshqa yotdi – buni ham eslab qoling.

MUDHISh XOTIRA

Endi bu mudhish bir xotira…

Barvaqt uyg‘ondim, harholda xona yorug‘, chamamda soat sakkizlar bor edi. Fikrim tiniqlashib, birdan uyg‘ondimu kỹzlarimni katta ochdim. U stol yonida tỹpponcha ushlagan holda turardi. Uyg‘onib, qarab yotganimni u sezmadi. Bir mahal tỹpponchaning og‘zini menga tỹg‘riladi. Kỹzimni yumib, ỹzimni uxlaganga soldim.

U tỹshagimga yaqinlashib, tepamda turib oldi. Men hamma narsani eshitib, sezib yotardim: xonada ỹlik sukunat hukmron, men sukunatni ham eshitardim. Shu payt titroq bir harakat sezildi -ỹzimni tutolmay kỹzlarimni ochdim. U tỹg‘ri menga, kỹzlarimga tikilib turar, tỹpponcha esa qariyb chakkamga tiralgandi. Kỹzlarimiz tỹqnashdi. Nigohlar tỹqnashuvi bir nafasdan oshmadi. O‘zimni majburlab kỹzimni yumdim, endi nima bỹlsa ham, qimir etmayman, deb bor quvvatim bilan ỹzimni majburladim.

Umuman ba’zan shunaqa bỹlib turadi, qattiq uxlagan odam birdan kỹzini ochadi, yostiqdan boshini kỹtaradi, atrofga alanglaydi-da, bir soniya ỹtmay hushidan ketganday boshini yostiqqa tashlab, yana qattiq uyquga ketadi, uyg‘ongandan keyin sỹrasangiz, hech nimani eslamaydi. Nigohlarimiz tỹqnashib, chakkamdagi tỹpponchani his qilib, birdan kỹzimni chirt yumib, qattiq uyqudagi odamday qimir etmay qolganimda u uxlayotganimga, hech nimani kỹrmayotganimga aniq ishonishi mumkin edi, chunki uyg‘oq odamning men kỹrganni kỹrib, bu daqiqada yana xotirjam kỹzlarini yumib yotishiga aql bovar qilmasdi.

Ha, aql bovar qilmasdi. Ammo u haqiqatni bilishi ham mumkin edi – bu fikr xayolimga ỹsha zahoti urildi. O, inson ongining samoviy qudratiga ming-ming ofarin – yarim lahzada boshimni qancha xayollar, qancha hislar tỹlqini kezib chiqdi. Demak, bu holda, haqiqatni bilib, ayyorona kỹz yumib yotganimni bilgan bỹlsa (buni sezardim), unda men ỹlimga tayyor ekanim bilan uni yengib tashladim, endi qỹli qaltirashi turgan gap. Avvalgi qat’iyligi endigi taassuroti bilan tỹqnashib parchalanishi tayin. Chỹqqidagilarni qandaydir kuch pastga, tubsiz jarga tortib turadi, deydilar. Nazarimda tỹpponchani qỹlga olishga ulgurish – juda kỹp qotilliklar yoki ỹz-ỹzining joniga qasd qilishlarga sabab bỹladi. Bu ham tubsiz jarlik, qiyaligi qirq besh gradus, sirg‘anmaslik mumkin emas, nimadir sizni muqarrar tepkini bosishga undaydi. Ammo hamma narsani  kỹrganim, uning qỹlidan ỹlim topishga rizo ekanimni bilish uni bu qiyalikda tutib qola olardi…

Sukunat davom etardi, birdan chakkamga, sochlarimga sovuq temir tegdi. “Jon saqlashingga imoning komil edimi?” – deb sỹrashingiz mumkin. Xudo oldida javob berganday sizga ham tỹg‘risini aytay: hech qanday umidim yỹq edi, yuzdan bir imkoniyat bilan tirik qolishimnigina bilardim. Unda ỹlimga nima uchun shay eding, deysizmi? U holda siz ham bir sỹrog‘imga javob bering: suyukli mahbubam chakkamga tỹpponcha tiragandan keyin menga yashashning nima qizig‘i qolar edi? Bundan tashqari  men butun vujudim bilan bir narsani aniq his qilib yotardim: ayni choqda oramizda, kechagi qỹrqoq bilan, qỹrqoqligi uchun ỹrtoqlari tomonidan haydalgan ỹsha qỹrqoq bilan uning orasida kurash, hayot-mamot jangi borardi. Men buni bilardim, agar uxlamayotganimni fahmlagan bỹlsa, u ham bilardi.

Balki bunday bỹlmagandir, balki ỹsha onda bularni ỹylamagandirman, ammo bular fikrdan ỹtmasa ham yuz berishi lozim edi, chunki shundan keyin hayotimning har bir soati shu xayollar bilan band bỹldi.

Endi siz «nima uchun uni yovuzlikdan asrab qolmading?»- degan savolni berishingiz mumkin. O, keyinchalik men bu lahzani har eslaganimda, etim muzlab, bu savolni ỹzimga-ỹzim ming martalab berganman. Unda qalbim mavhum bir umidsizlik chohida edi: ỹzim jon taslim qilardim, shu ahvolda kimni qutqara olardim? Qolaversa, birovni qutqarish istagi bỹlganmi yỹqmi, siz qayerdan bilasiz? Nimalarni his qilganimni kim bilib ỹtiribdi.

Sezgilarimning jizg‘anagi chiqardi… lahzalar ỹtdi, sukunat ỹlikligicha qoldi: u esa tepamda hamon tik turibdi – birdan yalt etgan umiddan seskandim! Shoshib kỹzimni ochdim. U xonada yỹq edi. O‘rnimdan turdim: men g‘alaba qozondim – u umrbod mag‘lub bỹldi!

Samovarning oldiga bordim. Qaynoq samovar odatda birinchi xonaga keltirilib, choyni  har safar u quyib berardi. Men joyimga jimgina ỹtirib, u uzatgan choyni oldim. Besh daqiqalardan sỹng unga qaradim. U ham menga tikilib turar, rangi kechagidan beshbattar oqarib ketgan edi. Birdan qarashimni ilg‘ab, rangsiz lablarida rangsiz istehzo, kỹzlarida jur’atsiz savol nazari paydo bỹldi. «Aftidan, biladimi yo bilmaydimi, qỹrqdimi yo qỹrqmadimi deb hali ham ikkilanyapti». Men xotirjamlik bilan undan nigohimni oldim. Choydan sỹng kassani berkitib bozorga tushdim-da, temir karavot bilan parda sotib oldim. Uyga qaytgach, karavotni zalga qỹyib, parda bilan tỹsib qỹyishni buyurdim. Bu karavot unga atalgan edi, ammo ỹziga bu haqda og‘iz ochmadim. Shu karavotni  kỹriboq «hammasini kỹrganimni, hammasini bilishimni» sỹzsiz anglaganiga shubham yỹq. Tunda tỹpponchani odatdagiday yana stol ustida qoldirdim. U ỹzining yangi tỹshagiga yotdi: nikoh buzildi, u «mag‘lub etilgan, ammo kechirilmagan edi». Tunda alahsiray boshladi, ertalab esa isitmasi kỹtarildi. U olti hafta ỹrnidan turmay yotdi.

MAG‘RURLIK UYQUSI

Lukerya uyimda bỹlak yashamasligini, boyvuchchani dafn etgach, chiqib ketajagini hozirgina ma’lum qildi. Tiz chỹkib, bir soat ibodat qilmoqchi edim, besh daqiqadan nariga ỹtolmadim, ỹylab ỹyimga yetolmayman, fikrlarim xasta, boshim xasta – tavbaning nima foydasi bor, ibodat qilding nima – qilmading nima, baribir gunohkor bandasan! Yana ajablanarlisi shuki, sira uyqum kelmayapti, holbuki, og‘ir, behad og‘ir g‘am-sitamlardan sỹng, dastlabki ruhiy portlashlardan keyin odamning uyqusi keladi. Aytishlaricha,  ỹlimga mahkum etilganlar sỹnggi tunda qattiq uxlar ekanlar. Tabiatan shunday bỹlishi kerak, yỹqsa odamning irodasi dosh berolmay sinishi mumkin. Divanga yotdim, baribir uxlolmadim.

Men, Lukerya, kasalxonadan yollaganim hamshira – uch kishi bỹlib olti hafta mobaynida tunu kun kasalini boqdik. Pulni ayamadim, aksincha unga sarf qilgim kelaverdi. Doktor Shrederni chaqirib, har kelishiga ỹn sỹmdan tỹladim. U hushiga kelgach, kỹziga kamroq kỹrinishga intildim. Bularni bayon etishimning nima hojati bor! U oyoqqa turgach, xonamdagi alohida stol yoniga ohistagina yaqinlashib, jimgina ỹtirdi. Bu stolni kasal yotganida unga maxsus sotib olgan edim. Chindan ham ikkovimiz sukut saqladik. Tỹg‘ri, keyinroq gaplasha boshladik, lekin oddiy mavzudan chetlashmadik. Men, albatta atayin ezmalikdan, yoyilib gaplashishdan qochardim, uning ortiqcha gap aytib yubormayotganimdan xursand ekanini ham sezib turardim. Bu qilig‘i menga tabiiydek tuyulardi.  «Uzil-kesil mag‘lub bỹlganidan benihoya iztirobda, – deb ỹyladim, – demak, ỹtganlarni  unutish, kỹnikish uchun imkon berish zarur». Shu asnoda sukut saqlardik, ammo men har daqiqa ỹzimni kelajakka tayyorlardim. Nazarimda u ham shaylanardi, ỹzi haqida endi nimalarni ỹylayotganini bilish meni g‘oyat qiziqtira boshladi.

Yana bir gapni aytmasam, yuragim toshib ketadi: kasal yotganida uning tepasida turib qancha fig‘on chekkanimni, qancha azoblarga toqat qilganimni birov bilmaydi. Fig‘onlarim faqat ỹzimga ma’lum, hatto Lukeryaning nolalarini ham qalbimga yashirganman. Men uning hech narsani bilmay ỹlib ketishi mumkinligini taxmin qilish u yoqda tursin, tasavvur ham etolmasdim. Aniq yodimda, ahvoli bir oz yaxshilanib, xavf chekinib, sihati tiklana boshlagach, tez va qat’iy xotirjam bỹldim. Ustiga-ustak kelajagimizni qỹya turishga, ma’lum muddat orqaga surishga, hozirgi ahvol haqida qayg‘urishga ahd qildim. Ha, ỹshanda g‘alati, ajib bir holga tushdim, buni ỹzgacha ifoda etishim mushkul: men g‘alaba nashidasini surayotgan edim, shu haqda ỹylashimning ỹziyoq, meni noma’lum hislarga chirmab tashlardi. Qish shu zaylda ỹtdi. O, men behad xursand edim, umrimda hech vaqt kỹnglim bu qishdagi  kabi xush bỹlmagan.

Bilasizmi, ỹsha voqeaga qadar, ya’ni xotinim bilan oramizda halokat yuz bergungacha har kun, har soat meni ezib kelgan hayotimning obrỹsizlanishim va polkdan ketishimga bog‘liq mudhish bir tashqi jihati mavjud edi. Ikki og‘iz sỹz bilan aytsam: menga nisbatan mustabidlarcha nohaqlik qilingan. Tỹg‘ri, ỹrtoqlarim og‘ir, balki, kulgili fe’limni hazm qilisholmasdi, meni yomon kỹrishardi, holbuki, kỹp hollarda siz uchun buyuk, sizga ilohiy tuyulgan, siz sig‘inadigan narsa ayni  chog‘da atrofingizdagi ỹrtoqlaringiz tỹdasini kuldiradi. O, meni  hech qachon, hatto maktabda ham yaxshi kỹrishmagan. Meni hammavaqt, har joyda yomon kỹrishgan. Meni Lukerya ham yoqtirmaydi. Polkdagi voqea, garchi meni yaxshi kỹrmasliklarining oqibati esa-da, tasodifan sodir bỹlgan edi. Bularni eslashimga sabab: yoningdan bulut kabi suzib ỹtib ketishi mumkin bỹlgan turli sabablarning bema’ni yiriklashuvi, yuz bermasligi mumkin bỹlgan tasodif tufayli ỹlib ketishdan battarroq ranj-alam yỹqdir. Har holda ziyoli odam uchun bundan ỹtadigan xỹrlik mavjud emas. Voqeaning mag‘zi mana bu:

Teatrda, tanaffus paytida yemakxonaga chiqdim. Gusar A-v ikki gusar orasida, ovozini baralla qỹyib – bu yerda ofitserlar ham kỹp edi – polkimiz kapitani Bezumtsev dahlizda janjal kỹtarganini gapira boshladi. Gap orasida «aftidan kapitan g‘irt mast edi”, deb qistirib ỹtdi. Ularning bu mavzudagi gaplari uzoqqa chỹzilmadi, chunki  Bezumtsevning mastligi yolg‘on, dahlizdagi «janjal» janjal deyishga arzimas ham edi. Gusarlar boshqa gaplarga ỹtib, tinchishdi, ammo bu latifa ertasigayoq polkimizga yetib borib, shivir-shivir boshlandi. Ya’nikim, gusar A-v, kapitan Bezumtsev nomini bulg‘ayotganda yemakxonada polkimizdan faqat men bor ekanman, men unga tanbeh berib tỹxtatmabman. Xỹsh, nima uchun men tanbeh berishim kerak? Bezumtsevda alami bỹlsa – bu ularning shaxsiy ishlari, men aralashib nima qildim? Ofitserlar esa bu shaxsiy masala emas, polkka bevosita aloqador edi, deb topishdi. Nima emish, yemakxonada polkimiz ofitserlaridan birgina men bỹlganim uchun ham yemakxonadagi jamoaga, jumladan, barcha ofitserlarga polkimiz sha’niga va ỹz g‘ururimga dog‘ tegishidan uncha g‘ashim kelmasligini isbotlaganmishman. Bu xulosa bilan kelishishim mumkin emasdi. Shunga qaramay, vaqt ỹtgan bỹlsa ham, hali kech emasligiga, xatoimni tỹg‘rilashga, A-v bilan munosabatimni oydinlashtirib olishimga imkoniyat borligiga sha’ma qilishdi. Men buni xohlamadim, qattiq g‘azablanganim tufayli, mag‘rurlik bilan rad etdim. Sỹng ỹsha zahoti iste’foga chiqdim – bor gap shu. Men polkni mag‘rurona, ammo ruhiy chilparchin bỹlgan xolda tashlab chiqdim. Irodam zaiflashib, aqlan tubanlikka shỹng‘idim. Xuddi ỹchakishganday ỹsha paytda singlimning eri Moskvadagi shinamgina mulkimizni, jumladan, undagi mening ozgina ulushimni ham butkul sovurib yubordi: men bir chaqasiz, kỹchada qoldim. Men xususiy xizmatga yollanishim mumkin edi, xohlamadim, ofitserlar libosini yechib qandaydir temir yỹlga borishni ỹzimga or bildim. Uyat bỹlsa – uyat, sharmandalik bỹlsa – sharmandalik, tushkunlik bỹlsa – tushkunlik-da, qancha battar bỹlsa, shuncha yaxshi dedim. Mana shu battarini tanlaganimdan keyingi uch yildan faqat qayg‘uli xotiralar qolgan, buning ichida Vyazemskiyning uyi xam bor edi. Bir yarim yil muqaddam Moskvada badavlat kampir – chỹqintirgan onam vafot etishidan oldin, sira kutilmaganda boshqa merosxỹrlar qatorida menga ham uch ming sỹm vasiyat qildi. Men tanamga ỹylab kỹrib, ỹshandayoq yozug‘imni belgiladim. Odamlardan tilanchilik qilib yurmay, garov kassasi ochishga ahd qildim. Pul bỹlsa bor, rejam – bir burchakni ijaraga olib – eski xotiralardan yiroqda yangi hayot boshlash edi. Qolaversa, qayg‘uli ỹtmishim butunlay barbod bỹlgan nomus-orim  meni har daqiqa har soat iskanjaga olib turardi. Shunday ahvolda uylandim. Bu tasodifmi, yỹqmi bilmayman. Ammo uni uyga boshlab kirayotganimda, dỹstni olib kiryapman deb ỹylovdim. Chunki chin dỹstga juda-juda zor edim. Biroq men bu dỹstni hali ma’nan tayyorlash, shakllantirish, hali mag‘lub etish lozimligini aniq-ravshan bilgan edim. O‘n olti yoshli qizga, notỹg‘ri  fikrlarga kỹmilib yotgan gỹdakka bularning hammasini  birdaniga tushuntirish mumkinmidi? Yỹq! Aytaylik, tỹpponcha bilan bog‘liq ỹsha halokatli, tasodifiy voqea bỹlmaganda ỹzimning qỹrqoq emasligimga, polkdoshlarim qỹrqoq, deb nohaq ayblashganiga qanday ishontira olardim. Baxtimga ỹsha halokat aynan vaqtida yuz berdi. Tỹpponchaga chakkamni xotirjam tutib, butkul zulmat ỹtmishimdan qasos oldim. Bundan hech kim xabar topmasa-da, u bildi, menga shunisi kerak edi, chunki u mening borlig‘im, orzuimdagi kelajagimning bor umidi edi. Menga undan boshqaning keragi yỹq, zero, u kelajagim uchun tayyorlanayotgan yagona odam edi. Uning bor haqiqatdan xabar topishi, hech bỹlmaganda g‘animlar safiga barvaqt, nohaq ỹtganini bilishi men uchun katta gap edi. Bu fikrdan faxrim toshardi. Endi uning kỹziga ablah bỹlib emas, balki g‘alati odam bỹlib kỹrinaman: endi yuz bergan voqeadan keyin bu fikr meni avvalgiday g‘ashimga tegadi: har holda g‘alatilik ayb emas, aksincha, vaqti kelsa, ayolning fe’liga ỹtiradi. Xullasi kalom, yechimni atayin orqaga surdim. Bỹlib ỹtgan voqea xotirjamligim uchun yetib ortardi. Orzularim uchun ranglar tỹlib toshgandi. Orzularimga rang yetarli dedim, u esa kutib turadi dedim: rasvolik ham xuddi  shunda – xayolparastligimda!

Butun qish nimanidir kutish bilan ỹtdi. O‘zining stolchasiga tirsaklarini tirab ỹtirgan chog‘ida uni ỹg‘rincha kuzatishni xush kỹrardim. U uydagi mayda-chuyda ishlar bilan ỹzini ovutardi, kechalari javonimdagi kitoblardan olib ỹqirdi. Javondagi kitoblarning saraligi ham, nazarimda mening foydamga xizmat qilardi. U deyarli hech qayerga chiqmasdi. Har kuni ovqatlanib olgach, qosh qoraymay turib uni sayrga boshlardim, toza havoda yurardik, avvalgidek og‘zimizga talqon solib olmasdik. Men ỹzimni jim emasday, bir-birimizga ma’qul ohangda gaplashayotganday qilib kỹrsatishga urinardim. Ammo aytganimday, zohiriy kỹrinishimiz bilangina «shirin suhbat» qurardik. Men ỹzimni atayin shunday tutardim, unga vaqt berish kerak derdim, qiziq, men-ku unga zimdan qarashni xush kỹraman, nima uchun u menga qaramaydi, degan ỹy  bir marta ham xayolimga kelmabdi. Men buni hadiksirashdan deb bildim. Qolaversa, kasallikdan keyin uning kỹrinishida quvvatsizlik, jur’atsiz bir ma’sumalik aniq zohir edi. Yỹq, kutgin, dedim ỹzimga-ỹzim, «uning ỹzi daf’atan oldingga keladi…»

Bu fikr mening kỹnglimni g‘oyat chog‘ qildi. Ochig‘ini aytsam, ba’zan ỹzimni-ỹzim atayin ruhan ezardim, qovurardim, gỹyo undan xafa ekanimga ỹzimni-ỹzim ishontirmoqchi bỹlardim. Bu ma’lum muddat davom etdi. Mening nafratim qalbimga ildiz otib, mustahkamlanishi mumkin emasdi. Buning shunchaki ỹyinligini sezib turardim. O‘shanda karavot va parda-tỹsiq olib kelib, nikohni ỹzimcha buzganim bilan, uni hech qachon jinoyatchi sifatida tasavvur qilolmasdim. Uning aybi bỹyicha yengiltaklik bilan hukm chiqarganim bunga sabab bỹlolmasdi. Yỹq, men shunchaki, ỹsha dastlabki kuniyoq, hali karavot olmayoq uning gunohidan ỹtishni lozim deb topgan edim. Bir sỹz bilan aytilsa, bu mening g‘ayrioddiyligim, tỹg‘ri, ammo xulqiy qoidalarga qattiq edim.  Kỹzim oldida u shunchalar mag‘lub etilgan, yengiltak edi-ki, ba’zan beixtiyor rahmim kelardi, ayni choqda xỹrlash g‘oyasi dilimni yayratardi. Oramizdagi tengsizlik yoqardi menga…

Shu qish mobaynida bir necha marta atayin yaxshilik qildim. Ikkita qarzdan butkul kechdim, bir bechora ayolga garovsiz pul berib yubordim. Bu ishlarni xotinim bilsin uchun qilmadim, bu haqda unga  mutlaqo og‘iz ochmadim: ammo ayolning ỹzi deyarli tiz chỹkib minnatdorchilik bildirgani kelib, mehribonligimni oshkor qildi. Nazarimda, ayolga yaxshilik qilganimdan u mamnun bỹldi.

Aprel yarimlab, bahorning nafasi kelib qolgan edi. Qỹshtabaqa derazalarning kỹcha tomonini olib tashlagach, sokin xonalarimiz quyoshning yorqin shu’lalariga yỹg‘rildi. Ammo qarshimda qalin bulut qatlami turganidan, aqlimni qorong‘ilik pardasiga ỹrayotganidan bexabar edi. Mudhish va mash’um qatlam edi bu! Qatlam qanday yỹqoldi kỹzim qanday ochildi, aqlim qanday peshlanib, voqealarni qanday fahm eta boshladim? Tasodif yuz berdimi, hal qiluvchi kunning kelishi birdan tezlashdimi, quyosh nurlari ỹtmaslashib qolgan aqlimda fikr va idrokimni uyg‘otdimi? Yỹq, fikr ham, idrok ham mutlaqo aloqasiz bu yerda. Yuragimda ỹla boshlagan tomirchalardan biri tỹsatdan tirildi, bir titradi-yu, hayotga qaytdi va qalbimdagi zim-ziyolikni, zim-ziyoda yashirinib yotgan meni yỹldan urayotgan mag‘rurlik shaytonini yoritdi. Bu kutilmaganda, tỹsatdan, oqshom arafasida, ovqatdan keyin, soat beshlarda sodir bỹldi… ỹrnimdan sapchib turdim…

QORA QATLAM TO‘SATDAN YO‘QOLDI

Maqsadga ỹtishdan avval e’tiboringizni boshqa narsaga tortaman. Bir oy muqaddam unda g‘alati ỹychanlik paydo bỹlganini, ha, ha, sukut saqlash emas, aynan ỹychanlikni tỹsatdan sezdim. U tikish bilan mashg‘ul bỹlib, boshini egib ỹtirar, tikilib turganimni bilmasdi. Ana shu damda uning behad ozib, chỹp bỹlib qolgani, rangida rang qolmagani, lablaridan qon qochgani – bularning bari ỹychanligiga qỹshilib meni favqulodda sarosimaga soldi. Avval e’tibor bermaganim, ayniqsa, tunlari yengil yỹtalib qỹyishi  endi  kỹnglimda g‘ulg‘ula uyg‘otdi. Unga hech nima demay, doktor Shrederni chaqirgani ketdim.

Shreder ertasiga keldi. U doktorni kỹrib, bir menga bir Shrederga hayron bỹlib qaradi.

– Men soppa-sog‘man, – dedi jilmayishga harakat qilib.

Shreder uni durustroq ham kỹrmadi (umuman bu doktor zoti ba’zan haddan tashqari bee’tibor bỹladi), qỹshni xonaga chiqqanimizda bularning hammasi kasallik oqibati ekani, bahorda imkon tug‘ilsa dengiz tomonga borilsa, yỹqsa, chorboqqa chiqilsa durust bỹlajagini aytdi. Xullas, hali bemadorlikdan qutulmaganini aytgani deyilmasa, dori-darmon tugul tayinli maslahat bermadi. Shreder ketgach, u menga qattiq tikilib turib, ỹsha gapini yana takrorladi:

-Men soppa-sog‘man.

Shunday dedi-yu, uyatdanmi, qizarib ketdi. O, buni endi fahm etyapman: u hali ham eri ekanimdan, haqiqiy eri kabi parvona bỹlayotganimdan uyalgan. Men galvars ỹshanda buni tushunmaganman, royishga yỹyganman. (Qora qatlam!)

Nihoyat, oradan oy ỹtgach, aprelning quyoshli kunlarida, soat beshlarda, hisob-kitob bilan ỹtirgan chog‘imda, qỹshni xonadan uning ovozi keldi… U… shikasta ovozda xirgoyi qilardi. Bu yangilik meni larzaga soldi – hali-hali ỹzimga kelolmayman. Shu paytgacha, uyga yangi boshlab kelgan kunlarim, tỹpponcha otib shỹxlik qilgan damlarimizni hisobga olmaganda, uning ashula aytganini eshitmaganman. Unda ovozi asabiyroq tuyulsa ham, juda yoqimli, sog‘lom, qattiq jarangdor edi. Endigi qỹshiq jonsiz edi, o, yỹq, buni mungli qỹshiq deb bỹlmasdi qandaydir romans edi u, ammo uning ovozi allanechuk darz ketgan, singan, gỹyo u emas, balki ashulaning ỹzi xasta-yu, ovozi unga jon kiritishga ojiz edi. U xirgoyi qilardi, birdan ovozi kỹtarildi-yu, uzildi – xasta ovozi – achinarli tarzda uzildi, yỹtalib olib, yana sekin-sekin, asta-asta xirgoyisini boshladi.

Hayajonimdan kuladilar, baribir hech qachon, hech kim hayajonlanishim boisini tushuna olmaydi. Yỹq, hali unga achinmas edim. Mendagi tuyg‘u mutlaqo bỹlakcha edi. Dastlab, aniqrog‘i, dastlabki daqiqalarda dahshatli va g‘alati, og‘riqli va hatto qasosga moyil tuyg‘u, taajjub va hayratda qotdim: Nima bu: «Mening borligimni unutdimi? Menga e’tiborsiz kuylashi nimasi!».

Vujudimni iztirob iskanjasiga topshirib, joyimdan jilmay ỹtirdim, keyin birdan ỹrnimdan turib, nima qilayotganimni ỹzim ham bilmagan holda, shlyapamni olib tashqariga yỹnaldim. Qayoqqa, nima uchun otlanganim ỹzimga ham noma’lum edi. Lukerya paltomni uzatdi.

– Ashula aytyaptimi? – sỹradim Lukeryadan beixtiyor. Lukerya tushunmadi, ajablanib qaradi: shu tobda menga tushunish chindan ham mushkul edi.

– Birinchi marta ashula aytyaptimi?

– Birinchi emas, siz yỹqligingizda ba’zan aytardi, – deb javob berdi Lukerya.

Hammasi aniq esimda. Zinadan pastga tushdim, kỹchaga chiqdim, keyin boshim oqqan tomonga yurdim. Muyulishgacha borib, tỹxtadim, atrofga alangladim. Odamlar oqimi orasida qolgan edim, turtib ỹtsalar ham sezmasdim. Izvoshchini chaqirib, Politsiya kỹprigiga hayda, dedim. Sỹng, birdan fikrimdan qaytib uning qỹliga bir tanga tutqazdim.

– Seni bezovta qilganim uchun, – dedim izvoshchiga ma’nosiz kulib. Biroq yuragimda tỹsatdan qandaydir zavq uyg‘ondi.

Qadamimni tezlatib, uyga qaytdim. Qalbimdagi darz ketgan, uzilay-uzilay deb turgan bechora torlar birdan sozlanib, jarangladi. Entikib, ketdim: kỹz oldimdagi qora qatlam yỹqolardi, yỹqolardi! Men borimda meni unutib kuylabdimi – eng qỹrqinchli va aniq-ravshan haqiqat shu edi. Buni yuragim sezib turardi.  Qalbimdagi shavq tobora ỹt olib, qỹrqinchni siqib chiqarardi.

O, taqdirning shỹri-g‘avg‘osi! Axir butun qish bỹyi vujudimda shu shavqdan ỹzga hech nima yỹq edi, bỹlishi ham mumkin emasdi-ku, men qayerda edim? Mana shu qalbim bilan yashar edim-mi? Zinalardan shoshilib, yugurib chiqdim, biroq ichkariga jur’at bilan kirdim-mi, bilmayman. Oyoqlarim osti tỹlqin urgani, ỹzimni gỹyo daryo uzra yengil suzib yurganimnigina eslayman. Xonaga kirdim: u ỹsha joyida bir nimani tikib ỹtirardi, qỹshiq aytmasdi. Men tomon qiziqishsiz yuguruk qarab oldi, buni hatto qarash deb ham bỹlmaydi, odatda xonaga biror kimsa kirsa mana shunday odatiy, e’tiborsiz harakat qilinadi.

Men miyasi aynigan odamday tỹg‘ri kelib uning yoniga ỹtirdim. U qỹrqib ketganday menga tezgina qaradi: men esa uning qỹlini olib nimadir dedim, nimaligi esimda yỹq, tỹg‘rirog‘i nimadir demoqchi edim, ammo ỹsha ahvolda bir sỹzni eplab aytishga qurbim yetmasdi. Ovozim ỹzimga bỹysunmay, sỹzlar chala yarim otilib chiqardi. Ha, nima deyishni bilmas edim, nuqul entikardim.

– Gaplashib… olaylik… bilasanmi… nimadir degin… – tỹsatdan otilib chiqqan bu sỹzlar tentaknamo edi, tan olaman, biroq ỹsha topda aqlli gap aytadigan ahvolda emasdim.

U yuzimga qaradi, seskandi, kuchli bir qỹrqinch bilan ỹzini chetga oldi kỹzlarida qat’iy ajablanish zohir bỹldi. Ha, ajablanishida qat’iylik bor edi, u menga katta-katta kỹzlari bilan boqardi. Bu qat’iylik, bu qat’iy ajablanish meni bir hamladayoq butkul majaqlab tashladi. U indamagan bỹlsa-da, bu ajablanishida «Hali sen muhabbat istayapsanmi? Muhabbat kerakmi senga?» degan savol jaranglardi. Yỹq, men bu sỹzlarni ỹqib oldim, hammasini ỹqidim. A’zoyi badanimga titroq yugurdi, ỹzimni tutolmay oyoqlari ostiga shilq etib tushdim. Ha, men oyoqlari ostiga quladim. U ỹsha zahoti sapchib tushdi, ammo men bor kuchim bilan qỹllaridan ushlab qoldim.

Ruhiy tushkunligimni men yaxshi anglab turardim, juda yaxshi anglardim. Xoh ishoning, xoh ishonmang, yuragimdagi shavq shu qadar qaynardiki, hatto ỹlib qolamanmi deb ham ỹylardim. Men – baxtdan mast bỹlgan, lazzatdan hushini yỹqotgan odam uning oyoqlarini ỹpdim.  Ha, ha, bu behisob: behudud baxt edi, ruhiy tushkunligimni anglagan holda baxtga yỹg‘rilgan edim. Men yig‘lardim, nimalardir derdim, ammo gapira olmasdim. Undagi qỹrquv va hayronlik ỹrnini birdan qandaydir tashvishli fikr, favqulodda savol egalladi: endi menga g‘alati, hatto yovvoyi qarash qildi, u nimanidir tezroq tushunib yetish istagida kulimsiradi. Oyoqlarini ỹpayotganimdan haddan tashqari uyalardi, oyoqlarini tortib olardi, ammo men hozirgina oyog‘i turgan yerni ỹpardim. Ahvolimni kỹrib uyatdan kula boshladi. (Uyatdan qanday kulishlarini kỹrganmisiz?) Asabdan qỹllari titradi. Buni kỹrdim. Ammo mulohazaga chog‘im kelmadi, dovdirab, nuqul sevishimni, ỹrnimdan turmay «bir umr tiz chỹkib uning haqiga ibodat qilishimni» aytardim… «kel, kỹylaklaringdan bir ỹpay…» Bilmadim, esimda yỹq…  birdan u titrab ketdi, uvvos tortib yig‘lay boshladi; men uni qỹrqitib yuborgan edim, tutqanog‘i tutdi.

Uni kỹtarib tỹshakka oldim. Xuruj qỹyib yuborgach, qaddini kỹtarib ezgin bir ahvolda tỹshakka ỹtirdi-da, qỹllarimni ushlab, tinchlanishimni sỹradi: «O‘zingizni qiynamang, bas, yetar, tinchlaning» – menga “tinchlaning” deb, ỹzi yig‘ini boshladi. Kechasi bilan yonidan jilmadim. Ovozi xasta ekanini, buni yaqinginada ỹzim eshitganimni ikki haftadan sỹng Bulonga, dengiz sohiliga olib ketajagimni, kassani yopib, Dobronravovga sotajagimni, hammasi yangitdan boshlanajagini, eng muhimi Bulon, Bulonga ketajagimizni gapirib chiqdim. U indamay, ammo hadik bilan eshitib yotdi. Gapirganim sari hadigi ostida yotish, oyoqlarini ỹpish, oyoqlari turgan yerni ỹpish, uning qarshisida tiz chỹkib, ibodat qilish istagi butun qudrati bilan vujudimga hukm ỹtkazardi. «Sendan boshqa hech nimani, hech nimani sỹramayman, menga javob berma, bor-yỹqligimni bilmasang ham mayli, faqat burchakdan ỹg‘rincha qarashimga izn ber, meni biron bir buyumingga, mayli, kuchukchangga aylantirib ol»… bu gapni necha qayta takrorladim. U esa yig‘i bilan javob qaytardi.

-Meni  shu holda tashlab qỹyasiz deb ỹylabman, – bu gap uning bỹg‘zidan birdaniga va beixtiyor otilib chiqdi. Hatto qanday aytib yuborganini ỹzi ham sezmay qoldi. O, uning bu sỹzlari – men uchun hal qiluvchi, eng muhim, ỹsha tun aytilgan sỹzlar ichra eng tushunarlisi – yuragimni pichoq yanglig‘ tilib yubordi. U hammasini tushuntirib berdi, ỹshanda yonimda, kỹz oldimda edi, bundan umidim ufqi yorishib turardi, baxtim ham behad edi. O, ỹsha kech uni juda toliqtirdim, buni bilib tursam-da, hammasini qayta qurishni betỹxtov ỹylardim. Tun oqqanda butunlay holdan toydi, uxlashga kỹndirdim, u tezda, qattiq uyquga ketdi.  Alahsirarmikin deb kutdim, yengilgina alahsiradi. Tun bỹyi dam-badam turib, unga qarash uchun shippakda ovoz chiqarmay yurib kelardim. O‘shanda uch sỹmga sotib olgan temir karavotga, undagi tỹshakka, tỹshakdagi bu bechora, xasta zotga qarab yuzlarimni yulish darajasida afsus-nadomat chekardim. Tiz chỹkardim, ammo (uning ruxsatisiz!) uxlab yotgan chog‘ida oyoqlarini ỹpishga jur’at etolmasdim. Xudoga ibodat qilgali tiz chỹkardim, ammo tez orada turib ketardim. Lukerya oshxonadan chiqib, mendan tez-tez xabar olardi, men unga kirib yotaverishi mumkinligini, ertaga butunlay ỹzga hayot boshlanishini aytdim.

Men shunday bỹlishiga kỹr-kỹrona, telbalarcha, ashaddiy ishonar edim. O, shavq, faqat shavq bodasidan lazzatlanardim men! Men faqat ertangi kunni kutardim. Eng muhimi, ba’zi bir belgilarga qaramay, falokatga ishonmas edim. Kỹz oldimdagi qora qatlam yỹqolgan bỹlsa-da, idrokim tiniqlashmagan. Idrokim uzoq vaqt, juda uzoq, to bugungi kungacha tiniqlashmadi. Qanday tiniqlashsin, axir unda u tirik edi, u mening rỹparamda, men esam uning qarshisida edim. «Ertalab uyg‘onganda hammasini aytaman, u hammasiga ỹzi shohid bỹladi». Mening ỹsha topdagi  fikr-ỹylarim shu – oddiy va ravshan edi, shavqim ham shundan ỹt olardi! Muhimi – Bulon, nimagadir, Bulon bor-yỹg‘imizni hal qiladi, Bulonda taqdirimiz ỹzgacha chiroy ochadi, deb ỹylardim. «Bulonga, Bulonga», yuragim shunday tepardi. Men tongni telbalarcha orziqib kutardim.

HADDAN ZIYoD TUShUNAMAN

Axir bu bir necha kun, besh kun, atigi besh kun avval, oldingi seshanbada bỹlgan edi! – Yana ozgina vaqt, yana zarracha chidaganda men atrofimizdagi qorong‘ilikni tarqatib yuborardim! Nahotki tinchlana olmasdi? Axir ertasigayoq, bir oz sarosimaga qaramay, gaplarimni kulib eshitgan edi-ku… Muhimi, bu vaqt davomida, besh kun mobaynida parokandalik yo uyatdan siqilardi. Qỹrqardi ham, juda-juda qỹrqardi. Bahslashib ỹtirmayman, tentaklarga ỹxshab ỹz gapimga ỹzim qarshi ham bormayman: qỹrquv bor edi, axir shu vaziyatda qanday qilib qỹrqmasin? Axir juda uzoq vaqt badalida bir-birimizga begonalashib qoluvdik-ku, bir-birimizdan bu qadar uzoqlashib, kutilmaganda… Ammo men undagi qỹrquvga qaramadim, chunki yangilik barq urib kelmoqda edi!.. Xatoga yỹl qỹyganim tỹg‘ri, ming-ming marotaba tỹg‘ri. Balki bir emas kỹplab xatoga yỹl qỹygandirman. Bundan ham bỹyin tovlamayman. Ertasiga (ya’ni chorshanba kuni) uyg‘onishimiz bilan xatoga yỹl quydim: uni birdaniga ỹzimga dỹst deb bildim. Men shoshildim, behad shoshildim, biroq tavbam zarur edi, istig‘for keltirish har narsadan zarurroq edi. Men hatto bir umr ỹzimdan yashirgan sirlarimni ham oshkor etdim. Butun qish bỹyi uning muhabbatiga umid bog‘laganim ochildi. Garov kassasi riyozat chekish oqibatida irodam zaiflashuvi, ongim tushkunligi tufayli tug‘ilgan xudbinlarcha shaxsiy g‘oyam ekanini tushuntirdim. O‘shanda teatr yemakxonasida chindan qỹrqqanimni, ammo dueldan emas, ỹz fe’limdan, ỹz badgumonligimdan qỹrqqanimni, aniqrog‘i, yemakxonadan, vaziyatdan lol qolganimni, gusarni duelga chaqirishim boshqalarga bema’ni bỹlib tuyulmasmikin, degan xayolda gumonsiraganimdan, dueldan emas, aynan shu gumondan chỹchiganimni, sỹng bu qỹrqoqligimni bỹynimga olmay hammani, hatto uni azobga  qỹyganimni, uni azobga qỹyish uchun ham uylanganimni aytdim. Umuman gaplarimda tartib yỹq edi, gỹyo isitma aralash valaqlardim. Uning ỹzi qỹllarimdan ushlab, bas qilishimni sỹrardi: «Siz oshirib yuboryapsiz, siz ỹzingizni qiynayapsiz» – shunday derdi, keyin kỹz yoshi boshlanardi, tutqanog‘i tutishga oz qolardi! U xotiralarimga nuqta qỹyib, gapirmasligimni iltijo bilan sỹrardi.

Uning iltimoslariga qaramasdim, yoki kam e’tibor berardim. Axir oldinda – bahor, quyoshli Bulon! U yerda bizni yangi quyoshimiz kutyapti – bularni gapirmay bỹladimi! Kassani yopib, ishni Dobronravovga  oshirdim. Chỹqintirgan onamdan qolgan uch mingdan tashqari bor budimizni muhtojlarga ulashib, ỹsha uch mingga Bulonga borib kelgach, yangi hayot boshlab, peshona teri bilan tirikchilik qilishni taklif etdim. Shunga  kelishdik, chunki u taklifimni javobsiz qoldirdi, faqat jilmayib qỹydi. Nazarimda, meni xafa qilmaslik niyatida, kỹngil uchun  jilmaydi. Unga og‘irligim tushayotganini kỹrdim. Meni  buni kỹrmaydigan darajada tentak va xudbin deb ỹylamang. Men hammasini, sỹnggi chiziqchasigacha kỹrdim, kỹrganda ham boshqalardan aniqroq kỹrdim: mening barcha iztiroblarim shunday kaft ustida edi.

Men unga ỹzim haqimda, u haqda va Lukerya tỹg‘risidagi hamma gapni aytdim.  Yig‘laganimni aytdim… O, ba’zan gapni chalg‘itdim, ba’zi narsalarni  eslatmaslikka harakat qildim, hatto u bir-ikki jonlandi, esimda, aniq esimda! Nima uchun qarab turib hech nimani kỹrmagansan, deyapsiz? Axir bu sodir bỹlmaganda hammasi qayta tirilardi.  Axir uchinchi kuni suhbatimiz chog‘ida, qish bỹyi ỹqigan kitoblari haqida gap ketganda Jil-Blaz bilan arxiyepiskop Grenadskiy orasidagi mojaroni eslab, kula-kula aytib bergan edi-ku! Kulgisi xuddi qalliqlik davridagidek (o, u onlar!) naqadar munis, muloyim edi, bunda mening quvonchim chekini chamalab bỹlmasdi. Arxiyepiskop mojarosini eshitib, hayratga tushdim: qarang, ỹsha qishda ỹtirgan chog‘ida durdona asardan lazzatlanishga, kulishga ruhiy xotirjamlik va baxtli onlar topa bilibdi-da! Demak, u shu holda tashlab qỹyishimga ishonch hosil qilib, ovuna boshlagan ekan. «Meni shu holda tashlab qỹyasizmi, deb ỹylabman» – ỹsha kuni, seshanbada shunday dedi! O, axir bu ỹn yoshli qizaloqlarning ỹyi-ku! Demak, u hamma narsa shu holda qolishiga ishongan, tỹla ishongan: ya’ni u ỹz stolida, men ỹzimnikida  ỹtiraman, shu zaylda oltmish yoshimizga qadar ayrimiz… Birdaniga, hech kutilmaganda men tiz chỹkaman, men – er,  muhabbatga muhtojman! O, bu mening xatoim, bu mening ojizligim edi!

Unga shavq bilan qarashim ham xato edi; ỹzimni tutishim lozim edi, chunki shavqim uni qỹrquvga solardi.  Axir men ỹzimni tutib ham oldim, oyoqlarini boshqa ỹpmadim. Hatto biror marta bỹlsin unga.. er ekanligimni shama qilmadim, bu hatto xayolimga ham kelmadi.  Men faqat ibodat qildim, ha, ibodatdan boshqasini ỹylamasdim. Axir butunlay gapirmaslik, sukut saqlash ham mumkin emasdi! Gaplaridan lazzat olishimni, uning ỹzimga nisbatan cheksiz, ha, cheksiz bilimdon va yetuk ekanini ham yashirmadim. U qizarib ketdi, noqulay ahvolga tushib, «oshirib yuboryapsiz» dedi. Ana shunda, men ahmoq kalla, ỹzimni tutolmay, eshik ortida pisib uning olishuvini, bokiralik bilan mahluq orasidagi olishuvni tinglaganimni, bolalarcha oqkỹngil bỹlgan holda aqli, zarofati shu’lasi, menga behad lazzat bag‘ishlaganini aytib yubordim. U seskanib, butun vujudi titrab ketdi, yana oshirib yuboryapsiz demoqchi bỹldi-yu, birdan chehrasiga qayg‘u yugurdi, yuzini qỹllari bilan tỹsib hỹngrab yubordi… Men yana ỹzimni tutolmadim, yana yiqilib oyoqlarini ỹpa ketdim. O‘tgan seshanbadagi kabi tutqanoq bilan yakunlangan bu voqea kecha kechqurun sodir bỹldi. Ertalab esa…

Ertalab!? Tentak, ertalab bugun edi, bugun ertaga edi, yaqinda, yaqinda edi…

Yaxshilab tinglab, uqib oling: yaqinda (kechagi jazavadan keyin) choyga ỹtirganimizda u ỹzining xotirjamligi bilan meni lol qoldirdi. Ha, shunday bỹldi. Men esam tuni bỹyi kechagi voqea tufayli qỹrquvdan tipirchilab chiqqan edim. Birdan u menga yaqinlashdi, tiz chỹkdi, qỹllarini qovushtirib (yaqinda, yaqinda-ya!) ỹzining jinoyatchi ekanini, buni yaxshi bilishini, jinoyati qish bỹyi azob berganini, azob iskanjasidan hali ham qutulmaganini… olijanobligimni cheksiz qadrlashini aytdi: «vafodor xotiningiz bỹlaman, sizni e’zozlayman..» Shunda men sapchib turib uni telbalarcha quchoqlab oldim! Uni ỹpa ketdim, yuzlaridan, lablaridan ỹpdim, uzoq ayriliqdan keyin qaytgan er misol ỹpdim. Shundan keyin nimaga ketdim-a, ikki soatgagina… xorijiy pasportlar orqasidan… E, xudo, besh daqiqagina, besh daqiqa oldin qaytsam bỹlmasmidi? Darvozamiz oldidagi olomon, ularning nigohlari… E, xudo!

Lukeryaning aytishicha (o, men endi  Lukeryani sira qỹyib yubormayman. U hammasini biladi, butun qish bỹyi u bilan birga bỹlgan, endi menga hikoya qilib beradi!), men uydan chiqqach, qaytishimga bor-yỹg‘i yigirma daqiqa qolganda xonamizga kirgan, boyvuchchadan nimanidir sỹramoqchi bỹlgan, nimaligi esimda yỹq, kirib qarasa-ki, uning ikonasi (hov ỹsha, garovga keltirgan, Bibi Maryam ikonasi) naqshindor qoplamadan chiqarilgan, stol ustida turibdi, boyvuchcha xuddi hozirgina sajda qilganday… “Sizga nima bỹldi, boyvuchcha?” – «Hech nima, Lukerya boraver.. Tỹxta Lukerya». Yaqinlashib ỹpibdi.

-Baxtlimisiz, boyvuchcha? – deb sỹrabdi. «Ha, Lukerya». – Allaqachonlar  sizdan uzr sỹrashlari kerak edi… Xudoga shukr, yarashib oldinglar. – «Yaxshi, Lukerya, bor, boraver Lukerya» – shunday deb jilmayibdi, juda g‘alati jilmayibdi. Shu darajada g‘alati jilmayibdiki, Lukerya ỹn daqiqadan sỹng xabar olish uchun yana iziga qaytibdi. «U shunday deraza oldida, tirsagi bilan devorga suyanib, boshini qỹliga qỹyib, ỹylanib turibdi. Juda qattiq ỹyga tolganidan qỹshni xonaga kirganimni,  tikilib qolganimni sezmadi. Qarasam, jilmayayotganga ỹxshadi, turgan holicha ỹylab jilmayganday bỹldi. Unga qarab turib-turib, orqamga ỹgirilib, sekin chiqdim. Endi ỹzimcha ỹyga tolgandim, deraza ochilgani eshitildi. «Boyvuchcha, hali havoning zahri bor, shamollab qolmang» degani kirib, qarasam – u derazada turibdi. Ochiq derazada butun bỹyi-basti bilan menga orqasini ỹgirib turibdi. Qỹlida Bibi Maryam. Yuragim uzilib tushdi. Jon holatda «Boyvuchcha, boyvuchcha!» deb qichqirdim. U ovozimni eshitdi, ỹgirilmoqchi edi, ỹgirilolmadi, tashqariga qarab qadam qỹydi, Bibi Maryamni kỹkragiga bosib,  ỹzini derazadan tashladi».

Men faqat bir narsani yaxshi eslayman: darvozadan hatlab ỹtganimda u hali sovub ulgurmagan edi. Muhimi – hammaning kỹzi menda. Avvaliga baqirayotgan edilar, keyin birdan jimib qoldilar. Olomon ikki tomonga surilib yỹl ochildi va… uni Bibi Maryamni quchoqlagan holda kỹrdim. G‘ira-shira eslayman, unga jimgina yaqinlashdim, uzoq tikildim, chekinayotgan olomon ichidan menga nimalardir deyishdi. Lukerya shu yerda ekan. Men bilan gaplashganmish. Faqat meshchan yodimda, u nuqul toshdagi qonni kỹrsatib: «og‘zidan bir hovuch qon chiqdi, bir hovuch! Bir hovuch!» deb baqirardi. Men, aftidan, qonga barmog‘imni tekkizdim, qonga bulangan barmog‘imga qaradim (bu esimda), meshchan esa nuqul «bir hovuch, bir hovuch!» deb baqirdi.

-Bir hovuching nimasi! – deb qaynab ketibman, bor kuchim bilan unga tashlanibman.

O, vahshiylik, vahshiylik! Anglashilmovchilik bu! Nojoizlik, aqlga tỹg‘ri kelmaydigan hol bu!

ATIGI BESh DAQIQAGINA KEChIKDIM

Notỹg‘rimi? Haqiqatga tỹg‘ri kelmaydimi? Joiz deyish mumkin emasmi? Bu ayol nimani deb, nimaga ỹldi?

O, ishoning. Tushunaman, ammo uning nima uchun ỹlgani muhim muammo. U mening muhabbatimdan qỹrqdi, qabul qilsammi, qilmasammi, deb ỹzidan-ỹzi jiddiy sỹradi, oxir savoliga javob topolmay, ỹlimni ravo kỹrdi. Bilaman, bilaman, bosh qotirishning hojati yỹq  va’dalarni keragidan ortiqcha berib yubordi, va’daga vafo qilolmasligini bilib qỹrqdi – bu ravshan narsa. Bu yerda nihoyatda mudhish bỹlgan bir necha vaziyat bor. Harholda “u nima uchun ỹldi?” – degan savolga ỹrin bor. Bu savol betinim tiqillayapti, aynan mening miyamda tiqillayapti. Agar u shu holda qolishni istaganda, men uni shu holda qoldirardim. U esa bunga ishonmadi, mana gap qayerda! Yỹq, yỹq aldayapman, gap bu yerda emas. Masala oddiyroq, men bilan halol munosabatda bỹlishi kerak edi; sevadigan bỹlsa butun jonu tani bilan sevishi lozim, baqqolga in’om etishi mumkin bỹlgan sevgi menga mutlaqo kerak emasdi. U baqqolga lozim bỹlgani uchun ham meni aldab yurishni istamadi. U sevgi niqobi ostida yarim sevgi yoki chorak sevgi bilan meni laqillatishni xohlamasdi. Haddan tashqari bokira edi, mana gap qayerda! Qalb kengligini joriy etmoqchi edi, esingizdami? G‘alati fikr…

U meni hurmat qilarmidi? Buni ỹlarday bilgim kelyapti. Mendan nafratlanarmidi yoki yỹqmi? O‘ylashimcha, nafratlanmasdi. G‘oyat taajjublanarlisi shundaki, mendan nafratlanarmidi, degan savol butun qish bỹyi kallamga kelmabdi. Men uning nafratidan xoli ekanimga sỹnggi daqiqagacha, menga qat’iy ajablanish bilan, aynan qat’iy qaragunga qadar oliy darajada ishonardim. Ana shunda men uning nafratlanishini tushundim. Abadulabad, umrbod angladim! Oh, mayli edi, bir umr nafratlansa ham mayli edi, men uchun tirik bỹlsa, tirik yursa bas edi! Yaqindagina yuruvdi, gapiryatuvdi. Qanday qilib derazadan tashladi, sira aqlim bovar qilmayapti. Hatto besh daqiqa oldin ham buni tasavvur eta olmasdim. Lukeryani chaqirdim. Endi uni sira qỹyib yubormayman, sira! O, biz hali til topishishimiz mumkin edi. Biz faqat qish bỹyi dahshatli ravishda begonalashib qoldik, axir yana yaqinlashuvimiz mumkin edi-ku? Yana mehr nuqtasida uchrashib, yangi hayot boshlashimiz nahot, nahot mumkin emasdi? Men olijanobman, u ham – uchrashuv nuqtamiz shundan iborat! Yana ikki kungina, kỹp emas, chidasa, yana bir necha sỹz bilan hammasiga tushunib yetardi.

Muhimi, bu hodisa – oddiy, yovvoyi, johil hodisa ana shunisi alam qiladi. Shundan dilim og‘riydi! Besh daqiqa, bor yỹg‘i, bor yỹg‘i, besh daqiqa kechikdim! Besh daqiqa oldin kelganimda hammasi bulut kabi suzib ỹtib ketardi, bu ish keyin xayolidan kỹtarilardi. Hammasi uning tushunib yetishi bilan yakunlanardi. Endi esa yana bỹsh xonalar, yana yolg‘izligim… Ana soat kapgiri tiqillayapti, unga nima, rahm, shafqat degan narsani bilmaydi. Endi hech kim yỹq – ranju alamim ham shu!

U xonadan bu xonaga sarsari kezaman. Bilaman, bilaman, aytmay qỹyaqoling, tasodifdan, besh daqiqa kechikkanimdan zorlanishim sizga kulgili tuyulyapti. Ammo ayon haqiqatni tan olgingiz kelmayapti. O‘zingiz ỹylab kỹring: u boshqalar kabi hatto «ỹlimimda hech kimni ayblamang», degan ikki enlik xatcha ham qoldirmabdi. «U bilan sen yolg‘iz qolgan eding, derazadan itarib yuborgansan», deb hatto Lukeryani sarson qilishlarini nahot ỹylab kỹrmagan bỹlsa! Agar hovlidagi tỹrt kishi uning derazada Bibi Maryamni quchoqlab turganini, sỹng ỹzini tashlaganini kỹrishmaganda, aybsiz bỹlishimizga qaramay, toza sargardon qilishardi. Axir odamlarning turishi, hodisaga guvoh bỹlgani ham tasodif-ku! Yỹq, bularning barchasi – lahza, g‘ayrishuuriy lahza. Nogahoniylik va bejilov xayol! Xỹsh, ikona qarshisida ibodat qilgan bỹlsa nima? Bu ỹlim oldida tavba qildi, degan gap emas-ku! Hammasi bir lahzagina davom etgan. Balki qandaydir ỹn daqiqa ichida – devorga suyanib, boshini qỹliga qỹyganicha jilmaygan paytida bir qarorga kelgandir. Kallasiga shu xayol urilganu boshi aylanib, bu qaror qarshisida ỹzini tuta olmaganmi?

Xoh istang, xoh istamang, bu yerda qandaydir tushunmovchilik bor. Men bilan yashashi mumkin edi. Kamqonlik bỹlsa nima qipti? Kamqonlikdan, sillasi qurib hayotiy quvvatning tugaganidan deysizmi? Yỹq, u qishi bilan charchadi, mana gap qayerda…

Kechikdim!!!

Tobutda yotganda bunchalar xipcha, burni bunchalar sỹppayib qolmasa! Kipriklari kamon ỹqlari kabi yotibdi. Yiqilishi ham beozorgina bỹlgan – hech yeri sinmagan, yorilmagan. Faqat shu «bir hovuch qon». Ya’ni bir qoshiq degani. Ich-ichidan qalqqan. Ajib fikr: kỹmmaslik mumkin bỹlganda edi? Uni olib ketishgach, unda… o, yỹq, olib ketish mumkin emas! O, axir men olib ketishlari lozimligini bilaman, men telba emasman, alahsirayotganim ham yỹq, aksincha, aqlim hech mahal hozirgiday oydinlashmagan. Men bir narsani hazm qila olmayapman: yana uyda hech kim qolmaydimi, yana hayhotday bu xonalarda garovga qỹyilgan buyumlar bilan yolg‘iz yashaymanmi? Alahsirash, alahsirash, mana alahsirash qayerda! Men uning sillasini quritdim mana gap qayerda!

Endi qonunlaringizni boshimga uramanmi? Endi odatlaringiz, taomilingiz, hayotingiz, davlatingiz, diningizni sariq chaqaga olmayman. Mayli, meni sizning hakamingiz sỹroq qilsin, mayli meni ỹsha sudga, ochiq sudingizga boshlab boring, hech nimani tan olmasligimni ỹsha yerda ham aytaman. Hakamingiz «Jim bỹling, ofitser!» deb qichqiradi. Men esam unga: «Meni quloq osishga majbur etuvchi qudrating qani? Nima uchun bu zim-ziyo jaholat men uchun hamma narsadan qadrli bỹlgan narsani majaqladi? Qonunlaringiz menga nimaga kerak? Menga endi begona bular!» deb baqiraman. O, endi menga bari bir!

Ojiz, ojiz! Jonsiz u, eshitmaydi! Senga qanday jannat yaratib berardim, bilmayman. Jannat qalbimda edi, chor atrofingni jannat bilan ỹrardim. Sen meni bari bir sevmas eding, xỹsh, nima qipti? Hammasi ỹsha holda bỹlardi, ỹsha holda qolardi. Dỹstga gapirib berganday gapirarding menga – bir-birimizning kỹzimizga tikilib quvonardik, kulardik. Shunday yashardik. Boshqani sevib qolsangmi? Mayli, rozi edim! Sen u bilan yurib kularding, men bỹlsam kỹchaning bu betida turib kuzatardim… O, faqat bir martagina kỹzini ochsa, hammasiga rozi edim! Bir lahza, faqat bir lahza (!) menga qarasa edi, xuddi yaqinginada oldimga kelib vafodor xotin bỹlaman, deb qasam ichayotganday bir qarasa edi! O, bir qarashdayoq hammasini anglar edi!

Jaholat! O, tabiat! Yer yuzidagi odamlar yolg‘izlar – alam qiladigani shu! «Maydonda tirik jon bormi?»- deb qichqiradi, rus pahlavoni. Pahlavon bỹlmasam-da, men ham qichqiraman – hech kim javob bermaydi. Quyosh odamga jon beradi, deydilar. Quyosh chiqqanda unga bir qaranglar – axir u ỹlik emasmi? Hamma narsa ỹlik, hamma yerda jonsiz murdalar. Faqat odamlar, atroflarini sukut ỹrab olgan – Yer shundan iborat. «Odamlar, bir-biringizni seving!» Buni kim aytgan!? Kimning ỹgiti? Soat kapgiri  unsiz, nafratni qỹzg‘atadigan darajada tiqillaydi. Tun og‘di – soat ikki. Botinkachalari karavoti oldida turibdi, gỹyo bekasini kutyapti. Yỹq, jiddiy aytyapman, ertaga uni olib ketishgach, men nima qilaman?

1876.

Izohlar:
*«Yozuvchi kundaligi» nazarda tutilayotgan bỹlsa kerak. F.M.Dostoyevskiy 1873-74 yillarda «Grajdanin» jurnaliga muharrirlik qilib, har oyda «kundalik»larini e’lon qila boshlagan. 1876-77 yillarda davom ettirgan. «Ma’suma»ning yozilish vaqti xuddi shu davrga tỹg‘ri  keladi. (Tarj.)
*Ham oqlashim, ham qoralashim ma’nosida (lotincha)
*Inglizchasiga (frants.)
*XIX  asr ingliz faylasufi, utilitarizm tarafdori nazarda tutilgan bỹlsa kerak. (Tarj.)
*Ishqiy uchrashuvga (frants.)

Tohir Malik tarjimasi