A. Nurpeisov trilogiyasi real xarakterlar asosiga qurilgan. Taqdirlar murakkab. Turma azobini tortgan, front ko‘rgan, eng yaqin kishisi – sevimli xotini Oqbolani yo‘qotgan, yolg‘izgina jigari Raydan judo bo‘l gan Elomon trilogiyaning uchinchi kitobiga kelib Qizil Armiyaning kommunistik polki jangchisiga aylanadi, razvedkachi sifatida muhim topshiriqlarni bajaradi. Nurpeisov «Halokat»da oq armiyaning tarix tomonidan o‘limga mahkum etilganligini zo‘r mahorat bilan aks ettiradi.