Ahmadjon Meliboyev. Chexovni anglash

Atoqli rus adibi Anton Pavlovich Chexov to‘g‘risida ko‘p va xo‘b yozilgan. Bor-yo‘g‘i qirq to‘rt yil umr ko‘rgan bu yozuvchining ijodi, adabiy merosi tadqiqotchi olimlar, adabiyot ixlosmandlarini hanuz o‘ziga maftun etadi; dunyoning nufuzli teatrlari o‘z repertuarlarini Chexov asarlari bilan muntazam boyitishadi. davomi…

Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o‘rgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug‘ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur davomi…

Fransua Berne. Boburiylar saltanatining so‘nggi tarixi

Olamni ko‘rish ishtiyoqi meni Falastin va Misrga ravona bo‘lishimni taqozo etardi. Biroq, men bu bilan kifoyalanib qololmas edim. Qizil dengizni u chekkasidan bu chekkasigacha o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, yaqindan tanishish dilimdagi ezgu niyatga aylangandi. Men bir yilcha istiqomat qilganim shahri davomi…

Nosir Xisrav (1004-1088)

Markaziy Osiyo madaniyatining ulug‘ donishmandi va mutafakkiri Nosir Xisrav Qobadiyonda 1004 yilda tug‘ilgan. Uning ajdodlari o‘z davrining obro‘li, davlatmand kishilaridan hisoblangan. Amudaryo bilan karvon yo‘li kesishgan joydagi bu shahar XI asrlarda faqat qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilangina mashhur bo‘lmay, balki savdo-sotiq davomi…

Viktor Shklovskiy. Chaplin va Eyzenshteyn

Jahon kinematografiyasining ikki buyuk namoyandasi, ovozsiz kinoning yirik darg‘alari – Charli Chaplin (1889–1977) va Sergey Eyzenshteyn (1898–1948)ijodi hech shubhasiz, umuminsoniyatga daxldlor hodisalardir. Har ikki san’atkor oq-qora tasvirdagi unsiz nigohlar ila millionlab san’at muhiblarini o‘ziga rom etdi, goho quvnoq epizodlar, gohida davomi…

Habibulla Zayniddin. Ibn Battuta

Atlantika okeani qirg‘oqlariga yastangan, shimoli g‘arb burchagidan Afrika qit’asiga, bandargohning o‘ng tomonidan Gibraltar bo‘g‘oziga tutashgan, qadimda finikiya va karfagenlik jamoalar istiqomat etgan Marokashga qarashli Tanjir shaharlik taqvodor Abdulloh al-Lavattiy xonadonida 1304 yil o‘ninchi iyulida o‘g‘il dunyoga keldi. Go‘dak tavallud topgan davomi…

Yusuf Xos Hojib (1020-1070)

Yusuf Balasog‘uniy Yettisuv o‘lkasidagi Kuzo‘rda (Balasog‘un) shahrida dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston o‘lkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qo‘l ostida edi. Bu sulola VI—IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari bo‘lib, IX asr o‘rtalaridan davlatni davomi…